XIX. G‘ALATI KASALLIK

Prujinali soatlarimiz (vaznsizlik olamida kapgirli soatlar ishlamaydi) kech oltiga yaqinlashib qolgan edi. Faleyev Kets Yulduziga uchib ketdi, Zorina hali zoolaboratoriyada edi. Bu qiz menga o‘xshab ishga berilib ketganidan ko‘pincha kechgacha shu yerda bo‘lardi. Doimo quvnoq, xushchaqchaq, ochiq ko‘ngil bu qiz faqat yaxshi xodimgina emas, balki ajoyib o‘rtoq ham edi.

U menga turli ilmiy masalalar yuzasidan tez-tez murojaat qilib turar, men ham bajonu dil yordam berardim.

Bu gal ham shunday bo‘ldi.

Vera Zorina sovuqning yungning o‘sishiga ta’sirini o‘rganish ustida ish olib borardi. Tajriba qilinayotgan hayvon past haroratli maxsus kamerada saqlanar va u yerda issiq kostyumda ishlashga to‘g‘ri kelardi. Bu kamera quvurnusxa laboratoriyamizning oxiriga joylashgan edi.

Men bir o‘zim shisha yashik oldida kattaligi kabutarday Kladigan bahaybat pashshani kuzatib o‘tirardim. Gavdasining shu qadar kattaligiga qaramay pashshaning qanotlari asalarinikiday edi. Chunki uchish vaqtida bu qanotlarning deyarli yordami tegmasdi, pashsha o‘z uyasining shisha devorlari bo‘ylab o‘rmalab yurishni afzal qo‘rardi. Bu ulkan pashsha endi jinsi noma’lum maxluq emas edi. U urg‘ochi pashsha edi — o‘z xohishim bilan yaratilgan. Uz muvaffaqiyatim oqibatlari haqida xayol surib o‘tirib, Jipsining yonimga uchib kelganini ham nayqamay qolibman. U o‘z tilida bir narsalarni tushuntira boshladi. Keyin angladimki, meni Zorina chaqirayotgan ekan.

O‘rnimdan turdim. Jipsi pardali g‘anjalarini silkitib oldin uchib ketdi, men uning orqasidan uchdim. Laboratoriyaiing oxiriga yetganda issiq kostyum kiyib, kameraga kirdim. Shift ostida qo‘y osilib turardi. Uning yungi shu qadar uzun ediki, hatto oyoqlari ham ko‘rinmasdi. Ushlab ko‘rdim — shunaqa mayinki, naq ipak deysiz. Chinakam oltin yung! Qo‘y huddi oppoq bulutlar qurshovida qolganday.

— Chakki emas! — dedim men. — Ishingiz yurishib ketibdi.

— Buni qarang, — dedi Zorina entikib, — qo‘yning yungini mqindagina olgan edim. Yana o‘sib qolibdi, hatto ilgarigidan ham uzunroq. Lekin bir oz dagalroq bo‘lib qolgan. Shundan tashvishlanyapman.

— Yo‘g‘-e, ipak bundan mayin bo‘lishi mumkin emas, — e’tiroz bildirdim men.

— Lekin o‘rgimchak uyasi ipakdan nozik, — deya o‘z navbatida e’tiroz bildirdi Zorina ham. — Mana, ushlab ko‘ring. — U menga bir tutam gazday yengil, oppoq yung uzatdi.

Zorina haq: qirqib olingan yung mayinroq edi.

— Nahotki qirqib olingandan keyin yung dag‘al bo‘lib qolsa? — so‘radi qiz.

Men darrov javob berolmadim.

— Bu yer sovuq, — dedim men. — Chiqib gaplashaylik.

Biz kameradan laboratoriyaga o‘tib, po‘stinlarimizni yechdikda, ularni shundoqqina yonimizda, havoga «ilib» qo‘yib, gapga tushib ketdik. Derazadan zangori quyosh ko‘rinib turibdi. Pastroqda yer ulkan oyday ko‘zga tashlanadi. Somon yo‘li tuman doglari. Tanish, odatdagi manzara… Zorina oyog‘ining uchini shift» dagi qayish halqadan o‘tkazib olib, quloq solardi.

Men Jipsining boshidan quchoqlagancha deraza oldida turardim.

Birdan Jipsi bezovtalanib, «Kgmrrr…» deya g‘udurladi. Shu zahotiyoq Kramerning tovushini eshitdim:

— Osmondagi farog‘at! Yulduzda duet!

Darrov Zorina bilan ko‘z urishtirib oldim. Uning qoshlari chimirilib ketgan edi. Jipsi yana irillay boshladi, lekin uni tinchlantirdim. Kramer o‘ng qanotini asta silkitib, bizga yaqinlashib kelardi.

— Vera bilan gaplashishim kerak! — dedi u to‘xtab, ko‘zlarimga tikilgacha.

— Men xalaqit beramanmi? — so‘radim men.

— Uzingizning farosatingiz bo‘lishi kerak! — deb javob berdi Kramer jahl bilan. — Siz bilan keyinroq gaplashaman!

Men oyog‘im bilan devorni qattiq turtib, laboratoriyaning narigi burchiga uchib ketdim.

— Qayoqqa, Artemyev! — Zorinaning ovozi eshitildi orqam dan.

Yarim yo‘lda o‘girilib qarab, ikkilanib turgan Jipsini ko‘rdim, u mening orqamdan uchishni ham, qiz bilan qolishni ham bilmasdi. U Zorinani meni sevganday sevardi.

— Yur, Jipsi! — deb qichqirdim men.

Ammo Jipsi birinchi marta buyrug‘imni bajarmadi. U Zorina bilan qolib, uni qo‘riqlashini aytdi. Bu javobni Kramer albatta tushunmadi. Jipsining «so‘zlari» uning uchun irillash va akillashdan boshqa narsa emas edi. Qaytanga yaxshi!

Men pashsha kamerasi oldida to‘xtab, laboratoriyaning u burchida bo‘layotgan voqeaga quloq sola boshladim. Kramerning vajohati va xatarni sezgan itning xatti-harakati meni sergak qilib qo‘ygan edi.

Lekin hammayoq jimjit edi. Jipsi akillamasdi. Kramerning hem tovushi eshitilmasdi. Ehtimol, shivirlab gapirayotgandir. Laboratoriyamiz atmosferasi yerdagiday zich emas, shuning uchun tovush pasayadi. Ikki minutlar chamasi kutish bilan o‘tdi. Shu payt birdan Jipsining qattiq akillab, chaqirgani eshitildi. Keyin u jim bo‘lib qoldi, saldan so‘ng bo‘g‘iq irillay boshladi.

Men shiddat bilan izimga qaytdim.

Ko‘z oldimda dahshatli manzara namoyon bo‘ldi.

Kramer Zorinani bo‘g‘ardi. Vera uning qo‘lidan xalos bo‘lishga urinar, lekin buning uddasidan chiqolmasdi. Jipsi Kramerning yelkasidan tishlab olgan edi. U itdan qutulish uchun butun gavdasi bilan silkinardi. Shunday qilib, har uchovlari laboratoriyaning o‘rtasida dumaloq bo‘lib aylanishardi.

Men uchib kelib o‘zimni eshilib ketgan to‘da o‘rtasiga urdim va Kramerning tomog‘idan mahkam ushlab oldim. Boshqa ilojim qolmagan edi.

— Jipsi! Yordamga chaqir! Qo‘ng‘iroq! Telefon! — deb qichqirdim men.

Kramer xirillar, lekin Zoriiani qo‘yib yubormasdi. Uning barmoqlari go‘yo toshday qotib qolgan edi. Yuzi burishib ketgan, ko‘zlari ola-kula.

Jipsi ko‘ng‘iroq tomon uchib borib, «trevoga» tugmachasini bosdi. Keyin yonimga qaytib kulib, Kramerning burnidan tishladi. Kramer dodlab qo‘lini qo‘yib yubordi. Jipsi shu zahotiyoq o‘zini chetga oldi.

Lekin hali g‘alaba iash’asini surishga erta edi. To‘g‘ri, men Verani Kramerdan uzoqroqqa itarib yuborishga muvaffaq bo‘ldim. Lekin Kramer shu okning o‘zida Jipsining yuziga musht soldi-yu, keyin menga tashlandi. Odatdan tashqari kurash boshlanib ketdi. Men Kramerdan chetlanish uchun jon-jahdim bilan qanotlarimni silkitardim. Lekin vaznsiz bo‘shliqda harakat qilishga mendan ko‘ra ustaroq bo‘lgan raqibim o‘z holatini tez o‘zgartirar va kutilmaganda bosh tomonimda paydo bo‘lib qolar edi. Shunda Jipsi o‘rtamizga tashlanib, Kramerning yuziga chang solishga urinardi.

Kramer meni tinimsia mushtlar va tepardi. Xayriyatki, raqibimning zarbasi sira ta’sir etmasdi. Faqat gavdasi devordan qaytib kelib urilgandagina turtki sezardim.

Nihoyat u meni orqadan ushlab olishga muvaffaq bo‘ldi, barmoqlari tomog‘im sari o‘rmalay boshladi. Shu on Jipsi uning o‘ng qo‘liga osilib oldi. Kramer itni uloqtirib yuborish uchun chap qo‘lini ham bo‘shatishga majbur bo‘ldi, lekin shu payt jangga Vera ham tashlandi. U Kramerning oyog‘idan ushlab oldi.

— Qo‘ying, Kramer! Uch kishiga kuchingiz yetmaydi! — deya uni murosaga chaqirdim.

Lekin u quturib ketgan edi.

Laboratoriyada odamlarning tovushi eshitildi. Ko‘p o‘tmay besh yigit bizni bir-birimizdan ajratishdi. Kramer hamon talpinar, tipirchilar va ovozining boricha qichqirardi. To‘rt yigit uni ushlab turishdi, bittasi kichkina omborxonamizdan arqon olib keldi. Kramerni bog‘lashdi.

— Meni havosiz bo‘shliqqa tashlab yuboringlar! — deb xirillardi u.

— Qanday sharmandalik! — dedi haligilardan bittasi. — Ketsda hech qachon bunday hodisa bo‘lmagan edi.

— Direktorimiz, o‘rtoq Parxomenko, sud qilish vakolatiga ham ega. Menimcha, bu bezorilik birinchisi va so‘nggisi bo‘ladi, — dedi yana biri.

— Buni sud qilishga shoshilmanglar, o‘rtoqlar, — dedim men. — Nazarimda, Kramerni sud qilish emas, balki davolash kerak. U kasal.

Kramer tishini bir g‘ichirlatdi-yu, indamadi.

Yana to‘polon qilib qolishidan qo‘rqib, uni shundayligicha, oyoq-qo‘li bog‘liq holda «g‘ovvos» kostyumiga tiqishdi va bir qop yukday Ketsga olib ketishdi. Zorina ikkovimiz ham o‘sha yoqqa jo‘nadik. Laboratoriyada faqat bitta navbatchi bilan Jipsi qoldi.

Qetsga kelganimizdan keyin Kramerni darhol Mellerga ko‘rsatishlarini talab qildim. Men unga Kramer bilan tanishgan kunimizdan boshlab to so‘nggi xatti-harakatlarigacha gapirib berdim. Shuningdek, Faleyev ham jismoniy va ruhiy kasal, nazarimd, ularning kasalini keltirib chiqargan sabab bitta bo‘lsa kerak, degan fikrni ham aytdim.

Meller gaplarimni diqqat bilan eshitib, pirovardida dedi:

— Ha, shunday bo‘lishi mumkin. Yulduzdagi sharoit juda ham boshqacha. Bunaqa hol ilgari ham yuz bergan edi. Dastlabki xodimlarimizdan biri o‘zini «nrigi dunyoda» deb his qilgan edi. Ongimizda hali qanday sarqitlar borligini tasavvur qilyapsizmi?

U Kramerni, so‘ng Faleyevni keltirishlarini talab qildi.

Kramer savollarga javob bermadi, xo‘mrayib turaverdi va faqat bir marta haligi gapini takrorladi:

— Meni havosiz bo‘shliqqa tashlab yuboringlar.

Faleyev Mellerni battar hayratga soldi. Uning javoblaridan Meller bir xulosaga keldi nazarimda. Ikkovlarini olib chiqib ketishgach, u dedi:

— Siz tamomila haqsiz. Ikkovi ham kasal, og‘ir kasal. Kramerni sud qilish to‘g‘risida so‘z ham bo‘lishi mumkin emas. Unga achinish kerak. Bu ilmiy burch yo‘lidagi qurbon. Axir, siz biolog bo‘la turib, buning sababini anglamadingizmi?

— Men bu yerda yangi odamman, qolaversa, medik emasman… — dedim men xijolat bo‘lib.

— Lekin buni bilish qiyin emas edi. Darvoqe, o‘zim ham sizdan durust emasman. G‘aflatda qolnbman… Hamma gap kosmik nurlarda! Bir o‘ylab ko‘ring-a. Yer sirtidan atigi yigirma uch kilometr balandlikda kosmik nurlanish kuchi yerdagidan uch yuz marta ko‘p. Atmosfera qatlamidan yuqoridamiz, binobarin, kosmik nurlar bizga yerdagidan ming marta ko‘proq ta’sir qiladi…

— Uzr, — deb unyng gapini bo‘ldim. — U holda Ketsdagi hamma odamlar quturib ketishi yoki majruh bo‘lib qolishi kerak edi. Lekin unday bo‘lmayapti-ku.

Meller aybsitib bosh chayqadi.

— Siz hali ham tushunmadingiz! Buning uchun Kets quruvchilariga rahmat aytishimiz kerak. Kosmik nurlar xatarli emas, degan fikrlar bo‘lishiga qaramay, Ketsni bunyod etgan quruvchilar havodagi maskanimiz qobig‘ida izolyatsion qatlam yaratganlar. Bu qatlam kuchli kosmik nurlar ta’siridan bizni himoya qiladi. Tushunarlimi?

— Buni bilmas ekanman…

— Laboratoriyalarning bir qismi esa — o‘simliklar fiziologiyasi laboratoriyasi bilan zoolaboratoriya — kosmik nurlar ni to‘la o‘tkazadigan qilib qurilgan. Ularning hayvonlar organizmi va o‘simliklarga ta’sirini o‘rganishimiz kerak edi. Sizning pashshalar va boshqa yirikroq hayvonlar ustida olib borgan tajribalaringiz nimaga asoslangan, axir? Mutatsiyalar qayerdan kelib chiqadi? Kosmik nurlar ta’siridan. Siz buni bilasizmi?

— Buni bilaman. Endi tushundim…

— Barakalla. Pashshalar o‘zgaradi; it, echki, qo‘ylardan kim bilsin qanday maxluqlar binoga keladi. Nima, siz o‘zingiz boshqa xamirdan yasalganmisiz? Ularga ta’sir qiladi-yu, sizga ta’sir qilmaydimi? Men shunaqa bo‘lishini bilardim! Ogohlantirganman ham. Meni sizga o‘xshagan biologlar yupatishdi: hech narsa qilmaydi, deyishdi. Mana, bir odamni jinni, ikkinchioini majruh qilib o‘tirishibdi. Kosmik nurlar bezlarga ta’sir etgan, bezlar esa jismoniy va ruhiy faoliyatni buzgan. Bu aniq… Faleyevning kasali — akromegaliya. Bu kasallikni tezda bartaraf qilamiz. Lekin Kramer ancha ovora qiladi. Agar siz ham, azizim, shunday laboratoriyada ikki yil ishlagangizda, ehtimol, xuddi shund; ahvolga tushgan bo‘lardingiz.

— Xo‘sh, endi nima qilish kerak? Men ishni tashlab ketolmayman.

— Tashlab ketishning keragi yo‘q. Chorasini topamiz. Rentgenologlar, radiologlar xavfli nurlar bilan muomala qilishadi ku, faqat odam o‘zini himoya qila bilishi kerak. Izolyatsion qalpoq, izolyatsion kiyim kiyishga to‘g‘ri keladi. Tajriba ostidagi hayvonlar bevosita nur ta’sirida turishaveradi, ilmiy xodimlar esa — kosmik «yomg‘ir» ni o‘tkazmaydigan «tom» ostida bo‘lishadi. Bunday «jala» yog‘ib turgan tajriba kamerasiga faqat «soyabon» bilan kirish mumkin. Men aytaman, injenerlarimiz kerakli narsalarning hammasini muhayyo qilishadi.

Загрузка...