— Qani, ko‘raylik-chi, ko‘raylik-chi! — derdi Meller, Tyurinni u yoq-bu yoqqa aylantirib. — Oftobda qorayib, yosharib ketibdi «o‘gimchak». Xuddi kuyov bolaning o‘zi-ya! Muskullar-chi? Sakramay turing endi. Muskullaringizni ko‘raylik. Mushaklar bo‘shroq. Oyoqlaringiz ancha chiniqibdi. «O‘rgimchak uyasi» da yana necha yil o‘tirmoqchisiz?
— Yo‘q-yo‘q, endi o‘tirmayman, Anna Ignatyevna! — javob berdi Tyurin. — Yaqinda yana Oyga uchaman. U yoqda ish ko‘p. Marsga, Zuhroga uchaman.
— Ho-o, botir bo‘lib ketibsiz-ku! — deb hazillashdi Meller. — Qani, endi qoningizni bir tekshiraylik-chi. Oy Quyoshi qancha qon sharchalarini qo‘shdi ekan… Oydan keladigan bemorlar bizda juda oz.
Vrach ko‘rigidan o‘tgandan so‘ng Tonyaning oldiga qarab jo‘nadim. Nazarimda u Yulduzga qaytganday tuyulardi. Uni naqadar sog‘inganimni endigina his qildim.
Keng yo‘lak bo‘ylab uchib borardim. Ketsda ogirlik Oydagidan oz, binobarin, men xuddi raqqoslarday oyog‘imning uchini polga salgnna tekkizib, ucharbaliqday parvoz qilardim. Ketsliklar meni har qadamda to‘xtatib, Oy haqida so‘rashardi.
— Keyin, keyin, o‘rtoqlar, — derdim ularga javoban va uchishda davom etardim.
Mana uning eshigi. Asta tiqillatdim. Eshikdan notanish qiz mo‘raladi. Uning qo‘ng‘ir sochlari yuziga, katta-katta kul rang ko‘zlari ustiga tushib turardi.
— Salom, — dedim men salgina dovdirab. — Urtoq Gerasimovani ko‘rmoqchi edim. Bu xonadan ko‘chib ketganmilar?
— Urtoq Artemyevmisiz? — deb so‘radi qiz xuddi eski tanishini ko‘rganday kulimsirab. — Gerasimova komandirovkadan hali qaytganlari yo‘q, hali-veri qaytmasalar ham kerak. Men bu xonada vaqtincha turibman. Hozir u kishi fizika-texnika laboratoriyasida ishlayaptilar.
Mening hafsalam pir bo‘lganini qiz payqadi shekilli, darrov qo‘shib qo‘ydi:
— Lekin telefon orqali gaplashishingiz mumkin. Radiorubkaga kiring.
Qizga naridan-beri tashakkur aytib, radiotelefon stansiyasiga qarab udim. Radistning xonasiga o‘qday otilib kirdimda:
— Fizika-texnika laboratoriyasini ulang! — deb qichqirdim.
— Hozir! — dedi u va apparat qulog‘ini buray boshladi. — Urtoq Gerasimovami? Hozir… Allo! Allo! Marhamat.
— Men Geramisovaman. Kim gapiryapti? Artemyevmi?
Agar efir aldamayotgan bo‘lsa, uning ovozida quvonch barq urardi.
— Salom, siz bilan gaplashayotganimdan juda xursandman! Halok bo‘lishingizga sal qolibdi-ya? Siz uchib kelmasingizdan oldin eshituvdim. Oy raketasidan xabar qilishgan edi… Xayriyat, yaxshilik bilan tugabdi. Men bo‘lsam absolyut sovuqlik laboratoriyasida juda qiziq ishlar bilan mashg‘ulman. Laboratoriya raketamizning soya tomonidagi balkonga joylashgan. Fazoviy kostyumda ishlashga to‘g‘ri kelyapti. Sal noqulayroq. Ammo absolyut sovuqlik shundoqqina qo‘l uzatsa yetadigan joyda. Past aroratda chala o‘tkazgichlarning qarshiligi sohasida anchagina qiziqarli kashfiyotlar qilib qo‘ydim.
Shunday deb, u o‘z kashfiyotlari haqida gapira ketdi. Qachon qorasoqol va Paley haqida gapiradi? Mening so‘rashim noqulay.
U Ketsga kelib ketmoqchi ekai, lekin yer hisobi bo‘yicha bir oylardan keyin.
— Qidirishlaringiz nima bo‘ldi? — deb so‘radim nihoyat o‘zimni tutolmay.
Ammo shu payt radist gapga aralashib qoldi:
— Shoshilinch tarzda Kets sakkiz raketasi chaqiryapti. Uzr, suhbatlaringizni bo‘lib qo‘yishga majburman.
Radiostansiyadan ta’bim xira bo‘lib chiqdim. Tonya xursand bo‘ldi, sezilib turibdi. Demak, har holda menga befarq qaramas ekan. Lekyn nuqul o‘zining ilmiy ishlari haqida gapirdi. Paley to‘g‘risida og‘iz ham ochmadi. Yaqin o‘rtada ko‘rishmaymiz ham…
Yo‘lakda meni bir yigit to‘xtatdi.
— Urtoq Artemyev, sizni qidirib yuribman. Direktor so‘rayapti.
Parxomenko huzuriga jo‘nadim. U Oyga qilgan sayohatimiz haqida batafsil so‘rab-surishtirdi. Lekin mening javoblarim bema’niroq bo‘ldi.
— Bugun horg‘in ko‘rinasiz, — dedi direktor. — Dam oling, ertadan ishga kirishasiz. Biologimiz o‘rtoq Shlikov sizni ko‘pdan beri kutyapti.
Men tezroq yolg‘iz qolishni istardim. Lekin qornim och edi, shuning uchun oshxonaga jo‘nadim. U yerda ketsliklarga sayohat haqida gapirib berishga to‘g‘ri keldi. Juda mashhur bo‘lib ketdim — Oyga borib kelgan birinchi kishilardanman, axir. Ular meni zo‘r e’tibor bilan tinglashar, menga havas qilishardi. Boshqa mahal bo‘lganda o‘zimga ham tatirdi, lekin hozir Tonyani ko‘rolmaganimdan ko‘nglimga qil ham sig‘masdi. Charchaganimni bahona qilib, gapni qisqa qildim-da, nihoyat, o‘z Xonamga yetib oldim. Men yo‘qligimda devorga mayda to‘rli buklama karavot osib qo‘yishipti. Ko‘rpaning hojati yo‘q edi. Karavotga cho‘zilib, o‘yga berildim. Xayolan Oydan Vasilyev oroliga, o‘z laboratoriyamga, Tonyaning oldidan noma’lum Paley huzuriga qatnayverib, nihoyat uyquga ketibman…
— O‘rtoq Artemyev! Urtoq Artemyev!..
Ko‘zimni ochib, sakrab o‘rnymdan turdim. Eshik oldida sochi ustarada olingan bir yigit turardi.
— Kechiring, uyqungizni buzdim. Lekin turadigan vaqtingiz ham bo‘ldi shekilli. Biz siz bilan sal-pal tanishib olganmiz. Oshxonada, esingizdami? Aerolog Kistenko. Sizdan Oy yo‘sinlari haqida so‘ragan edim. Bu haqdagi xabar Kets shahrigacha yetib boribdi. Yerdagi ketsliklar namuna yuborishni so‘rashyapti. Bugun Kets shahriga aerologik raketa jo‘nataman.
— Marhamat, — dedim men va sumkadan bir parcha «namat» olib uzatdim.
— Juda soz. Bu yo‘sin Yerdagidan og‘irroq ko‘rinadi, lekin umuman yengil. Og‘irlik haqida gapirayotganimdan ajablanyapsizmi? Axir mening raketam Yerga uchadi-da. Kets shahriga har kuni bittadan raketa jo‘nataman. Yerga yetguncha yo‘l-yo‘lakay u avtomatik tarzda barcha aerologik yozuvlarni olib boradi — Yerdan turli masofa uzoqlikdagi atmosferaning sostavi, kosmik nurlarning tarqalish tezligi, harorat, namlik va hokazo. Yo‘lning taxminan to‘rtdan uch qismida raketa Kets Yulduzidagi radionur orqali boshqariladi, shundan keyin esa uni Kets shahrining radionuri o‘z ixtiyoriga oladi. Raketa avtomatik ravishda ochiluvchi parashyutda qat’iy belgilangan nuqtaga, bir kvadrat metr maydonchaga qo‘nadi. Chakki emas-a? Shu raketada xat-xabarlar ham jo‘natiladi… Raketaning vazni aniq hisobga olingan. Shuning uchun ham yo‘sinning og‘irligini bilish muhim. Sizga yana bir karra tashakkur.
U chiqib ketdi. Men soatimga qaradim. «Yer», Leningrad vaqti bilan ertalab edi. Nonushta qilib, ishga jo‘nadim.
Biolog Andrey Pavlovich Shlikovning kabineti eshigini ochib, bir lahza to‘xtab qoldim. Bu kabinet Yerdagi boshliqlarning kabinetiga o‘xshamasdi. Agar Tyurinni devor kavagidagi o‘z uyasiga biqinib olgan o‘rgimchakka qiyos qilgan bo‘lsak, Shlikov ko‘m-ko‘k bog‘dagi kapalak qurtiga o‘xshardi. Kabinet ichi gurkirab yotgan mayda bargli ko‘katlar bilan qoplangan edi. Xuddi quyosh nuri yoritib turgan yashil g‘or deysiz. Xonaning to‘rida, to‘qima kursi ustida semiz, qoradan kelgan o‘rta yoshlardagi kishi — Shlikov yonboshlab yotibdi. U menga bir oz shalvillaganroq va ayni paytda uyqisirayotganday ko‘rindi. Uning qovoqlari xuddi yog‘ bosganday osilib ketgan edi. Men kirgach, uyquli qovoqlari ko‘tarildi-yu juda sho‘x, aqlli, kulrang ko‘zlarga nazarim tushdi. Ko‘zlarining o‘ynoqiligi uning vazmin harakatlariga sira mos kelmasdi.
Biz salomlashdik. Shlikov mendan Oy haqida so‘ray boshladi. Oldidagi uzun alyumin stolda bir tutam yo‘sin yotardi.
— Oyda mana bu yo‘sinni topganingizning hech qanday ajablanarli yeri yo‘q, — dedi u bosiqlik bilan dona-dona qilib. — Yerda ma’lum bo‘lgan bakteriyalarning, mog‘or zamburug‘larining sporalari juda past haroratga, ikki yuz ellik daraja sovuqqa ham chidayveradi, yashash qobiliyatini yo‘q, otmadi. Ularning nafas olishi-chi? Bu intramolekulyar tarzda yuz berishi ham mumkin, bunda hatto birikkan holdagi kislorodning bo‘lishi ham shart emas. Azotobakteriyalarimiznieslang. Oziqlanish masalai-chi? Amyobalarimizni eslang. Ularning hatto og‘zi ham yo‘q. Biror «yeb bo‘ladigan» narsa topishsa, butun tanalari bilan chirmab olib, hazm qilishadi. Lekin «toshbaqa» masalasi murakkabroq. Men Oyda bundan ko‘ra murakkab jonivorlar yashashi mumkinligini ham rad etmayman. Organizmning moslashish qobiliyati deyarli cheksiz… Mana, birinchi qadam qo‘yildi. Hademay biz Yerimizning o‘tmishini qanchalik bilsak, Oyning o‘tmishdagi organik hayotini ham shu qadar bilib olamiz.
Shlikov to‘xtadi, daftarchasiga bir iimalarni yozib, davom etdi:
— Endi ishimiz haqida. Kets Yulduzidagi eng birinchi vazifamiz, — men biologlarni nazarda tutyapman, — shundan iboratki, biz o‘z ehtiyojlarimiz uchun o‘simliklardan iloji boricha ko‘proq, to‘laroq foydalanishimiz kerak. O‘simlik bizga nima berishi mumkin? Birinchi galda — oziq-ovqat. Bundan tashqari, havo va suvni tozalashi va, nihoyat, chiqindi material berishi mumkin. Bu materialdan oxirgi zarrasigacha foydalanishimiz kerak.
— Biz o‘simliklarni o‘zimizga keraklicha o‘zgartirishimiz, mukammallashtirishimiz zarur. Biz bu ishni qila olamizmi? Qila olamiz. Yerdagidan ko‘ra osonroq qila olamiz. Chunki bu yerda ayoz ham, qurg‘oqchilik ham, oftob urishi ham, garmsel ham yo‘q. Biz har bir o‘simlik uchun sun’iy ravishda istalgan iqlimni yaratishimiz mumkin. Harorat, namlik, tuproq va havoning sostavi, nur taqsimlanishi — hammasi qo‘limizda. Yerdagi oranjereyalarda esa bularni g‘oyat nisbiy darajada amalga oshirish mumkin. Bu yerda atmosferaga tarqalib, Yer sirtiga hech qachon yetib bormaydigan qisqa ultrabinafsha nurlar bor. Men kosmik nurlarning tarqalishini ko‘zda tutyapman. Nihoyat, og‘irlikning yo‘qligi. Yerning tortish kuchi o‘simlikning rivoji va o‘sishiga qanday ta’sir qilishini siz yaxshi bilasiz…
— Geotropizm, — dedim men.
— Ha, geotropizm. Ildizlar Yerning tortish kuchi yo‘nalishini kompas mili shimolni qanday sezsa, shunday his qiladi. Modomiki ildiz ana shu yo‘nalishdan chetlar ekan, bu faqat namlik va oziq «qidirish» ning natijasi. Og‘irlik kuchi bo‘lmagan sharoitda hujayralarning bo‘linishi, o‘sish, o‘simlikning shakllanishi qanday yuz beradi? Bu yerda og‘irlik kuchi mutlaqo yo‘qotilgan laboratoriya bor. Binobarin, Yerda mumkin bo‘lmagan tajribalarni qila olamiz. O‘simlik hayoti bilan bog‘liq mavhum masalalarni hal qilganimizdan keyin tajribani yer sharoitiga ko‘chiramiz. Men ishni geotropizmni o‘rganishdan boshlash. ingizni istardim. Katta oranjereyada assistent Kramer ishlayapti, laboratoriyada sizga yangi xodim Zorina yordamlashadi.
Shlikov jim bo‘lib qoldi. Men eshik tomon burilayotganimda u qo‘li bilan ishora qilib to‘xtatdi.
— O‘simlik — bu hali hammasi emas. Hayvonlar ustida ham juda g‘alati tajribalar o‘tkazyapmiz. U yerda Faleyev ishlaydi. Undan ko‘pam xursand emasman. Boshda ishni yaxshi olib borayotgan edi, keyingi paytlarda butunlay o‘zgarib ketdi. Agar bu ish sizni qiziqtirsa, o‘sha yoqqa o‘tkazgan bo‘lardim. Harholda shu laboratoriyaga bir kiring, qilinayotgan ishlarni ko‘ring. Hozir esa Katta oranjereyaga boring. Kramer sizni ish bilan tanishtiradi?
Vazmin qovoqlar quyi tushdi? Shlikov men bilan bosh irg‘ab xayrlashib, yana yozishga tushib ketdi?