Anchadan beri bu tungiday qattiq uxlamagan edim. Agar Tonya kelib soat oltida uygotmaganida kunduz soat o‘n ikkigacha uxlashim aniq edi.
— Tezroq ko‘chaga yuring, — dedi u. — Hozir ishchilar bilan xizmatchilar ishga borishadi.
Kallai saharlab yana izquvarlik rolimni bajarishga kirishdim.
— Paley degan odamning shu yerda yashash-yashamasligini spravka byurosi orqali bila qolsak bo‘lmasmikin?
— Be’mani gap, — dedi Tonya. — Buni Leningraddaligimizdayoq surishtirganman…
Biz tosh ko‘chadan borardik. Quyosh allaqachon tog‘ tepasiga ko‘tarilgan bo‘lsa ham badanim junjikar, hamon nafasim bo‘g‘ilardi. Muzliklar yarqirab, ko‘z ochirmasdi.
Uzoqda kichkina bog‘ ko‘rindi — bu mahalliy bogbonlarning o‘simliklarni iqlimga moslashtirish yo‘lidagi urinishlarining samarasi. Kets shahri qurilgunga qadar bu yerda, bir necha ming metr balandlikda hech qanday giyoh o‘smagan.
Yuraverib charchadim. Bir oz o‘tirishni taklif qildim. Tonya rozi bo‘ldi.
Oldimizdan odamlar tinimsiz o‘tib turardi. Ular bemalol gaplashib, kulishib borishardi — qisqasi, o‘zlarini juda tetik his qilishardi.
— Ana! Ana! — deb qichqirib yubordim birdan.
Tonya o‘rnidan sakrab turib, bilagimdan ushlab oldi, biz oyog‘imizni qo‘limizga olib mashina orqasidan chopa ketdik. Mashina raketodromga eltadigan to‘ppa-to‘g‘ri yo‘ldan yelday uchib borardi. —
Chopish qiyin edi. Nafasim qisilardi. Kunglim behuzur bo‘lardi. Boshim aylanib, oyoq-qo‘lim titrardi. Bu gal Tonyaning ham mazasi qochdi, lekin sira to‘xtay demasdi.
Shu alpozda o‘n minutlar chamasi yugurdik. Qora soqolli kishi o‘tirgan avtomobil hali ko‘zdan uzoqlashmagan edi. Tonya oirdan ko‘chani kesib o‘tdi-da, qo‘llarini yozib, ro‘paradan kelayotgan mashinaning yo‘lini to‘sdi. Mashina keskin to‘xtadi. Tonya kabinaga sakrab chiqib, meni qo‘limdan tortdi.
Shofyor bizga hangu mang bo‘lib tikilib turardi.
— Anavi mashinaning orqasidan haydang tezroq! — deb buyurdi Tonya. Uning ovozi shunday qat’iy chiqdiki, shofyor g‘ing demay, mashinasini orqaga qaytarib, gazni oxirigacha bosdi.
Yo‘l ajoyib edi. Tezda so‘nggi uylar ham ortda qolib, oldinda raketodrom kaftda turganday ko‘zga tashlandi. Keng «temir yo‘lda» ulkan laqqa baliq yanglig‘ raketa yotardi. Raketa atrofida odamlar uymalanishardi. Birdan sirena tovushi yangradi. Odamlar shoshib o‘zlarini chetga olishdi. Raketa temir izlardan yeirg‘angancha tezligini oshira borib, nihoyat, o‘qday uchib ketdi. Lekin hali raketaning portlatgichlari ishga tushirilmagan, u xuddi tramvayday, elektr toki bilan harakat qilardi. Yo‘l toqqa tomon o‘ttiz gradus qiyalik bilan ko‘tarilardi. Io‘lning tugashiga bir chaqirimcha qolganda raketaning quyrug‘idan bir suchoq alanga otilib chiqdi. Raketa tutun bilan qoplandi. Keyin kuchli portlash ovozi eshitildi. Bir necha daqiqadan so‘ng qudratli havo to‘lqini bizni gandiraklatib yubordi. Raketa orqasida, tutundan uzun oq iz qoldirib, samo qa’riga kirib borardi. Ko‘p o‘tmay u qora nuqtaga aylanib, ko‘zdan goyib bo‘ldi.
Biz raketodromga yetib keldik. Ammo, afsuski, yerda qolanlar orasida qora soqolli kishi yo‘q edi…