YAXTA HAYDOVCHISI

Og‘zining bir chekkasiga o‘chib qolayozgan sigareta qistirib olib olgan Xenro oqista qadam tashlardi.

U band qilingan har bir angarning oldnda to‘xtar, ichkariga sinchiklab nazar tashlardi.

26-angarga u juda qiziqib qoldi. Pastak panjara ortidan so‘z qotdi:

— Skvayr?

Ichkaridan chiqib kelgan Skvayrning ko‘rinishi juda antiqa edi. Eng avvalo Skvayrning egnida sport kiyimi yo‘q edi. Ikkinchidan, uning soqoli anchadan beri olinmagan, boshidagi ko‘rimsiz qalpoqcha beo‘xshov kiyilgan, go‘yo u yuzini berkitishga tirishayotgandek edi. Niqoyat, u Skvayrlarga xos bo‘lmagan haddan tashqari ehtiyotkorlik bilan qarakat qilardi.

— Men Markis Henroman. Bu sizning yaxtangizmi, janob?

— Ha, meniki. — Bu so‘zlar oqista, zo‘riqib aytildi.

— Ichkariga kirsam maylimi?

Skvayr ikkilanib turib yo‘l berdi. Henro ichkariga qadam tashladi.

— Kemangizning yuritkichi qanaqa, janob?

— Nega so‘rayapsiz?

— Ochig‘ini aytsam, men yangi kema sotib olmokchiman.

— Sizni ana shu yaxta qiziqtiryaptimi?

— Bilmadim. Aniq aytolmayman, balki narxi to‘g‘ri kelsa, o‘ylab ko‘rarman. Biroq, ne bo‘lsa ham, agar yo‘q demasangiz, men yuritkichni va boshqaruv qismlarini ko‘zdan kechirmoqchiydim.

Skvayr o‘ylanib qoldi.

— Istamayeangiz, o‘zingiz bilasiz. — Henro ketmoqchi bo‘lib ortiga burildi.

— Balki sotarman, — dedi Skvayr. — Mayli, kemaga kirishingiz mumkin.

— Rahmat. Yo‘lni ko‘rsatasizmi?

Skvayr cho‘ntaklarini titkilab bir dasta kalit chiqardi-da, tashrif buyuruvchiga tutdi.

— O‘zingiz kiravering, janob.

Henro dastani olib, kalitdardan kema belgilarini izlay boshladi. Kema egasi unga yordam beray demasdi.

— Mana bu bo‘lsa kerak, — dedi u nihoyat.

Eshik ohista, shovqinsiz ochildi va Henro qorong‘ulikka qadam qo‘ydi…

Mirlin Terensning boshqa bir iloji yo‘q edi. U Dimonning kemasi atrofida nima qilishni bilmay uch soat yurdi. Endi bo‘lsa manavi kishi kelib kemani tekshiryapti. U bilan muloqot qilish g‘irt ahmoqchilik. Bir ozdan so‘ng, u Mirlin Terensning qalloblik qilayotganini bilib qoladn.

Bu temir-tersakning ichidan ovqat topilgani, har holda yaxshi bo‘ldi. Xira xaridor kema ichida izg‘iyotganidan foydalanib, Terens konservalangan go‘sht va mevalarni paqqos tushira boshladn. Keyin maza qilib suv ichdi. Oshxonaning ro‘parasida dush bor ekan. U ichkaridan qulflab yuvinib oldi. Boshini siqayotgan qalpoqchani qisqa vaqtga bo‘lsa qam yechish roqat baxsh etdi. Javondan yangi kiyimlar topdi.

Niqoyat, Henro qaytib chiqdi.

— Ayting-chi, men bu kemani haydab ko‘rsam, qarshilik qilmaysizmn?

— Bemalol, Siz bu xildagi toychoqlarni boshqara olasizmi? — so‘radi Terens yasama beparvolik bilan.

— Haydolsam kerak, — dedi xaridor jilmayar ekan. — Men hozirgi barcha xildagi kemalarni jilovlay olaman. Har holda, nazorat minorasidan ruxsat so‘rashni o‘z zimmamga yuklamoqchiman. Mana mening yaxta haydashga huquq beruvchi hujjatim, parvozdan oldin ko‘rib oling…

Bir oz o‘tib ular fazo qa’riga chiqdilar. Avvaliga, yaxta haydovchisining uzunuzun, ingichka barmoqlari boshqarish tugmalarini o‘ynar ekan, ekrandagi yulduzlar u yoq, bu yoqqa borib-kelib turdilar. Keyin, ekran yuzasini zarg‘aldoq sayyoraning bir bo‘lagi egallab oldi.

— Yomon emas, — dedi Henro. — Dimon, siz kemaga yaxshi qarar ekansiz. Yaxta uncha katta bo‘lmasa ham, afzal tomonlari ko‘p ekan.

— Istasangiz, uning tezligini va boshqaruvchanligini tekshirishingiz mumkin. — dedi ehtiyotkorlik bilan Terens. — Qarshiligim yo‘q.

— Juda soz. Sizningcha, qaysi tomonga yo‘l olsa yaxshi bo‘ladi? Agar… — U ikkilanib turdi-da, so‘zini davom etdirdi: — Sarkka borishga qalaysiz?

Terensning nafas olishi sezilar-sezilmas tezlashdi. U mo‘’jizalar olamiga tushib qolganiga ishongisi kelardi.

— Yo‘q deyishga asosim yo‘q, Henro! — javob qildi u shavq bilan.

— Demak, Sarkka ketdik.

Florinaning ekrandagi tasviri kattalashib boruvchi tezlikda yo‘qola boshladi…

Terens juda og‘ir, ko‘z oldi xiralashgan holda uyg‘ondi. Bir necha daqiqa atrofborliqni yaxshi his qila olmadn.

— Uxlab qolibman-a, — dedi u esnar ekan.

— Shunaqaga o‘xshaydi. Mana, Sarkka ham yetib keldik. — Henro ekrandagi yarimoyga ishora qildi.

— Qachon qo‘namiz?

— Taxminan bir soat bor.

To‘satdan Terens Henroning qo‘ynida kul rang metall jismni — igna-miltiqning mo‘’jaz tumshug‘ini ko‘rib qodsi.

— O‘zi nima gap? — so‘radi Terens o‘rnidan turishga chog‘lanar ekan.

— O‘tiring, — dedi bosiq ohangda Henro. U boshqa qo‘lida qalpoqcha ushlab turardi.

Terens beixtiyor qo‘lini boshiga yugurtirdi, barmoqlari yorqin sochlarni his qildi.

— Ha, — aniq xulosa chiqardi Henro. — Bu yaqqol ko‘rinib turibdi. Siz florinaliksiz.

Terens indamay oldiga qarab tura berdi.

— Sizning mahalliy kishi ekanligingizni, bechora Dimonning kemasiga chiqishdan avval ham bilgandim. Sizning asosiy xatoingiz shu bo‘ldiki, Rezident, siz yaxshi tashksh etilgan politsiya kuchlarini betinim aldab yura olaman, deb o‘ylabsiz. Sovuqqonlik bilan biror kimsani, aytaylik, Dimonni o‘ldirgan odam qanday hissiyotga chulg‘anadi, Rezident?

— Men uni qasddan tanlaganim yo‘q, — xirilladi Terens. Uning nafas olishi tezlashdi. U achchiq alam va jahl bilan g‘o‘ldiradi: — Siz, sarkliklar, millionlab florvdaliklarni shu xususda, ayollarni, bolalarni ham o‘ldirgansiz. Ularning qoni sizga boylik keltirdi. Bu yaxta…

— Dimon xizmatkor emas, xo‘jayin sifatida tug‘ilgani uchun aybdor emas, — dedi Henro. — Agar, siz sarklik bo‘lsangiz nima qilardingiz? Butun mol-mulkingizdan voz kechib kirt maydonida javlon urib ishlarmidingiz?

— Unday bo‘lsa, otib tashlang! — qichqirdi Terens. — Nimani kutyapsiz?

— Shoshib qayoqqa ham borardim. Mening vaqtim ko‘p. Hikoyani tugatib olay. Xullas, o‘ldirilgan kishi va qotilning shaxslari haqida bizning aniq ma’lumotimiz yo‘q edi, birots menda ba’zi gumonlar mavjud edi. Men jinoyatchini Sarkka yetkazib kelaman, deb Xavfsizlik Xizmatini ishontirdim. Bu ishni biron-bir to‘polonsiz, tinch bajaraman, deb aytdim. So‘zimning ustidan chiqqanimga amin bo‘lgandirsiz. Tan olishim kerak, avvaliga, men rosa ikkilandim, siz-qidirilayotgan kimsamisiz yoki yo‘qmi. Siz bekat maydonida odsiy kiyimda yurardingiz. Bu o‘taketgan didsizlik. Hech kim, maxsus kiyimsiz, o‘zini yaxta haydovchisi qilib ko‘rsatmaydi, deb o‘yladim.

Sizni atayin ko‘z-ko‘z qilib qo‘yishgan, siz qidiruvni chalg‘itish maqsadida qamoqqa olinishni istayapsiz, deb qam o‘yladim.

Men ikkilanib, sizni turli yo‘llar bilan sinab ko‘rdim. Mutlaqo zaruriyati bo‘lmagan hollarda kalitlarni tanlay boshladim. Havo almashtiriladigan tirqishlarning o‘ng tomonidan hech qachon kemaga chiqilmaydi, bilib qo‘ying, bunday kemalar umuman yo‘q. Eshiklar doimo chap tomonda joylashadilar, Men xato qilganimda, siz hayron bo‘lmadingiz. Aslo!

Keyin, men sizdan, kemangiz Florinadan Sarkka olti soatda bora oladimi, deb so‘radim. Ha, dedingiz. Bu ajoyib yangilik! Axir, eng tez uchish muddati to‘qqiz soatdan ko‘proq-ku!

Shundan so‘ng, siz ko‘z-ko‘z qilinayotgan odam emassiz, degan xulosaga keldim. Sizning bilimsizligingiz qaddan tashqari edi… Aytganday, nega bularni erinmay qikoya qilayotganimni bilasizmi?to‘satdan yumshadi Henro.

Terens indamadi.

— Birinchidan, — dedi Henro, — sizning qiynalayotganingizni ko‘rish menga huzur baxsh etadi. Men qotillarni yoqtirmayman, ayniqsa, sarkliklarni o‘ldirgan florinaliklarni. Menga sizni tirik tutib kelish buyurilgan, biroq ko‘rsatmalarda jinoyatchini yayratib-quvnatib borish haqida gap-so‘z yo‘q. Ikkinchidan, siz shart-sharoit bilan tanishishingiz kerak, chunki kema Sarkka qo‘ngach, keynngi qadamlarni o‘zingiz tashlashingiz zarur.

Terens unga yarq etib qaradi.

— Tushunolmadim.

— Xavfsizlik Xizmati kelayotganingizdan xabardor. Biz sayyora atmosferasidan chiqishimiz bilanoq, florina bo‘limi bu qaqda axborot bergan.

— Baribir tushunolmadim, — dedi umidsiz oxangda Terens.

— Aytayapman-ku: sizni Sarkda kutishyapti. Lekin, men Xavfsizlik Xizmatini emas… Trantorni ko‘zda tutyapman.

Загрузка...