NAZORATCHI

Rik g‘ira-shira paytda uyg‘ondi. U uzoq yotib, o‘z ongi haqida o‘yladi. O‘tgan tun mobaynida qalbining qandaydir yarasi tuzalgandek, ko‘ngli to‘lgandek edi. Bu, ikki kun avval, o‘sha, «eslashga» tushgandan so‘ng ro‘y bera boshlagandi. Buqday jarayon kecha kun bo‘yi davom etdi. Yuqori Shaharga borgani, kutubxona va nazoratchiga qilingan hujum, undan keyingi kechishlar va Novvoy bilan bo‘lgan uchrashuv — bularning hammasi unga ferment[4]dek, malhamdek ta’sir ko‘rsatdi. Miyaning anchadan beri quruqshab yotgan hujayralari o‘zlarining zaif bo‘lsa-da, faoliyatini bopshadilar. Hozir, u uyquga to‘ygach, ularda qandaydir harakat sezilardi. Rik fazo va yudduzlar, yolg‘izona uzoq kezib yurishlar, buyuk jimjitlik haqida xayol surdi, Nihoyat, u boshini ko‘tarib qizni chaqirdi:

— Lona!

— U shu zahotiyoq uyg‘ondi, tirsagiga tiralib turdi-da, Rik tomonga boqsi.

— Lona, mening ahvolim juda yaxshi. Men yana u-bu narsalarni esladim. Men kemada bo‘lganman va aniq bilamanki…

Biroq qiz uni eshitmasdi. U Rikka teskari qarab, ko‘ylagini kiydi, oldidagi ilgak-chokni siladi-da, belbog‘ini asabiylik bilan tortib qo‘ydi. Keyin oyoq uchida yaqinlashdi.

— Jim, tovushingni baland chiqarma.

— Rezident qani?

— U yo‘q. U… u ketdi.

Xona yorishdi va Novvoyning kelbatli qomati ko‘rindi. Uning qalin lablari tabassumdan quloqyaariga yetay derdi.

— Vaqtli uyg‘onibsiz.

Ular indashmadi.

— Bugun siz jo‘naysiz.

Rezident ketgandan so‘ng, uning Rikka qanday ko‘z bilan qaragani, qizning yodida edi.

— Siz to‘g‘ringizda tegishli joyga xabar qilindi. Xavotirlanmasangiz ham bo‘ladi.

U ketdi, lekin tez orada ovqat, kiyim va ikki tog‘orachada suv ko‘targancha qaytib keldi. Kiyim yangi va qandaydir ajabtovur edi.

Novvsk ularning ovqatlanishini kuzatib o‘tirda-da, keyin so‘z qotdi:

— Men sizga yangi ism va yangi tarjimai hol beraman. Hech narsani esdan chiqarib qo‘ymaslik uchun, menga diqqat bilan quloq soling. Siz florinalik emassiz, tungundingizmi? Sizlar Voteks sayyorasidan Florinaga kelgan aka-singilsizlar…

U barcha ikir-chikirlarni batafsil aytib berdi-da, savollar berib javoblarini tekshirib ko‘rdi.

Rikka o‘zining yodda saqlash, tushunuvchanlik qobiliyatini ko‘rsatish xush kelastgandi, lekin Valona tashvishlanayotgandek tuyulardi.

Novvoy buni sezdi.

— Menga qara, hoy qiz. Agar sen g‘alamislik qilsang, shu yerda qolasan, sheriging esa jo‘nab ketadi.

— Yo‘q, yo‘q… — titrab ketdi Valona. — Men sizga aslo xalaqit qilmayman.

Novvoy ularni ko‘chaga olib chiqqanda, quyosh tikkaga kelib qolgandi. Rik hayrat bilan egniga boqardi. Kiyim ham shunchalik ajabtovur bo‘ladimi? Valona hech ham qishloqi qizga o‘xshamasdi. Hatto oyoqlarini ham qandaydir mato yopib turar, poyafzalining poshnasi pgunchalik baland ediki, u ehtiyotkorlik bilan yurishga majbur edi.

Atrofga to‘planib olgan yo‘lovchilar ularga razm solib qarashar, bir-birlari bilan fikr almashishardi. Bularning ko‘pchiligi bozor-do‘konlarga yo‘l olgan g‘amgin va tund ayollar, yirtiq-yamoq kiygan bekorchi bodalar edi. Novvoy ularni sezmayotgandi go‘yo. U qo‘liga kattagina tayoq ushlab olgandi.

Shu payt orqa tomondagi xaloyiq hayajonga tushdi va Rik nazoratchilarning qoramtir-kumush kiyimini payqadi.

Xudsi shu daqiqada bir hodisa ro‘y berdi. Qurolli nazoratchi paydo bo‘ldi, u o‘q uzdi. Novvoy yiqildi va ular yana qochishga tushdilar. Nahotki nazoratchilar ularni bir umr ta’qib etsa?

* * *

Ular shahar chetidagi xaroba joyga kelib qolishdi. Valona hansirar, yangi ko‘ylagining ba’zi joylari terdan namiqqan edi.

Rik nafas ololmay qoldi.

— Bo‘ldi, boshqa yugurolmayman,

— Yur, qochish kerak!

— To‘xta. — U devorga suyanib oldi, lekin Volona uni sudrardi. — So‘zimga quloq sol.

Vahima asta-sekin uni tark etdi.

— Lona, biz qayerga qochyapmiz, nega qochyapmiz? Biz axir o‘zga sayyoraliklar kiyimidamiz-ku… Mana, qara Novvoy bizga nima bergan, Rik hayajonlanar ekan, cho‘ntagidan kichkinagina kitobchaga o‘xshash narsa chiqardi. Uning u yoq-bu yog‘ini o‘girib kurdi-da, qanday ochilishini tekshirdi. Ammo buning iloji bo‘lmadi. Shundan so‘ng, chetlarini paypaslab ko‘rib, barmoqlari bilan siqqan edi, kitobchaning bir tomoni sutdek oqardi. Mitti harflarni darhol tushunolmagan bo‘lsa ham, bo‘g‘inma-bo‘g‘in o‘qishga tirishdi.

Nihoyat, u dedi:

— Bu — pasport. Demak uchib ketsak bo‘ladi. Axir Novvoy ham Florinani kemada tark etishimizni istagandi-ku. Kel, shunday qila qolamiz.

— Rik, bizni tutib olishadi!

— Agar mo‘ljallangan kemada emas, boshqasida uchsak, tutisholmaydi. U yerda bizni kutib turishadi. Biz boshqa kemada uchishimiz lozim. Boshqa har qanday kemada.

Kema! Har qanday kema. Bu so‘zlar Rikning qulog‘i ostida sehrli ohangday jarangladi. Bu fikri muvaffaqiyat qozonadimi yoki yo‘qmi, unga baribir edi. Uning kemaga chiqqisi kelardi. Fazo qa’riga kirishni istardi.

— Mayli, Rik! Men fazo bekati qayerda ekanligini bilaman. Kichkinaligimda, dam olish kunlari biz doim o‘sha yerga borardik. Kemalarning uchishini tomosha qilardik.

Bekat tekshiruvchisi ajabtovur kiyimlaridan o‘zga sayyoralik ekanliklari bilinib turgan, terlab-pishib beso‘naqay harakat qilayotgan erkak va ayolga jilmayib boqsi. Ayol tirqishdan pasport uzatdi.

U bir ayolga, bir pasportga, keyin band qilingan joylar soniga nigoh tashladi. Tekshiruvchi kerakli tugmani bosdi va avtomatdan ikki shaffof lenta chiqsi.

— O‘tishingiz mumkin, — dedi u shoshilinqirab. — Mana bularni yengingizga taqib oling.

Bu murojaat unga xush keldi. O‘zga sayyoraliklar florinaning fazo bekatida kup ham uchrayvermasdilar. Ayniqsa, so‘nggi yillarda ular borgan sari kamayib borayotgandilar. Ular Skvayrlarga ham, nazoratchilarga ham o‘xshamaydilar. Ular sening florinalik ekanligingni bilmaydilar va juda xushmuomalalik bilan gaplashadilar.

— Siz uni 17-maydondan topasiz, xonim. Voteksga parvozingiz bexatar bo‘lsin, — Tekshiruvchi bu so‘zlarni alohida nazokat bilan aytdi.

So‘ngra u o‘zining sevimli mashg‘ulotiga: do‘stlariga qo‘ng‘iroq qilishga, Yuqori Shaharning energetik nurlaridagi shaxsiy suhbatlarga bilintirmay ulanib olishga tutindi. U qanday xato qilganini anglashiga hali bir necha soat bor edi.

Bu kema 17-maydondagi patga olingan kemaga qaraganda ancha kichik va yarqiroq edi. Uning to‘rtta havo tirqishi berkitilmagan ekan. Asosiy eshik bilan unga tutashgan zina — ochiq og‘iz-u, undan chiqib turgan tilni eslatardi.

— Kema ichini shamollatishyapti, — dedi Rik. — Odam tashuvchi kemalarni ko‘p marta ishlatilgan siqilgan kislorod hidini yo‘qotish niyatida uchib ketishdan oldin hamisha shamollatishadi.

Valona unga qaradi.

— Sen qayerdan bilasan?

Rik o‘zida g‘urur paydo bo‘layotganini sezdi.

— Shundoq bilaman. Hozir u yerda hech kim yo‘q. Shamolda turish kimga ham yoqardi. — U tashvishlanib atrofga boqsi. — Qiziq, nega odam bunchalik kam.

Kema shlyuziga kirishlari bilan ularga havo oqimi urildi. Valonaning ko‘ylagi havodan shishib ketdi, u etaklarini ushlab turishga majbur bo‘ldi.

— Bu yerda doimo shundaymi? — so‘radi qiz. U hech qachon fazoviy kemada uchmagan, hatto orzu ham qilmagan. Uning yuragi qattiq urar, lablari qimtilgandi.

— Yo‘q. Faqat shamollatish paytida.

Rik xursand bo‘lib, qattiq metallardan yasalgan yo‘lak bo‘ylab yurar ekan, bo‘mbo‘sh xonaga havas bilan tikilardi.

— Mana, — dedi u. — Bu oshxona. Lekin, ovqat unchalik muhim emas. Ma’lum muddat usiz ham yashasa bo‘ladi. Asosiysi — suv.

U mu’jaz, shinam yopiq taxmonlardagi ashqol-dashqollarni titkilab qopqoqli katta idish topdi. Suv jo‘mragini nigohi bilan qidirdi va undan vishillab havo, ketidan suvning otilib chiqishidan yengil tortib miyig‘ida kulib qo‘ydi.

— Endi bir nechta konserva olamiz. Ko‘pining keragi yo‘q. Sezib qolishlari mumkin.

Rik yong‘indan saqlanish, tabobat jihozlari, dori-darmonlar va payvandlash asboblari saqlanadigan kichik xonani topdi.

— Lona, shu yerga joylasha qolamiz, — dedi u ikkilanibroq. — Bu yerga juda kamdan-kam hollarda ko‘z tashlanadi. Biz chiroq yoqmaymiz, aks holda quvvat sarflanayotganligi bilinib qoladi hamda hojatxonadan faqat dam olish soatlarida, tungi navbatchilarning ko‘ziga foydalanishimiz lozim.

To‘satdan havo harakati to‘xtadi. Bir maromdagi yengil vijillash o‘rnini sokinlik egalladi.

— Tez orada ular kemaga chiqadilar, keyin parvoz qilamiz.

Rik tongda uyg‘onganida o‘zini tuppa-tuzuk odam deb his etgan bo‘lsa, hozir qo‘li Galaktikaning har chekkasiga yetadigan buyuk zot deb fahmlardi. Yulduzlar — koptokcha edilar, tumanliklar — olib tashlanishi lozim bo‘lgan o‘rgimchak inining qoldiqiari edi.

U kemada edi! Xotiralar bir-birlarini surishib-sharqirab oqib kelardilar. U kirt maydonlarini, fabrikani, qorong‘ida bir nima deb g‘o‘ldirayotgan Valonani ham unutayozgandi. Bular faqat yodiga tushayotgan filmning uzilgan joylaridek tuyular va ularning uchlari asta-sekin ulanardilar.

Kema!

Agar Rikni ilgariroq kemaga olib kelishganida, miyasidagi kuydirilgan xujayralarning bitishini bunchalik uzoq kutmagan bo‘lardi.

— Valona, sen hayajonlanma, hozir sen dirillashni, shovqinni eshitasan — bu yuritgichlarning ovozi. Seni og‘irlik bosadi. Bu tezlanish!

— Tez-la-nish? Bu nima degani?

— Qo‘rqma, Lona, Bizda bosim ta’sirini yo‘qotuvchi qurilma yo‘qligi uchun ozgina noxushlik bo‘ladi. Devorga suyanib ol, agar unga yopishib qolayotgandek bo‘lsang, qarshilik ko‘rsatma. Sezyapsanmi, boshlanyapti!

Rik bir burchakka yaxshilab o‘rnashib oldi — gipertatomli yuritgichlarning gumbur-gumburi kuchaygani sari bosim ham kuchayib borardi.

Valona ohista ingradi, keyin indamay og‘ir-og‘ir nafas olishga tushdi. Uning tomog‘idan hushtak chalingandek tovush chiqdi, buning sababi gidravlik yostiqchalar, kamarlar bilan bog‘lanmagan ko‘krak qafasi o‘pkaga ozgina bo‘lsa-da, havo o‘tkazishga intilayotganidan edi.

Rik qiynalib nafas olarkan, uning ruhini ko‘tarish, o‘zini shu yerda ekanligini bildirish niyatida ma’nosiga e’tibor qilmay, nimalarnidir so‘zlay boshladi. Qizning vujudini to‘ldirayotgan mavhum kelajak oldidagi qo‘rquv hissi tamoman yo‘qolishi lozim.

Bu kema — ajoyib kema edi, lekin Valona hech qachon uchmagan.

— Valona, saldan keyin kema sakraydi — bunda biz giperfazoga o‘tib, yulduzlararo masofaning katta qismini bosib o‘tamiz. Sen buni hatgo sezmaysan. Faqat. yuraging bir marta shig‘ etadi xolos. Rik bu so‘zlarni asta-sekin, bo‘g‘inma-bo‘g‘in qilib aytdiki, bunga ancha vaqt ketdi.

Ularni bosayotgan og‘irlik yo‘qola bordi, devorga bog‘lab qo‘ygan ko‘rinmas zanjirlar bo‘shashib pastga quladilar. Og‘ir nafas olayotgan Rik bilan Valona o‘tirib qolishdi.

— Yaralanmadingmi, Rik?

— Menmi?! — Rik kemada qanday yaralanishi mumkinligini o‘ylab, nafas rostlashga ulgurmagan bo‘lsa-da, kulib yubordi. — Qachonlardir men oylab biron-bir sayyoraga qo‘nmay uchardim.

— Nega? — so‘radi qiz. U yaqinroqqa emaklab keldi-da, o‘zining Riki shu yerda ekanligiga ishonch hosil qilish uchun, qo‘llarini uning yuziga tekkizdi.

— Ishim shunaqa edi.

— Ha, — tasdiqladi qiz. — Sen Hech Nimani tadqiq qilgansan.

— To‘ppa-to‘g‘ri. Men huddi shu ish bilan shug‘ullanganman. Sen buning ma’nisini tushunasanmi?

— Yo‘q.

Rik qizning baribir hech narsa anglay olmasligini bilardi, lekin gapirishni istardi. U ko‘rgan-kechirganlarini eslashni, eslay olishidan lazzatlanishni xohlardi.

Bilasanmi, Butun Olam yuzlab turli modsalardan tashkil topgan. Biz bu moddalarni elementlar deb ataymiz. Temir ham, mis ham — elementlardir.

— Men ularni metall deb o‘ylardim.

— Juda to‘g‘ri, lekin ular bundan tashqari element hamdir. Kislorod, azot, utlerod, palladiy — hammasi ham element. Lekin, borliqsa eng asosiy element — vodorod va geliydir. Ular juda odsiy tuzilganlar hamda juda ko‘p uchraydilar.

— Bu haqsa ilgari hech eshitmagandim, — dedi Valona.

— Butun Olamning to‘qson besh foizi vodorodsan iborat, qolganining asosiy qismi esa — geliy. Hattoki, fazoda ham xuddi shunday.

— Men bir paytlar, — dedi Valona, — fazoni bo‘shliq deb eshitgandim. U yerda hech narsa yo‘q ekan. Shu to‘g‘rimi?

— Unchalik to‘g‘ri emas. Deyarli hech narsa yo‘q desa bo‘ladi. Men koinot tadqiqotchisi bo‘lganman, buning ma’nisi shuki, men fazo qa’rida kezar ekanman, undagi elementlardan oz miqdorda olib, ularni tekshirardim. Ularda qancha vodorod, qancha geliy va boshqa elementlar borligini aniqyaardim.

— Nega?

— Chunki elementlar fazoda turli miqsorda tarqalgan. Ba’zi joylarda geliy ko‘p bo‘lsa, boshqa makonda natriy mo‘lroq va hokazo. Ana shunday maxsus tarkibli to‘planmalar fazoda oqib yuradilar. Bular koinot oqimlari deyiladi. Agar ularning xususiyati va yo‘nalishi o‘rganilsa, Butun Olamning kelib chiqishi hamda rivojlanishni tasavvur etish mumkin.

— Buni qanday bilish mumkin?

Rik ikkilandi.

— Hech kim aniq aytolmaydi… — Shu tobda uning bilimlarga cho‘mgan ongi yayrar, Rik ularning tugab qolishidan cho‘chigancha so‘zida davom etardi. — Keyin biz Gallaktikaning hamma joyidagi zichlikni, 5tni koinot gazi quyuqligini aniqlaymiz, bu kemalarning giperfazodagi sakrashini oldindan belgilash uchun zarur. Nihoyat… — u gapirishdan to‘xtadi.

Valona diqqat bilan davomini kutdi. Lekin Rik qotib qolgandek edi. Qorong‘ulikda qizning bo‘g‘iq tovushi eshitildi:

— Rik? Senga nima bo‘ldi, Rik?

U indamasdi. Qiz Rikning yelkasidan ushlab silkiy boshladi.

— Rik! Rik!

Shunda hozirgidek bardam, tetik Rik emas, balki ilgarigi g‘amgin va ma’yus Rik javob berdi:

— Lona, biz yomon ish qilib qo‘ydik.

— Nega? Qanday yomon ish?

— Qochmaslik kerak edi. Bu kemaga ham bekor chiqsik.

Rikning vujudi titrar, uning peshonasini marjonday ter qoplagan, Valona uni artar edi.

— Nega? — so‘radi qiz. — Nega?

— Agar Novvoy kuppa-kunduz kuni bizni shaharda olib yurmoqchi bo‘lgan ekan, demak, u nazoratchilardan xavfsiramagan. Novvoy otib o‘ldirgan nazoratchi esingdami?

— Ha.

— Uning aft-basharasi qanaqa edi?

— Unga qarashga botinmagandim.

— Men esa botingandim, uning yuzida g‘alati bir ma’no bor edi. Lekin o‘sha damda mulohaza qilib o‘tirmagandim…Lona, u nazoratchi emasdi! U — Rezident edi, Lona! U — nazoratchi kiyimidagi Rezident edi!

* * *

Achchiqlangan Samiya Fayf qizi xonaning u burchagidan bu burchagiga tez-tez borib kelardi. Uning tim qora sochlari hurpaytirib turmaklangan, baland poshnalar esa bo‘yini balatsdroq qilib ko‘rsatardi. O‘rtasidan bilinar-bilinmas iz tushgan pista dahani titrardi.

— Yo‘q, — pichirladi u, — menga nisbatan bunday qilishga haqqi yo‘q. Bunga yo‘l qo‘ymayman… Kapitan!

Uning tovushi keskin va qat’iy jarangladi. Kapitan Reysti kelib ta’zim qildi.

— Xizmat, xonim?

— Menga buyruq berilmasin, — dedi tantanavor ohangda u. — Men yosh bola emasman. O‘zimga uzim xo‘jayinman. Men shu yerda qolaman.

— Tushuning, xonim, — dedi ehtiyotlik bilan kapitan. — Bu mening buyrug‘im emas. Mendan so‘rab ham o‘tirishgani yo‘q. Menga nima qilish lozimligini aytishsi, xolos. Mana buyruq nusxalari.

— Sizning buyruqlaringiz meni qiziqtirmaydi. Samiya qayrildi-da, poshnalarini gez-tez taqillatib undan uzoqpashdi.

Kapigan qizga yetib olib, yumshoqg‘dana so‘z qotdi:

— Buyruqsa aytilishicha, siz uchishni istamasangiz, meni kechirasiz, sizni kuch ishlatib kemaga olib borishga majburdirman.

— Bunga haqqingiz yo‘q! — Qiz keskin u tomonga yuzini burdi.

— Buyruq shundayki, men har qanday ishga tayyor bo‘lishim lozim.

Qiz uni tinchlantirishga urindi.

— Kapitan, axir, haqiqiy xavf yo‘q. Bu juda kulgili va bema’ni buyruq! Shahar tinch. Bor-yo‘g‘i, kecha kechqurun kutubxonada bir nazoratchini do‘pposlab ketishibdi.

— Boshqa bir nazoratchi bugun ertalab yana o‘sha florinaliklar tomonidan o‘ldirilgan.

— Ularning menga qanday aloqasi bor? Men nazoratchi emasman.

— Xonim, kema uchishga tayyor. Bir oz o‘tirib u parvoz etadi. Shu paytda siz uning ichida bo‘lishingiz shart.

— Mening ishim-chi? Tadqiqotchilarim-chi? Siz tushunasizmi o‘zi…

Qayoqsan ham tupgunardingiz.

Kapitan indamadi. Qiz teskari o‘girildi. Mis rangli, sutdek oppoq kumush sim qo‘shib to‘qshtgan kirt matosidan tikilgan ko‘ylak uning yelkalari, qo‘llarining ajib bir do‘mboqyaigini, go‘zalligini ajratib ko‘rsatardi. Kapitan Reysti Oliyzot Xonimga nisbatan odsiy sarklikning nigohida mujassamlashishi shart bo‘lgan izzat-ehtirom, yuvvoshlik va hissizlikdan boshqacharoq bir ma’noda nigoh tashladi. U doimo, nega shunday go‘zal jonon o‘z vaqtini qandaydir ilmiy ishlarga sarflashga chin dildan ajablanardi.

(Davomi kelgusi sonda.)

Загрузка...