— Xush kelibsizlar! — dedi Sokolovskiy. — Hammasi ko‘ngildagidek.
— Qo‘nish vaqtida hatto deraza qopqoqlarini ham yopmabmiz, — dedi Tyurin. — Bu ehtiyotsizlik. Deraza oynalari qoyatosh qirrasiga urilishi mumkin edi.
— Kapitanimiz Oyga birinchi marta qo‘nayotgani yo‘q-ku, — e’tiroz bildirdi unga Sokolovskiy. — Qani, qadrli do‘stlar, fazoviy kostyumlarni kiyib, oy avtomobilimizga o‘tinglar.
Biz tez kiyinib, raketadan chiqdik.
Men chuqur nafas oldim. Garchi apparatimdagi kisloroddan nafas olayotgan bo‘lsam ham, bu yerda gaz boshqacha «maza» kasb etganday tuyuldi. Bu, albatta, xayoliy gap. Ikkinchi his etgan narsam, g‘oyat yengillik bo‘ldi. Bunisi aniq gap edi. Ilgari, raketada uchgan vaqtlarimda ham, Kets Yulduzida ham (to‘la vaznsizlik sharoitida) bunday yengillikni his qilganman, lekin bu yerda, Oyda og‘irlik xuddi «doimiy miqdor» day his qilinadi, faqat Yerdagidan kichikroq, xolos. Hazil gapmi, men endi Yerdagi vaznimdan olti marta yengil edim!
Men atrofga qaradim. Ustimizda hamon yorqin yulduzlar bilan qoplangan qop-qora osmon. Quyosh ham, Yer ham ko‘rinmaydi. Tun zulmatini raketamizning yon oynasidan tushayotgan nurigina tilib turibdi. Bularning hammasi Yerning nur sochib turuvchi yo‘ldoshi haqidagi odatdagi tasavvurga aslo sig‘masdi. Keyin payqadim: raketamiz Klaviusdan janubroqqa, Oyning Yerdan ko‘rinmaydigan orqa tomoniga qo‘ngan ekan. Bu yerda esa hozir tun hokim edi.
Tevarak-atrof tap-taqir sahro. Elektrlashtirilgan kostyumda bo‘lganim uchun sovuqni sezmasdim. Lekin bu taqir sahro ko‘rinishi yurakni muzlatardi.
Raketa-avtomobilimizni tushirishga yordamlashish uchun kapitan bilan mexanik raketadan chiqishdi. Geolog imlab meni ham bu umumiy ishda ishtirok etishga chorladi. Men avtoraketaga qaradim. U tuxumsimon vagonga o‘xshardi. Kichik bo‘lishiga qaramay, anchagina og‘ir nazarimda. Buning ustiga, na arqon, na chig‘ir ko‘rinaadi, xullas, uni tushirish uchun hech qanday moslama yo‘q. Mexanik yuqorida gaykalarni bo‘shatyapti. Kapitan, Sokolovskiy, Tyurin va men pastda raketani ilib olishga tayyor turibmiz. Lekin u bizni pachaqlab yuboradi-ku… Darvoqe, biz Oydamiz-ku. Bunga darrov ko‘nikish qiyin. Mana, «tuxum» ning quyruq tomoni bo‘shatildi. Raketa quyrug‘i bilan tusha boshladi. Sokolovskiy Dyuz tuynugining chetidan ushlab oldi. Kapitan o‘rtada turibdi, men — old qismida. Hozir raketa sirg‘alib tushadi… Qo‘limni ko‘tarib tayyor bo‘lib turibman-u, agar raketa og‘irlik qilsa o‘zimni qayoqqa otishni o‘ylayman. Lekin shubhalarim behuda bo‘lib chiqdi. Olti qo‘l raketani yengilgina ko‘tarib, g‘ildirak ustiga qo‘ydi.
Kapitan bilan mexanik qo‘l silkib xayrlashib, katta raketaga chiqib ketishdi. Tyurin Sokolovskiy bilan meni avtomobilga o‘tirishga taklif qildi.
Uning ichi tor edi. Lekin kostyumlarimizni yechib qo‘yib, bemalol gaplashib o‘tirishimiz mumkin edi.
Kichik raketa tuzilishidan xabardor bo‘lgan Sokolovskiy upi boshqarishga o‘tdi. U chiroqni yoqdi, raketani kislorod bilan to‘ldirdi, elektr pechkani ishga tushirdi.
Raketaning ichi to‘rt o‘rinli usti yopiq avtomobilni eslatardi. u to‘rt o‘rindiq raketaning faqat old qismini egallagan edi. Kabinaning uchdan ikki qismi yonilg‘i, oziq-ovqat va mexanizmlar bilan band edi. Raketaning bu tomoniga odam zo‘rg‘a sig‘adigan torgina eshik orqali o‘tilardi.
Biz yechingach, garchi elektr pechka ishlab turgan bo‘lsa ham, yeovqota boshladik. Men junjikib ketdim. Tyurin yelkasiga mo‘ypadan tikilgan kamzulchasini tashlab oldi.
— Raketamiz juda sovub ketibdi. Bir oz sabr qilinglar, hozir qiziydi, — dedi Sokolovskiy.
— Tong yallig‘i, — dedi Tyurin ekipajimizning kichkina deramasidan tashqariga qarab.
— Tong yallig‘i? — so‘radim men ajablanib. — Oyda qanaqa illig‘ bo‘lishi mumkin: axir, bu yerda atmosfera yo‘q-ku?
— Bo‘lishi mumkin ekan, — javob berdi Tyurin. U hech qachon Oyda bo‘lgan emas, lekin astronom sifatida Oydagi sharoitni Krdagidan kam bilmasdi.
Men derazadan qarab, olisda qizigan metall parchalariday porlab turgan nuqtalarni ko‘rdim.
Bular ko‘tarilayotgan quyosh nuridan yorigan tog‘ cho‘qqilari edi. Ularning yorug‘ shu’lasi boshqa cho‘qqilarda mavj qilardi. Bu shu’la bir cho‘qqidan ikkinchisiga o‘tib, bora-bora kuchsizlanar va shu tariqa o‘ziga xos tong manzarasini kashf etardi. Shu’la yorug‘ida yarim qorong‘iliqda yotgan tog‘ tizmalari, dengiz cho‘kmamari, konussimon cho‘qqilarni ajrata boshladim. Yulduz bilan qoplangan osmon fonidagi ko‘rinmas tog‘larning kungurador hirrali jarliklari ko‘zga tashlanib turardi.
— Hademay quyosh chiqadi, — dedim men.
— Hali-veri chiqmaydi, — deb e’tiroz bildirdi Tyurin, — Yer ekvatorida u ikki minut orasida chiqadi, bu yerda esa quyosh gardishi ufqdan ko‘tarilguncha bir soat vaqt o‘tadi. Oydagi kecha-kunduz Yerdagidan o‘ttiz marta uzun-da.
Men derazadan ko‘z uzolmasdim. Manzara hayron qolarlik darajada ajoyib edi! Tog‘ cho‘qqilari, go‘yo birov mash’ala yoqqanday, birin-ketin yarqirab borardi. Oyda bunday cho‘qqilar ozmuncha deysizmi! Hali jamol ko‘rsatib ulgurmagan quyoshning nurlari barcha cho‘qqilarni yuqoridan bir xil masofada «kesib» o‘tgan edi. Binobarin «havoda» birdaniga jimjimador tog‘lar paydo bo‘lib qolganday tuyulardi kishiga. Bunday lovillab turgan tog‘lar tobora ko‘payib borardi, mana, nihoyat, ularning tekislikdagi aksi aniq ko‘zga tashlandi, endi ular havoda osilib turg‘anga o‘xshamasdi.
Tog‘larning quyi tomoni kulrang tusda, yuqori qismi oppoq. Aks nur asta-sekin tog‘ etaklarini ham yoritib borardi. «Oy tongi» borgan sari ravshanlashardi.
Bu manzaradan ko‘zim qamashib ketgan bo‘lsa ham derazadan yuz burolmasdim. Men oy tog‘larining o‘ziga xos tomonlarini yaxshiroq ilg‘ab qolishni istardim. Lekin ular Yerdagidan farq qilmasdi. Ba’zi joylarda ulkan qoyalar tubsiz jarliklar uzra bazo‘r ilinib turibdi, lekin ular qulab tushmasdi. Bu yerda ular ancha yengil, tortish kuchi esa bo‘sh.
Oy tekisliklarida, xuddi jang maydonlaridagiday, kattakichik chuqurliklar bor. Ba’zilari uch dyuymli to‘p o‘qlari hosil qilgan chuqurchalarday kichkina, ayrimlari esa vulqon og‘ziday katta. Nahotki bular Oyga tushgan meteorlarning izi bo‘lsa? Shunday bo‘lishi mumkin. Chunki Oyda atmosfera yo‘q, demak, Yerdagiday, Oyni osmon bombalaridan himoya qiluvchi to‘siq ham yo‘q. Shunday ekan, bu yerda yurish ancha xavfli. Bir necha yuz tonna keladigan ana shunday bombameteor boshingga kelib tushsa bormi!
Men o‘z hadigimni Tyuringa aytdim. U menga kulimsirab qaradi.
— Chuqurliklarning bir qismi vulqon natijasida paido bo‘lgan, bir qismi, albatta, meteorlarning zarbidan, — dedi u. — Ulardan birortasi boshingizga kelib tushishidan qo‘rqyapsizmi? Shunday bo‘lishi ham mumkin, lekin ehtimollik nazariyasining aytishicha, bunday xavf Yerdagidan unchalik ko‘p emas.
— Ko‘p emas! — xitob qildim men. — Yerga katta meteorlar ko‘p tushadimi? Ularni kamyob narsaday izlab yurishadi-ku. Bu yerda esa, qarang, hammayoqni o‘yib tashlagan.
— To‘g‘ri, — deb javob berdi Tyurin xotirjamlik bilan. — Lekin siz bir narsani esdan chiqaryapsiz: Oyda allaqachonlardan beri atmosfera yo‘q. Million yillardan beri bu yerda na shamol esadi, na yomg‘ir yog‘adi, binobarin, meteorlarning izlari shundayligicha o‘zgarmay qolavergan. Bu chuqurliklar — bir necha million yillik hayotning solnomasi. Oy sirtiga yuz yildabitta katta meteor tushgan bo‘lsa — shuning o‘zi ham juda ko‘p degan so‘z. Nahot uning tushishi bizga, xuddi shu paytga to‘g‘ri kelsa? Men meteorning, albatta, to‘ppa-to‘g‘ri boshimga emas, yaqin atrofimga tushishiga e’tiroz bildirmasdim.
— Kelinglar, endigi rejalarimiz haqida gaplashib olaylik, — dedi Sokolovskiy.
Tyurin ishni Oyning umumiy sathini ko‘zdan kechirib chiqishdan boshlashni taklif qildi.
— Klavius sirki, Kopernik kraterini necha martalab teleskopdan zavq bilan tomosha qilganman! — dedi u. — Bu yerlarga qadami yetgan birinchi astronom bo‘lishni istayman.
— Ishni tuproqni geologik tadqiq qilishdan boshlashni taklif etaman, — dedi Sokolovskiy. — Buning ustiga, Oyning Yerdan ko‘rinadigan qismiga hali oftob tushgani yo‘q, bu yerda esa «tong» otdi.
— Siz xato qilyapsiz, — e’tiroz bildirdi Tyurin. — Ya’ni, to‘g‘ri gapirmadingiz. Hozir Yerdan Oyning to‘rtdan bir bo‘lagi ko‘rinyapti. Biz bu «oy» ni — Oyning sharqiy qismini — raketamizni soatiga ikki yuz kilometr tezlikda haydagan taqdirimizda qirq besh soat ichida aylanib chiqishimiz mumkin. Faqat Klavius bilan Kopernik oldida to‘xtaymiz. Innaykeyin, ekspeditsiyaning boshlig‘i kim: menmi yo sizmi? — deb so‘zini tugatdi u qizishib.
Oy bo‘ylab sayr qilish meni ham qiziqtirib qoldi.
— Rostdan ham Oydagi ulkan sirk va kraterni nima uchun ko‘rmasligimiz kerak ekan? — dedim men. — Ularning geologik tuzilishi ham e’tiborga loyiq bo‘lishi kerak.
Geolog yelkasini qisib qo‘ydi. Oyning Yerdan ko‘rinadigan sirtida Sokolovskiy bir marta bo‘lgan. Lekin ko‘pchilik bir taklifni quvvatlab turgandan keyin…
— Kraterga chiqmadingizmi? — hadik bilan so‘radi Tyurin.
— Yo‘q, yo‘q, — dedi kulib Sokolovskiy. — U yerga hali inson oyog‘i yetmagan. Siz birinchi bo‘lasiz. Men Farog‘at dengizining «tubida» bo‘lganman. Agar geologik materiallarni nazarda tutadigan bo‘lsak, bu nom o‘zini to‘la oqlaydi. Men u yerdan ajoyib kolleksiya to‘pladim… Qani, vaqt ketmasin. Jo‘nasak jo‘naylik! Lekin juda tez haydashga to‘g‘ri keladi. Mashinamiz soatiga ming kilometr va undan ham ortiq yura oladi. Bo‘pti, sizlarni Klaviusga olib boraman.
— Kopernikka ham, — dedi Tyurin. — Io‘l-yo‘lakay Karpat tog‘larini ham ko‘rib o‘tamiz. Ular Kopernikdan shimolroqda.
— Xo‘p bo‘ladi! — dedi Sokolovskiy va richagni bosdi.
Raketamiz titradi, ma’lum yergacha g‘izillab borib, keyin havoga ko‘tarildi. Men pastda, vodiyda qolgan katta raketamizni ko‘rdim, so‘ng ko‘zim o‘tkir nurdan qamashib ketdi: Quyosh!
U ufqdan endigina ko‘tarilgan edi. Bu tong Quyoshi biz Yerdan ko‘radigan Quyoshga mutlaqo o‘xshamasdi. Atmosfera uni qizartirmagan. Har vaqtdagiday qop-qora osmonda ko‘kimtir tusda porlab turibdi. Nuri ko‘zni oladi. Deraza oynasidan o‘tgan haroratini shu zahotiyoq payqadim.
Raketa endi ancha balandga ko‘tarilgan va biz tog‘ cho‘qqilari ustida uchib borardik. Tyurin tog‘ tizmalarini diqqat bilan ko‘zdan kechirardi. U silkinishlarni ham, o‘z falsafasini ham allaqachon unutib yuborgan edi. Shu tobda u faqat astronom edi.
— Klavius! Bu o‘sha! Ichidagi uchta kichik qraterni ko‘rib turibman.
— To‘ppa-tug‘ri sirk ichiga tushaveramizmi? — suradi Sokolovskiy kulimsirab.
— Ha, tushaveramiz. Faqat kraterga yaqinroq qo‘ning! — xitob qildi Tyurin va birdan xirgoyi qila boshladi.
Bu men uchun shu qadar kutilmagan hol ediki, nazarimda o‘rgimchak ashula aytayotganday bo‘ldi. Men Tyurinning ovozi g‘oyat ingichkaligini aytgan edim, lekin, afsuski, kuylash qobiliyati mutlaqo yo‘q edi. Uning qo‘shig‘ida na vazn, na ohang bor edi. Sokolovskiy menga ayyorona qarab, jilmayib qo‘ydi.
— Ha? Nima gap? — deb so‘radi birdan Tyurin.
— Qo‘nishga joy izlayapman, — javob berdi geolog.
— Qo‘nishga joy! — deb xitob qildi Tyurin. — Menimcha, bu yerda joy yetarli. Klaviusning diametri ikki yuz kilometr keladi. Moskva bilan Leningrad orasidagi masofaning uchdan bir qismi.
Klavius sirki baland ko‘tarma bilan qurshalgan vodiini eslatardi. Tyurinning aytishicha, ko‘tarmaning bo‘yi yetti kilometr. Bu Alp va Kordelyer tog‘laridan ham baland. Soyaning notekisligiga qaraganda, ko‘tarmaning chetlari qing‘ir-qiyshiqqa o‘xshaydi. Uch kraterning ko‘lankasi butun sirk ichini qoplab olgandi.
— Sirkni sayohat qilish uchun hozir eng qulai pait, — dedi Gyurin. — Quyosh tikkaga kelganda Oydagi issiqqa chidash qiyin. Tuproq qizib ketadi. Hozir esa u endigina qiziy boshlayapti.
— Hechqisi yo‘q. Oy kuniga ham chidaymiz. Kostyumlarimiz bizni issiqdan ham, sovuqdan ham yaxshi asraydi, — javob berdi Sokolovskiy. — Tushyapmiz. Mahkamroq ushlang, professor!
Men ham kresloga yopishdim. Ammo raketa g‘ildiraklari deyarli turtkisiz «yer» ga tegdi, bir sakrab, yiirma metrlar chamasi uchib bordi, yana pastga tegib, yana sakradi va, nihoyat, tekis joyga chiqib g‘izillab ketdi.
Tyurin uch krater hosil qilgan uchburchakning markaziga tomon haydashni so‘radi.
Biz darhol kraterlar tomon jo‘nadik. Tuproq borgan sari o‘ydim-chuqur bo‘la borar, biz raketa ichida u yoqdan-bu yoqqa otilib, o‘tirgan joyimizdan qalqib ketib ilgarilab borardik.
— Yaxshisi, bir sakrab kerakli joyga yetib olganimiz ma’dedi geolog. — Bunaqada g‘ildiraklarni ishdan chiqazamiz.
Shu daqiqada qattiq turtki sezildi. Ostimizda bir nima taqirladi-yu, mashina asta yonboshlab qoldi.
— Aytmadimmi! — deb xitob qildi Sokolovskiy kuyinib. — Avariya! Tashqariga chiqib, tuzatish kerak endi.
— Ehtiyot g‘ildiraklarimiz bor. Tuzatamiz, — dedi Tyurin. — Juda bo‘lmasa, piyoda ham ketaveramiz. Kraterlargacha o‘n kilomertcha masofa qoldi, xolos. Kiyinish kerak!
U shoshib trubkasini olib tutatdi.
— Bir oz ovqatlanib olaylik, — dedi Sokolovskiy. — Nonushta vaqti bo‘ldi.
Tyurin behad oshiqayotgan bo‘lishiga qaramay, rozi bo‘ldi. Biz shosha-pisha ovqatlanib, tashqariga chiqdik. Sokolovskiy bosh chayqab qoldi: g‘ildirak tamom ishdan chiqqan edi. Yangisini qo‘yishga to‘g‘ri keldi.
— Sizlar bo‘lguncha, yugurib yetib olaman, — dedi Tyurin.
Rostdan ham u chopib ketdi. Obbo chol-yey! Bilimga berilish shu-da! Sokolovskiy hayratdan qo‘llarini yozgancha qoldi. Tyurin kengligi ikki metr keladigan yoriqlardan yengil sakrab, kattaroqlarini esa aylanib o‘tardi. Kostyumining quyoshga qaragan tomoni yal-yal yonar, soyada qolgan qismi esa — deyarli ko‘rinmasdi Xuddi oy sirtida faqat o‘ng oyog‘i bilan sakrab va o‘ng qo‘lini gilkib, mayib-majruh odam borayotganga o‘xshardi. Uning chap qo‘li va oyog‘i onda-sonda, «oy» nuri tushgan paytdagina yarqirab qolardi. Tyurinning qorasi tez uzoqlashib borardi.
G‘ildirak bilan bir necha minut ovora bo‘ldik. Hammasi taxt o‘lgach, Sokolovskiy menga raketaning ustki ochiq maydonchasiga chiqishni taklif qildi. U yerda ikkinchi boshqarish apparati bor edi. Biz Tyurinning izidan yo‘lga tushdik. Raketaning ustida o‘tirish, ichida o‘tirishdan ko‘ra qiziqroq edi. Chunki chor atrof ko‘rinib turardi. O‘ng tomonimizdagi tog‘lar Quyosh nuri tushib turgan vodiyga to‘rtta soya tashlagan. So‘l tomonimizda esa faqat gog‘ cho‘qqilari yarqirab turibdi, tog‘ etaklari oy qorong‘isida qolgan. Yerdan Oyning bu qismi kulrang tusda ko‘rinadi. Tog‘ tizmalari men kutgandan ko‘ra nishabroq edi. Biz «oy» ning eng chetidan yoki Tyurinning tili bilan aytganda, «terminator» chizig‘idan — nur va soya chegarasi ustidan borardik.
Kutilmaganda Sokolovskiy tirsagi bilan biqinimga asta turtib, oldinga ishora qildi. Qarshimizda katta jarlik turar di. Biz bunday jarlikning bir nechtasidan sakrab, agar kattaroq bo‘lsa ustidan uchib o‘tdik. Aftidan, Sokolovskiy sakrash oldidan meni ehtiyot bo‘ling deb ogohlantirayotgandi. Men unga savol nazari bilan qaradim. Geolog skafandrini menikiga yaqin keltirib, dedi:
— Qarang, professorimiz…
Men oldinga qarab, ko‘lanka qa’ridan otilib chiqqan Tyurinni ko‘rdim. U qo‘llarini silkitib, uzun jarlik bo‘ylab biz tomonga qarab chopib kelardi. Jarlikdan u sakrab o‘tolmagandi.
— Undan o‘zib ketib, sirk markaziga birinchi bo‘lib borishimizdan qo‘rqyapti, — dedi geolog. — To‘xtashga to‘g‘ri keladi.
Raketa to‘xtar-to‘xtamas Tyurin ustki maydonchaga sakradi. Oi uni yoshartirib yuborgan edi. Yo‘q, sal mubolag‘a qildim. Gyurin butun gavdasi bilan ustimga kelib tushdi, ko‘kragi tinimsiz ko‘tarilib tushardi. Chol nihoyatda charchagan edi.
Sokolovskiy jarga yaqin qolganda «pedalni bosdi». Portlash yuz berib, raketa oldinga, so‘ng yuqoriga talpindi. Shu payt Tyurinning oyoqlariga ko‘zim tushib qoldi. U behad holsizlan ganidan dastakni tuzukroq ushlashga ham ulgurmay, raketadan uchib ketgan edi. Uning tanasi yarim doira yasab, pastga qulab borardi. U juda balanddan yiqilgan, lekin juda sekin pastlardi. Mening yuragim yorilayozdi. Professor tamom bo‘ldi!..
Bu vaqtda biz jarlik ustida uchib borardik. Birdan Sokolovskiy raketani keskin orqaga burdi, o‘zimning ham uchib ketishimga sal qoldi, biz tezlik bilan Oy sirtiga, Tyurinning yaqiniga qo‘ndik. Tyurin qimir etmay yotardi. Sokolovskiy tajribali emasmi, darrov uning kiyimlarini ko‘zdan kechirdi. Ozgina teshik bo‘lsa ham kishi halok bo‘ladi: fazoviy sovuq bir zumda tanani muz parchasiga aylatirib qo‘yadi. Xayriyat, kiyimi butun ekan, faqat sal tirnalib, bir oz chang bo‘lipti. Tyurin qo‘lini ko‘tardi oyoqlarini qimiirlatdi… Tirik! Kutilmaganda u o‘rnidan turib, raketaga qarab yura boshladi. Men hangu mang bo‘lib qoldim. Faqat Oydagina shunday bo‘lishi mumkin. Tyurin o‘z o‘rniga chiqib o‘tirib olgach, indamay qo‘li bilan oldinga ishora qildi. Men skafandrining oynasidan uning yuziga qaradim. U jilmayardi!
Bir necha minutdan so‘ng manzilga yetib bordik. Birinchi bo‘lib raketadan tantanali qiyofada professor tushdi. U udumni bajo keltirib, ibodat qildi. Bu manzara xotiramda abadiy o‘rnashib qoldi. Yulduz bilan qoplangan qop-qora osmon. Ko‘kimtir Quyosh. Bir tomonda ko‘zni qamashtiruvchi yarqiroq toglar, nkkinchi yoqda — «havoda muallaq turgan», erigan cho‘yanday oppoq cho‘qqilar. Bepoyon sirk vodiysining qariyb yarmiga uchi qing‘ir soyalar yastanib olgan; kul va chang bilan qoplangan toshloq tuproqda — mashinamiz g‘ildiraklarining olis-olisga cho‘zilgan izlari. Oy sirtidagi bu izlar ayniqsa kuchli taassurot qoldiradi. Ko‘lankaning shundoq chetida govvos qiyofasidagi bir odam ortida iz qoldirib, bir me’yorda qadam tashlayapti — bu inson oyog‘ining izlari! Mana u to‘xtadi. Kraterlarga, bizga, osmonga bir-bir qarab chiqdi. Atrofidan tosh terib, kichkina piramida yasadi. Keyin engashib, barmog‘i bilan kulga:
TYURIN
deb yozib qo‘ydi.
Barmoq bilan ko‘lga bitilgan bu yozuv Yer qoyalaridagi uimakor yozuvlardan umrboqiyroq: uni yomg‘ir yuvib ketmaydi, shamol ko‘mib yubormaydi. Agar tasodifan shu joyga meteorit tushmasa bu yozuv million yillar turaveradi.
Tyurin mamnun. Biz yana raketamizga o‘tirib, shimolga qarab uchamiz. Quyosh endi ufqdan bir oz ko‘tarilgan, sharq tomondagi tog‘larning ayrim qoyalarini yoritib turibdi. Lekin u ko‘kda juda ham sekin harakat qiladi.
Yana jarlikdan sakradik. Bu gal Tyurinni ogohlantirib quigandik. U temir dastaklarga mahkam yopishib olgandi. Pastga qarayman. Jarlik yurakni vahimaga soladi. Yerda bunaqalari kam uchraydi. Tubi ko‘rinmaydi — zim-ziyo. Eni bir necha kelo metr keladi. Bechora Oy! Yuzingga qanday chuqur ajinlar tushibdi-ya!..
— Alfons… Ptolemey… Oyga uchib kelayotganda bularni ko‘rganmiz, — dedi Tyurin.
Olisda krater cho‘qqisi ko‘zga tashlandi.
Tyurin skafandrini menikiga yaqinlashtirib, — aks holda gapni eshitib bo‘lmaydi, — dedi.
— Ana!.. Kopernik! Oydagi eng katta kraterlardan biri. Uning diametri sakson besh kilometrdan ortiq. Yerdagi eng katta kraterning — bu Seylon orolida — eni yetmish kilometrga ham yetmaydi.
— Kraterga! To‘ppa-to‘g‘ri kraterga! — deb buyurdi Tyurin.
Sokolovskiy krater devoridan oshib o‘tish uchun raketani yuqoriga, tikkasiga uchirdi. Tepadan o‘rtasi konus shaklidagi to‘g‘ri doira ko‘rinib turibdi. Raketa konus etagiga qo‘ndi. Tyurin mashinadan sakrab tushib, konusga qarab yugurdi. Nahotki u tepasiga chiqmoqchi bo‘lsa? Ha, xuddi shunday. U nihoyatda tik qoyalarga tarmashib, yuqoriga talpinyapti. Tyurin shu qadar tez ko‘tarilyaptiki, Yerdagi eng chaqqon alpinist ham uni quvib yetolmagan bo‘lardi. Oyda tepaga ko‘tarilish ancha oson. Bu yerda Tyurinning og‘irligi o‘n-o‘n ikki kilogrammdan oshmaydi. Bu vazn uning hatto bo‘shashgan paytlariga ham og‘irlik qilmaydi.
Konus atrofida, undan ma’lum masofa narida — tosh ko‘tarmasi. Uning qanday paydo bo‘lganiga tushunolmayman. Agar bu toshlar qachonlardir otilgan vulqon oqibati bo‘lsa, u holda ular tevarak-atofga sochilib ketishi va bu qadar to‘g‘ri halqa hosil qilmasligi kerak edi.
Bu jumboqqa kutilmaganda javob topildi. Qo‘qqisdan tuproqning silkinganini payqab qoldim. Nahotki Oyda ham zilzila bo‘lsa? Savol nazari bilan Sokolovskiyga qaradim. U indamdy qo‘li bilan cho‘qqiga ishora qildi: tepadan ulkan qoyalar dumalab tushardi. Bu qoyalar shiddat bilan dumalab borib ko‘tarma oldidagina to‘xtardi.
Ha, gap bu yoqda ekan! Oyda Yer tog‘larining kushandasi bo‘lgan shamol ham, yomg‘ir ham yo‘q. Ammo-lekin undan ko‘ra xatarliroq bo‘lgan yemiruvchi kuch bor ekan. Bu — Oydagi tun bilan kun oraoidagi haroratning keskin farq qilishi. Oyda ikki hafta ikki yuz daraja sovuq bo‘lsa, ikki hafta shu darajada issiq bo‘ladi. Oradagi farq to‘rt yuz darajani tashkil qiladi! Qoyalar bunga dosh berolmay, xuddi muzdek stakanga qaynoq suv quygandagiday, iarchalanib ketadi. Tyurin buni mendan yaxshiroq bilishi kerak. Nega bu qadar ehtiyotsizlik qilib, toqqa o‘rmalab chiqyapti… Aftidan, professorning o‘zi ham buni payqab qoldi: toshdan toshga sakrab tezlik bilan pastga tusha boshladi. Uning o‘ngida ham, so‘lida ham o‘pirilish bo‘lyapti. Lekin Tyurin bexatar joyga tushib oldi.
— Yo‘q, yo‘q! Men o‘z fikrimdan qaytmayman, — dedi u, lekin noqulay vaqtni tanlabman. Oy tog‘lariga oy kunining oxirida yoki kechasi chiqish kerak. Hozircha yetarli. Bo‘ronlar okea niga uchamiz, u yerdan to‘ppa-to‘g‘ri sharqqa, Oyning hali birorta inson ko‘zi tushmagan tomoniga jo‘naymiz.
— Bu g‘alati nomlarni kim o‘ylab topgan, — so‘radim men yo‘lga tushganimizdan keyiy. — Kopernik, Platon, Artistotel — bu bir navi. Lekin Oyda Bo‘ronlar okeani nima qilsin? Bu yerda bo‘ronning o‘zi yo‘q-qu. Farog‘at dengizi nimasi? Yalang‘och toshlarmi? Yeki Krizislar dengizini olaylik… Qanaqa krizis? Umuman, bir tomchi ham suvi yo‘q dengiz qanaqa dengiz bo‘ldi?
— To‘g‘ri, nomlar unchalik mos kelmaydi, — dedi Tyurin. — Oy sirtidagi jarliklar, so‘zsiz, bir mahallar mavjud bo‘lgan okean va dengizlarning izlari. Lekin ularning nomlari… Axir ularni nimadir deb atash kerak bo‘lgan-da! Kichkina planetalarni kashf qilishganda dastlab ularni an’ana bo‘yicha qadimgi yunon xudolarining nomlari bilan atashgan. Ko‘p o‘tmay hamma nomlar tugagan, lekin yangi planetalar uzluksiz kashf qilinavergan. Shundan so‘ng mashhur kishilarning nomlariga o‘tishgan: Flammarion, Gauss, Pikering va hatto amerikalik Eduard Tuk kabi taniqli filantroplarning nomlari ham bor. Shu tariqa kapitalist Tuk osmonda o‘z mulkiga ega bo‘lib olgan. Menimcha, mayda planetalarga raqam sistemasini qo‘llagan ma’qul… Oydagi Karpat, Alp, Apennin tog‘lariga kelsak, — bu, fantaziya doirasining torligidan. Mana, masalan, men Oyning narigi tomonida kashf qiladigan tog‘lar, vulqonlar, dengiz va sirklarimizga butunlay yangi nomlar o‘ylab qo‘ydim…
— Albatta, Tyurin kraterini ham esdan chiqazmassiz? — deb so‘radi Sokolovskiy kulib.
— Hammamizga ham yetadi, — javob berdi Tyurin. — Agar sizlar xohlasangiz, Tyurin krateri ham, Sokolovskiy dengizi ham, Artemyev sirki ham bo‘ladi.
Oradan yarim soat o‘tmay Sokolovskiy bizni Bo‘ronlar okeaniga yetkazdi. Raketa okean «tubiga» qo‘ndi. Uning tubi juda notekis edi. U yer-bu yerda baland tog‘lar bo‘y cho‘zib turibdi. Ularning cho‘qqilari bir mahallar orol bo‘lgan bo‘lsa ham ajab emas. Ba’zan biz chuqurlikdagi vodiylarga tushib ketar va butunlay soyada qolardik. Lekin qorong‘i emas edi: tepadagi yop-yorug‘ tong cho‘qqilaridan aks nur tushib turardi.
Men atrofni diqqat bilan kuzatardim. Toshlar uzun-uzun quyuq ko‘lanka tashlagan. Kutilmaganda bir joyda xuddi titilib ketgan savatnikiga o‘xshagan panjarador bir soyani ko‘rib qoldim. Uni darrov Sokolovskiyga ko‘rsatdim. U raketani to‘xtatishi bilan haligi soyaga qarab yugurdim. U xuddi toshga o‘xshaydi, lekin shakli juda qiziq: qovurg‘ali umurtqa suyagini eslatadi. Nahotki halok bo‘lgan hayvon qoldig‘ini topgan bo‘lsak? Demyk, Oyda hatto umurtqali hayvonlar ham yashagan ekanda. Demak, Oyda atmosfera u qadar tez yo‘q bo‘lgan emas ekan-da. «Umurtqa» va «qovurg‘alar» o‘z hajmiga nisbatan nozikroq edi. Lekin Oyda og‘irlik Yerdagiga qaraganda olti marta kam, binobarin, hayvonlarning skeletlari nozikroq bo‘lishi mumkin. Buning ustiga, bular dengiz hayvonlariga o‘xshaydi.
Geolog skelet yonida yotgan bir qovurg‘ani olib sindirdi. Sirti qora, ichi g‘alvirak, kulrang tusda. Sokolovskiy bosh chayqab, dedi:
— Menimcha, bular suyak emas, marjon.
— Lekin shakli, ko‘rinishi-chi, — e’tiroz bildirdim men.
Ilmiy bahs qizib ketishi mumkin edi, lekin gapga Tyurin aralashib qoldi. U o‘z vakolatiga suyanib, darhol jo‘nashni talab qildi. Tyurin Oyning narigi tomonini hali Quyosh to‘la yoritib turgan paytda ko‘rib qolishga oshiqardi. Bo‘ysunishdan boshqa iloj yo‘q edi. Ketsga qaytgandan so‘ng analiz qilish uchun bir necha «suyak» terib oldim. Biz yo‘lga tushdik. Bu topilma meni juda hayajonlantirib yubordi. Agar dengiz tubini tuzukroq titkilansa, juda ko‘p ajoyib kashfiyotlar qilish, Oydagi qisqa muddatli hayot manzarasini tiklash mumkin edi. Qisqa muddatli deganmizda, albatta, astronomik miqyos ko‘zda tutiladi…
Raketamiz sharqqa tomon uchib borardi. Quyoshga qarab, hayron qoldim: u yuqoriga odatdan tashqari tezlik bilan ko‘tarilardi. Shu payt Tyurin ikki biqinini ushlab qoldi.
— Fotoapparatimni yo‘qotganga o‘xshayman… G‘ilofi bor-u, o‘zi yo‘q… Orqaga! Fotoapparatsiz qolish mumkin emas! La’nati skeletni suratga olib bo‘lib, g‘ilofga solayotgan paytimda tushirib qo‘ygan bo‘lsam kerak! Bu yerda narsalar shunaqa yengilki, tushirib qo‘ysang ham payqamaysan…
Geolog norozi qiyofada bosh chayqadi, shunga qaramay raketani orqaga burdi. Shunda men ajoyib hodisaning guvohi bo‘ldim: biz orqaga burilishimiz bilan Quyosh yana sharqqa, ufqqa tomon qayta boshladi. Xuddi alahsirayotganday bo‘ldim nazarimda. Quyosh nuri miyamga ta’sir qildimikan? Osmonda goh u tomonga, goh bu tomonga harakat qiladigan Quyosh ham bo‘ladimi! Men buni hatto hamrohlarimga aytishga ham jur’at qilmay, indamay kuzatib o‘tiraverdim. Biz eski manzilga yaqinlashib tezlikni soatiga o‘n besh kilometrga tushirganimizda — Quyosh to‘xtadi. Hech narsaga tushunolmay qoldim.
Tyurin hadeb osmonga qarayverganimni sezdi shekilli, skafandini menikiga yaqinlashtirib, dedi:
— Quyoshning qilig‘idan taajjublanyapsiz-a. Buning sababi oddiy. Oy — kichkina jism, uning ekvatorial nuqtalari harakati juda sekin. Sekundiga to‘rt metrga ham yetmaydi. Binobarin, ekvator bo‘ylab soatiga o‘n besh kilomertga yaqin tezlik bilan garbga tomon yurilsa, Quyosh bir joyda turaveradi, agar tezlik oshirilsa Quyosh sharqqa «jo‘nab qoladi». Yeki aksincha: biz sharqqa, Quyosh istiqboliga tomon uchganimizda, Oy sirtida tez harakat qilib, Quyoshni ham tez ko‘tarilishga majbur qildik. Xullas, bu yerda Quyosh harakatini ham boshqarishimiz mumkin. Oyda soatiga o‘n besh kilometr masofani piyoda ham bemalol bossa bo‘ladi. Ekvator bo‘ylab g‘arbga tomon ana shunday tezlik bilan borayotgan yo‘lovchi ustida Quyosh qimirlamay turaveradi… Bu juda qulay. Chunonchi, Quyosh botayotgan paytda uning izidan borish g‘oyat katta qulaylik tug‘diradi. Tuproq hali iliq, atrof ki(ixopaz yorug‘ bo‘ladi, oftob kuydirmaydi. Garchi kostyumlarimiz harorat o‘zgarishidai bizni yaxshi asrasa ham, nur va qorong‘ilik orasidagi farq ancha kuchli seziladi.
Biz eski joyga yetib keldik. Tyurin apparatini qidirishga tushdi, men vaqtdan foydalanib, Bo‘ronlar okeanining tubini yana ko‘zdan kechira boshladim. Balki qachonlardir bu okean sirtida chindan ham dahshatli bo‘ronlar bo‘lgandir. To‘lqinlar yer okeanlaridagi to‘lqinlardan besh-olti marta kuchliroq chayqalgandir. Bu dengiz sirtida o‘shanda butun bir suv tog‘lari ko‘chib yurgandir. Chaqmoq chaqib, momaqaldiroq gumburlab, suv pishqirgan, toshgandir… Dengizda qachonlardir Yerda yashagan eng katta hayvonlardan ko‘ra bahaybatroq hayvonlar istiqomat qilgandir…
Men jar yoqasiga bordim. Uning eni bir kilometrdan oz emas. Buning ostida nimalar bor ekan? Bir tushib ko‘rsam-chi? Men elektr fonarimni yoqib, jarlikning nishob yeridan pastga tusha boshladim. Tushish oson edi. Avvaliga ehtiyotlik bilan, so‘ng dadil-dadil sakrab tobora pastlayverdim. Tepada yulduzlar jimirlab turibdi. Atrof zim-ziyo. Menga pastga tushgan sari harorat ko‘tarilayotganday tuyuldi. Balki, tez harakat qilgagimdan issiqlab ketgandirman. Afsus, geologdan termometrni olmapman. Tyurinning, Oydagi tuproq olimlar taxmin qilgandan ko‘ra issiqroq, degan farazini tekshirib ko‘rgan bo‘lardim.
Io‘lda silindr shaklidagi g‘alati tosh parchalari uchray boshladi. Nahotki bular qotib qolgan daraxt tanalari bo‘lsa? Ular dengiz tubiga, bunday chuqurlikka qanday qilib tushib qoldi?
Men o‘tkir qirrali bir narsaga yopishdim, kostyumim yirtilishiga sal qoldi, yuragim orqasiga tortib ketdi: axir, halok bo‘lish hech gapmas. Darrov engashib haligi narsani ushlab ko‘rdim: qandaydir tishlar. Chiroqni tutdim. Qoya orasidan uzun qop-qora arra chiqib turibdi — xuddi arrabaliqning o‘zi deysiz. Yo‘q, bu marjon bo‘lishi mumkin emas. Men tevarak-atrofga chiroq tutib chiqdim va hamma yerda arralar, uzun burama qoziq tishlar, kemirchakli taxtalar va qovurg‘alarni ko‘rdim… Halok bo‘lgan hayvolarning butun bir qabristoni… Tosh bo‘lib qotgan bu hujum va himoya qurollari oralab yurish juda xatarli edi. Shunga qaramay, men sehrlanib qolgan edim. Favqulodda kashfiyot! Faqat shuning o‘zi uchungina sayyorlararo sayohatga chiqsa arziydi. Men jar ichiga maxsus ekspeditsiya kelib qo‘nishini, bundan million-million yillar muqaddam halok bo‘lgan hayvonlarning suyaklari terilib, Ketsga, so‘ng Yerga, Fanlar Akademiyasining muzeyiga olib tushilishini va olimlarimiz Oy hayvonlarining qiyofasini tiklashlarini xayolan tasavvur qilardim…
Ha, mana buni marjon desa bo‘ladi! Yerdagidan olti marta emas, o‘n marta katta. «Butoqli shoxlar» ning butun bir o‘rmoni deysiz. Ba’zi marjonlarning hatto rangi ham o‘chmagan. Ayrimlari fil suyagi tusida, boshqalari — pushtirang, ko‘pchilik qismi esa qip-qizil.
— p mmn. guoig.
Ha, demak, Oyda hayot mavjud bo‘lgan. Balki, Tyurin haqdir, iz bu hayot qoldiqlarini topishga muvaffaq bo‘larmiz. Ulikoldiqlarini emas, balki hayvonot va o‘simlik dunyosi so‘nggi iakillarining qoldiqlarini toparmiz…
Kichkina toshcha oldimdan viz etib o‘tib, marjon butasiga kslib tushdi.
Bu hol xayollarimni to‘zg‘itib yubordi. Men boshimni ko‘tarib, jarlik yoqasida miltirayotgan chiroqni ko‘rdim. Hamrohlarim, iftidan, meni chaqirayotgan ko‘rinadi. Qaytish kerak. Men ularga javoban fonarimni o‘chirib-yoqdim-da, shosha-pisha eng nodir va qiziqlarli namunalardan terib sumkamga soldim. Yerda bu xazina oltmish kilogrammdan ko‘p chiqsa kerak. Demak, bu yerda o‘n kilogrammdan ortiq emas. Binobarin, bu yuk meni ko‘p qiyiamadi va men tez yuqoriga ko‘tarildim.
Uzboshimchalik qilganim uchun astronomdan xayfsan eshitishga to‘g‘ri keldi, lekin o‘z topildiqlarim haqida gapirib berganimdan keyin u ancha yumshadi.
— Buyuk kashfiyot qilgansiz. Tabriklayman! — dedi u. — Albatta ekspeditsiya tashkil qilamiz. Lekin hozir kechikish mumkin emas. Qani, darhol jo‘nadik.
Lekin bari bir andak kechikishga to‘g‘ri keldi. Biz okean chetiga borib qolgan edik. Qarshimizda Quyosh nuri tushib turgan «sohil»» qoyalari bo‘y cho‘zib turardi. Ajoyib manzara! Sokolovskiy beixtiyor mashinani sekinlatdi.
Pastda qizg‘ish porfir va rang-barang bazaltlardan iborat qoyalar yastanib yotibdi: zumrad tusli, pushtirang, zangori, sargish kulrang, sariq tusli… Xuddi kamalakday tovlanuvchi sehrli sharq gilami deysiz. U yer-bu yerda qorday oppoq tizmalar, pushtirang haykallar ko‘zga tashlanadi. Turtib chiqib turgan ulkan tog‘ billurlariga qarab bo‘lmaydi, ko‘zning nurini oladi. «qutlar qon tomchilariday osilib turibdi. To‘qsariq giatsintlar, qip-qizil pironlar, qora metanitlar, binafsharang almandinlar yashnab turgan gulzorni eslatadi. Ko‘k yoqut, zumrad na ametistlar uyum-uyum bo‘lib yotibdi… Qayerdandir, qoyaning o‘tkir qirrasidan bir tutam nur yog‘ilyapti. Faqat olmoslargina shunday nur taratishi mumkin. Bu qoyalar, aftidan, endigina parchalangan bo‘lsa kerak, kosmik chang bu shaffof va rang-barang iur ko‘zini hali to‘sib ulgurmagan.
Geolog qattiq tormoz berdi. Tyurin sal bo‘lmasa ag‘darilayozdi. Mashina to‘xtadi. Sokolovskiy yo‘l-yo‘lakay xaltasidan bolg‘achasinn olib, yarqirab turgan qoyatoshlar ustidan chopib ketdi. Men uning orqasidan yugurdim, bizning ortimizdan Tyurin. Sokolovskiyni geologlarga xos yengib bo‘lmas bir ishtiyoq chulg‘ab olgan di. Bu qimmatbaho toshlarni ko‘rib qolgan ochko‘zning hasisligi mas, balki kamyob qazilma boylikka duch kelgan haqiqiy olimiing ishtiyoqi edi.
Sokolovskiy bolg‘achasi bilan olmos parchalarini shunday Turli tusdagi qimmatbaho toshlar.
Uchirardiki, shu tobda u xuddi o‘pirilib tushgan kondan o‘ziga yo‘l ochayotgan konchini eslatardi. Bolg‘a zarbidan olmos zarrachalari atrofga nur bo‘lib sachratdi. Tyurin ikkovimiz bir olmosni tashlab, ikkinchisini olardik. Sumkalarimizni olmosga to‘ldirdik, Quyoshga tutib tomosha qildik, osmonga otib o‘ynadik. Biz go‘yo nur zarralari qurshovida qolgan edik.
Eh, Oy! Oy! Yerdan naqadar yakrang, kumushsimon bo‘lib kurinasan. Lekin siynangga qadam qo‘ygan kishini qanchalar rangbarang, ko‘zni qamashtiruvchi tuhfalar bilan kutib olasan!..
Keyinchalik bunaqa xazinalarga juda ko‘p marta duch kyoldik. Qimmatbaho toshlar, xuddi rang-barang shabnamday, tog‘ qoyalari, cho‘qqilarda to‘shalib yotardi. Yerda eng qimmatbaho hisoblangan olmos va zumradlar Oyda behisob… Bunday manzaraga deyarli ko‘nikib ham ketdik… Ammo Bo‘ronlar okeani sohilida bizni chulgab olgan «olmos talvasasi» ni hech qachon esimdan chiqarmayman.
Biz yana tog‘ va jarliklardan sakrab, sharqqa tomon uchib boryapmiz. Geolog yo‘qotilgan vaqtning o‘rnini to‘ldirish uchun raketani zo‘r berib haydayapti.
Tyurin bir qo‘li bilan o‘rindiq suyanchig‘idan ushlab, tantanali bir tarzda ikkinchi qo‘lini ko‘tardi. Bu bilan u Oy sirtyning Yerdan ko‘rinadigan qismi chegarasidan o‘tganimizni nishonladi. Biz noma’lum dunyoga qadam qo‘ydik. Biz hozir ko‘radigan narsalarni birorta odam ko‘rgan emas. Mening butun vujudim ko‘a va quloqqa aylangandi.
Tyurin haddan tashqari hayajonlanardi. U nima qilishini bilmasdi: vagon-raketaning tepasidan atrof yaxshi ko‘rinardi raketa ichida esa yozish-chizish qulay. Birida yutsang, birida yutqa zasan. Nihoyat u yozishdan voz kechishga qaror qildi: baribir Oyning «orqa» tomoni hali sinchiklab o‘rganilady va vaqti kelib xaritaga tushiriladi. Hozir faqat bu haqda umumiy tasavvux hosil qilinsa bas. Biz ekvator bo‘ylab yurishga qaror qildik Tyurin faqat eng katta sirk va eng baland kraterlari belgilar va ularga nom berib borardi. Birinchi tadqiqotchiga berilgan bu huquq unga katta huzur baxsh etardi. Shu bilan birga u shu qadar kamtar ediki, biror krater yoki dengizni o‘z nomi bila atashga oshiqmasdi. Aftidan u ilgariroq ro‘yxat tuzib olganga o‘xshaydi, hozir revolyutsiya qahramonlari, mashhur olimlar, yozuv chilar, sayohatchilarning nomlarini qalashtirib tashlayapti:
— Xo‘sh, bu dengiz sizga yoqadimi? — deb so‘radi u mendan xuddi o‘z noibiga yer-suv in’om qilayotgan podshoh qiyofasida. — «Artemyev dengizi» deb atasak nima deysiz?
Men ufqqacha cho‘zylib ketgan chuqur jarlikka qaradim. B; dengiz Oydagi boshqa dengizlardan sira farq qilmasdi.
— Agar xo‘p desangiz, — dedim men bir oz ikkilanib turgach, — buni «Antonina dengizi» deb atasak.
— Antoniymi? Yuliy Sezarning eng yaqin yordamchisi Mark Antoniymi? — deb so‘radi u gapimni yaxshi eshitmay. Uning miyasi buyuk kishilar va qadimgi xudolarning nomlari bilan to‘lib ket gan edi. — Nima qipti, yaxshi. Mark Antoniy! Jarangdor, buning ustiga, astronomlar hali ishlatmagan. Shunday bo‘la qolsin. Yozib qo‘yamiz: «Mark Antoniy dengizi».
Professorning gapiga tuzatish kiritish noqulay edi. Shunday qilib, Yuliy Sezarning eng yaqin xodimi Oyda o‘lmas mulkka ega bo‘lib qoldi. Mayli, hechqisi yo‘q, men bilan Tonyaga hali dengizlar yetarli.
Tyurin to‘xtatishni iltimos qildi. Biz hali Quyosh nuri yetma an havzada turardik.
Astronom raketadan tushdi-da, termometrni chiqarib, tuproqqa suqdi. Tyurinning orqasidan geolog tushdi. Bir oz vaqt o‘tgach, Tyurin termometrni sug‘urib olib ko‘zdan kechirgach, uni Sokolovskiyga uzatdi. Ular skafandrlarini yaqinlashtirib, aftidan, fikr almashdilar. Keyin tezlik bilan raketa maydonchasiga ko‘tarilishdi. Bu yerda yana gaplashib olishdi. Men savol nazari bilan Sokolovskiyga qaradim.
— Tuproqning harorati ikki yuz ellik darajaga yaqin sovuq, — dedi menga Sokolovskiy. — Shuning uchun ham Tyurinning kayfiyati yaxshi emas. Uning aytishicha, bu yerda radioaktiv moddalar oz ekan. Radioaktiv moddalarning parchalanishi natijasida tuproq isigan bo‘lardi. Yerda ham okeanlar tuproq eng sovuq bo‘lgan joylarda paydo bo‘larkan. Tropik dengizlar tubidagi harorat hatto shimoliy kengliklardagi dengizlar haroratidan ham sovuqroq emish. U, biz hali radioaktiv parchalanish tufayli nsigan zonalarni topamiz, deb ishontiryapti. Lekin, o‘zaro gap, Yerning umumiy issiqlik rejimida radioaktiv parchalanish tarqatgan harorat juda oz miqdorni tashkil qiladi. Menimcha, Oyda ham shunday bo‘lsa kerak.
Sokolovskiy Oy sirtining umumiy ko‘rinishini yaxshiroq olish uchun yuqoriroq ko‘tarilishni taklif qildi.
— Ko‘z oldimizda butun manzara namoyon bo‘ladi. Uni suratga olish mumkin, — dedi u Tyuringa.
Astronom rozi bo‘ldi. Biz o‘rindiq suyanchiqlariga mahkam yopish ib oldik, Sokolovskiy portlashni kuchaytirdi. Raketa yuqoriga ko‘tarila boshladi. Tyurin tinimsiz fotoapparatini chiqillatardi. Bir joyda, kichkina tepalik ustida, to‘g‘ri burchak shaklida uyulgan tosh yoki qoyalarga ko‘zim tushdi.
«Oy atmosferadan mahrum o‘lik planetaga aylanishidan oldin bu joyda yashagan aholining qurilishlari emasmikan?» — degan o‘y o‘tdi ko‘nglimdan va shu zahotiyoq bu bema’ni fikrdan voz kechdim. Lekin bari bir to‘g‘ri geometrik shakl muammo bo‘lib miyamda o‘rnashib qoldi.
Tyurin o‘z kreslosida tipirchilardi. Aftidan, termometr nati kasi professorni qattiq ranjitgan edi. Biz navbatdagi «dengiz» ustidan uchib o‘tayotganimizda Tyurin Sokolovskiydan dengizning soya qismiga qo‘nishni talab qildi va darhol haroratni o‘lchadi. Bu gal termometr bir yuz sakson daraja sovuqni ko‘rsatdi. Agar tuproqning Quyosh taftidan ancha shgab qolganini hisobga oimasa, farq katta. Shunga qaramay, Tyurin Sokolovskiyga g‘oli bona bir qiyofada ko‘z tashlab, qat’iy suratda e’loi qildi:
— «Jazirama dengiz» — buni shunday deb ataymiz.
Yuz sakson daraja sovuqda jazirama! Darvoqe, buning «Yemg‘ir dengizi» yoki «Farog‘at dengizi» dan nima farqi bor? Astronomlar o‘zi shunaqa g‘alati xalq!
Tyurin yana ikki-uch joyda tuproq xaroratini o‘lchash uchun birikki yuz kilometr g‘ildiraklarda yurishni taklif qildi.
Biz endi boshqa dengiz tubidan borardik. Men unga jon deb «Silkinish dengizi» degan nom berardim. Dengiz tubi do‘ngliklar bilan qoplangan, ba’zilarining usti yog‘ surtganday yiltiraydi. Neft qatlamlari emasmikin? Qattiq silkinishga qaramay, biz yurishda davom etdik. Tyurin tez-tez haroratni o‘lchardi. Bir joyda termometr ikki yuz daraja sovuqni ko‘rsatgan edi, astronom termometrni tantanali ravishda Sokolovskiyning ko‘ziga yaqinlashtirdi. Nima gap? Gap shundaki, garchi biz oy kuni tomon yurayotgan bo‘lishimizga qaramay, harorat yana pasaygan ekan, demak, masala faqat tuproqning Quyosh taftidan isishida emas. Har holda, professor bu gal haq.
Tyurin shod edi. Biz havzadan chiqib, jarlikni aylanib o‘tgach, sirkning tosh uyumlari ustidan sakradik-da, tekis joyda bir oz yurib, tog‘ tepasiga ko‘tarildik.
Undan oshib o‘tganimizdan so‘ng qarshimizda balandligi o‘n besh kilometr keladigan tog‘ devori paydo bo‘ldi. Garchi Quyosh ufqdan ancha ko‘tarilgan bo‘lsa ham, bu devor uni bizdan to‘sib turardi. Favqulodda baland bu to‘siqqa urilib ketishimizga sal qoldi. Sokolovskiy raketani keskin burib yuqorilatdi.
— Mana buni topilma desa bo‘ladi! — deb xitob qildi Tyurin. — Bu tog‘ zanjirini Alp ham, Kordilyer ham deb bo‘lmaydi. Bu… Bu…
— Tyurinyer! — dedi Sokolovskiy. — Ha, Tyurinyer tog‘lari. Ohangdor va sizga to‘la munosib nom. Bundan baland tog‘ni topishimiz qiyin.
— Tyurinyer, — deb takrorlady dovdirab qolgan Tyurin. — Hm… Hm… bir oz noqulayroq. Lekin juda jarangli eshitiladi: Tyurinyer. Mayli, siz aytgancha bo‘lsin, — deya rozilik berdi u. Skafandr oynasidan uning yashnab ketgan yuzini ko‘rdim.
Katta yarim doira yasab, yuqoriga ko‘tarilishimizga to‘g‘ri keldi. Bu tog‘ «osmon-falakka» chiqib ketgan edi… Nihoyat yana Quyoshni ko‘rdim. Ko‘zni qamashtiruvchi ko‘m-ko‘k Quyosh! Men beixtiyor ko‘zlarimni yumdim. Ko‘zimni ochganimda menga, go‘yo biz Oyni tark etib, samo bo‘shligida uchib borayotganday tuyuldi… Men orqamga qarab, Tyurinyerning tik devorini ko‘rdim, uning poydevori zim-ziyo bo‘shliqqa kirib ketgan edi. Oldinda hech narsa yo‘q. Ostimiz — bo‘m-bo‘sh. Zim-ziyo bo‘shliq. Aks nur asta-sekin so‘nib boryapti, undan nari — yana qorong‘ilik.
Sarguzasht deb shuni aytadilar-da! Oyning narigi tomoni yarim shar shaklida emas, balki sharning qandaydir bir bo‘lagiga o‘xshar ekan. Hamrohlarim ham hayajonda. Men o‘ngu so‘limga qarayman. Bo‘m-bo‘sh. Oyning ko‘rinmas tomoni qanaqaligi haqi dagi farazlar yodimga tushdi. Ko‘pchilikastronomlar Oyning narigi tomoni ham bu tomonga o‘xshaydi, faqat dengiz va toglari boshqacha, deb tasdiqlashardi. Kimdir, Oy noksimon shaklda, degan fikrni aytgandi. Yer tomondan u sharga o‘xshaydi, narigi tomoni esa nokka o‘xshash cho‘zinchoqroq. Shuning uchun ham go‘yo Oy hamisha Yerga bir tomoni, og‘irroq tomoni bilan qarab turarmish. Lekin biz yanada aql bovar qilmaydigan narsani ko‘rdik: Oy — sharning yarmi. Ikkinchi yarmi qayerda qoldi?
Uchish bir necha minutdan beri davom etyapti, lekin biz hanuz zim-ziyo bo‘shliq ustidamiz. Tyurin garang kishiday o‘tiribdi. Sokolovskiy indamaydi, tobora porlashni kuchaytiryapti: u buning hammasi nima bilan tugashini tezroq bilishga oshiqardi.
Biz bo‘shliqda qancha muddat uchganimizni bilmayman, bir mahal sharq tomonda Oyning yaltiroq hoshiyasi ko‘zga tashlandi. Biz xuddi okeanda ko‘p kunlar suzib, nihoyat, kutilgan sohilga ko‘zi tushgan sayohatchilarday quvonib ketdik. Demak, biz Oydan qulab ketmagan ekanmiz-da? Bo‘lmasa, ostimizdagi bo‘shliq nima edi?
Tyurin buni birinchi bo‘lib payqadi.
— Jarlik! — deb xitob qildi u skafandrini meniki bilan urishtirib. — Haddan tashqari keng va chuqur jarlik!
Haqiqatan ham shunday bo‘lib chiqdi.
Ko‘p o‘tmay biz jarlikning narigi chetiga yetib bordik.
Men orqamga qarab, Tyurinyerni ko‘rmadim. U ufq ortida qolib ketgan edi. Faqat zim-ziyo bo‘shliq qorayib turardi.
Bu kashfiyotdan uchovimiz ham hangu mang edik. Sokolovskiy qulay joyni tanlab, raketani qo‘ndirdi.
Biz indamay ko‘z urishtirib oldik. Tyurin skafandrini qashladi — u juda boshi qotib qolgan odamlarday gardanini qashimoqda edi. Biz skafandrlarimizni yaqinlashtirdik: hammamiz ham o‘z taassurotlarimiz bilan o‘rtoqlashishni istardik.
— Buni qaranglar-a, — dedi nihoyat Tyurin. — Bu Oydagi boshqa jarliklarga o‘xshamaydi. Bu jarlik Oy orqa tomonining u boshidan-bu boshigacha cho‘zilgan. Chuqurligi ham planeta umumiy diametrining o‘ndan bir qismidan ko‘proq keladi. Bizning beozor yo‘ldoshimiz kasal, og‘ir kasal ekanu, biz bo‘lsak bundan bexabar ekanmiz. Hayhot, Oy — chala yorilgan shar.
Men Oyning halokati haqidagi har xil farazlarni esladim. Ba’zilar, Oy Yer atrofida aylanib-aylanib, oxiri undan uzoqlashib ketadi, deyishadi. Shuning uchun ham kelajakdagi Yer aholisining ko‘zi oldida Oy tobora kichrayib borarmish. Oldin u Zuhro bilan tenglashib, keyin oddiy yulduzday bo‘lib qolarmish, va nihoyat, bizning sodiq yo‘ldoshimiz asriy bo‘shliqda abadiy g‘oyib bo‘larmish. Ba’zilar, aksincha, Oyni borib-borib Yer o‘ziga tortib oladi, deb qo‘rqitishadi. Shunga o‘xshash hodisa ilgari ham yuz bergan emish: Yerning ikkinchi yo‘ldoshi — kichkina Oy qachonlardir Yerga qulab tushgan deyishadi. Shuning natijasida Tinch okeanining o‘rni paydo bo‘lgan emish.
— Oy nima bo‘ladi? — deb so‘radim men xavotirlanib. —
Yerga qulab tushadimi yoki asriy bo‘shliqqa chiqib ketadimi?
— Unisi ham, bunisi ham bo‘lmaydi. U Yer aftrofida behisob uzoq muddat aylanib yuraveradi, faqat shakli o‘zgarishi mumkin, javob berdi Tyurin. — Agar u faqat ikkiga bo‘linsa, Yer ikkita yo‘ldoshga ega bo‘ladi. Ikkita «yarim oy». Lekin aniqrogi — Oy mayda qismlarga bo‘linib ketadi va shunday qilib, Yer atrofida Saturnnikiga o‘xshash yorug‘ mintaqa paydo bo‘ladi. Mayda bo‘laklardan yasalgan halqa. Men buni ilgari ham aytganman, lekin Oydan mahrum bo‘lishimiz xavfi men o‘ylagandan ko‘ra yaqinroq… Ha, men Oyga achinaman, — deb davom etdi u qorongi jarlikka tikilib. — Hm… Hm… Balki bu holning yuz berishini kutib o‘tirmasdan, uni tezlashtirilsa-chi? Oyni parchalab tashlash uchun mana shu jarlikka bir tonna potental joylashtirish kifoya qilsa kerak. Modomiki, u o‘limga mahkum etilgan ekan, loaqal bu hol bizning ko‘z oldimizda, bizning irodamiz bilan yuz bersin.
— Qiziq, jarlik Oy qobig‘ining qancha ichkarisiga kirib borgan-a? — dedi Sokolovskiy. Uni, geolog sifatida. Oyning taqdiri emas, planetaning deyarli markazigacha kirib borish imkoniyati qiziqtirardi.
Bu sayohatga Tyurin darrov rozi bo‘ldi.
Biz harakat rejasini muhokama qila boshladik. Tyurin raketa-vagonni portlash bilan tormozlantirib, jarlikning tik yonbag‘ridan asta-sekin tushishni taklif qildi.
— To‘xtab-to‘xtab, haroratni o‘lchash mumkin, — dedi u.
Lekin Sokolovskiy bunday yo‘l bilan tushishni og‘ir va hatto xatarli deb hisoblardi. Buning ustiga, sekin tushilganda yonilg‘i ko‘p sarf bo‘ladi.
— Yaxshisi, to‘ppa-to‘g‘ri tubiga tushamiz. Qaytishda, agar raketa uchun qulay maydoncha topilsa, ikki-uch joyda to‘xtashimiz mumkin.
Sokolovskiy kapitanimiz edi, binobarin, Tyurin bu gal itoat etishga majbur bo‘ldi. U faqat sekinroq tushishni va yonbag‘irning geologik sostavini ko‘rish uchun iloji boricha jarlik chetiga yaqinroq uchishni-iltimos qildi.
Biz tusha boshladik.
Raketa jarlik tepasiga ko‘tarilib, yarim doira yasadi-da, pastga qarab sho‘ng‘idi. Ancha tikkaga kelib qolgan Quyosh yonbag‘irning bir qismini ma’lum chuqurlikkacha yoritib turardi. Jarlikning narigi yonbag‘ri hali ko‘rinmasdi. Raketa tog‘dan tushayotgan chanaday tobora qiyalab boradi. Biz oyoqlarimizni tirab gavdamizni orqaga tashlab olgan edik. Tyurin fotoapparatni chiqillatardi.
Avval silliq, qop-qora qoyalar ko‘rindi. Ba’zan ular ko‘kimtir tusga kirardi. Keyin qizg‘ish, sarg‘ish, zangori ranglar ko‘zga tashlana boshladi. Men buni, bu yerda atmosfera uzoq saqlanganidan va metallar, ayniqsa temir, kislorodning kuchli ta’siri ostida Yerdagi kabi oksidlanib qolganidan, deb bildim.
Keyichalik mening bu taxminimni Tyurin bilan Sokolovskiy tasdiqlashdi.
Kutilmaganda, qorong‘ilik qa’riga sho‘ng‘idik. Raketa soya joyga kirgan edi. Bir lahza ko‘zlarimiz hech narsani ko‘rmay qoldi. Raketa o‘ngga burildi. Qorong‘ida qoyaga yaqin uchish xavfli edi. Projektorlar yoqildi. Ikki nur tig‘i zulmat qa’rini tilib borar, lekin hech narsa ko‘rinmasdi. Tushish sekinlashdi. Bir necha minut o‘tdi hamki, biz hamon bo‘shliqda uchib borardik. Agar atrofda yulduzlar yo‘qligini demasa, bemalol sayyoralararo bo‘shliqda uchib ketyapmiz, deb o‘ylash mumkin edi. Lekin, mana nur o‘tkir qoyaga qadaldi. Sokolovskiy uchishni yana ham sekinlatdi. Projektorlar tog‘ jinslarining dag‘al qatlamlarini yoritdi: O‘ng tomonda devor ko‘rindi. Biz chapga burildik. Ammo chap tomonda ham ana shunday devor paydo bo‘ldi. Endi biz tor daradan uchib borardik. Tevarak-atrofimizdan o‘tkir qoyalar bizni qisib turardi. Qo‘nish mumkin emas edi. Bir necha kilometr pastladik, lekin dara hanuz kengaymasdi.
— Shu bilan kifoyalanib, yuqoriga ko‘tarilishga to‘g‘ri keladi, — dedi Sokolovskiy.
Bizning hayotimiz va raketaning xavfsizligi uning zimmasida edi. Ammo Tyurin orqaga qaytishni taqiqlaganday Sokolovskiyning bilagidan ushladi.
Uchish bir soat, ikki soat, uch soatlardan beri davom etyapti — anig‘ini aytish qiyin.
Nihoyat, qiyaroq bir maydoncha ko‘rindi, harholda o‘sha yerga qo‘nsa bo‘lardi. Raketa havoda bir to‘xtab olib, keyin juda sekinlik bilan pastlay boshladi. Mana, g‘ildiraklarning yerga tekkani ham sezildi. Raketa o‘ttiz daraja qiyalik bilan turardi.
— Mana, — dedi Sokolovskiy. — Olib tushishga olib tushdim, lekin qanday qilib qaytib chiqib ketamiz, buni bilmayman.
— Eng muhimi — maqsadga erishdik, — javob berdi Tyurin.
Hozir u boshqa hech narsa haqida o‘ylashni istamasdi, tup roq haroratini o‘lchash bilan band edi. Uning baxtiga, termometr bir yuz ellik daraja sovuqni ko‘rsatdi. Unchalik yuqori harorat emas, lekin harholda faraz o‘zini oqlaganday ko‘rinardi.
Geolog esa allaqachon bolg‘achasini ishga solib yuborgan edi. Bolg‘a ostidan uchqunlar sachrar, lekin biror parcha ko‘chib tushmasdi. Nihoyat, horib-charchagan Sokolovskiy qaddini rostlab, skafandri bilan men tomon engashdi:
— Asl temir. O‘zim ham shuni kutgan edim. Tayyor ko‘chmalardangina foydalanishga to‘g‘ri keladi. — Shunday deb, u namunalar qidirishga tushib ketdi.
Men yuqoriga qaradim va behisob yulduzlarni, Somon yo‘lini, rang-barang uchqun shodasi terib qo‘yilganday yarqirab turgan jarlik chetlarini ko‘rdim. Keyin projektor nuri ketgan tomonga qaradim. Birdan yon tomondagi kichkina yoriq oldida nur titrayotganday tuyuldi. Men yoriq oldiga bordim. Rostdan ham shunday: ichkaridan bilinar-bilinmas bug‘ yoki gaz oqimi chiqib turardi.
Yana bir tekshirib ko‘rish maqsadida bir chimdim kulni oldimda, okimga qarab otdim. Kul atrofga to‘zg‘ib ketdi. Bu juda qiziq hol edi. Sheriklarimning diqqatini tortish va bu yoqqa chaqirish niyatida bir chetda ilinib turgan qoya parchasini olib uloqtirdim. Tosh pastga uchib ketdi. O‘n sekund o‘tar-o‘tmas tuproqning yengil titraganini payqadim. Keyin ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi marta — har gal oldingisidan kuchliroq yer titragani sezildi. Men nima gapligini bilolmay hayron edim. Ayrim zarbalar shu qadar kuchli ediki, yerning tebranishi butun badanga yoyilardi. Shu payt kattakon bir tosh oldimdan vizillab o‘tib ketdi. U projektor nurini kesib o‘tayotib, meteoritday bir yarq etdi-yu, zim-ziyo bo‘shliqda g‘oyib bo‘ldi. Koyalar titradi. Men katta xatoga yo‘l qo‘yganimni sezdim. Togda kichkina bir toshning qulashi katta o‘pirilishlarga sabab bo‘ladi. Hozir ham shunday hol yuz bergan edi. Hammayoqdan qoya parchalari, toshlar qulab tusha boshladi. Ular qoyalarga kelib urilar, undan sakrab, bir-birlari bilan to‘qnashishar, atrofga uchqun sachratishardi… Agar Brda bo‘lganimizda momaqaldiroqday vahimali guldirosni eshitgan bo‘lardik, lekin bu yerda havo yo‘q, binobarin, mutlaq sukunat hukmron edi. Tovush, to‘g‘rirog‘i — tuproqning tebranishi oyoqlardangina o‘tardi. Men qayoqqa qochishni, qayoqdan panoh izlashni bilmasdim… Agar raketa maydonchasida turib, menga zo‘r berib qo‘l silkiyotgan Sokolovskiyni ko‘rib qolmaganimda, kim biladi, turgan joyimda o‘lib ketarmidim. Ha, albatta, faqat raketagina bizni saqlab qolishi mumkin!
Bir necha sakrashdayoq raketa oldiga borib qoldim va to‘xtayay maydonchaga otildim, Sokolovskiy shu zahotiyoq richagni tortdi. Biz orqaga qalqib ketdik, bir necha minutgacha oyog‘imiz osmonda bo‘lib uchdik. Sokolovskiy raketani shu qadar tik haydardi. Raketadan ketma-ket portlash eshitilardi.
Sokolovskiy raketani yuqoriga va o‘ngga, iloji boricha jar yonbag‘ridan nariroqqa burardi. Uning bunday noqulay holatda turib raketani boshqarishidan hayratlanaman! Chindan ham ko‘pni ko‘rgan, har qanday sharoitda ham o‘zini yo‘qotmaydigan odam ekan. Ko‘rinishidan esa juda oddyy, shaldur-shuldur.
Raketamiz Quyosh yoritib turgan kenglikka kirgach va dara sohilidan ancha uzoqlashgandan keyingina Sokolovskiy uchishni sekinlatib, raketani to‘g‘riladi.
Tyurin o‘rindiqqa o‘rmalab chiqib oldi-da, skafandrini ishqaladi. Aftidan, professor bo‘ynini andak lat yedirganga o‘xshaydi.
Odatda katta falokatdan omon qolgan odamlarda bo‘lganiday, bizni birdan asabiy bir shodlik chulg‘ab oldi. Biz skafandr oynasidan bir-birimizga tikilar va tinmay kulardik…
Tyurin jarlikning yorug‘ tomoniga ishora qildi. Hozirgi voqea biz uchun maydon tayyorlab qo‘ygan edi. Yana qanaqa maydon deng?! Qarshimizda o‘nlab raketaga mos ulkan raketodrom joylasha oladigan pog‘ona hosil bo‘lgan edi. Sokolovskiy raketani o‘sha tomonga burdy, ko‘p o‘tmay kaftday tekis maydonga qo‘ndik. Raketa qariyb devorgacha g‘izillab borib to‘xtadi. Tosh yoki temir bu devorda uzunasiga ketgan yoriqlar bor edi. Har bir yoriqqa (nma-yon qo‘yganda bir necha poyezd sig‘ishi mumkin.
Biz «raketodrom» maydonchasiga tushdik. Hali ham o‘zimizga kelolmagan edik. Asablarimizni joyiga keltirish uchun harakat qilish, ishlash ishtiyoqini sezardik.
Men Tyurin bilan Sokolovskiyga «geyzer» topganim haqida, bizni halok qilishiga sal qolgan o‘pirilishga men sababchi bo‘lganim to‘g‘risida gapirib berdim. Ammo buloqqa qiziqib qolgan Tyurin mening aybim haqida og‘iz ham ochmadi.
— Bu axir juda katta kashfiyot! — deb xitob qildi u. — Oy judayam o‘lik planeta emas, deb hammavaqt aytardim. Ozgina bo‘lsa ham gaz qoldig‘i qanday sostavda bo‘lmasin — atmosfera unda saqlangan bo‘lishi kerak. Siz ko‘rgan narsa — oltingugurt bug‘i bo‘lishi mumkin. Oy qobig‘ining qayeridadir hali qaynoq magma saqlanib qolgan. Buyuk yong‘inning so‘nggi yonib tugayotgan ko‘mirlari. Bu jarlik qa’ridan bug‘lar o‘ziga yo‘l topgan. Sinab ko‘rish uchun ozgina olmaganimizni qarang. Qanday bo‘lmasin shu ishni qilish kerak. Axir bu narsa olimlar o‘rtasida katta shov-shuv tug‘diradi hali. Artemyev bulog‘i! Xo‘p deng! Siz bunga to‘la haqlisiz. Hoziroq uchamiz.
U raketaga sakramoqchi bo‘lgan edi, Sokolovskiy norozilik bilan bosh chayqadi:
— Bugunga yetadi, — dedi u. — Dam olish kerak.
— «Bugunga» deganingiz nimasi? — e’tiroz bildirdi Tyurin. — Oyning bir kuni Yerdagi o‘ttiz kunga baravar. O‘ttiz kun bir joyda qimirlamay o‘tiraverasizmi?
— Yo‘q, o‘tirmayman, — javob berdi Sokolovskiy murosaga kelib. — Ammo manavi jahannamdan chiqishda rulda siz o‘tirganingizda edi, mening ahvolimni tushungan va bunday taklif kiritmagan bo‘lardingiz.
Tyurin Sokolovskiyning horg‘in chehrasiga qarab, indamay qoldi.
Biz skafandrlardagi kislorod zapasini yangilab, bir-birimizdan ko‘pam uzoqlashmagan holda tevarak-atrofni ko‘zdan kechirishga qaror kildik.
Men yal-yal tovlanib turgan eng yaqin daraga qarab yo‘l oldym. U yerdagi qoyalar pushtirang va qizg‘ish tusda edi. Ana shu fonda to‘q ko‘k dog‘lar, aftidan boshqa jins qatlamlari bo‘lsa kerak, yaqqol ajralib turardi. Ranglar o‘zaro juda chiroyli birikib ketgan edi. Men tobora daraning ichkarisiga kirib borardim. Daraning bir devorini Quyosh ravshan yoritib turibdi, ikkinchi devorga esa nur qiya urilib, pastda ensizgina soya hosil qilgandi.
Kayfiyatim yaxshi edi. Kislorodning mast qiluvchi oqimi o‘pkamga quyilib turardi. O‘zimni g‘oyat yengil his qilardnm. Ba’zan bularning hammasini tushda ko‘rayotganday bo‘lardim. Maroqli, ajoyib tush!
Yen tomondagn daralardan birida mangu qotib qolgan ranglar «shalolasi» yarqirardi. Ular mening diqqatimni tortdi, darhol o‘ngga burildim. Keyin yana va yana burilishga to‘gri keldi. Nihoyat, daralarning butun bir yig‘indisi oldidan chiqib qoldim. Bu yerda adashib ketish hech gap emas edi, lekin men yo‘lni eslab qolishga harakat qilardim. Hamma yerda o‘sha dog‘lar. Yerug‘ joyda to‘q ko‘k tusda, soyaga o‘tilsa to‘q sariq, yarim ko‘lankada esa — och kulrang. Ajabo, ranglarning turlangani qiziq: axir oyda rangni o‘zgartiruvchi atmosfera yo‘q-ku. Men ana shunday dog‘larning biriga yaqinlashib, razm soldim. Yo‘q, bu tosh jinsi emas. U qabariq va mening nazarimda, namatday yumshoq edi. Bir toshga o‘tirib, dog‘ni ko‘zdan kechirishga tutindim.
Shu iayt, kutilmaganda, u soya joydan yorug‘ tomonga sal siljiganday tuyuldi. Ko‘zim aldayapti. Men unga juda uzoq tikilib qoldim. Fikran bir nuqtani belgilab, kuzatishda davom etdim. Bir necha minutdan so‘ng shubhaga o‘rin qolmadi: dog‘ o‘rnidan siljigan edi. U soya joydan chiqib, ko‘z oldimda ko‘k tusga kira boshladi.
Urnimdan sakrab turib, devor oldiga chopib bordim. Qoya qirrasiga tirmashib, yaqin turgan bir dog‘dan yumshoq, namatsimon parchani yulib oldim. U archa nusxa nozik iplardan iborat edi. Usimlik-ku! Ha, albatta o‘simlik-da! Oy yo‘sini. Mana sizga kashfiyot! Kulrang dog‘dan yana bir tutam yuldim. Bu tutam qupquruq edi. Uning ildiz tomoniga ko‘z yugurtirib, oxiri mayda so‘rg‘ichlar bilan tugovchi oqish «yong‘oqcha» larni ko‘rdim.
Biologik muammo. Ko‘rinishidan yo‘singa o‘xshaydi. Lekin so‘rg‘ichlari nimasi? «Ildizoyoqlar!» Qoya bo‘ylab Suyosh nuriga ergashib yura oladigan o‘simlik. Uning ko‘k tusdaligi, albatta, xlorofilldan. Nafas olish, namlik-chi? Ularni qayoqdan oladi?.. Men Kets haqidagi, sostavidan ham kislorod, ham suv ajratib olish mumkin bo‘lgan osmon toshlari to‘g‘risidagi gaplarni esladim. Albatta, Oydagi toshlarda ham birikkan holda kislorod bilan vodorod — havo va suv sostaviga kiruvchi elementlar bor. Nega bo‘lmas ekan?.. Axir Yerdagi o‘simliklar g‘oyat murakkab kimyoviy ishlab chiqarishga ega bo‘lgan ajoyib «fabrika» emasmi? Qurg‘oqchilik va jaziramadan tamom qovjirab keyin suvga solsang qaytadan ko‘karib ketadigan o‘simliklar Yerda yo‘qmi? Bor. Bu yerdagi o‘simliklar ham Oyning sovuq tunlarida uyquga ketadi. Quyosh chiqishi bilai «kimyoviy fabrika» harakatga kelib, hayot uchun zarur bo‘lgan hamma narsani ishlab chiqaraveradi. Ularning harakat qilishi-chi? Yerda ham bunday o‘simliklar yo‘q emas. Organizmning moslashish qobiliyati chegarani bilmaydi.
Men sumkamni yo‘singa to‘ldirdim-da, o‘z «boyligim» bilan tezroq maqtanishni o‘ylab xursand bir kayfiyatda izimga qaytdim.
Yen tomondagi daraning oxirigacha borib, o‘ngga, undan keyin yana o‘ngga burildim. Bu yerda men yarqirab turgan yoqut va olmoslarga duch kelishim kerak edi, lekin ularni ko‘rmadim… Orqaga qaytib, boshqa daraga burildim… Butunlay notanish joy!
Qadamni tezlatdim. Endi yurib emas, sakrab borardim. Jarlik chetiga yetganda hayratdan qotib qoldim. Qarshimda tamom ingi manzara ochilgan edi. Jarlikning narigi tomonida tog‘ tizmasi bo‘y cho‘zgan. Bir xil balandlikda uchta cho‘qqi alohida ajralib turibdi. Ular chaqmoq qandday yarqiraydi. Men bunaqa oppoq cho‘qqilarni umrim bino bo‘lib ko‘rgan emasman. Albatta, bu qor emas. Oyda qor yog‘maydi. Balki, bular bo‘r yoki gips tog‘laridir. Lekin gap tog‘da ham emas. Men butunlay adashib ketganimga ishonch hosil qildim.
Yuragimni vahima bosdi. Go‘yo birdan bu ajoyib Oy dunyosi menga ters o‘girilib oldi. U insonga naqadar yot edi shu tobda! Gul va ko‘katlari, son-sanoqsiz parranda va hayvonlari bo‘lgan bizning o‘rmonlarimiz, dala va yaylovlarimiz bu yerda yo‘q.
Bu yerda turli-tuman baliqlarga to‘la daryo va ko‘llar yo‘q. Oy shunaqa xasis, u odamga non ham, suv ham bermaydi. Yerda adashib qolgan kishi hech bo‘lmaganda o‘simlik ildizini yeb ham bir necha kun yashashi mumkin. Bu yerda-chi? Yalang‘och qoyalardan bo‘lak hech narsa yo‘q. Yo‘sinlar-chi? Ular qumday gap, ularni yeb bo‘lmaydi. Mabodo, atrofimda sut daryolari oqib yotganda ham baribir men ochlik va suvsizlikdan o‘lib ketgan bo‘lardim: axir skafandrimni yecha olmayman-ku.
Skafandr! Men uni eslab, xuddi vujudimni asriy muzlik chirmab olganday, titrab ketdim. Menga nafas olish va yashash imkonini beradigan butun «atmosfera» yelkamdagi kichkina ballonga joylashgan. U olti soatga yetadi; yo‘q, ozroq: kislorod zapasini yangilaganimdan beri ikki soat o‘tdi. Keyin nima bo‘ladi? Bo‘g‘ilib o‘laman… Kislorod zapasi va madorim qurimay turib, tezroq katta daraga chiqib olishim kerak!
Men yana orqamga qaytib, chigirtkaday sakrab ketdim. Yaxshi hamki bu yerda sakrash odamni Yerdagiday charchatmaydi…
Mana, dara ham tugadi. Qarshimda Quyosh nuri yoritib turgan, gilam yozilganday ko‘m-ko‘k yangi dara. Aftidan, soya joydagi hamma yo‘sinlar o‘rmalab chiqib olganga o‘xshaydi. La’nati yo‘sinlar! Ularni ko‘rishga ko‘zim yo‘q edi, lekin qayoqqa qaramay, ko‘k rang «manaman» deb turardi…
Balki bu o‘zim kelgan o‘sha daradir? Ko‘karib qolgani uchun taniyolmayotgandirman?
Yana burildim — qop-qorong‘i tor bir dara. Quyosh qizdirgan kostyumdan badanimga sovuq o‘tganday bo‘ldi. Yeki asablarim charchadimi?..
Endi qayoqqa yurish kerak? Orqada, ikki marta burilganingdan keyin, chuqur jarlik. Oldinda — zim-ziyo, tor dara.
Men behad darmonsizlanganimni his qildim, dag‘al bir toshga bo‘shashibgina o‘tirib qoldim. Birdan ostimdagi tosh qimirlab, o‘rmalab ketdi… Bir narsa chaqib olganday sapchib o‘rnimdan turdim. Asablarim g‘oyat notinch edi. Jonli tosh! Yangi jonivor! Yangi kashfiyot! Ammo shu daqiqada kashfiyot haqida o‘ylaydigan ahvolda emas edim. Urnimdan turdimu oldinga otildim.
Qayoqqa ketayotganimni hatto o‘ylamasdim ham. Ba’zan menga ballondagi kislorod tugayotganday, hali-zamon nafasim bo‘g‘ila diganday tuyulardi. Shunday paytlarda to‘xtab, ko‘kragimni ushlardim. Bu ham o‘tardi. Asablar, asablar! Mayli, nafas olishga yaroqsiz bo‘lsa ham, Oyda atmosfera bo‘lganda edi! Toshni birbiriga urishtirib, yordamga chaqirardim. Atmosfera orqali aks nur-raketa projektorlarining shu’lasi o‘tgan bo‘lardi. Darvoqe, hozir buning ham foydasi tegmasdi: ko‘kdan ko‘zni oluvchi quyosh nuri yog‘ilardi. Agar skafandrning ko‘kishtob oynasi bo‘lmasa ko‘r bo‘lib qolish ham hech gap emasdi.
Tamom umidsizlanib, o‘limimni kutib turgan paytimda birdan katta daraga ko‘zim tushib qoldi. Men xuddi Vasilyev orolidagi Katta ko‘chaga chiqib qolganday suyunib ketdim.
Odam deb shuni aytadilar-da! Hech narsani o‘ylamay, tavakkaliga yurgan paytimda tuyg‘u meni shu yerga boshlab keldi.
Ammo ko‘p o‘tmay quvonch o‘rnini yana tashvish egalladi. Qaysi tomonga yurish kerak? O‘nggami yoki chapgami? Mo‘ljalni tamom yo‘qotdim! Yana «tuygu» ni sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan edim, foyda chiqmadi. O‘ngga qadam tashlasam ham tuyg‘u g‘ing etmaydi, chapga bossam ham.
Yana «bosh miya» ga murojaat qilishga — o‘ylashga to‘g‘ri keldi. Raketadan tushib, o‘ngga burilgan edim. Demak, hozir chapga yurish kerak. Chapga ketdik.
Shu alfozda bir soatcha yurdim. Ochlik azob bera boshladi. Daraning esa oxiri ko‘rinmaydi. Qiziq. Birinchi gal burilishgacha yarim soatdan ozroq yurgan edim-ku. Demak, boshqa tomonga ketyapman. Orqaga qaytaymi? Qancha vaqt bekorga ketdi! Men shahd bilan oldinga qarab yuraverdim. Bir mahal dara toraydi. Ha, bo‘ldi — adashibman. Tezroq orqaga!
Quyosh ayovsiz qizdirardi. Oq plashni yopinib olishga to‘g‘ri keldi. Ochlik tobora azoblar, horg‘inlik qiynar, lekin men xuddi yev quvganday tinimsiz sakrab chopardim. Birdan oldimdan jarlik chiqib qoldi. Unchalik katta emas, sakrab o‘tsa bo‘ladi. Lekin hamma balo shundaki, bu yoqqa kelayotganimda men uni uchratmagan edim! «Yeki xayol surib, payqamay qolgan ekanmanmi?» A’zoyi badanimdan sovuq ter chiqib ketdi. Yuragim gupillab urardi. Tamom bo‘ldim! Bir oz dam olish va o‘zimga kelish uchun cho‘zilishga majbur bo‘ldim. Qop-qora osmondan menga zangori Quyosh tikilib turardi. Mening jasadimni ham mana shunday befarq yoritib turaveradi u… Yo‘q, yo‘q! Men hali o‘lganim yo‘q! Kislorod zapasi va quvvatim bor… Shartta o‘rnimdan turdim-da, bir sakrashda jarlikdan o‘tib, chopib ketdim. Qayoqqa? Oldingami, orqagami — baribir, faqat to‘xtamasam bas!
Dara kengayib borardi. Bir soatcha sakrab chopganimdan keyin, nihoyat, yiqilib qoldim. Shunda birinchi marta chindan ham havo yetishmayotganini his qildim. Bu endi o‘z-o‘zini aldash emas edi. Kup harakat qilganim uchun kislorod zapasi vaqtidan oldinoq tugagan edi.
Tamom, tamom… Alvido, Tonya!.. Armaniston…
Boshim aylana boshladi.
Shu payt tepamda tuxumsimon raketamizning Quyosh nuri nrqiragan bir yonini ko‘rib qoldim. Meni qidirishyapti! Qutuldim! Oxirgi kuchimni yigib, sakrab turdim-da, qo‘llarimni silkitdim, ovozim skafandrdan nari chiqmasligini ham unutib, choy-hoylab baqirdim… Hayhot! Quvonch qanday tez tug‘ilgan bo‘lsa, shu qadar tez g‘oyib bo‘ldi: meni payqashmadi. Raketa dara uyetidan uchib o‘tib, tog‘ cho‘qqilari ortiga berkindi.
Shu bilan so‘nggi madorim ham tugadi. Ruhimni qandaydir loqaydlik egallab oldi. Kislorod yetishmasligi o‘z ta’sirini kursatayotgan edi. Ko‘z oldimda minglab zangori quyosh aylanardi. Quloqlarim g‘uvullab, hushdan ketdim.
Shu kuni qancha vaqt yotganimni bilmayman.
Bir mahal, hali ko‘zlarimni ochmay, chuqur nafas oldim. Upkamga hayotbaxsh kislorod quyilardi. Ko‘zimni ochdimu Sokolovskiyning tepamga engashib turgan yuzini ko‘rdim. U menga tashvish bilan tikilardi. Men raketamiz ichida, polda yotardim, aftidan, shu yerga olib kelishgan bo‘lsa keak. Lekin nega skafandirimni yechishmayapti?
Suv — de shivirladim men, gapimni eshitmasliklarini o‘ylamay. Lekin Sokolovskiy labimning harakatidan iltimosimii tushundi. U meni kresloga o‘tqazdi-da, skafandrini yaqinlashtirib, dedi:
— Chanqagansiz, qorningiz ochgan, albatta, — Ha.
— Afsuski, sabr qilishga to‘g‘ri keladi. Avariyaga uchraganmiz. Daradagi tog‘ o‘pirilishi raketaga bir oz shikast yetkazgan. Tosh tegib, deraza oynalari singan.
«O‘lim darasi» dan uchib chiqayotgan vaqtimizda raketaga bir narsalar urilganini esladim. Lekin u paytda e’tibor bermagan adim.
— Ehtiyot oynalarimiz bor, — davom etdi Sokolovskiy. — Lekin ularni o‘rnatish uchun ko‘p vaqt ketadi. Qisqasi, katta raketamizga tezroq yetib olishimiz kerak. Oydagi sayohatni tugatishga to‘g‘ri keladi.
— Nega meni raketa ichkarisiga olib kirdingiz?
— Shuning uchunki, — javob berdi Sokolovskiy, — ikki-uch soatda manzilga yetib olish uchun juda katta kosmik tezlikda uchishga to‘g‘ri keladi. Portlashlar kuchli bo‘ladi, gavdaning ogirligi bir necha marta ortadi. Siz juda bedarmonsiz, ustki maydonchada o‘tirolmaysiz. Professor Tyurin ham siz bilan birga kabinada bo‘ladi.
— Tirikmisiz, azizim! — men Tyurinning tovushini eshitdim. — Sizni topishdan umidimizni uzib qo‘ygan edik…
Bu ovozda kutilmagan bir iliqlik bor edi.
— Endi polga cho‘ziling. Men ham yoningizda yotaman, o‘rtoq Sokolovskiy rulga o‘tiradi.
Bir minutdan keyyn oynasi siniq raketamiz tog‘ cho‘qqilari ustidan uchib borardi. Keskin ravishda g‘arbga burildik. Bir lahza raketa yonboshlab qoldi. Pastda bizni halok qilishiga ozgina qolgan tubsiz jarlik va daradagi qo‘nish maydonchasi ko‘rindi. Raketa portlashlar zarbidan titrardi. Tanaga qo‘rg‘oshin quyilganday. Qon goh boshga, Goh oyoqqa uriladi. Mening yana boshim aylana boshladi… Sal hushdan ham ketdim, lekin bu gal o‘zimni tez o‘nglab oldim. Kislorod — ajoyib hayotbaxsh dori. Sokolovskiy skafandrimga ko‘iroq miqdorda kislorod kirishi haqida g‘am yegani sezilib turardi. Lekin bosim bir atmosferadan oshmasligi kerak, aks holda kostyum bardosh berolmaydi. Shundoq ham u ortiqcha havoni chiqarib turuvchi mexanizmi buzilib qolgan g‘avvos kostyumiday qappayib ketgan edi.
Sayohat pirovardigacha shu qadar sog‘ayib ketdimki, kichkina raketadan o‘zim tushib, katta sayyoralararo kemamizga o‘z oyog‘im bilan chiqdim.
«G‘avvos» kostyumini qanday huzur bilan yechib uloqtirganimni ko‘rsangiz edi! Yeb-ichish desangiz — besh kishining ulushi!
Kayfiyatimiz tez yaxshilanib ketdi. Men endi o‘z sarguzashtlarim, ilmiy kashfiyotlarim haqida kulib gapirar va tosh deb o‘ylab, «Oy toshbaqasi» ni qo‘ldan chiqazib yuborganim uchun o‘zimni sira kechirolmasdim. Darvoqe, uning mavjudligiga endi shubha bilan qarardim. Ehtimol, buzilgan asablarim to‘qigan xayolotdir. Ammo yo‘sinlar, «o‘rmalovchi yo‘sinlar», «Tushlar mamlakati» dan keltirilgan o‘ljaday mening sumkamda yotardi.
Oyga uyushtirilgan ekspeditsiyamiz, qisqa muddatli bo‘lishiga qaramay, boy ilmiy samaralar berdi. Bizda Yer olimlari o‘rtayeida shov-shuv bo‘ladigan ma’lumotlar talaygina edi.
Qaytishimiz osoyishta bo‘ldi. Noma’lumlik qarshisida odamni beixtiyor bosadigan ruhsizlik endi yo‘q edi. Kets Yulduziga xuddi o‘z uyimizga qaytayotganday uchib borardik. Lekin qani u? Men osmonga qaradim. Balandda, juda olisda «yer» o‘rog‘i osilib turibdi. Pastda ko‘kning yarmini Oy egallagan. Uning bag‘rida o‘lib ketishimga bir bahya qolgan bo‘lsa ham, ko‘rinishi vahimali emasdi hozir.
Men mana shu Oy ustida kezib yurdim, uning yeirtida bizning izlarimiz qoldi, «Oy parchasi» ni o‘zimiz bilan Ketsga, Yerga olib ketyapmiz. Bu hol bizni Oy bilan yangidan, yana ham ko‘proq yaqinlashtirardi…