XOTIMA, BIR YILDAN SO‘NG

— Rik! Rik! — Salim Juns kema tomon intilar ekan, qo‘llarini cho‘eardi. — Lona! Sizlarni tanib ham bo‘lmaydi-ya! Yaxshimisizlar? Qalay yashayapsiz?

— Juda yaxshi. Xatimizni olganga o‘xshaysiz, — dedi Rik jilmayar ekan.

— Albatta. Xo‘sh, mana bular to‘g‘risida nima deysiz?

Ular Junsning ishxonasi tomon yo‘l olishardi.

Valona ma’yuslik bilan javob berdi:

— Bugun ertalab qishlog‘imizga borgandik. Hamma yoq, hatto dalalar ham bo‘m-bo‘sh.

Valonaning kiyinishi endi o‘zgargandi. U endi florinalik qishloqi dehqon qizga o‘xshamas, uning Imperiya ayollaridan farqi yo‘q edi.

— Bir yil o‘tar-o‘tmas shuncha aholi ko‘chirilibdi-ya! — dedi Rik.

— Iloji boricha harakat qilyapmiz, Rik. O, meni kechirasiz, endi sizni haqiqiy ismingiz bilan atash kerak-ku!

— Rahmat, shart emas. Eski nomimga kunikolmadim. Mening nomim — Rik. Men faqat shu ismni eslay olaman.

— Koinot tadqiqotiga qaytish masalasini hal qildingizmi?

Rik bosh chayqadi.

— Ha, hal qildim. Endi bu sohada ishlamayman. Es-hushimning bu qismi butunlay yo‘qolgan. Lekin afsus qilayotganim yo‘q. Men Yerga qaytaman… Aytganday, men Rezident bilan uchrashaman deb umid qilgandim.

— Uchrasholmasanggo kerak, U bugun jo‘nab ketish niyatida yuribdi. U sizni ko‘rishni istamayapti. Andisha qilyapti. O‘zini gunohkor deb biladi. Siz unga nisbatan dushmanlik kayfiyatida emasmisiz?

— Yo‘q. U menga yaxshilik qilmoqchi bo‘lgan, va haqiqatdan ham mening hayotimni yaxshi tomonga o‘zgartirdi. Eng avvalo, men Lonani topdim. — U qizning yelkalaridan quchdi. Valona unga mayin nigoh tashladi va jilmaydi. — Rezident ruhiyat zondini xavotirlik hissini olishga moslagan, biroq kuchlanishni to‘g‘ri qo‘ymagan. Ha, men endi koinot tadqiqotchisi bo‘lolmayman. Ammo men Yerga qaytaman. U yerda ham odamlar kerak.

— Endi men — Yer ayoliman, — dedi Valona.

Rik ufqqa boqdi. Yuqori Shahar har doimgidek yorqin edi, lekin u yerda hech kim yashamasdi.

— Florinada qancha odam holdi? — so‘radi u.

— Yigirma million atrofida, — javob berdi Juns. — Ko‘chirish boshlang‘ich jarayonda turibdi. Ko‘pchilik qo‘shni sayyoralardagi vaqtinchalik turargohlarda yashayapti. Bu qiyinchiliklardan qochib bo‘lmaydi.

— Eng oxirgi odam bu yerdan qachon ketadi?

— Hech qachon.

— Tushunmadim.

— Rezident bu yerda qolish uchun norasmiy ishtimos bilan murojaat qildi. Unga norasmiy ruxsat berildi. Jamoatchilikka bu hahda xabar qilinmaydi.

— Bu yerda qolmoqchi? — hayratlandi Rik. — Butun Galaktika haqqi, nega?

— Bilmadim, — javob berdi Salim Juns, — menimcha, bu narsani o‘zingiz Yer haqida so‘zlaganingizda tushuntirdingaz. Unda ham shunday hislar bor. «Men Florinaning halok bo‘lishiga yo‘l qo‘yolmayman», deyapti u.


Ozod Mo‘minov tarjimasi.

Загрузка...