XX. QORASOQOL YEVGENYEV-PALEY

Yerni tark etganimga sakkiz oy bo‘ldi.

Kets Yulduzi bayramga ayyorlanardi. Bu yerda har yili Yulduz binoga kelgan kun tantanali nishonlanadi. Ko‘pdan beri yashayotgan odamlarning aytishicha, shu kuni osmon mustamlakachilarining hammasi, kim qayerda bo‘lmasin, Kets Yulduziga to‘planarkan. Dokladlar qilishar, qilingan ishlar yuzasidan yillik hisobot tinglanar, o‘z yutuqlari haqida birbirlariga axborot berishar, tajriba alyashishar, kyolajakda qilinadigan ishlarning rejasini tuzisharkan. Bu yil bayramga alohida tayyorgarlik ko‘riladi. Men bu kunni sabrsizlik bilan kutardim: nihoyat, faqat Tonyanigina emas, balki tutqich bermas qorasoqolni ham ko‘rishimni bilardim.

Yulduzda tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi. Gulxonadan har xil gul va ko‘katlar keltirib, asosiy zalni yasatishdi. Rassomlar plakatlar, portretlar, diagrammalar chizishar, sozandalar yangi qo‘shiqva kantatalar o‘rganishar, artistlar pyesani; mashq qilishar, ilmiy ishlarning rahbarlari dokladlar yozishardi.

«Kechqurun» lari rang-barang chiroqlar bilan yoritilgan ko‘mko‘k «tonnel» bo‘ylab uchish gashtli edi. Hamma joyda bayram nafasi, atrofdan yoshlarning g‘ala-g‘ovuri, qo‘shiq-kuy eshitiladi. Har kuni yangi-yangi odamlar paydo bo‘lib qoladi. Ko‘pchiligi yoshlar. Eski tanishlar bir-birlarini shovqin-suron bilan qutlashadi va darhol taassurotlarga tushib ketishadi.

— Sen qayerdan?

— Asteroidlar mintaqasidan.

— Saturn halqasida bo‘ldingmi?

— Albatta!

— Gapir! Gapir! — degan ovozlar.

Haligi odamning atrofiga bir zumda olomon to‘plandi, to‘g‘rirog‘i, olomon emas, g‘ujum: og‘irlik juda oz, shuning uchun ko‘pchilik hikoya qilayotgan odamning boshi ustida uchib yuribdi.

— Saturn xalqasi, o‘zlaringiz bilasizlar, bir xil yo‘nalishda parvoz qiluvchi behisob zarralardan iborat. Bu, aftidan, parchalanib ketgan planeta — Saturn yo‘ldoshining qoldiqlari. Ularning orasida mayda toshlar ham, xarsanglar ham, tog‘day keladiganlari ham bor.

— Halqada toshdan-toshga sakrab yursa ham bo‘ladimi? — deb so‘radi kimdir.

— Albatta, bo‘ladi, — javob berdi kulib hikoya qiluvchi uning chin gapirayotganini ham, hazillashayotganini ham bilib bo‘lmasdi. — Men shunday qildim. Ba’zi toshlar bir-biriga shunaqangi yaqin uchadiki, bemalol sakrab o‘tish mumkin. Lekin, umuman olganda, ular orasidagi masofa judayam yaqin emas. Ammo portativ raketalar yordamida toshdan-toshga sakrab yuraverdik. Ana boyligu mana boylik! Ba’zi toshlar nuqul oltin, ayrimlari — kumush, lekin ko‘pchiligi temirdan iborat.

— Albatta, oltin olib kelgandirsan?

— Namunalar keltirdik. Saturn halqasi bizga yuz yilga yetadi. Bu ajoyib marjondan bittalab tosh terib olaveramiz. Avval maydalarini, so‘ng yiriklarini ham.

— Saturn o‘zining nafis bezaklaridan mahrum bo‘lar ekanda. Achinarli, — dedi yana birov.

— Rost, manzara juda go‘zal. Agar halqa bilan bir xil tekislikda uchsangiz, faqat uning qirrasini — yarqiroq planetani kesib o‘tgan ingichka, yorug‘ chiziqni ko‘rasiz. Tepadan qarasangiz, behad chiroyli ravshan halqa ko‘zga tashlanadi. Yen tomondan esa — goh to‘g‘ri, goh cho‘ziq ellipsis bo‘lib yoki hatto parabola shaklida osmonning yarmini chulg‘ab yotgan tilla yoy nigohingizni tortadi. Bunga yana o‘nta yo‘ldosh oyni qo‘shing, ana shundan keyin sayyohni qanday ajoyib makzara kutayotganini tasavvur qilavering.

— Saturnga qo‘ndilaringizmi?

— Yo‘q, buni senga qoldirdik, — dedi hikoya qiluvchi. Hamma kulib yubordi. Lekin Febda, Yapetada bo‘ldik. Atmosferasiz kichkina oychalardan boshqa narsa emgs. Osmon manzarasi hamma yerda ham ajoyib.

— Qisqasi, stratosferani o‘z xonamizdagi atmosferaday o‘rganib oldik. Biz uchun hech qanday sir qolgani yo‘q… — Men tanishim Sokolovskiy bilan birga uchgan aerologning ovozini eshitdim.

Geologga qo‘l silkigan edim, shu iayt Tyurinni ko‘rib qoldim. U direktor Parxomenko bilan yonma-yon harakat haqida allanarsalarni gapirib borardi. Harakat falsrfasi xususida doklad qilmoqchimikan-a?..

Parxomenko Zorinaning oldida to‘xtadi. Direktorni bu qiz bilan ko‘p marta uchratganman. Yaxishyamki, Kramer go‘rmayapti. U bechora hali ham izolyatorda. Tyurin olimlarga xos parishonlik bilan hatto hamrohining qolib ketganini ham nayqamay, hanuz gapirib borardi:

— Harakat — ezgulik, harakatsizlik — yovuzlik. Harakat — boylik, harakatsizlik…

Orkestr sadosi yangi falsafa targibetchisiniig ovozini bosib ketdi.

Men bosh yo‘lakni aylanib uchib chiqdim, ulkan zal, oshxona, «stadion», cho‘miladigan hovuzni ko‘zdan kechirdim. Hamma yerda odam: birov uchgan, birov sakragan, birov o‘rmalagan. Hamma yerda kulgi va xushchaqchaqlik… Lekin ularning orasida Tonya yo‘q… Yuragim siqilganidan to‘rt oyoqli do‘stim bilan suhbatlashish uchun zoolaboratoriyaga qarab jo‘nadim.

Nihoyat bayram kuni ham yetib keldim. Mustamlakachilarning hammasi bemalolroq joylashish uchun Yulduzdagi og‘irlik kuchini butunlay yo‘qotishdi. Iig‘ilganlar bo‘shliqni batamom egallab olishdi. Zal xuddi ichiga pashsha to‘ldirilgan shisha qutini eslatardi.

Io‘lakning oxiriga ochiq sahna qurilgan. Sahnaning orqasida chiroyli ishlangan yaltiroq lavha. Unda Yer, Kets Yulduzi va Oy tasvirlangan. Lavhaning kattakon tuxum shaklidagi kemtik yeriga Konstantin Eduardovich Siolkovskiyning platinadan yasalgan haykalchasi o‘rnatilgan. U ishlab turgan vaziyatda: tizzasiga taxtacha bilan qog‘oz qo‘yib olgan. Ung qo‘lida qalam. Odamlarga yulduzlar sari yo‘l ko‘rsatgan buyuk ixtirochi go‘yo notiqlar so‘ziga quloq tutganday bir lahzaga yshdan bosh ko‘targan. Rassom-haykaltarosh qulog‘i og‘irroq mo‘ysafidning yuzidagi taranglikni va o‘zining uzoq umrini «bekor o‘tkazmagan» bu odamning mayin tabassumini goyat mohirlik bilan aks ettirgandi. Elektr nuri ravshan yoritib turgan kumushrang haykal kishida unutilmas taassurot qoldirardi.

Hay’at stoli vazifasini havoda osilib turgan tilla halqa bajarardi. Hay’at a’zolari qo‘llari bilan halqadan tutgancha uning atrofiga joylashishdi. O‘rtada direktor Parxomenko paydo bo‘ldi. Zaldagilar uni qiyqiriq va qarsaklar bilan qarshi olishdi.

Shu payt kimdir qo‘limdan tutganini payqadim. O‘girilib qarasam — Tonya!

— Senmisan! — deya xitob qila oldim, xolos. Shunday qilib, kutilmaganda, Tonyani sansirab yubordim.

Ketsdagi qoidaga xilof ravishda biz qattsq qo‘l qisishib ko‘rishdik.

— Ish bilan tutilib qoldim! — dedi Tonya. — Yana bitta kashfiyot qildim. Bu yerda juda foydali, lekin, afsuski Yerda kam qo‘llaniladi… Maskanimizni teshib o‘tib, sal bo‘lmasa halokatga giriftor qilayozgan mitti asteroid yodingda bormi? Shundan so‘ng, ehtimollik nuqtai nazaridan bunday hollar juda oz bo‘lsa ham, harholda yuz berib turishiga ishonch hosil qildim. Shuning uchun bir ixiro…

— Demak, kashfiyot emas, ixtiro?

— Ha, ixtiro. Men hatto eng kichkina asteroid yaqinlashganini ham oldindan payqab, Yulduzni uning yo‘lidan avtomatik tarzda surib qo‘yadigan apparat ixtiro qildim.

— Kema yo‘lida ko‘chma muz tog‘lari paydo bo‘lgani haqida xabar beruvchi radioapparatlarga o‘xshagan-da?

— Ha, faqat bitta farqi shuki, mening apparatim faqat ogohlantirmaydi, balki «kema» ni chetga surib ham qo‘yadi. Keyin batafsil gapirib beraman. Parxomenko dokladni boshlamoqchi.

Hamma jim bo‘ldi.

Direktor to‘planganlarni «yulduz yilining muvaffaqiyatli yakunlanganligi» bilan tabrikladi. Gulduros qarsaklar, yana sukunat.

Keyin u yakun yasab, Yer farzandi bo‘lgan Kets Yulduzi o‘z «onasiga qarzini qaytara boshlagani» haqida gapirdi. Ketsliklar ulkan yutuqlarni qo‘lga qiritdilar, ular astronomiya, aerologiya, geologiya, fizika, biologiya sohasidagi o‘z ishlari bilan butun insoniyat xazinasini boyitdilar. Qanchalab yirik ilmiy kashfiyotlar qilindi, Yerda hal qilib bo‘lmaydigan ne-ne muammolar hal etildi! Chunonchi, Tyurin favqulodda qimmatli kashfiyotlar ochdi. Uning «Fazo tuzilishi» kitobi fan tarixiga butun bir davr yaratuvchi klassik asar bo‘lib kiradi. Uning nomi Nyuton va Galiley kabi fan siymolarining nomi bilan yonma-yon turadi, dedi.

Aerolog Kistenko, geolog Sokolovskiy, «mashhur Ixtirochi va eksperimentator o‘rtoq Gerasimova» ning ishlari ham yuksak baholandi, mening arzimas ishlarim haqida ham, nazarimda, sal oshiribroq to‘xtalib o‘tildi.

— O‘rtoq Yevgenyev o‘zini osmon bo‘shliqlarini zabt etuvchi chinakam qahramon sifatida namoyon qildi, — dedi Parxomenko na orqadagilardan biriga qarab chapak chala boshladi.

Yevgenyev! Qorasoqol! Men bo‘ynimni cho‘zib, uni ko‘rishga urinaman, lekin qahramon o‘zini panaga oladi. U qarsaklarga ham chiqmadi.

— Kamtarlik qilyapti, o‘rtoqlar, — dedi Parxomenko. — Lekin uni asteroidlar mintaqasida kechirgan ajoyib sarguzashtlari haqida gapirishga majbur qilamiz. Ekspeditsiya boshlig‘i bizning oldimizda hisob berishi kerak.

Nihoyat, halqada Yevgenyev paydo bo‘ldi. Men uni darrov tanidim.

— Xo‘sh, bir ko‘rishda tanirmiding uni? — deb so‘radim Tonyadan. Tonya jilmaydi.

— Soqolsizlar orasida — tanirdim, lekin o‘ziga o‘xshagan soqol qo‘yganlar orasida bo‘lsa, tanish qiyin. Aerodromga ketayotgan paytida bir ko‘zim tushgandi, xolos.

Yevgenyev gap boshladi. Birinchi so‘zlarini eshitiboq Tonyaning rangi oqarib qetdi.

— Senga nima bo‘ldi? — deb so‘radim o‘takam yorilib.

— Axir bu Paley-ku! Ovozi o‘shaniki… Qanday o‘zgarib ketibdi-ya! Paley-Yevgenyev… tushunolmay qoldim!

Mening rangim Tonyanikidan ham oqarib ketgan bo‘lsa kerak: bu yangilik meni qattiq hayajonga soldi.

— Gapirib bo‘lganidan keyin oldiga boramiz! — dedi Tonya qat’iy ohangda, — Balki, bir o‘zing borganing ma’quldir? Gaplaring yig‘ilib qolgan harholda.

— Bizning oramizda sir yo‘q, — javob berdi Tonya. — Shunaqa bo‘lgani yaxshi. Yur!

Qarsaklar tinib, qorasoqol «stol» dan nari ketishi bilan Tonya ikkovimiz uning oldiga qarab yurdik.

Majlisning tantanali qismi tugayozgan edi. «Pashsha galasi» harakatga keldi. Orkestr kuy boshladi. Hammamiz jo‘r bo‘lib «Yulduz gimni» ni ijro etdik. Gullar karnavali boshlandi.

Olomon orasidan bazo‘r o‘tib, nihoyat Paleyga yaqinlashdik. U Tonyani ko‘rib kuldi, va:

— Nina! O‘rtoq Artemyev! Salom! — deb qichqirdi.

— Tinchroq joyga o‘taylik. Sen bilan gaplashishim kerak, — dedi Tonya Paleyga va havoda uchib yurgan bir tutam xushbo‘y binafshani ilib oldi.

— Mening ham gaplarim bor, — javob berdi Paley.

Biz zalning narigi burchiga qarab jo‘nadik, lekin u yer ham shovqin edi. Tonya kutubxonaga o‘tishni taklif qildi.

Paley-Yevgenyevning kayfiyati yaxshi edi. U bizni, garchi zarurati bo‘lmasa ham, stulga o‘tirishga taklif qildi. O‘zi nihoyatda chaqqonlik bilan havoda suzib yurgan stulni ilib olib, ostiga qo‘ydi. Biz ham shunday qildik, lekin unga yetishishimpg ga ancha bor edi. Tonya yonboshlab qoldi — Paley uning stulkchk o‘ziniki bilan yonma-yon qo‘ydi. Men oyog‘im osmonda bo‘lib, ularning oldida boshim bilan turib qoldim, lekin o‘zimning qo‘pol harakatlarim bilan Paleyga kulgi bo‘lmaslik uchun holatimni o‘zgartirmadim.

— Shunday tursam qiziqroq bo‘ladi, — dedim men.

Talay vaqtgacha hech birimizdan sado chiqmadi. Paleyning ko‘rinishi quvnoq bo‘lishiga qaramay, hayajonlanayotgani sezilib turardi. Tonya haqida ham shunday deyish mumkin. Mening ahvolim esa ularnikidan battar edi. Rost gap, ularning gapini eshitmaslik uchun jon deb nari uchib ketgan bo‘lardim. Paley men tomonga bosh irgab, Tonyadan:

— O‘rtoq Artemyev qallig‘ingmi? — deb so‘raganida yana ham noqulay ahvolga tushdim.

Nazarimda qulab ketayotganday bo‘ldim. Lekin, yaxshiyamki, odam hushdan ketganda ham bu yerda qulamaydi. Tonya nima derkin? Men unga qattiq tikilib qolgan edim.

— Ha, — deb javob berdi u ikkilanmay.

Men yengil tortib, havo stulida o‘zimni tetikroq his qildim.

— Men adashmabman, — dedi sekin Paley, uning ovozida ma’yuslik bor edi chamamda.

Demak ularning o‘rtasida ilmiy manfaatdan bo‘lak narsa ham bor, deb o‘ylab adashmagan ekanman.

— Sening oldingda gunohkorman, Nina… — dedi Paley bir oz jimlikdan so‘ng.

Tonya ma’qullab bosh silkidi.

Paley menga qaradi.

— Biz — o‘rtoqlarmiz, — dedi u, — o‘rtoqlar bilan esa ochiqchasiga gaplashaverish mumkin. Men seni yaxshi ko‘rardim, Nina… Sen shuni bilasanmi?

Tonya boshini quyi egdi.

— Yo‘q.

— Ishonaman. O‘z hislarimni yashirishni bilardim. Sen-chi? Sen menga qanday qararding?

— Men uchun sen do‘st va hamkasb o‘rtoq eding.

Paley bosh silkidi.

Bu masalada ham xato qilmabman. Sen ishga berilib ketding. Men bo‘lsam o‘z o‘timda o‘zim qovrildim! Uzoq Sharqqa jo‘nash haqidagi taklifni qanday quvonch bilan qabul qilganim yodingdami? Men o‘ylovdimki, agar sen yonimda bo‘lmasang…

— Ishimiz eng qiziq joyida to‘xtab qolganidan qattiq ranjidim. Hamma yozuvlarni sen qilayotgan eding. Formulalar ham senda edi. Ularsiz men hech narsa qilolmasdim.

— Faqat ana shu formulalarni deb meni yeru ko‘kdan izlab yuribsanmi?

— Ha, — javob berdi Tonya.

Bu gal Paley yurak-yuragidan kuldi.

— Mayli, hammasi yaxshilikka bo‘lsin. Siz hamma narsaga tez beriladigan odamsiz, deb menga ko‘p ta’na qilganean, Nina. Hayhot! Bu mening kamchiligim, lekin ayni vaqtda fazilatim ham… Ana shu ishqivozligim bo‘lmasa, bugun Parxomenko aytgan ishlarni qilolmagan bo‘lardim. Darvoqe, hammamizni mukofotga taqdim qilishmoqchi. Bu mukofot ham ishqivozligim evaziga… Shunday qilib, — davom etdi u, — Uzoq Sharqqa jo‘nab ketdim va u yerda… Sonyani sevib qoldim, unga uylandim, hozir ajoyib qizcham bor. Hotinim bilan qizim Yerda, yaqinda bu yoqqa kelishadi.

Men yana ham yengil tortdim.

— Nega sen Yevgenyev bo‘lib qolding? Yevgeniy Yevgeiyev? — so‘radi Tonya.

— Yevgeniy Yevgenyev — bu tasodif. Sonyaning familiyasi — Yevgenyeva. U juda g‘alati-da. «Nega sen mening familiyaga o‘tmaysan?» deb qoldi ZAGSga borishdan oldin. «O‘tsam o‘taveraman-da», deya rozi bo‘ldim men ham. Paleyga achinmayman: u hamma narsaga ishqivoz odam. Ishni eng qiziq joyida tashlab ketaveradi… Balki, Yevgenyev durustroq xodim bo‘lar?

— Nega yozuvlarni menga jo‘natib yubormading?

— Birinchidan, shu qadar baxtiyor edimki, hamma narsani unutib yubordim. Ikkinchidan, o‘zimni sening oldinda gunohkor his qilardim. To‘satdan jo‘nab ketganimdan keyin Leningradda ikki marta bo‘ldim. Bir gal seni o‘rtoq Artemyev bilan ko‘rdim. Uning familiyasini aytib chaqirganingni eshitganman. Darrov o‘rtalaringizdagi munosabatni tushundim. U paytda Kets sistemasida ishlay boshlagan edim, yangi ish meni butunlay o‘ziga rom qilib qo‘ygan edi. Men faqat osmon tashvishi bilan yashardim. Sen bilan boshlagan ishimizga, rost gap, tamoman qiziqmay qo‘ydim. Yezuvlarni senga qaytarishim kerakligini bilardim… Shu orada o‘rtoq Artemyevni ko‘rib qoldim. Lekin juda tig‘iz payt edi. Leningraddan uchib ketishimizdan bir soatgina oldin to‘satdan telegramma kelib qoldi. Unda Leningrad zavodlari chiqargan ba’zi bir yangi fizik uskunalarni xarid qilish topshirilgan edi. Sherigim bilan olinadigan narsalarni taqsimlab, Uchinchi Iyul ko‘chasi bilan Yigirma Beshinchi Oktabr ko‘chasi mutolishida uchrashishga kelishdik. Shuning uchun ham adresimni aytishga ulgurmay, shoshilinch jo‘nab ketdim. Faqat: «Pomir, Kets!» — deb qichqirishgagina ulgurdim. Pomirga kelgandan keyin esa ish bian o‘ralashib qoldim. Keyin Kets Yulduziga uchib ketdim, bu yerdan esa — sayyoralararo sayohatga… Bor gap shu. Aybdorman, g‘oyatda aybdorman!

— Qani o‘sha yozuvlar! — deb xitob qildi Tonya.

— Faqat stuldan uloqtirib yuborma, chilparchin bo‘lib ketaman, — dedi kulib Paley. — Hayhot! Hayhot! Buning uchun osmonga uchib chiqishing shart emas edi. Yezuvlar Leningradda, senga deyarli qo‘shni turadigan singlimnikida qolgan.

— Ikki enlik xat yozib yuborsang bo‘lmasmidi! — dedi Tonya ta’na bilan.

— Egilgan boshni qilich kesmas, — dedi Paley-Yevgenyev, qopqora sochli boshini Tonya oldida xam qilib.

Tonya jilmayganicha barmoqlarini uning quyuq sochlari orasiga suqib yulqiladi. Bu harakatdan ikkovlari ham charxpalak bo‘lib ketishdi.

— Senga mukofot berish kerak emas, aksincha, jazolash kerak!

— Nimaga jazo berishsa, shunga mokofot ham berishadi, — deb e’tiroz bildirdi Paley kulib.

Tonya birdan menga o‘girilib, dedi:

— Endi Yerga uchamiz, Lenya!

«Yerga uchamiz! Lenya!» Bu so‘zlar bir necha oy ilgariroq aytilganda meni qanchalar baxtiyor qilgan bo‘lardi! Endi esa faqat «Lenya» so‘zi entiktirib yubordi. Yerga uchish masalasiga kelsak…

— Bu haqda yana gaplashamiz. Darrov jo‘navorsak bo‘lmas. Ikkovimizning ham chala ishlarimiz bor, — javob berdim men.

— Nimalar deyapsan! — taajjublandi u. — Endi men bilan Yerga qaytishni istamaysanmi?

— Istayman, Tonya. Lekin men biologiyada buyuk kashfiyot ochish arafasida turibman. Bu ishni faqat shu yerda tugatish mumkin. Eng muhimi — ish.

Tonya go‘yo meni birinchi marta ko‘rayotg‘anday tikilib qoldi.

— Ketsda yaxshi pishganga o‘xshaysan, — dedi u. Masxara qilayotganini ham, ma’qullayotganini ham payqash qiyin edi. — Sening tabiatingdagi bunaqa qat’iylikni sezmagan edim. Mayli, shunda menga ko‘proq yoqasan. Bilganingni qil. Lekin men bu yerda ortiq turolmayman. O‘z ishimni ortig‘i bilan bajardim, yangisini boshlash niyatim yo‘q. Qachonlardir Paley bilan boshlagan ishimizni oxiriga yetkazishim kerak.

— Ha, Nina, — deb ma’qulladi Paley. — Darvoqe, men Yevgenyev bo‘lib qolganimdek, sen Tonyaga aylanibsan. Hamma narsa o‘zgararkan! Sen o‘sha ishni tugatishing kerak. O‘zi oz qolgan. Shunday problemani tashlab ketib bo‘lmaydi…

— Kim taxpladi o‘zi? — so‘radi Tonya. — Yetar endi… Yuringlar, bir oz ko‘ngil ochaylik. Mening Yulduzdagi so‘nggi tunim!

Загрузка...