Kayutamiz oynalariiiig qopqoqlari berk bo‘lganidan tashqarida nimalar bo‘layotganini bilolmay, tishimni tishimga qo‘ygancha birinchi turtkini kutib o‘tirardim. Soat nillari o‘n ikkini ko‘rsatdi, lekin biz hamon qimir etmasdik. Qiziq, aftidan, uchish biror sabab bilan kechiktirilayotganga o‘xshaydi.
— Qo‘zg‘alganga o‘xshaymiz, — dedi Tonya.
— Men hech narsani sezmayapman.
— Raketa shar-g‘ildiraklar ustida asta sirg‘aladi-ku, shuning uchun bo‘lsa kerak.
Shu payt qo‘qqisdan birov yelkamdan kreslo suyanchig‘iga bosganday bo‘ldi.
— Albatta, qo‘zg‘aldik! — deb xitob qildi Tonya. — Sezyapsizmi? Yelkam borgan sari kreslo suyanchig‘iga yopishib ketyapti.
— Ha, sezyapman.
Birdan portlash tovushi eshitildi, keyin u chiniqiroq ovozga aylandi. Raketaga titroq kirdi. Endi hech qanday shubha qolmagan edi: biz uchib ketayotgan edik. Daqiqa sayin raketa ichi isib borardi. Og‘irlik markazi orqaga o‘ta boshladi. Nihoyat, o‘zimni kresloda o‘tirganday emas, balki karavotda osmonga qarab, tizzalarimni bukib yotganday his qila boshladim. Raketa tikkasiga uchayotgan payt bo‘lsa kerak.
— To‘ntarilgan qo‘ng‘izlarga o‘xshab qoldik, — dedi Tonya.
— Ustidan kattagina g‘isht bostirilgan ham deyavering, — qo‘shib qo‘ydim men. — Ko‘kragimdan bir narsa itarayotganga o‘xshaydi.
— Rost. Qo‘lni ham qimirlatib bo‘lmaydi — qo‘rg‘oshinday zilzambil.
Portlashlar to‘xtagan paytda bir oz yengil bo‘lardi. Issiq o‘tkazmaydigan qatlam va sovutgichlarga qaramay, raketa ichi juda qizib ketgan edi, biz atmosferadan o‘tyapmiz — raketa ishqalanish zo‘rligidan qizigan, albatta.
Yana dam olish. Portlash yo‘q. Men erkin nafas ola boshladim. Birdan qisqa portlash yuz berdi-yu, o‘zimni o‘ng tomonga og‘ib ketayotganday his qildim. Ha, tamom. Hozir Pomirga borib urilamiz.
Jonholatda Tonyaning yelkasiga yopishdim.
— Bir narsaga urildik shekilli… — deb g‘o‘ldiradim asta.
Tonyaning rangi oqarib ketgan, ko‘zlarida dahshat, lekin xotirjam javob berdi:
— Menga o‘xshab kreslo suyanchig‘ini ushlab oling.
Mana raketa yana oldingi holatiga qaytdi. Portlashlar to‘xtadi. Raketa ichi ham ancha salqin bo‘lib qoldi. Odam o‘zini juda yengil his qila boshladi. Qo‘llarimni ko‘tarib, oyoqlarimni qimirlatib ko‘rdim. Qanday yoqimli! Urnimdan turmoq chi bo‘ldim, lekin kreslodan asta ajralib, havoda osilib qoldim, keyin yana sekin kresloga tushdim. Tonya qo‘llarini xuddi qush qanot qoqqanday qimirlatib, qo‘shiq aytardi. Biz xaxolab kulardik. Juda qiziq xolat!
Kutilmaganda illyuminator qopqoqlari ochildi. Qarshimizda osmon. U son-sanoqsiz porloq yulduzlar bilan qoplangan, rangi och qizil tusga bo‘yalganday. Somon yo‘li turli rangdagi yulduzlarga g‘arq bo‘lgan, Yerdan ko‘ringaniday oqish emas.
Tonya menga Yetti Og‘ayni yonidagi kattakon yulduzni ko‘rsatdi — eskidan tanish yulduzlar turkumi safida yangi yulduz.
— Kets… Kets Yulduzi, — dedi u.
Son-sanoqsiz sovuq yulduzlar orasida birgina u goh qizil, goh yashil, goh sariq nur taratib miltiraydi. U goh yarqirab yonadi, goh so‘nadi va yana porlaydi… Yulduz ko‘z oldimda kattalashib, borgan sari o‘ng tomondagi oynaga yaqinlashib kelardi. Demak, raketa aylana yo‘l bilan unga tomon uchib boryapti. Yulduz uzun-uzun yashil nur taratib, oyna ortiga o‘tib ketdi. Endi qop-qora osmonda faqat yulduzlar va oqish tuman ko‘g. ga tashlanardi. Ular juda yaqinday tuyulardi…
Qopqoqlar berkildi. Yana portlatgich apparatlar ishga tushdi. Raketa qo‘nishga hozirlanyapti. Qiziq, u somoi raketadromiga qanday qo‘narkin-a…
Xiyol turtkidan keyin to‘xtadik. Nahot sayohatimiz tugagan bo‘lsa? G‘alati vaznsizlik holatidamiz.
Kapitan xonasining eshigi ochildi. Kapitan yotgan ko‘yi kichik halqachalarni ushlab pastga tusha boshladi. Biz hali shu vaqtgacha ko‘rmagan bir yosh yigit ham shu tarzda unga ergashdi.
— Sayohat vaqtidagi noxush daqiqalar uchun afv etasizlar. Bunga mening praktikantim aybdor: rulni qattiqroq burib yubordi, kreslodan ham qulab ketgandirsizlar.
Shunday deb, kapitan ko‘rsatgich barmog‘iii haligi yigitga tegizgan edi, u xuddi momiqday nari uchib ketdi.
— Ha, mayli, hammasi joyida bo‘ldi. Issiq kostyum bilan kislorod maskalarini kiyinglar. Filipchenko, — haligi yosh uchuvchining familiyasi shunday ekan, — bularga yordamlashvoring.
Kapitan xonasidan fazoviy kostyum kiygan bortmexanik chiqdi. U xuddi g‘ovvosga o‘xshardi, faqat skafandri g‘ovvoslarnikidan kichikroq, yelkasida esa alyuminga o‘xshagan yaltiroq matodan tikilgan plash bor edi.
— Plashlarni, — deb tushuntirdi kapitan, — sovqotganda nariroq surib qo‘yinglar. Oftob nurida isinasizlar. Juda qizib ketsalaringiz plashga o‘ranib olinglar. U quyosh nurini qaytaradi.
Bortmexanik bilan qapitan ko‘magida fazoviy kostyumlarni tezgina kiyib olib, raketadan chiqishni hayajon bilan kutib turdik.