II. TINIB GINCHIMAGAN QIZ

Leningraddan sirli. Ketsga qilgan sayohatimizni g‘ira-shira eslayman. Bu kutilmagan safardan g‘oyat hayajonlangan, o‘zimning xulq-avtorim va Tonyaning g‘ayrat-shijoatidan tamom gangib qolgan edim.

Tonya biror kunning ham bekor ketishini istamasdi, shuning uchun eng uchqur zamonaviy aloqa vositalarini nazarda tutgan holda sayohat rejasini tuzib chiqdi.

Leningraddan Moskvagacha aeroplanda uchdik. Valday tepaligi ustida aeroplan shunaqayam chayqaldiki, asti qo‘yaverasiz. Men kemaning chayqa (iga ham, havodagi silkinishga ham bardosh berolmayman, shuy. ing uchun darrov mazam qochdi. Tonya jon kuydirib tepamda parvona bo‘ldi. U butun yo‘l bo‘yi menga g‘amxo‘rlik qildi, iliq muomalada bo‘ldi, xullas, uning munosabati endi tamom o‘zgargan edi. Men borgan sari hayratga tushardim: qancha kuch-g‘ayrat, ayollarga xos muhabbat, mehru shafqat bor-a, bu qizda! Sayohat oldidan u menga nisbatan ko‘proq yelib-yugurdi, lekin bu aslo sezilmasdi. Uning kayfi chog‘, dam-badam allaqanday qo‘shiqlarni xirgoyi qilib borardi.

Moskvada biz Siolkovskiyning Moskva bilan Toshkent o‘rtasida qatnovchi yarim reaktiv stratoplaniga. o‘tirdik.

Bu mashina juda tez uchar ekan. Sigara nusxa uchta metall korpus yonma-yon ulangan, dum tomonida kichkina qanotcha, ustidan esa bitta qanot bilan qoplangan — stratoplanning tashqi ko‘rinishi ana shunday. Tonya uning tuzilishi bilan tezda tanishib olib, menga ham tushuntira ketdi: chap tomondagi korpusda yo‘lovchilar bilan uchuvchilar o‘tirisharkan, o‘ng tomonda yonilg‘i, o‘rtadagi korpusda esa samolyot parragi, havoni siqib chiqaruvchi asbob, dvigatel va sovutgich joylashgan ekan; samolyotni parrak kuchi bilan yonilg‘i harakatga keltirar ekan. Tonya yana allaqanday g‘alati narsalar haqida gapirdi, lekin men yangi taassurotlar qarshisida lol bo‘lib qolganimdan tuzukkina anglayolmadim. Zich yopiluvchi kabinaga kirib, yumshoq o‘rindiqlarga o‘tirganimiz esimda. Samolyot temir izlar ustida shiddat bilan sirg‘alib, tezligi sekundagi yuz metrga yetgach, havoga ko‘tarildi. Biz juda balandda, aftidan, troposfera ustida, soatiga ming kilometr tezlik bilan uchib borardik. Aytishlaricha, bundan ko‘ra tezroq uchish ham mumkin ekan.

Hali tuzuroq joylashib olmasimdan RSFSR orqada qolib ketdi. Bulut qatlami orasidan yer ko‘rinmasdi. Bulutlar siyraklasha boshlagach, juda pastda qo‘ng‘ir tusli yer sathi ko‘zga tashlandi. Uning o‘rtasi chuqurroq, gardishi ufq sari yuksalgan, xuddi to‘ntarib qo‘yilgan gumbazga o‘xshardi.

— Qozoq sahrolari, — dedi Tonya.

— Darrov-a? Mana buni tezlik desa bo‘ladi!

Bu uchishimiz hatto sabri chidamayotgan Tonyani ham qanoatlantirar edi.

Oldinda Orol dengizi yaltirab ko‘rindi. Kabinada ham endi hozirgina ortda qolgan Moskva haqida emas, Toshkent, Andijon, Qo‘qon xususida gap borar edi.

Toshkentni tomosha qilishga ulgurolmadim. Biz yashin tezligida aerodromga qo‘ndik va dam o‘tmay avtomobilga o‘tirib, Siolkovskiy tomonidan yaratilgan, o‘ta tez yuradigan reaktiv poyezd vokzaliga jo‘nadik. Toshkent bilan Andijon orasida qatnaydigan bu birinchi reaktiv poyezd o‘z tezligi jihatidan stratoplandan qolishmas ekan.

Men uzun, yurganda shamol qarshiligiga kamroq uchraydigan qilib yasalgan g‘ildiraksiz vagonni ko‘rdim. Vagon tubi yerdan sal ko‘tarilgan beton izda turardi. Vagonning ikki tomonida beton izdan chiqib turgan qanotsimon jihozlar bor edi. Bu qanotlar burilishlarda yordam bersa kerak.

Aytishlaricha, havo oqimi vagon tubiga haydalib, maxsus teshiklardan orqaga siqib chiqarilar ekan. Shunday qilib, vagon yupqa havo qatlami ustida ucharkan. Ishqalanish juda kamaytirilgan ekan. Harakat havo oqimining orqaga haydalishidan hosil bo‘lib, tezlik shu darajaga yetarkanki, vagon hatto ko‘priksiz kichik daryolardan sakrab o‘tib ketaverarkan.

Men xavotirlanib, seskanibroq vagonga o‘tirdim. Biz yo‘lga tushdik.

«Uchar poyezd» ning tezligi haqiqatan ham juda katta ekan. Deraza ortidagi manzara sariq-kulrang tusga kirgan. Faqat osmon ko‘m-ko‘k ko‘rinar, oppoq bulutlar esa shiddat biln orqaga uchar edi. Rostiii aytsam, bu yangi transport vositasining hamma qulayliklariga qaramay, qisqa safarimizning tezroq tugashini kutardim. Mana birdan ostimizda daryo yaraqlab qoldi, ko‘priksiz bu daryodan ko‘z ochib-yumguncha sakrab o‘tib ketdik. Men dodlab beixtiyor o‘rnimdan turib ketdim. Mening bu qadar qoloqligimni ko‘rib, yo‘lovchilar xaxolab kulib yuborishdi. Tonya bo‘lsa quvnab chapak chalar va:

— Mana bu menga yoqadi! Buni tezlik desa bo‘ladi! — derdi.

Men entikkancha derazadan tashqariga qarab-qarab qo‘yardim: bu yakrang manzara qachon tugarkin?

Andijonga yetkanimizda men rahm-shafqat so‘radim. Shuncha mashaqqatlardan keyin bir oz dam olish kerak-ku, axir. Ammo Tonya buni eshitishni ham xohlamasdi. U hamon qaynab-toshib turardi.

— Butun grafikni buzib yuborasiz. Men hamma narsani mi nutigacha hisobga olganman.

Shunday qilib, biz yana xuddi yov quvganday aerodromga qarab yugurdik.

Andijondan O‘shgacha oddiy aerotslanda uchdik. Uning tezligi ham chakana emas — soatiga to‘rt yuz ellik kilometr — lekin, bu uchish ham Tonyaga toshbaqa yurish bo‘lib tuyuldi. Baxtga qarshi, motor xirillab, yerga qo‘nishga majbur bo‘ldik. Bortmexanik motorni tuzatguncha, kabinadan chiqib, qum ustiga cho‘zildim. Lekin qum haddan tashqari issiq edi. Quyosh ayovsiz olov purkardi, binobarin, yana dim kabinaga qaytib kirishga to‘g‘ri keldi.

Terga pishib o‘tirarkanman, sayohatimizni ich-ichimdan so‘kar va Leningradning huzurbaxsh mayin yomg‘irini orzu qilardim.

Tonya Ushdan uchadigan dirijablga kechikishdan ko‘rqib, asabiylashardi. Baxtga qarshi, kechikmadik, dirijabl uchishidan yarim soat ilgari aerodromga kelib ko‘ndik. Taram-taram po‘latdan yasalgan bu bahaybat metall qush bizni Kets shahriga eltib qo‘yishi kerak edi. Biz dirijabl turgan machta yoniga chopib borib, liftda tezlik bilan yuqoriga ko‘tarildik va gondola ichiga kirdik.

Dirijabldagi sayohat menda iliq xotira qoldirdi. Gondola kayutalari salqin, hammavaqt shamollatib turilarkan. Tezlik — soatiga bor-yo‘g‘i ikki yuz yigirma kilometr. Silkinish ham, chayqalish ham, chang-chung ham yo‘q. Biz shinam kayut-kompaniyada yaxshilab ovqatlandik. Ovqat ustida Oloy, Qorako‘l, Xorog kabi talay yangi so‘zlarni eshitdim…

Pomir yuqoridan menda noxush taassurot qoldirdi. Bu «dune tomi» ni «o‘lim supachasi» deb bejiz aytishmagan. Muz daryolari, tog‘lar, daryolar, har xil tepaliklar, qop-qora tosh tishlari chiqib turgan qor devorlari — bari motamsaro. Faqat olisda, juda pastda yashil yaylovlar ko‘zga tashlanadi.

Bir yo‘lovchi alpinist ko‘kimtir muz bilan qoplangan tog‘ni ko‘rsatib, Tonyaga tushuntirib borardi:

— Mana bu tekis muzlik, anovinisi ignasimon, narigisi gadir-budur, undan narida to‘lqinsimon, zinapoyali…

Birdan ko‘l sathi yarqirab ko‘rindi…

— Qorako‘l. Dengiz sathidan uch ming to‘qqiz yu’ to‘qson myotr llandda, — dedi alpinist.

— Qarang, qarang! — deb qoldi menga Tonya.

Pastga qaradim. Oddiy ko‘l. Yarqirab turibdi. Toiya esa gaavqavqdan entikadi.

— Qanday go‘zal!

— Ha, ajoyib ko‘l, — dedim men ham Tonyani rangjitmaslik uchun.

Загрузка...