XIII. OY ORBITASI SARI

Oyga sayohatimiz arafasida Tonyani samoviy sovuqlik laboratoriyasiga kuzatib qo‘ydim. Xayrlashuv qisqa, lekin iliq bo‘ldi. U qo‘limni qattiq qisib:

— O‘zingizni ehtiyot qiling… — dedi.

Bu oddiy so‘zlar menga baxt nash’asini berdi.

Ertasi tongda Tyurin raketaga dadil kirib bordi. G‘am-qayg‘udan tamom ezilgan Jon uni kuzatib qo‘ydi. U yig‘laguday ahvolda edi.

— Professor uchun javob berasiz! — deb qichqirdi u menga raketa eshigi yopilishidan oldin.

Oyga tikkasiga emas, balki Yer atrofida aylanib, burama tarzda ucharkanmiz. Sayohatimiz qanchaga cho‘zilishi ham noma’lum. Raketamizga yigirma kishi sig‘ishi mumkin. Biz esa atigI olti kishimiz: ilmiy ekspeditsiyaning uch a’zosi kapitan, shturman va mexanik. Raketadagi qolgan bo‘sh joylar oziq-ovqat, portlovchi modda va suyuq kislorod bilan band. Raketaning sirtiga Oy ustida sayohat qilish uchun mo‘ljallangan g‘ildirakli vagon biriktirilgan. Havo qarshiligi bo‘lmaganidan «Oy avtomobili» raketaning tezligini pasaytirmaydi.

Ko‘p o‘tmay raketamiz Kets Yulduzining mehmondo‘st raketodromini tark etdi. Shu zahotiyoq Tyurinning ahvoli og‘irlashdi. Gap shundaki, portlash kuchayib, tezlik oshishi bilan tananing vazni o‘zgara boshladi. Tyurinning ahvoli tushunarli: og‘irlikka o‘rganish mumkin, vaznsizlikka o‘rganish mumkin, lekin tanang goh parday yengillashib, goh qo‘rg‘oshinday zil-zambil bo‘lib qolishiga ko‘nikish juda og‘ir.

Yaxshiyam, oziq-ovqat va yonilg‘ini yetarlicha olivolganimiz, shoshmasligimiz mumkin, binobarin, portlashlar ham bir me’yorda. Ularning tovushi faqat raketa devorlariga uriladi. Bu tovushga ham xuddi motor shovqini yoki soatning chiqillashiga ko‘nikkanday ko‘nikish mumkin, ammo og‘irlikning kuchayishiga… aslo so‘ramang!

Tyurin hansirar, oh tortardi. Goh yuziga qon quyilib, chehrasi alvon tusga kirar, goh yuzidan qon qochib, rangi dokadek oqarib ketardi.

Faqat geologimiz — xushchaqchaq, paxmoq mo‘ylovli barvasta Sokolovskiygina hamon quvnoq edi.

Tana vaznsizligi qaytgan paytlarda astronom yolg‘izlikda orttirgan odati bo‘yicha ovoz chiqarib gapira boshlardi. Lekin so‘zlari poyma-poy bo‘lardi: goh Yerdagi astronomlarga noma’lum bo‘lgan ajoyib ma’lumotlarni aytar, goh «falsafa» ga tushib ketardi.

— Kino nima uchun qiziqarli? Chunki unda biz harakatni ko‘ramiz…

Keyin u ingrar, g‘ujanak bo‘lar, so‘ngra yana tilga kirardi.

Men tashqariga qarab borardim. Yerdan uzoqlashganimiz sari u tobora kichrayardi. «Kun» tobora uzayib, tun qisqara boshladi.

Aslini olganda, bu tun emas, balki kun tutilishiday gap edi.

Oy esa qiziq manzara kashf etib borardi.

Raketamiz orbitaning Oyga qarama-qarshi nuqtasiga yetgan paytda Oy kichkina, Yerdan ko‘ringaniga nisbatan ancha kichkina tuyulardi, biz orbita bo‘ylab Oyga yaqinlashsak u g‘oyat ulkan shakl kasb etar edi.

Nihoyat, Oyning eng katta me’yori Yerniki bilan baravarlashgan daqiqa yetib keldi. Oy orbitasiga bir nyocha marta sayohat qilgan kapitanimiz so‘z qotdi:

— Tabriklayman. Oygacha bo‘lgan masofaning beshdan to‘rt qismini bosib o‘tdik. Qirq sakkiz yer radiusi orqada qoldi. Quyosh sistemasi doirasidagi sayyoralararo sayohat vaqtida yer radioi — 6378,4 kilometr o‘lchov birligi bo‘lib xizmat qiladi. Bu sayyoralararo navigatorlarning o‘ziga xos milyasi, — deb tushuntirdi u.

Endi Oy hajmi kecha-kunduz ichida — raketaning Yer atrofida aylanish vaqti orasida o‘zgarardi. Sutkaning yarmida Oy kattalashar, qolgan yarmida esa kichrayib borardi. Lekin bu sutkalar endi Yerdagidan ancha uzun edi.

Bulutsiz, yorug‘ kun tobora uzayardi.

Kapitanning aytishicha, Oyning tortish kuchi soat sayin zo‘rayib, raketaning yo‘lini o‘zgarta borardi. Yer yo‘ldoshining o‘z bag‘riga chorlashi ta’sirida raketa harakati goh tezlashar, goh sekinlashardi. Oy bizni quchog‘idan chiqarishni istamasdi. Agar portlagich asboblarimizdagi qarshilik kuchi bo‘lmaganda biz Oyga mangu asir bo‘lib qolardik. Quyosh sistemasiga kiruvchi ulkan sayyoralarning tortish kuchi naqadar xatarli ekani o‘zo‘zidan ma’lum…

Uchishning dastlabki soatlarida kapitan raketani belgilangan yo‘ldan avtomatik uchishga o‘tkazib, boshqarishni tashlab qo‘yardi. Bu xavfli emas edi. Lekin vaqt o‘tgan sayin, garchi hamma narsa mexanizatsiyalashgan bo‘lsa ham, u boshqarish pultidan kamroq qo‘zg‘aladigan bo‘ldi.

Biz Yer atrofida Oy bilan taxminan bir orbita bo‘ylab uchardik, binobarin, Yer atrofini Oy bilan bir vaqtda — o‘ttiz yer sutkasi ichida aylanib chiqardik. Tun-quyosh tutilishi, xuddi Yerda oy tutilishi kabi, juda kamayib ketdi. Raketa Oy ortidan quvishni to‘xtatib, nihoyat, u bilan tenglashib oldi. Endi biz Yerdan Oy bilan bir xil masofada uzoqlashgan edik. Raketa bilan Oy orasidagi masofa o‘zgarmas bo‘lib qoldi.

Nazarimda, Oy ham, Yer ham, raketa ham bir joyda qimirlamay turibdi-yu, faqat yulduzli gumbaz tinimsiz surilayotganday edi.

— Tez orada bu yerda osmon mustamlakalarini quramiz, — dedi Sokolovskiy jimlikni buzib.

— Yo‘q, azizim, tez orada emas, — deb e’tiroz bildirdi Tyurin — Avval material topish kerak. Hamma narsani yerdan olib chiqib bo‘lmaydi-ku. Aksincha, biz Yerga hali ba’zi bir «osmon» sovg‘alaridan jo‘natishimiz kerak. Meteoritlar kolleksiyasini jo‘natdik. Yaxshi kolleksiya. Hammasi g‘uj-g‘uj leonidlardan iborat.

Shunday deb, Tyurin mamnuniyat bilan kuldi.

— To‘g‘ri, — dedi Sokolovskiy. — Inshootlar qurishimiz uchun ko‘p temir, nikel, po‘lat, kvars kerak.

— Shuncha qazilma boylikni qayoqdan olasizlar? — so‘radim men. «Qazilma boylik» deganimga Sokolovskiy xaxolab kulib yubordi.

— Qazilma boylik emas, uchirma boylik, — dedi u. — Meteoritning nimasi «qazilma». Ularning orqasidan bekorga quvganim yo‘q.

— Meteorit tutishning tashabbuskori va tashkilotchisi menman. Bu mening g‘oyam! — tuzatish kiritdi Tyurin.

— Men buni da’vo qilayotganim yo‘q, professor, — dedi Sokolovskiy. — G‘oya — sizniki, lekin amalga oshirgan — men. Hozir ham Yevgenyevni yangi razvedkaga jo‘natganman.

«Yevgenyev» degan familiya meni osmonga olib chiqqan butun yo‘lni eslashga majbur qildi. Bu yerdagi odatdan tashqari taassurotlar butun shaxsiy ishdarni shu qadar tez orqaga surib tashlaganini qarang-a!

— Bilasizmi, o‘rtoq Artemyev, biz Kets Yulduzining yonginasidan mayda meteoritlarning butun bir galasini topdik, — deb murojaat qildi menga Sokolovskiy. — Teparoqda ulardan ko‘ra ancha yirikroqlariga ham duch keldik. Ularni tadqiq qilish natijasida tarkiblarida temir, nikel, kremnezyom, glinozyom kalsiy oksidi, dala shpati, xromli temir, tarkibida temir bo‘lgan oksidlar, grafit va shu kabi oddiy hamda murakkab moddalar borligi aniqlandi. Qisqasi, qurilish uchun zarur bo‘lgan hamma narsa, o‘simlik uchun kislorod va suv bor. Quyosh energiyasidan foydalanib, bu materiallarni qayta ishlashimiz va o‘zimiz uchun kerakli hamma narsani, hatto qalamgacha tayyorlashimiz mumkin. To‘g‘ri, kislorod bilan suv bu yerda tayyor holda emas, balki «birikkan» holda uchraydi, lekin bu kimyogarlarimizni cho‘chitolmaydi.

— Sizning ma’lumotlaringizga asoslanib, bu halok bo‘lgan osmon jismlari qoldiqlarining harakatini o‘rganib chiqdim, — deya gapga aralashdi Tyurin. — Xulosalar juda qiziq. Meteoritlarning bir qismi olisdan uchib kelgan, ko‘pchilik qismi esa Kets Yulduzi bilan bir xil orbitada Yer atrofini aylanib yuradi…

— Bu narsaga sizning diqqatingizni men tortganman, professor, — dedi Sokolovskiy.

— Albatta. Lekin xulosalar meniki.

— Mayli, bahslashmaymiz, — dedi Sokolovskiy murosaga kelib.

— Bahslashayotganim yo‘q. Faqat men aniqlikni yaxshi ko‘ra man. Shunnng uchun ham olimman, — e’tiroz bildirdi Tyurin hatto o‘rnidan sapchib turib ketdi, lekin shu zahotiyoq qayta utirib, voyvoylab qoldn.

— Meller haq, dedi u. — Vaznsizlik olamida qimirlamay yetaverib juda nimjon bo‘lib ketibman. Hayot tarzini o‘zgartirishim kerak.

— Oy sizni harakatga solib qo‘yadi, — deb kuldi geolog.

— Rost. Darvoqe, men o‘z farazimni aytmoqchi edim, — gapida davom etdi Tyurin. Yer atrofida aylanayotgan meteoritlar shu qadar ko‘pki, ular parchalanib ketgan kichkina yer yo‘ldoshi — ikkinchi Oyning qoldiqlari bo‘lsa kerak. Bu juda mitti bo‘lgan. Mazkur meteoritlarning miqdori va hajmini aniq hisoblab chiqqanimizdan so‘ng, xuddi paleontologlar halok bo‘lgan haivonlarning suyaklarini tiklaganidek, bu yo‘ldoshning ilgarigi yaxlitligini tiklashimiz, aniqlashimiz mumkin. Kichkina ikkinchi Oy! Lekin u bizning Oydan kam nur sochmagan chunki Yerga yaqinroq bo‘lgan.

— Kechirasiz, professor, — tanasining rangi va qotmaligidan hindilarga o‘xshab ketadigan yosh mexanik kutilmaganda gapga aralashdi. Menimcha, bunaqa yaqin masofada Yer kichkina Oini o‘ziga tortib olgan bo‘lardi.

Nima? Nima? deb aqirib yubordi Tyurin. — Nega ushoqdai keladigan Kets Yulduzi Yerga qulab ketmayapti? A? Hamma gap harakatning tezligida… Ammo kichkina Oy harholda halok bo‘libdi-ku, — dedi u endi sal hovridan tushib. — Kurashuvchi kuchlar — inersiya bilan yerning tortish kuchi — uni parchalab tashlagan… Afsuski, bizning Oyni ham shu qismat kutyapti! U parchalanib ketadi. Yer xuddi Saturnnikiga o‘xshagan ajoyib uzukka ega bo‘ladi. Mening fikrimcha, bu oy uzugi Oyning o‘zidan xira bulmaidi. U yer tunini bezab turadi. Lekin bari bir bu katta io‘qotish, — deb xo‘rsinib gapini tugatdi u.

— O‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan yo‘qotish, — qo‘shib qo‘ydim men.

— Hm… Hm… Kim biladi, balki to‘ldirib bo‘lar. Mening bir loiiham bor, lekin bu xususda hozircha gapirmayman.

— Meteorlarni qanday tutgansiz? — so‘radim Sokolovskiydan.

— Bu juda qiziq ov, — javob berdi geolog. — Men ularni faqat Kets Yulduzi orbitasidagina emas…

— Mars va Yupiter orbitalari orasidagi asteroidlar mintaqasida ham ovlagan, — deb gapni bo‘ldi Tyurin. — Yer astronomlari bundai asteroidlarning faqat mingdan ortiqrog‘ini bilishadi. Mening katalogimda esa ularning soni to‘rt mingdan oshib ketdi. Bu asteroidlar ham halok bo‘lgan ikkinchi Oydan ko‘ra kattaroq sayyoraning qoldiqlari. Hisoblarimga ko‘ra, bu sayyora Merkuriidan katta bo‘lgan. Mars bilan Yupiter o‘zaro tortishib uni parchalab tashlagan. Taqsimlab olisholmagan-da! Saturn uzugi ham uning halok bo‘lgan, parchalangan yo‘ldoshi. Bizning quyesh sistemamizda qancha marhumlar borligini ko‘rdingizmi?

Endi navbat qay biriniki ekan? Voy-bo‘y… bu turtkilar tugaydimi, yo‘qmi!

Men kresloning charm qoplangan yumshoq suyanchig‘idan ushlab yana derazadan tashqariga qaradim. Hamon yulduz chamani bilan qoplangan qop-qora osmon. Shu alfozda yillab, yuz yillab uchsang ham manzara o‘zgarmaydi.

Birdan bir mahallar eski parovoz ulangan oddiy poyezdda qilgan sayohatim esimga tushib ketdi. Yez edi. Kechki payt. Quyosh bulutlar bag‘rini qon qilib, o‘rmon ortiga yashirinadi. Vagonning ochiq derazasidan nam havo, arg‘uvon va akonit hidi gupullab urib turibdi. Ko‘kdagi kamon oy poyezdni izma-iz quvib kelyapti. Goh o‘rmon, goh ko‘l, goho tepaliklar bir-biriga o‘rin bo‘shatadi. Tepaliklar ustida daraxtlarga ko‘milgan binolar. Undan so‘ng dala boshlandi, dimoqqa qorabug‘doy hidi urildi. Qancha taassurotlar, Tyurinning tili bilan aytganda, ko‘z, quloq, burun uchun qancha «harakat». Bu yerda esa na shamol, na yomg‘ir, na iqlim o‘zgarishi, na tun, na yoz va na qish. Hamisha yakrang motamsaro osmon, ko‘kimtir quyosh, raketa ichida bir xil harorat…

Yo‘q, osmonda, Oyda, boshqa sayyoralarda yashash qanchalik qiziqarli bo‘lmasin, Yer hayotini hech qachon «osmon turmushi» ga almashtirmayman…

— Shunday qilib desangiz… asteroid ovi — eng qiziqarli ov, — kutilmaganda geolog Sokolovskiyning yo‘g‘on tovushi eshitildi.

Uning suhbati menga yoqadi. Gapirganda doim oddiy, xuddi Vasilyevskiy orolidagi uyida o‘tirganday, xotirjam gapiradi. Aftidan unga bu g‘ayriodatiy sharoit hech qanday ta’sir ko‘rsatmayotganga o‘xshaydi.

— Asteroidlar mintaqasiga kirgach, quloqni ding qilib turish kerak, — davom etdi u. — Aks holda kattaligi Moskvadagi Sovetlar Saroyidek yoki undan ham yirikroq biror Parcha raketaga kelib urilishi hech gap emas. Unda tamom deyavering. Shuning uchun asteroidlar yo‘nalishiga tobora yaqinlashib uchish kerak bo‘ladi… Ajoyib manzara! Asteroidlar mintaqasiga uchib kirasiz. Osmonning ko‘rinishi o‘zgaradi… Yaxshilab qarang-a. Uni butunlay zim-ziyo deyish qiyin. Tagi qop-qora bo‘lsa-da, g‘ijgij yulduz bilan qoplangan. Ana shu yog‘du bag‘rida qora hoshiyalar ko‘zga tashlanadi. Bu uchib borayotgan asteroidlarga quyosh nuri tushmagan payti. Ba’zilari ko‘kda kumushday oq iz qoldiradi. Ayrimlaridan esa sariq-qizg‘ish iz qoladi. Osmon yo‘lyo‘l hoshiyalar bilan to‘lib ketadi. Raketa asteroidlar harakati tomon burila borgan sari tezligi oshib, deyarli ular bilan baravarlashadi, shunda asteroidlar hoshiyaga o‘xshamay qoladi. Siz endi g‘aroyib olamga kirib qolasiz va turli kattalikdagi son-sanoqsiz «oy» lar orasida uchib borasiz. Ularning barchasi bir tomonga qarab uchadi, lekin hali raketadan oldinda bo‘ladi.

Ana shunday «oy» lardan birortasi raketa yonidan uchib o‘tayotganda uning butunlay dumaloq emasligini ko‘rasiz. Bu «oy» lar ning shakli xilma-xil. Chunonchi, bir asteroid piramidaga o‘xshasa, ikkinchisi sharnusxa, uchinchisi dag‘al kub shyklida, ko‘pchilik qismi esa shunchaki shaklsiz qoyatosh parchalariga o‘xshaydi. Bir xillari to‘da-to‘da bo‘lib uchsa, ikkinchi xillari uzaro tortishish natijasida bir bosh uzumday g‘uj bo‘lib qolgan. Ularning sirti goh xira, goh tog‘ billuriday yarqiroq bo‘ladi…

Ungda ham, so‘lda ham, pastda va yuqorida ham ana shunday «oi» lar… Raketa uchishini sekinlatsa, «oy» lar xuddi oldinga otilib ketganday tuyuladi, raketa tezlashsa ularning uchishi sekinlaganday bo‘ladi. Nihoyat raketa ularni quvib o‘tadi, «oy» lar ortda qoladi.

Asteroidlardan seyin uchish xatarli. Orqadan quvib yetib, raketani majaqlab tashlashi mumkin. Ular bilan bir yo‘nalishda va bir xil tezlikda uchish butunlay xavfsiz. Lekin u holda faqat atrofingni o‘rab turgan asteroidlarnigina ko‘rasan. Buning ustiga hamma narsa — raketa ham, o‘ngdagi, so‘ldagi, yuqoridagi va orqadagi «oy» lar ham bir joyda qimirlamay turganga o‘xshaydi. Faqat yulduzlar chamani asta oqaveradi, chunki asteroidlar ham, raketa ham harholda harakatda buladi, osmonda ularning holati o‘zgarib turadi.

Kapntanimiz asteroidlarga qaraganda tezroq uchishni afzal kurardi. Chunki orqadan hech narsa kelib urilmaydi. Bundan tashqari, «oy» lar galasi ichida harakat qilasan, kuzatishing, tanlashing mumkin. Xullas, osmondagi oyni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan Gogol qahramoni rolini bajarasan. Faqat sen «o‘g‘irlaydigan» oy kichikroq. Katta asteroidni orbitasidan chiqarib, Kets Yulduziga olib kelishga hali qudratimiz yetmaydi. Hamma yonilg‘ini sarflab qo‘yish va asteroidga mangu asir bo‘lib qolishdan qo‘rqamiz… Avvaliga eng kichkina asteroidlarni tanladik. Asteroidga turtkisiz yaqinlashish va uni shatakka olish uchun juda katta mahorat va epchillik talab qilinadi. Kapitan raketani asteroid bilan baravar uchirib borib, asta unga yaqinlashdi. Shundan keyin yon tomondagi portlashlar to‘xtatildi. Biz elektromagnitni ishga soldik: kristall shaklidagi asteroidlardan qolgan boshqa hammasi asosan temirdan iborat-ku. Nihoyat, oradagi masofa juda qisqargach, elektromagnitni o‘chirib, qolgan ishni tortishish kuchiga qo‘yib berdik. Syl o‘tmay bilinar-bilinmas turtki sezildi. Shundan so‘ng yo‘ldoshimiz bilan qo‘shaloq bo‘lib uchaverdik. To‘g‘ri, boshida bu osonlikcha bo‘lmadi. Ba’zan biz qattiq to‘qnashib qolardik. Bunday paytda, asteroid o‘z orbitasidan chiqib ketar, biz buni sezmay ham qolardik, raketa esa undan yengil bo‘lgani uchun juda nariga uchib ketar va hammasini boshqatdan boshlashga to‘g‘ri kelardi. Keyinchalik bu ishni juda yaxshi egallab oldik. Endi faqat asteroidni raketaga biriktirish qolgan edi. Uni zanjir bilan bog‘lab olishga va elektromagnit bilan tutib turishga urinib ko‘rdik, lekin natija yaxshi bo‘lmadi. Keyin meteorlarni raketa sirtiga payvand qilishni o‘rganib oldik, quyosh energiyasi bizda yetarli, payvandlash apparatlarini esa doim o‘zimiz bilan olib yurardik.

— Axir, buning uchun raketadan chiqish kerak-ku? — dedim men.

— Albatta. Chiqardik-da. Hatto asteroidlar ustida sayohat ham qilganmiz. Bir hodisa esimda, — davom etdi Sokolovskiy kulib. — Biz beo‘xshov taroshlangan tosh bombaga o‘xshagan kattakon yalpoq asteroidga yaqinlashdik. Men raketadan uchib chiqib, asteroidning bir qirrasiga yopishib oldim-da, koinot bo‘ylab sayohatga jo‘nadim. Xo‘sh, keyin nima bo‘ldi deng? Yalpoq «qutb» larda o‘rnimdan g‘oz turib ketaverdim, qabariq «ekvator» da esa og‘irlik markazi o‘zgargani uchun oyoqni osmondan qilib turishga to‘g‘ri keldi. Shu alfoza uchib yuraverdim.

— Bu, aftidan, aylanib turgan kichik planeta bo‘lsa kerak, bundan tashqari, og‘irlik markazi emas, balki nisbiy og‘irlik o‘zgargan, — deb tuzatdi Tyurin. — Aylanish qutblari ustida og‘irlik juda katta bo‘ladi va u markazga tomon to‘g‘ri yo‘nalishda boradi. Lekin qutbdan uzoqlashgan sari og‘irlik kamayaveradi. Shunday qilib, qutbdan ekvatorga qarab yurgan kishi xuddi tog‘dan tushayotganday bo‘ladi, buning ustiga balandlik tobora osha boradi. Qutb bilan ekva. tor orasida og‘irlikning yo‘nalishi ufqqa to‘g‘ri kelib qolgan. Shuning uchun ham siz o‘zingizni juda baland tog‘dan tushayotganday his qilgansiz. Keyin esa u qiya shift holatiga kirgan va planetadan uchib ketish uchun siz duch kelgan narsaga yopishishga majbur bo‘lgansiz… Yerdan eng yaxshi kuchli teleskoplar orqali, — davom etdi Tyurin, — diametri olti kilometrdan kam bo‘lmagan planetalar ko‘rinadi. Asteroidlarning esa gardday keladiganlari ham bor.

— Har qanaqasini ham ko‘rdik, — dedi Sokolovskiy. — Ba’zilarida og‘irlik shu qadar ozki, asteroiddan uchib ketish uchun salgina sakrash kifoya qiladi. Men aylanasi o‘n yetti yarim kilometr keladigan ana shunday asteroidlardan birida bo‘lganman. Bir metr balandlikka sakrab, pastga yigirma ikki sekunddan keyin tushdim. Yerda ostonadan sakrash uchun sarf qilinadigan harakat bilan ikki yuz o‘n metr yuqoriga — Eyfel minorasidan salgina qolishadigan balandlikka chiqib ketish mumkin. Tosh otgan edim, u qaytib tushmadi.

— Tushadi, lekin tez emas, — dedi Tyurin.

— Diametri oynikidan atigi olti marta kichik bo‘lgan nisbatan yirik asteroidda ham bo‘lganman. U yerda bir qo‘lim bilan sheriklarimdan yigirma ikkitasini ko‘tardim. Bu asteroidda oddiy ipdan arg‘imchoq yasab uchish, balandligi olti yarim kilometrli minora qurish mumkin. To‘pponchadan o‘q uzib ko‘rdim. Nima bo‘ldi deng. Agar o‘zim aks ta’sir oqibatida planetachadan uchib ketmaganimda, otgan o‘qim orqadan aylanib kelib meni halok qilishi mumkin edi. U hozir ham asteroid atrofida aylanib yotgan bo‘lsa kerak.

— Bunday planetada poyezdlar soatiga bir ming ikki yuz sakson kilometr tezlikda yurgan bo‘lardi, — dedi Tyurin. — Darvoqe, shunday planetalardan bir nechtasini Yerga yaqinlashtirish mumkin. Nima uchun qo‘shimcha yoritishni vujudga keltirish mum kin emas? Undan keyin bu planetalarga aholi ko‘chiriladi. Shisha oranjereya quriladi. O‘simlik o‘stiriladi. Jonivorlar boqiladi. Bu juda ajoyib maskan bo‘ladi. Vaqti bilan Oyda shunday qilish mumkin.

— Oyda goh savuq, goh issiq bo‘ladi-ku, dedim men.

— Shisha qalpoq ostidagi sun’iy atmosfera va pardalar Quyesh haroratini bnr me’yorda tutib turadi. Oy tunlari vaqtida tuproqning sovushiga kelsak, bu masalada mening o‘z fikrlarim bor, — deb qo‘ydi Tyurin ma’noli qilib. — Axir biz favqulodda quchli harakat ta’sirida Yer yadrosining qizishi nazariyasidan voz kechmadikmi? Shunga qaramay Yerimiz issiq…

— Quyosh va atmosfera po‘stini… — deb geolog gap boshlagan edi, Tyurin uning so‘zini bo‘ldi:

— Ha, ha, lekin faqat bugina emas. Yer qatlamlarida issiqlik uning bagridagi radioaktivlikning bo‘linishi natijasida kuchaya boradi. Nega bu hodisa Oyda yuz bermas ekan? Hatto nega kuchliroq tarzda yuz bermas ekan? Radioaktiv bo‘linish Oy bag‘rini isitishi mumkin. Bundan tashqari, Oy qatlami ostida hali sovumagan magma bor… Oy bizga tuyulganiday sovuq emas. Modomiki, u yerda atmosfera qoldiqlari bor ekan… Mana shuning uchun ham siz, biolog, ekspeditsiyaga kiritilgansiz, — deb menga murojaat qildi u.

Sokolovskiy ishonqiramay bosh chayqadi.

— Elementlarning radioaktiv bo‘linishi natijasida tuproqning "qizishini men negadir asteroidlarda sezmadim.

— Asteroidlar Oydan kichkina, — deb javob berdi astronom chiyildoq tovush bilan.

U bir oz jim qoldi, keyin yana birdan falsafaga tushib ketdi, go‘ye miyasidagi ikki fikr chizig‘i baravar chuvalib borardi.

Raketamiz derazasidan so‘nik yulduzlar mo‘ralaydi. Yulduzlar galasi ufqni kesib, yon tomonga, so‘ng yuqoriga qarab surilib borardi, demak, raketa burilyapti.

— Biz anchagina asteroid tutib qo‘ydik, — dedi menga past ovoz bilan Sokolovskiy, o‘zicha nimalarnidir pichirlab o‘tirgan Tyuringa e’tibor bermay. — Avvalo raketodromimiz ostiga «poydevor» yetqizdik. Uning massasi qancha katta bo‘lsa, shuncha mustahkam bo‘ladi. Qo‘nayotgan raketalarning tasodifiy turtkilari uni urnidan qo‘zgatib yubormaydi. Keyinchalik asteroidlarni fabrika va zavodlarimizga jo‘natamiz, siz hali bular bilan tanishasiz. Yaqinda juda ajoyib bir planetacha tutib oldik. To‘g‘ri bu kichkina parcha, xolos — yer hisobi bo‘yicha, bir yarim tonna keladi. Lekin tasavvur qiling-a, nuqul oltindan iborat… Hazilakam topildiq emas! Osmonda oltin sochmalari…

Tyurin bu so‘zlarni eshitib qoldi shekilli, gap qo‘shdi: — Katta planetalarda elementlar yuzadan markazga tomon uzlarining ko‘tarilib boruvchi solishtirma og‘irliklariga qarab joylashgan, yuqorida silitsiy, alyuminiy — «sial», pastroqda silitsiy, magniy — «sima», undan ham pastda nikel, temir — «nife», temir va yana ham og‘irroq metallar — platina, oltin, simob, qo‘rg‘oshin, Sizning oltin asteroidingiz — halok bo‘lgan ilaneta markaziy yadrosining bir bo‘lagi. Kam uchraydigan hodisa. Osmondagi oltin sochmalariga ko‘p umid bog‘lamang.

Menn uyqu elita boshladi. Badanim yerdagi kecha-kunduzga, sergaklik va uyquga qattnq o‘rganib qolgan ekan.

— Uxlayapsizmi? — dedi Tyurin. — Xayrli tun. Men bo‘lsam juda g‘alati ahvolga tushib qoldim. Observatoriyada bir me’yorda uxlashni tamom unutayozgan ekanman. Endi esa ora-sira uxlab oladigan hayvonlarga o‘xshab qoldim. Xuddi mushukday.

U yana nimalarnidir gapirdi, lekin men hech narsani eshitmasdim. Portlashlar tingan, osoyishtalik… Tushimga Leningraddagi laboratoriyam kiripti…

Bir sutkadan keyin osmonga qaradim-u, Oyni ko‘rib, hangu mang bo‘lib qoldim. U butun ko‘kni egallab olgan va o‘z salobati bilan kishini qo‘rquvga solardi. Oygacha atigi ikki ming kilometr masofa qolgan edi. Tog‘lar, vodiylar, suvsiz «dengiz» lar kaftdagiday ko‘rinib turardi. Ayrim tog‘ tizmalari, allaqachon so‘ngan vulqon kraterlari yaqqol ajralib turibdi. Hatto og‘zi ochiq yoriqlargacha ko‘zga tashlanyapti…

Astronom Oydan ko‘z uzmasdi. U, o‘z tili bilan aytganda, Oy sirtidagi «har bir toshni» allaqachonlardan beri bilardi.

— Ana, qarang, chetdagisi. Bu Klavius, pastda — Tixo, undan pastroqda — Alfons, Ptolemey, o‘ngda — Kopernik, undan keyin esa Apennin, Kavkaz, Alp…

— Pomir, Himolay, Kordilyer yetishmas ekan, — dedim men.

— Oyning narigi tomonidagi tog‘ cho‘qqilarini shunday deb agaymiz, — dedi kulib geolog. — Ularga hali hech kim nom qo‘ymagan.

— Ana… Oy-u, mana… Oy! — deb xitob qildi Tyurin. «Yerdagi» dan yuz marta katta. Oh!.. — ingrab yubordi u. — Yana og‘irlik.

— Kapitan tormoz beryapti, — dedi geolog. — Oy bizni o‘ziga gobora qattiqroq tortyapti. Yarim soatdan keyin manzilga yetamiz.

Men suyunib ketdim, ayni vaqtda yuragimni vahima bosdi. Oyga sayohat qilgan va birinchi qo‘nishda hayajonlanmagan kishi bo‘lsa, mayli, meni qo‘rqoq deyaversin.

Oy shundoq ostimizda. Endi u osmonning yarmini egallab olgan. Tog‘ cho‘qqilari ko‘z oldimizda yuksalib boryapti.

Lekin qnziq: Oy, xuddi Yerga o‘xshab, yuqoridan sharning qabariq sirtiga o‘xshab emas, balki to‘ntarilgan ola-bula zontikday bukik ko‘rinadi.

Tyurin ingradi: portlashlar kuchayib borardi. Shunga qaramay u Oydan ko‘z uzmasdi. Shu payt Oy qayoqqadir yon tomonga surildi. Gavdamning bir tomoni og‘irlashib ketganidan raketa yana yo‘nalishnni o‘zgartirganini payqadim. Og‘irlik yo‘nalishi shu qadar o‘zgardiki, Oy endi bizdan ancha balandga «chiqib ketdi». «Shiftda» yurishni tasavvur qilish ham qiyin edi.

— Sabr qiling, professor, — dedi geolog Tyuringa murojaat qilib. — Atigi ikki-uch kilometr qoldi. Raketa juda sekin uchyapti: sekundiga yuz metrdan ortiq emas. Hozir raketadagi gaz bosimi Oyning tortish kuchiga baravar, binobarin, raketa inersiya bo‘yicha harakat qilyapti.

Yana hamma narsa avvalgi holiga qaytdi. Og‘irlik yo‘qoldi.

— Biz qayerga qo‘namiz? — deb so‘radi yigirma sekundlardan so‘ng o‘ziga kelgan Tyurin.

— Tixo Brage yaqiniga bo‘lsa kerak. Atigi besh yuz metr qoldi, — dedi Sokolovskiy.

— Voy-voy! Yana portlash! — ingrab yubordi Tyurin.

Mana, hammasi joyida. Oy endi pastda, bizning ostimizda.

— Hozir qo‘namiz… — dedi Sokolovskiy hayajon bilan. — Faqat qo‘nish vaqtida «oy avtomobili» ga shikast yetmasa bo‘lgani.

Yana o‘n sekundcha o‘tgach, yengil turtkini sezdim. Portlashlar to‘xtadi. Hammamiz asta yonboshlab qoldik.

Загрузка...