G‘OLIBLAR

Hamma haykaldek qotib qolgandi.

Keyin Stinning chinqiroq kulgisi eshitildi.

— Juda to‘g‘ri, — xaxolashga o‘tdi Stin. — Men doimo shu haqda gapirganman. Fayf bu florinalikni yollagan. Mana, Fayfning asl qiyofasnni ko‘rib turibsiz, uning maqsadi…

— Bu g‘irt tuhmat!

Bu xitobni Fayf emas, Rezident aytdi. U o‘rnidan dik etib turib ketdi. Ko‘zlari yonardi.

— Nima tuhmat? — so‘radi Ebl.

Terens kalovlanib, bir muddat unga qarab turdi-da, tez-tez nafas olarkan, javob berdi:

— Skvayrning gaplari. Hech qanday sarklik menga pul to‘layotgani yo‘q.

— Qizning gaplari-chi? Ular ham tuhmatmi?

— Yo‘q. Valona to‘g‘ri aytdi. Ruhiyat zondini men qo‘lladim. Menga bunday qarama, Lona! Men Rikka ziyon-zahmat yetkazmoqchi emasdim. Men bunday bo‘lishini hech qachon istamaganman.

— Hammasi uyushtirilgan, — norozilik bildirdi Fayf. — Ebl, men sizning niyatingizni, aniq bilmayman, lekin mana bu shaxsning jinoyatlari ro‘yxatiga yana yangisini qo‘shish mumkin emas. Hammaga ma’lumki, faqat Buyuk Skvayrgina kerakli bnlim va imkoniyatlarga ega bo‘la oladi. Stin, balki siz, yo‘q aybnn bo‘yniga olish usuli bilan yollagan odamingizni qutqarib qolmoqchidirsiz?

— Bu masalada men hech kimdan, hatto Trantordan ham pul olmayman, — dedi Rezident. — Agar butun voqeani eshitgingiz kelsa, men aytib beraman. Men uchun sark nima-yu, Trantor nima?! Hammasi jonga tegdi! Mayli, hech bo‘lmasa ko‘nglimni bo‘shataman. — U Fayfga ishora qilarkan, gapida davom etdi. — Mana bu kishi — Buyuk Skvayr Fayfning aytishi bo‘yicha, bir jinoyatchining qilgan ishlarini bajarishga, faqat Buyuk Skvayrdagina yetarli bilim va imkoniyat mavjud ekan. U bunga chin dildan ishonadi. Biroq, uning bir o‘zi nima ham qilardi? Barcha sarkliklar qo‘shilib ham hech narsa qilolmaydilar. Ular boshqaruv ishlarida qatnashmaydilar. Mamlakatni florinalnklar boshqaradilar! Flornna Fuqarolik xizmati boshqaradi! Barcha qog‘ozbozlik ishlari florinaliklar bo‘ynida. Qog‘ozlar esa, ma’lumki, Sarknn boshqaradilar. Albatta, ko‘pchilik florinaliklar mute bo‘lib qolishgan, biroq agar istasak, la’nati Skvayrlar tumshug‘ining tagida qanday ishlarni amalga oshirishimiz mumkinligini bilasizmi? Mana, mening ishlarimga nazar tashlang.

Bir yil avval men vaqtinchalik fazo bekatida harakat boshlig‘i edim, Bu haqda qog‘ozlarda qayd etilgan. Rasmny tomondan harakat boshlig‘i sarklik bo‘lgani uchun, ozroq qog‘oz titkilashingizga to‘g‘ri keladi. Lekin u rasmiy boshliq bo‘lgani bilan, barcha ish mening zimmamda edi. Mening nomimni faqat «Florinalik xodimlar» deb atalmish alohida bo‘limdan topasiz. Hech bir sarklik u yerga nigoh tashlashni o‘ziga ep ko‘rmaydi.

YUKTBning mahalliy xodimlari koinot tadqiqotchisining xabarnomasini yuborib, uning kemasini «Tez yordam» bilan kutib olishni taklif qilganlarida, bu axborot menga kelib tushgan. Florina halokati haqida eshitish har kuni ham nasib qilavermaydi, shunday emasmi? Shuning uchun, men koinot tadqiqotchisi bilan shahar tashqarisidagi kichkina bekatda uchrashishga kelishdim. Buning hech qiyin joyi yo‘q edi. Sarkni harakatga keltiruvchi barcha murvat va dastaklar mening qo‘limda edi.

Men koinot tadqiqotchisini kutib olib, uni YUKTBdan ham, Sarkdan ham berkitdim. Undan barcha axborotni qo‘limdan kelgancha siqib oldim va ularni Florina uchun va Sarkka qarshi ishlatishga qaror qildim. Fayf beixtiyor savol berdi:

— Birinchi xatlarni siz yuborganmidingiz?

— Buyuk Skvayr, — xotirjam davom etdi Terens, — birinchi xatlarni men jo‘natganman. Men kirt maydonlarining katta qismiga ega bo‘lsam, Trantorga o‘z shartlarimni qo‘yib, sarkliklarni o‘z sayyoramizdan haydab chiqara olaman, deb o‘ylagandim.

— Siz aqldan ozibsiz?

— Balki. Har holda bundan hech narsa chiqmadi. Koinot tadqiqotchisiga o‘zimni Fayf deb tanishtirdim. Chunki, u sayyoradagi eng katta odam Fayf ekanligini bilar va meni shu kishi deb tanisa ochiq-oydin gapirishi ma’lum edi.

Afsuski, uning sabr-toqati menikidan ham kam ekan. U YUKTB xodimi bilan uchrashtirsan, deb turib oldi. Men uni tnnchlantira olmay ruhiyat zondini ishlatishga majbur bo‘ldim. Ruhiyat zondini amallab topdim. Uning qanday ishlatilishini kasalxonalarda ko‘rgan edim, Bu sohadagi bilimim juda sayoz edi. Baxtga harshi, shunday bo‘lib chiqdi. Men zondni uning ongi yuqori qatlamlaridagi qo‘rquv va xavotirlik hissini olib tashlashga mo‘ljallab mosladim. Bu juda oddiy operatsiya edi. Nima bo‘lganini haligacha tushunmayman. Ehtimol, qo‘rquv va xavotirlik ancha pastki qatlamlarda yotgan bo‘lsa kerag-u, zond esa ularni qidirib, yo‘l-yo‘lakay aqlni ham vayron qilib ketgan. Natijada, mening qo‘limda aqlsiz jonzot paydo bo‘lib qoldi… Rik, meni kechir, juda afsuslanaman… Shunday qilib koinot tadqiqotchisi butunlay ojiz kimsaga aylanadi. Uni biror kimsa tanib qolishi mumkin bo‘lgan shart-sharoitdan asrash lozim edi. O‘ldirib ham bo‘lmasdi. Uning bilimlari menga kerak edi, es-hushining qaytishiga ishonardim.

Meni Florinaga Rezident sifatida jo‘natishlariga erishdim-da, qalbaki hujjatlar bilan koinot tadqiqotchisini ham ola ketdim. Keyin, uni daladan topib olishlarini uyushtirdim va Lonaning qo‘liga topshirdim. U hakim bilan uchrashmaguncha hech qanday xavf tug‘ilgani yo‘q. Shunda men Yuqori shaharning kuchlanish stansiyalariga borshpga majbur bo‘ldim. U yerdagi injenerlar sarkliklardan iborat edi, lekin kirish-chiqish nazoratini florinaliklar egallagandilar. Sarkda yurgan paytimda quvvat olish Yo‘llarini yetarli darajada bilib olganim uchun kuchlanish simlarini tutashtirish qiyin bo‘lmadi. O‘shandan beri odam o‘ldirishga ko‘nikib qoldim. U paytda hakimning qog‘ozlari nusxasi ham saqlanishini bilmasdim. Bu haqda o‘ylab ko‘rish kerak ekan. Keyin, yuz soatcha avval, — nazarimda yuz yilga o‘xshaydi, — Rikning es-hushi qayta boshladi. Bor gap shu. Juns janoblari to‘g‘ri aytdilar.

Endi bir narsaga e’tibor qiling. Rikning qog‘ozlari qayerdaligini faqat men bilaman. Hech bir sarklik, hech bir trantorlik ularni topolmaydi. Agar o‘sha hisobkitoblar sizga kerak bo‘lsa, menga siyosiy boshpana berishingiz zarur. Sarklar yoki trantorlik o‘zini vatanparvar deb atashi mumkin-u, nega florinalik bunday qilmasligi kerak?

— Biz snzni Sarkka bermaymiz, — dedi Juns. — Siz koinot tadqiqotchisiga yetkazgan jismoniy zahmatingiz uchun sud qilinasiz. Natija qanday tugashini bilmayman, lekin hozir bizga yordam bersangiz, bu aybingizni yengillashtiradi.

Terens Junsga sinovchan nigoh tashladi.

— Doktor, sizga ishonishga harakat qilaman… Koinot tadqiqotchisining gapiga qaraganda, Florinaning quyoshi yangi yulduz portlashi davriga kirgan.

— Yo‘g‘-ye! — Bu xitob Valonadan bo‘lak barchaning og‘zidan chiqdi.

— Quyosh paq etib portlashga tayyor turibdi, — istehzo bilan jilmaydi Terens. — Bu ro‘y berishi bilan Florina tamaki tutunidek yo‘q bo‘lib ketadi.

— Men koinot tadqiqotchisi emasman, lekin yulduzning qachon portlashini oldindan aytish mumkin emas, deb eshitgandim, — so‘z qotdi Ebl.

— Juda to‘g‘ri. Ayting-chi, Terens, sizga Rik nega shunday xulosaga kelganini tushuntirmaganmidi? — so‘radi Juns.

— Ehtimol, bu narsa uning qog‘ozlarida yozilgandir, Mening yodimda faqat uglerod oqimlari to‘g‘risidagi gaplar qolgan.

— Nima deyapsiz?

— U doimo bir gapni qaytarardi: «Uglerodli koinot oqimi. Uglerodli koinot oqimi». Bundan tashqari, qandaydir «katalik effekt»[7]haqida ham so‘zlagandi. Boshqa hech narsa bilmayman.

Stin hiringladi, Fayf xo‘mraydi. Junsning ko‘zlari katta-katta ochildi.

Keyin Juns g‘o‘ldiradi:

— Meni kechiring. Men hozir qaytaman. — U uch o‘lchamli tasvirni tark etdi.

Juns chorak soatdan so‘ng qaytdi. Hayraglanib atrofga boqdi. Xonada faqat Ebl

bilan Fayf o‘tirishardi.

— Biz sizni kutayotgandik, doktor Juns, — dedi Ebl. — Koinot tadqiqotchisi bilan qiz elchixonaga yo‘l olishdi. Majlis tugadi.

— Tugadi? Yo Buyuk Koinot, biz endn boshladik-ku! Men sizga yangi yulduz portlash shart-sharoitlarini tushuntirmoqchi edim.

Ebl xijolatdan qimirlab qo‘ydi.

— Buning zaruriyati yo‘q, doktor.

— Bu juda muhim. Menga besh daqiqa vaqt bering.

— Mayli, gapira qoling, — so‘z qotdi Fayf. U jilmayardi.

— Boshidan boshlay qolay. Galaktika taraqqiyotining dastlabki ilmiy maqolalarida ta’kidlanganki, yulduzlar quvvatsh! O‘z tarkiblaridagi yadroviy o‘zgarishlardan oladilar. Shuningdek ma’lum ediki, bu quvvatning vujudga kelish sharti faqat ikki xil yadroviy reaksiya natijasidir. Ikkala qolda ham vodorod geliyga aylanishi kerak. Birinchi reaksiya to‘gridan-to‘g‘ri ro‘y beradi, vodorodning ikki yadrosi ikki neytron bilan birlashib, geliyning bitta yadrosiga aylanadilar. Ikkinchisi esa bilvosita, bir necha jarayonni bosib o‘tadi. Bu holda ham vodorod geliyga aylanadi, lekin oraliq jarayonlardagi o‘zgarishlarda uglerod yadrolari qam ishtirok etadi. Bu yadrolar biron-bir o‘zgarishga uchramaydi, uning uchun oz miqdordagi uglerod qam juda ko‘p vodorodning geliyga aylanishi jarayonida qayta-qayta ishtirok etaberadi. Boshqacha qilib aytganda, katalizator bo‘lib xizmat qiladi. Bu narsalar tarixiy davrlarda, insoniyat faqatgina bir sayyorada yashayotgan paytida xam ma’lum edi.

— Bu hammaga ma’lum bo‘lsa, — e’tibor qildi Fayf, — siz vaqtni behuda o‘tkazyapsiz.

— Biroq, biz bundan boshqa hech narsa bilmaymiz. Yulduzlarda bu ikki xil reaksiyaning qaysi biri ro‘y berishi hech qachon ma’lum bo‘lmagan. U yoki bu yo‘nalishni asosiy deb olgan turli ilmiy yo‘nalishlar doimo mavjud bo‘lgan. Lekin, odatda umuman fikr oddiy bir xulosaga — vodorodning geliyga aylanishnga kelib taqalgan. Menimcha, Rikning nazariyasi mana bunday bo‘lgan. Vodorodning geliyga aylanishi jarayonida, ba’zan shunday shart-sharoit vujudga keladiki, bunda uglerod ham ishtirok eta boshlaydi. Natijada, aytilgan reaksiya jarayoni tezlashib, yulduz qiziy boshlaydi.

Koinotda turli oqimlar mavjud. Buni yaxshi bilasiz. Ularning ba’zilari uglerodlidir. Yulduzlar bu oqimlarga duch kelib qolganda, ulardan katta miqdordagi atomlarni yulib oladilar. Lekin bu atomlarning umumiy miqdori yulduzning moddalari miqdori oldida bilinmas darajada kam, va ular yulduzga hech qanday ta’sir o‘tkaza olmaydilar. Biroq, ugleroddan tashqari! Uglerodga boy oqimlar orasidan o‘tgan yulduz muvozanatdan chiqadi. Men, uglerod atomlarining yulduz bag‘riga kirib olishi uchun necha yil — yuz yilmi yoki millnon yilmi ketishini bilmayman, lekin har qolda, ancha vaqt kerak bo‘ladi. Bu narsa ro‘y berishi uchun, oqim juda keng bo‘lishi, yulduz esa unga kichik burchak hosil qilib kirishi loznm. Yulduz bag‘riga o‘rnashgan uglerod miqdori ma’lum to‘yinish darajasiga yetgandan so‘ng, yulduzning nurlanishi to‘satdan va keskin ko‘payadi. Tashqi qatlamlar dahshatli portlashdan uchib ketadilar va yangi yulduz tug‘iladi. Xo‘sh, bunga nima deysiz?

Juns javob kutdi.

— Siz, koinot tadqiqotchisining bir yil ilgarigi so‘zlarini eslashga uringan Rezidentning mavhum gaplariga asoslanib mana shularni o‘ylab topdingizmi?

— Ha, ha. Buning ajablanadigan joyi yo‘q. Koinot tadqiqi ana shu nazariyani qabul qilishga tayyor. Agar Rik bu fikrni olg‘a surmasa, tez orada boshqa bir kimsa albatta asoslashi mumkin edi. Bu xildagi nazariyalar avvallari ham taklif qilingan, lekin ular jiddiy qabul qilinmagan. Koinot tadqiqi texnikasi yaxshi rivojlanmaganligi sababli, hech bir nazariya yulduz tarkibidagi uglerodning nega to‘satdan oshib ketishini tushuntirib berolmagan. Ugelerodli oqimlar mavjudligi hozir ma’lum. Biz xaritaga uning yo‘lini chizishimiz, oxirgi o‘n ming yillikda qaysi yulduzlar oqimdan o‘tganligini aniqlashimiz va bu axborotni yangi yulduzlarning paydo bo‘lishi, ularning nurlanish oqimi bilan taqqoslashimiz mumkin. Xuddi shu ishlarni Rik bajargan bo‘lishi kerak. Uning Rezideshta ko‘rsatishga uringan hisob-kitoblari va kuzatishlari asosida ham menimcha, ana shu nazariya yotadi. Lekin hozir boshqa muhimroq ish bor: zudlik bilan Florina aholisini ko‘chirish zarur.

— Ish mana shunga borib yetadi, deb o‘ylagandim, — dedi vazminlik bilan Fayf.

— Kechirasiz, Juns, buning aslo iloji yo‘q, — dedi Ebl.

— Nega iloji yo‘q?

— Florina quyoshi qachon portlaydi?

— Bilmayman. Rikning bir yil oldingi tashvishli xabariga ko‘ra, juda oz vaqt qolgan.

— Siz bu muddatni aniqlay olasizmi?

— Yo‘q.

— Qachon bunday imkoniyat tug‘iladi?

— AYtish qiyin. Rikning hisob-kitoblarini topgan taqdirimizda ham, ularni qayta tekshirib chiqish kerak.

— Siz koinot tadqiqotchisining nazariyasi to‘g‘riligiga kafil bo‘la olasizmi?

Juns qovoqlarini uydi.

— Mening ishonchim komil, lekin hech bir olim nazariyaning to‘g‘riligiga oldindan kafil bo‘la olmaydi.

— Demak, siz dalillanmagan quruq gap asosida Florina aholisini ko‘chirmoqchimisiz?

— Butun sayyora aholisining hayoti qandaydir mol-matoh emaski, uni xavfga qo‘ynb dalil-isbot qidirib yursak.

— Agar Florina oddiy sayyora bo‘lganda, men taklifingizga shu zahotiyoq rozilik bildirardim. Florina butun Galaktikani kirt bilan ta’minlaydi. Sizning talabingizni qondirish juda mushkul.

— Janoblar, arzon tannarxli kirtning siri tez orada bizning qo‘limizda bo‘ladi. Bir yildan so‘ng kirt yakkahokimlignga chek qo‘yiladi.

— Aniqroq tushuntirib bera olasizmi?

— Mana endi, Fayf, majlisimiz asosiy nuqtasiga yetib keldi. Kirt barcha aholi yashaydigan sayyoralarning ichida faqat Florinada o‘sadi. Kirtning o‘sish imkoniyati bilan portlasholdi jarayoni bir-biriga bog‘liqligi ehtimoli juda katta. O‘ylab ko‘ring, Galaktikada portlay deb turgan boshqa quyoshning bo‘lmagani kabi, kirt o‘sadigan boshqa sayyora ham yo‘q, — tushuntirdi Salim Juns.

— Safsata, — dedi Fayf.

— Naqotki? Nega bo‘lmasa, kirt Florinada kirt sifatida o‘sadi-yu, o‘zga har qanday sayyorada esa faqat paxta bo‘lib ko‘karadi? Olimlar qancha davrdan beri uni boshqa sayyoralarda sun’iy o‘stirishga, yetishtirish shart-sharoitlarini aniqlashga behuda urinib kelishayotir. Bunga portlasholdi jarayoni bilan bog‘liq omillar ta’sir etishi mumkinligi endi bizga ayon.

— Ular Florina quyoshining nurlanishini qaytarishga harakat ham qilishgan, — dedi jahl bilan Fayf.

— Ha, faqat nurlanish spektrining ko‘zga ko‘rinuvchi va ultrabinafsha qismini takrorlay oluvchi elektr yoyi yordamida urinishgan. Infraqizil qismi-chi? Bundan ham tashqaridagisi-chi? Magnit maydonlari to‘g‘risida nima deyish mumkin? Elektronlar emissiyasi hahida-chi? Koinot nurlarining ta’siri bo‘yicha qanday xulosa bor? Men fizik yo‘nalishdagi biokimyogar emasman, bu yerda men bilmaydigan o‘zga omillar ham mavjuddir. Tez orada butun Galaktikadagi fizik yo‘nalishdagi biokimyogarlar bu muammoni hal etishga kirishadilar. Ishontirib aytishim mumkinki, bir yil o‘tgach masala yechiladi.

— Lof qilyapsiz? — g‘o‘ldiradi Fayf.

— Skvayr Fayf, bir yildan so‘ng sizning Florinadagi yerlaringiz yangi yulduz bilanmi yoki yo‘qmi, o‘z qadrini yo‘hotadi. Siz uni soting. Butun Florinani sotib yuboring! Trantor pulini to‘laydi.

— Butun sayyorani sotib olish! — ajablandi Ebl.

— Nima, mumkin emasmi? Trantorning mablag‘i yetarli. Butun Galaktika aholisining sizga nisbatan tug‘iluvchi mehr-muhabbati chiqimlarintzni ming marotaba orttirib hoplaydi. Siz yuz millionlab hayotni saqlab qolasiz, hammani arzon kirt bilan ta’minlaysiz.

— Men o‘ylab ko‘raman, — dedi Ebl.

U Fayfga boqdi. Skvayr ko‘zlarini pastga haratdi. Bir oz sukut saqlagach, u ham so‘z qotdi:

— Men ham o‘ylab ko‘raman.

Salim Juns jilmaydi.

— Juda uzok o‘ylamang. Kirt voheasi tez orada ovoza bo‘ladi. Uni to‘xtatib qololmaysiz. Unda erkin harakat qilolmaysiz. Shu yerning o‘zida savdolashganingiz ma’kul!

* * *

Rezident juda ma’yus edi.

— Nahotki, hammasi chin bo‘lsa? — takrorlardi u. — Nahotki shunday? Florina endi yo‘koladimi?

— Afsuski shunday, — dedi Juns.

Terens bir ho‘li bilan ikkinchisini ushladi.

— Agar sizga Rikning hisob-kitoblari kerak bo‘lsa, ularni uyimdagi mening statistik qog‘ozlarim orasidan topish mumkin. Hech kimning xayoliga kelmasligi uchun, eski, yuz yil ilgarigi statistik ma’lumotlar ichiga tiqib qo‘yganman.

— Menga qarang, — dedi Juns. — Bir taklif bor. Biz YUKTB bilan keshsha olsak kerak. Bizning ishlarimizda Florinada yordam bera oladigan odam zarur, u florinaliklarni yaqindan bilishi, barcha shart-sharoitlarni ularga tushuntira olishi, aholi ko‘chirishni uyushtirishi, buning uchun qaysi sayyoralar to‘g‘ri kelishini annqlashi kerak. Menimcha, siz o‘sha odamsiz.

— Ya’ni, sizga podachi zarur ekan-da?! Shu bilan o‘z jonimni qutqaramanmi? Nega endi yo‘q deyishim kerak? — Rezidentning ko‘zlari to‘satdan yoshga to‘ldi. — Men axir yo‘qotyapman. Mening na uyim, na sayyoram bo‘ladi. Hammamiz yo‘qotyapmpz. Florpnaliklar sayyorasini, sarkliklar boyligini, Trantor esa bu boylikni qo‘lga kiritish imkoniyatini yo‘qotyapti. Hech kim hech narsa yutmayapti.

— Agar bir narsani hisobga olmasak, — dedi yumshoqlik bilan Juns — Yangi Galaktikada, muvozanatdan chiqqan yulduzlarsiz ham hammaga yetarli kirt bo‘ladi va siyosiy birdamlikka yaqinlashgan Galaktikada, baribir g‘oliblar bo‘ladi. Ularning soni kvadrilondan ham ortiq. Ular Galaktikaning aholisi — o‘shalar yutdi, mana o‘shalar, g‘olib!

Загрузка...