IKKINCHI QISM

I. BIRJA VAHIMASI

Savdo ahlini vahima bosgan edi.

May oyidan boshlab birja shafqatsiz raqobat girdobiga tushib qoldi. Bir oy ichida ikki mingdan ortiq qarzdor ro‘yxatga olindi. Iyun oyiga kelib esa ularning soni besh mingga yetdi. Mayda korxonalar halokatga uchrayotgan paytda moliyaviy gazetalar yaqinlashib kelayotgan fojiani xaspo‘shlashga urinib, krizis faqat mamlakatning iqtisodiy hayotini «valyuta bilan olibsotarlikka asoslangan mayda va keraksiz korxonalar» dan xalos kiladi, deb jamoatchilik fikrini chalg‘itish bilan ovora edi. Ammo iyun oyida bir qancha ko‘hna va yirik korxonalar krizis qurboni bo‘ldi. Bu hol sanoat va bir talay mayda aksionerlarga og‘ir zarba bo‘lib tushdi. Endi gazetalar ham hech narsani yashirolmasdi. Chinakam fojia bostirib kelayotgan edi, dahshatli tomoni shunda ediki, vujudga kelgan bu krizisni odatdagi «iqtisodiy tanglik» bilan izohlab bo‘lmasdi. Go‘yo yangi, ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan bir vabo moliyaviy muassasalarni mahv etib, yangi-yangi qurbonlarni o‘z domiga tortardi. Iyul oyiga kelib mamlakatda faqat uchta yirik bank qoldi. Bular Myunsterberg, Shumaxer va Elza Glyuk banklari edi. Oldingi ikki bankning har qaysisi o‘z mablag‘ining o‘ttiz protsentini yo‘qotgan edi. Elza Glyuk banki esa yo‘qotish u yoqda tursin, o‘z mablag‘ini uch baravar ko‘paytirib olgandi. Yashash uchun so‘nggi kurash mana shu uchta bank o‘rtasida bo‘lishi muqarrar edi. Elza Glyuk bankidagi mablag‘ Myunsterbergnikidan ham, Shumaxernikidan ham ko‘p edi. Lekin bu ikki bank Elza Glyukka qarshi birlashsa, tarozining pallasi o‘shalar tomon og‘ib ketishi mumkin edi.

To‘g‘ri, ma’lum shartlar asosida Elza Glyuk banki bilan bitim tuzsa, yoki hatto mablag‘larni qo‘shib yuborsa ham bo‘ladi. Binobarin, Myunsterberg ham, ayyor Shumaxer ham bir-biridan yashirib shunga urinar, har qaysisi o‘z-o‘zicha ishonchli odamlarini Shtirnerning «ko‘ngliga qo‘l solib ko‘rish» uchun yuborib turar edi. Ammo bu «yovuz daho», — uni savdo ahli shunday deb atardi, — sira yon bosmas, har ikkala bankning ham taklifini rad etardi. U o‘z raqiblariga nisbatan namoyishkorona bepisand va shafqatsiz edi. Birja «o‘yini» dagi ajoyib omad, birja kurslarini oldindan bexato payqab olishi, tevarak-atrofdagi kishilarga tamomila sirli ta’sir o‘tkazish qobiliyati Shtirnerni dahshatli kimsaga aylantirgan edi.

Bankirlar va birja dallollari Shtirnerga shaxsan murojaat qilgan bir nechta bankirning qo‘qqisdan o‘lib qolgani to‘g‘risida, go‘yo so‘zlarini ko‘zga ko‘rinmas dushman eshitib qolishidan qo‘rqqanday, shivirlashib gaplashishardi. Ular bilan Shtirner nima haqda so‘zlashganidan og‘iz ochishmasdi. Ammo uning huzuriga kirgan bankirlar aql-idroklarini yo‘qotib, orttirgan boy tajribalarini unutib, o‘zlari uchun nomatlub bitimlar tuzishar, oqibatda ko‘p o‘tmay xonavayron bo‘lib, ularning jamiki mablag‘lari Elza Glyukning yer ostidagi xazinasiga kelib qo‘shilardi. Bundaylarning ayrimlari o‘z-o‘zlarini o‘ldirishdi. Shuning uchun ham Myunsterberg bilan Shumaxer o‘zlari shaxsan uchrashishdan qo‘rqib, vositachilar orqali gaplashishga qaror qilishgan edi.

Shtirner bilan muzokaralar biron-bir natija bermagach, yarim asr mobaynida raqobatlashib kelayotgan ikki bank birlashgan taqdirdagina, «yovuz daho» ni yengmaganda ham har holda unga qarshi kurashni davom etirish mumkinligi Shumaxer bilan Myunsterbergga ayon bo‘lib qoldi.

Bu kurashni yengillashtiradigan yana bir tomoni shunda ediki, har ikkala bank mamlakatning ko‘mir shaxtalari, bo‘yoq ishlab chiqarish, avtomobil va radio zavodlari, elektr tarmoqlari, shahar temir yo‘li, kemasozlik zavodlari kabi yirik savdosanoat korxonalarining aksiyalariga egalik qilardi. Bu korxonalarning aksiyalari turli kasbdagi millionlab kishilar — o‘rtamiyona fermerlar, idora xizmatchilari, paroxodlarda ishlovchi oshpazlar va hatto liftni ko‘tarib-tushirib turuvchi bolalar qo‘lida edi. Ularning bari oz miqdordagi jamg‘armalari taqdirini Myunsterberg va Shumaxer banklari taqdiri bilan bog‘lagan edilar. Shunday qilib, bankirlarning nufuzi nihoyatda kuchli edi.

O‘n beshinchi iyul kuni ertalab Shtirnerning sodiq va tirishqoq yordamchisi Zauyer xo‘jayinining kabinetiga navbatdagi axborot bilan kirdi.

Zauyer Shtirnerning uzatgan qo‘lini mahkam qisdi.

— Salom, Zauyer! Malikangizning ahvoli qalay?

— Tashakkur. Bekorga tashvish tortgan ekanman. Kecha vrach kelib ko‘rib ketdi.

— Xo‘sh, Zauyer, xonimdan nima kasal topdi?

Zauyer xushhollik bilan, lekin bir oz uyalinqirab javob berdi.

— Hademay u ona bo‘ladi…

— Shunaqa deng! Tabriklayman. Mendan salom ayting. Birjada nima gaplar? Yangiliklar bormi?

— Bor bo‘lgandayam hazilakam yangilik emas. Myunsterberg bilan Shumaxer bizga qarshi yagona front tuzmoqchi. Ular aksionerlik jamiyati tashkil qilish haqida ariza berishibdi, birja doiralarining fikriga qaraganda, hukumat ularni qo‘llab-quvvatlasa kerak.

— Shunday bo‘lishini bilgan edim.

Zauyer taajjublanib qaradi. Shtirner jilmaydi.

— Boshqa nima ham qila olardi? — javob berdi Shtirner. — Odatda ojizroq hayvonlar o‘zlaridan ko‘ra kuchliroq yirtqichlardan saqlanish uchun bir yerga g‘uj bo‘lib olishadi. Hukumat-chi? Hukumat esa davlat banki bilan mening oramda boshqa yana bir tayanch bo‘lishini xohlaydi. Chunki bordi-yu, baqloq Myunsterberg bilan chillashir Shumaxer xonavayron bo‘lsa, u holda mamlakatda faqat ikkita moliyaviy kuch qoladi, ha, faqat ikkita, Zauyer: men, ya’ni xotinimning banki bilan davlat banki. Qaysi biri g‘olib chiqishini xudo biladi.

Do‘stining beqiyos yutuqlariga ko‘nikib qolgan Zauyer ham bu gapni eshitib, lol bo‘lib qoldi.

— Juda katta ketvormadingizmi, Shtirner?

— Azizim, biz muvozanat beqaror bo‘lgan zamonda yashayapmiz. Biz uchun faqat ikkita yo‘l bor: yo chiqish, yo tushish. G‘ildirab ketayotgan halqa to‘xtagan paytda yonboshga ag‘dariladi. Darvoqe, ikkita bankning qo‘shiluviga birja qanday qarayapti?

— Bir kunning ichida Myunsterberg bilan Shumaxerning aksiyalari ellik protsentga ko‘tarilib ketdi, — javob berdi Zauyer.

— Dallollarimizga buyuring, o‘sha aksiyalarning hammasini sotib olishsin.

— Siz Myunsterberg bilan Shumaxerga yon bosyapsizmi?

— Men Glyukka yon bosyapman. Nahotki shuni ham tushunmasangiz? Bo‘la qoling, Zauyer, vaqt ketmasyn. Qancha ko‘tarilsa shuncha yaxshi. Pachakilashib o‘tirish jonimga tegdi, bir zarba bilan hamma mashmashaga chek qo‘ymoqchiman.

Shtirner kerakli qog‘ozlarga imzo chekib, Zauyerni chiqarib yubordi, keyin bir narsa esiga tushib, orqasidan chaqirib qoldi.

— Menga qarang, Zauyer, savdo, sanoat va moliya ministrlarining uy adreslarini menga bilib bering.

— Mana bu kitobda hamma adreslar bor.

— Ha, darvoqe… Rahmat. Nima deysiz, Zauyer, biror bahona bilan ularni bu yerga taklif qilsa bo‘larmikin?

— Qiyindir-ov.

— Ular Lyudvig Shtirnerga bunday sharafni ravo ko‘rishmaydi-da, a? Mayli, ko‘ramiz, bir-ikki oydan so‘ng nima bo‘larkin? Hozircha bu tashrifsiz ham kunimiz o‘tib turibdi. Menga shahar planini bering-chi.

Zauyer planni olib uzatdi.

— Minnatdorman. Siz bo‘shsiz, Zauyer.

Shtirner planni stol ustiga yozdi, kompasni qo‘yib, planning shimol tomonini kompas strelkasiga aynan mos keladigan qylib aylantirdi. Keyin ministrlar turadigan joylarni plandan aniqlab, nuqta qo‘yib chiqdi, shundan so‘ng Elza Glyuk bankini ana shu nuqtalar bilan birlashtirib chiziq tortdi va hosil bo‘lgan burchaklarni yon daftariga yozib qo‘edi.

— Xo‘-o‘sh, janob ministrlar;… ana endi ko‘ramiz bu yog‘ini…

Shunday deb, u kabnnetn yonidagi o‘z xonasiga kirdi-da, eshikni ichkaridan qulfladi.

O‘n minutlardan so‘ng kabinetga Elza kirib, yozuv stoli yonida turgan yumshoq kresloga o‘tirdi. Sal o‘tmay Shtirner chiqdi. Elza shoshib o‘rnidan turdi-da, ikkala qo‘lini uzatgancha uning istiqboliga yurdi. Shtirner qizning qo‘llaridan o‘pdi.

— Meni qo‘msaganmiding, Lyudvig?

U Elzani qo‘ltigidan oldi.

— Ha, azizim, ertalabki ishlarimni tugatdim. Endi qishki bogda sen bilan nonushta qilsam devdim.

Elzaga bu gap moyday yoqdi.

— Men bilan juda kam uchrashasan, Lyudvig.

— Iloj qancha, azizim, hozir jang ketyapti… Mablag‘ing uch barobar ko‘payganidan xabaring bormi? Hademay mamlakatdagi barcha xususiy banklardagi pullar sening qo‘lingga o‘tadi.

Ular tuzab qo‘yilgan kattakon stol atrofiga o‘tirishdi. Shtirner qadahlarga vino to‘ldirdi.

— Sen birja malikasi bo‘lasan.

U vinodan bir ho‘plab qo‘edi.

— Aslida hech qanaqa birja bo‘lmaydi. Hamma birja shu yerda bo‘ladi. Agar mening xotinim bo‘lmaganingda ne-ne chinakam shahzodalar izingdan ergashib yurardi! Mabodo shuncha boylikka, shuncha qudratga ega bo‘lishingda mening ham ozmi-ko‘pmi hissam bor ekan, demak, Shtirner ko‘pam aravani quruq olib qochadigan mahmadoNa emas ekan!

— Men hech qachon bunaqa demaganman! — astoydil e’tiroz bildirdi Elza.

— Shunaqami? Unda yaxshi.

Ular qadah urishtirishdi.

— Lyudvig, agar sen boyligimni emas, menga ajratadigan vaqtingni uch barobar ko‘paytirganingda tag‘in ham baxtliroq bo‘lardim. Yelgizlikdan qanchalik iztirob chekayotganligimni bilsang edi!.. Butun umrim seni kutish bilan o‘tyapti.

— Bu yog‘i oz qoldi, azizim! So‘nggi raqiblarimizni ham qo‘llarini qayirib, harbiy o‘ljaday oyoqlaring ostiga keltirib tashlaganimdan keyin, bemalol…

Shu payt Zauyer kirib, Elzaga ta’zim qildi. Qiz ham unga javoban yengil bosh irg‘ab qo‘edi.

— Bezovta qilganim uchun uzr so‘rayman. Mehmonxonada sizni bir janob kutib o‘tiribdi, Shtirner. Zarur ishim bor, deyapti. Shumaxerning agentimikan, deb shubhalanyapman. U shaxsan siz bilan gaplashmoqchi.

Shtirner chiqib ketdi.

— Xo‘sh, Emma qalay? — so‘radi Elza.

— Rahmat… Yemon emas.

— Sizga nima degan edim? Gapim rost chiqdimi! Bekorga tashvish tortgan edingiz o‘shanda. Emma hademay ona bo‘ladi! Hazil gapmi! Uning o‘zi hali qo‘g‘irchoq o‘ynaydigan yoshda-ya. Bugun albatta oldiga kiraman…

— Sizni ko‘rsa xursand bo‘ladi.

Shtirner qaytib kirdi.

— Yanglishmagan ekansiz, Zauyer. Ayyor tulki Shumaxer oxirgi daqiqada o‘z ittifoqchisiga xiyonat qilib, menga qo‘shilish istagini bildiribdi. Bor hunarini ishga solib, ham qo‘rqityapti, ham ming turli imtiyozlar va’da qilyapti.

— Siz nima dedingiz?

— Janob Shumaxerga borib ayting, menga hech qanaqa sherik ham, enaga ham kerak emas, dedim. O‘tiring, Zauyer, birga nonushta qilamiz.

Ular eski qadrdonlarday chaqchaqlashib o‘tirishdi. Ilgarigi gina-kuduratlardan asar ham qolmagan edi.

II. KIM ZUR BO‘LSA, O‘SHA YUTADI

Hukumat Myunsterberg bilan Shumaxer banklarini birlashgiruvchi yangi aksionerlik jamiyatini ta’sis etadigan kuni tong saharda Shtirner Zauyerni chaqirib, buyruq berdi:

— Myunsterberg bilan Shumaxer aksiyalarini sotib yuboring, bir dona ham qolmasin.

— Ularning qimmati bir kechada yigirma olti protsentga ortdi. Qolaversa, aksionerlik jamiyati tuzilganligi haqida aniq ma’lumotlar bor. Menimcha…

— Parvo qilmang, buyruqni bajaring. Hoziroq birjaga o‘zingiz borib, hamma yangilikni menga telefon orqali ma’lum qiling.

Zauyer yelkasini qisdi-yu, chiqib ketdi.

Bir soatdan so‘ng telefon jiringladi.

— Aksiyalarni talab ketishyapti.

— Juda soz, Zauyer. Hukumat kengashi qachonga belgilangan?

— Kunduz soat ikkiga.

— Ungacha aksiyalarni sotib bo‘lasizmi?

— Bir soatda hammasi tamom bo‘ladi.

— Juda soz. Bir soatdan keyin telefon kiling.

Oradan yarim soat o‘tmasdanoq telefon jiringlab qoldi:

— Aksiyalar tugadi. Birja to‘s-to‘polon. Darvoza oldidagi maydonni olomon bosib ketgan. Ko‘cha harakati to‘xtatildi. Tramvaylar bazo‘r o‘tib turibdi, avtobus yurolmaydi.

— Bularning menga qizigi yo‘q. Aksiyalarimizning taqdiri. nima bo‘ldi?

— Afsuski, qimmati pasayib ketyapti!

— Juda yaxshi. Yanayam pasayishini kutib turing, keyin sotib olavering.

— Lyudvig, judayam bandmisan? — so‘radi kabinetga kirgan Elza.

— …Hammasini sotib olavering, — gapida davom etdi Shtirner. — Tez-tez telefon qilib turing. — Keyin Elzaga murojaat qildi. — Ha, judayam bandman, azizim. Uzing nonushta qilaver.

Bugun telefondan narn jilolmayman, balki tuni bo‘yi o‘tirishga to‘g‘ri kelar.

Elzaning qiyofasi tundlashdi. Shtirner telefon trubkasini qo‘yib, Elzaning oldiga keldi.

— Iloji yo‘q, jonginam, chida. Bugun hal qiluvchi jang bo‘ladi. Men g‘olib chiqishim kerak, ertaga esa sen tojsiz malika bo‘lasan, butun boylik sening qo‘lingda bo‘ladi…

— Lyudvig! — dedi istehzo bilan Elza.

— Bo‘pti, bu haqda gapirmayman. Emma qalay? Uni ko‘rdingmi?

— Vrach ko‘rib, buyragingizning mazasi yo‘q depti, buni qarang-a, endi unga tugish xavfli…

— Shunaqa degin, — parishonxotir javob qildi Shtirner.

— Lekin o‘zi o‘lsam ham boladan voz kechmayman deyapti.

— Yaxshi, yaxshi.

Yana telefon jiringladi. Shtirner bir cho‘chib tushdi va shosha-pisha Elzaning peshonasidan o‘pib, dedi:

— Bo‘pti, yuragingni keng qil. Ishlarimiz bir yoqlik bo‘lsin, ikkalamiz Rivyeraga ketamiz. Allo! Eshitaman.

Elza bir xo‘rsinib, chiqib ketdi.

— Soat o‘n ikkida? Bir soatdan keyin ekan-da? Juda soz! Hukumat qarorini bilganingizdan so‘ng darhol qo‘ng‘iroq qiling.

Shtirner trubkani qo‘edi-da, hayajonlanib xonada u yoqdan-bu yoqqa yura boshladi.

— Bu masalani hal qilishni hukumat soat ikkidan o‘n ikkiga ko‘chiribdi. Demak, ta’sir qilyapti. Endi yutib chiqishimga astoydil ishonaman. Hozir g‘alaba qilsam, u yog‘i o‘zi ketaveradi. Shtirnerdan zo‘r odam bo‘lmaydi dunyoda.

U boshini orqaga tashlagancha ko‘zlarini xiyol yumib, allaqanday lazzatdan jilmayib, bir lahza qotib turdi.

— Yo‘q, tantana qilishga hali vaqt erta. Oxirgi zarba uchun kuch to‘plash kerak.

Shtirner o‘z xonasiga kirib, eshikni yana ichkaridan qulflab Oldi.

Bir soatdan so‘ng u horib-charchab, ranglari oqarib xonadan bazo‘r chiqdi-yu, o‘zini kresloga tashladi.

Telefon jiringladi. Shtirner xuddi prujina uloqtirib yuborganday sakrab turib, trubkani oldi.

— Allo! Ha, ha, men… Zauyermisiz?

Lekin qo‘ng‘iroq qilayotgan Zauyer emas, Shtirnerning agentlaridan biri Shpilman edi.

— Kutilmagan tasodif! Kengash hozirgina tamom bo‘ldi. Hukumat aksionerlik jamiyatining ustavini tasdiqlamadi. Kengashda o‘tirgan Shumaxer ministrning yuziga: «Sotqin ekansan!» — dedi shartta. Myunsterberg o‘zidan ketib qoldi, uni behush holda uyiga olib ketishdi.

Shtirner gapni oxirigacha eshitmadi. Hayajondan qaltirab trubkani qo‘edi-yu, ovozining boricha «G‘alaba!» — deb qichqirdi, kreslo yonida uxlab yotgan Falk sakrab turib, xo‘jayiniga javdirab boqdi.

— G‘alaba, Falk! — Shtirner ro‘molchasini xonaning burchagiga uloqtirib, buyurdi: — Opke!

Kuchuk zing‘illab borib, ro‘molchani egasiga keltirib berdi.

— Hollari shu ekan-ku! Xa-xa-xa! — u asabiy kulardi. Keyin kuchukning oldingi ikki oyog‘ini ko‘tarib, peshonasidan o‘pdi. — Ularni sirayam o‘pmagan bo‘lardim, Falk. Chunki ular sendan ko‘ra ahmoqroq, buning ustiga meni yomon ko‘rishadi. Shuning uchun ham burunlarini yerga ishqash kerak ularni!

Telefon jiringladi.

— Zauyer? Ha, eshitdim. Shpilman aytdi. Birjada nima gap?

— E-e, so‘ramang. Hammayoq ostin-ustun bo‘lib ketdi.

— Myunsterberg aksiyalari nima bo‘ldi?

— Pasayib ketyapti. Daho ekansiz, Shtirner!

— Maqtovning vaqti emas hozir. Xonavayron bo‘lgan banklarning aksiyalari pista po‘chog‘iga teng bo‘lgan paytda hammasini sotib olish mumkin. Saytadan qimmatini tiklab olamiz. Lekin bu ish keyinroq. Asosiy ishni do‘ndirdik, endi qaytsangiz ham bo‘laveradi, Zauyer!

— Chiqolmayapman. Aqldan ozgan olomon orasida qoldim. Hatto hushidan ketgan va oyoq ostida qolgan odamlarni olib ketish uchun kelgan «Tez yordam» mashinalari ham kirolmayapti.

— Unday bo‘lsa, yangiliklarni xabar qilib turing.

Zauyer xuddi shunday qildi. Fond dallollari o‘n minutlik kengash o‘tkazib, Myunsterberg, Shumaxer va ular bilan aloqador banklarning qog‘ozlarini saqlab qolish mumkin emas, degan qarorga kelishdi. Bo‘lar ish bo‘lgan edi. Har daqiqa yirikyirik mablag‘lar chippakka chiqardi. Qog‘ozlar qo‘ldan-qo‘lga o‘tib turardi. Yarim kechadan o‘tganda asabiylik eng yuqori nuqtasiga chiqdi. Faqat birja maydoni emas, balki qo‘shni maydon ham yirik puldorlarning avtomobillari bilan to‘lib ketdi. Ular o‘z limuzinlarida horg‘in va tushkun bir kayfiyatda tun bo‘yi ko‘zlarini javdiratib o‘tirishdi. Kursning to‘xtovsiz pasayib ketayotganligi haqidagi xabar ketma-ket kelib turardi. Bir xabar telefon orqali yetib kelgunga qadar ahvol yana o‘zgarardi. Olomon xuddi tabiiy ofat yuz berganday qo‘shni xiyobonga yopirilib, skameykada o‘tirish huquqini olish uchun odamlar qimmatbaho mehmonxonaga nisbatan ko‘proq haq to‘lardi. Tongga yaqin ikki dallol bilan bir bankir aqldan ozib qoldi.

— Shtirnerga o‘lim! — deb qichqirdi dallollardan biri.

Ularni ming mashaqqat bilan kasalxonaga olib ketishdi.

Tong yorishgan paytdagina g‘ala-g‘ovur xuddi suv sepib o‘chirilgan yong‘inday bosildi. Kechagi puldorlar birjadan o‘n yilga keksayib, sochlari oqargan, bukchaygan bir ahvolda chiqib ketishdi. Olomon siyraklashib qoldi. Nihoyat Zauyer birja binosidan chiqishga muvaffaq bo‘ldi, sof havodan to‘yib-to‘yib nafas oldi. U charchaganidan oyoqda zo‘rg‘a turardi.

«Hozir butun mamlakatda shu ahvol, — deb o‘yladi u. — Bir kechada yuz minglab kishilar xonavayron bo‘ldi, millionlab mayda omonatchilar o‘z jamgarmalaridan ayrildilar. Haligi tentak Shtirnerni malomatga qo‘yib qichqirdi, hamma aybni o‘shanga to‘nkadi. Lekin Shtirner aybdor emas. Kim zo‘r bo‘lsa o‘sha yutadi. Shtirnerga qoyil. U chindan ham buyuk daho!»

Zauyer jilmayib qo‘edi, shu zahoti uni esnoq tutdi.

Shtirner esa Zauyerdan telefon orqali so‘nggi xabarni eshitdi-yu, stol ortidan turib, rohat qilib kerishdi. U endi xotirjam edi. Uning vujudini yaxshi ishlagan va o‘z mehnatining samarasidan qanoat hosil qilgan kishilarda bo‘ladigan shirin horg‘inlik chulg‘ab olgan edi. U g‘alaba qildi. Bu g‘alaba bankirlar va ministrlar ustidan qozonilgan g‘alabadan ko‘ra kattaroq. U inson qarshiligini yengdi! Gotliblar, Emma, Zauyer, Elza… Ular kim bo‘pti!..

— Endi dunyoda hech bir kimsa menga qarshilik ko‘rsatolmaydi, hademay butun dunyo mening oldimda tiz cho‘kadi! — dedi u g‘urur bilan.

Uning uyqusi qochgan edi.

Tepaga ko‘tarilib, Elzaning xonasini taqillatdi.

Qiz hali yechinmagan, uyg‘oq edi. Shoshib, eshikni ochdi-yu, entikib qo‘llarini uzatdi.

— Xayriyat esingga tushibman, Lyudvig!

III. OQ VILLA

Elza Glyuk banki — u hali ham Elzaning qizlik familiyasi bidan yuritilardi — moliya olamida yagona hukmdor bo‘lib qoldi.

Darvoqe, Elza o‘z qudratining oshib ketganini mutlaqo sezmasdi. U ilgarigiday Shtirner bilan uchrashuvni orzu qilib, bo‘m-bo‘sh xonalarda yolg‘iz aylanib yurardi. Ammo Shtirner hamon unga vaqt ajrata olmasdi. Elza Shtirner o‘zini ko‘rmoqchi bo‘lganini oldindan sezardi. Yuragida shirin bir talpinish tuyg‘usi uyg‘onib, pastki qavatga shoshilar, Shtirnerning bo‘shligini va o‘zini haydamasligini his qilib turardi. Ammo ba’zan kunlar, haftalar o‘tib ketardiki, Shtirner faqat ertalablari bir ko‘rinish berib, xomush bir qiyofada salomlashar va g‘oyib bo‘lardi. Ba’zan u bir necha kunga shahardan chiqib ketardi. Shunday paytlarda qizda qandaydir loqaydlik paydo bo‘lib, uni ko‘rishni ham xohlamasdi. Mabodo qaytgan hamonoq duch kelib qolsa, juda sovuq ko‘rishardi. Shtirner esa peshonasini tirishtirib, hatto Elzaga ham kirish man etilgan xonasiga shoshilardi. Oradan bir necha minut o‘tgach, qiz o‘z qalbini qaynoq muhabbat tuyg‘usi qitiqlay boshlaganini payqardi. Shtirner xonasidan qaytib chiqqanda esa qiz uni mehr bilan qarshi olardi.

Shtirner bo‘lsa og‘ir xayol girdobidan chiqolmay bir oz xo‘mrayib turardi. Ammo Elzaning samimiy munosabati tezda Shtirnerni ham o‘zgartirib yuborardi. U yana mehribon va g‘amxo‘r bo‘lib qolar, qiz esa mana shu shirin daqiqalar sururidan benihoya rohatlanardi.

Ularning safari yana orqaga suriladigan bo‘ldi.

Shtirner o‘z oldiga yangi maqsad qo‘ygan edi: u ko‘pgina korxonalar Elza Glyuk bankidan qarzdor bo‘lib qolganidan foydalanib, mamlakatning butun sanoatini o‘z qo‘liga olishni o‘ylardi.

Zavod va fabrika egalari qattiq qarshilik ko‘rsatishdi, ammo Shtirner ularning zavod-fabrikalarini birin-ketin tortib ola boshladi.

Nihoyat, bu kurash ham Shtirner foydasiga uzil-kesil hal bo‘lgach, u Zauyer bilan Elzani chaqirib, dedi:

— Endi dam olishim, bir oz kechikib bo‘lsa ham nikoh safariga chiqishimiz mumkin. Siz, Zauyer, ishga bosh-qosh bo‘lib turasiz. Kurash asosan tugadi. Faqat o‘z huquqlarimizni qonunlashtirish qoldi, xolos: «So‘nggi mogikan» larning veksellarini bekor qilish, ularning zavod va fabrikalarini pulga chaqish kerak, chunki u korxonalarni bizdan boshqa kim ham sotib olardi? Ertaga ertalab biz uchib ketamiz. Darvoqe, xotiningizning ahvoli qalay?

Zauyer qayg‘u bilan bosh chayqadi.

— Ko‘rsangiz tanimaysiz, Shtirner, judayam chatoq.

— Iye, qiziq ekansiz, shunaqa bo‘ladi-da, odatda, — javob berdi kulib Shtirner., — Yo‘q, men u ma’noda gapirayotganim yo‘q, — dedi Zauyer bir oz o‘ng‘aysizlanib, — uni oyoqlari bilan yuzi shishib ketdi: buyragi kasal. Vrachlarning gapiga kirmadi, endi tug‘ishga majbur. — Keyin astoydil achinib qo‘shib qo‘edi: — Judayam xavotirlanyapman.

— Endi bir kishi uchun emas, ikki kishi uchun qayg‘urishga to‘gri keladi. Qo‘rqmang, Zauyer. Eng yaxshi professorlar xizmatingizda bo‘ladi. Telefon qilib turishni unutmang. Xotiningizga mendan salom ayting.

Uchib ketishlaridan oldin Shtirner tun bo‘yi uxlamadi. O‘z xonasiga kirib bir nimalar qilib o‘tirdi. Elza ham yotoqxonasiga kirib ketdi. Ammo u uyqu aralash vujudini allaqanday asab yoki elektr toki jimirlatayotganini, Lyudvigga nisbatan muhabbati tobora alanga olayotganini sezib yotdi. Bir necha bor uyqusirab, qo‘llarini cho‘zib:

— Lyudvig! Azizim! — deb shivirladi.

Tong otishi bilan u xususiy samolyotda Shtirner bilan birga uchib ketdi.

Ular Mentonaga, Karl Gotlib o‘limidan sal oldinroq sotib olgan Elza Glyukka qarashli villaga borishmoqchi edi.

Butun umri tanholikda va xonanishinlikda o‘tgan Elza uchun Lyudvig bilan birga sayohat qilish juda rohatbaxsh edi.

U goh Lyudvigga suqlanib tikilar, goh pastdagi bepoyon manzarani entikib tomosha qilar edi. Qiz olis kengliklarga tikilib turib, quvnoq bir qo‘shiqni xirgoyi qila boshladi:

Erkin qushman, uchmoq istayman! 201

— Bema’ni qo‘shiq, — dedi u kulib Shtirnerga, — «uchmoq istayman» emish. «Erkin qushman, sen bilan birga uchib ketyapman», deb kuylash kerak. Ajoyib, qaragin-a, uylar xuddi zangori gilam ustiga terilgan qutichalarga o‘xshaydi. Anavi qumursqalar nima? E-ha, poda-ku! Maydaligini-ya! Anavi qorli tog‘lar qanaqa tog‘?

— Alp toglari.

— Alpga yetib keldikmi? Burgutlardan ham balandroq parvoz qilarkanmiz-da!

Qiz o‘zini hech qachon bu qadar baxtiyor sezmagan edi.

Samolyot Nitssa yaqinidagi kichkina aerodromga ohista qo‘ndi. Bir soatlardan so‘ng ular o‘z villalarida o‘tirishardi.

Villa Ventimilya yaqinida, Fransiya bilan Italiya chegarasida edi.

Shundoqqina dengiz sohiliga oq marmardan qurilgan bu ko‘rkam villa atrofi ajoyib bog‘ edi. Apelsinlar g‘arq pishib yotardi. Villa oldidagi maydoncha tevaragiga xurmo daraxti ekilgan bo‘lib, maydon sahnini chinnigullar qoplagandi.

Bittagina noqulay yeri shunda ediki, villa yaqinidan temiryo‘l o‘tgandi. Poyezdlar kecha-kunduz taraqa-turuq qilib o‘tib turardi. Ammo Elza bu noqulaylikni aslo sezmadi: kechasi miriqib uxladi, ertasiga ular toqqa chiqishdi, o‘z qayiqlarida sayr qilishdi, gidroplanga o‘tirib, sohil bo‘ylab Nitssaga uchib borib kelishdi. Monako knyazligining sarg‘ish qoyalar ustiga qaldirg‘och iniday qilib qurilgan qasri osmondan xuddi o‘yinchoqday ko‘rinardi. Sohilga urilayotgan to‘lqin oq lentaday cho‘zilib ketgandi. Plyajda yurgan odamlar esa to‘g‘nag‘ichday-to‘g‘nag‘ichday bo‘lib ko‘zga tashlanardi. Uchuvchi gidroplanni orqaga, ochiq dengizga burganida yanayam ajoyib manzara namoyon bo‘ldi. Tepadan qaraganda ufq atrofi yuksalib ketganday tuyular, dengiz esa ustiga ko‘m-ko‘k osmon gumbazi to‘nkarilgan moviy chinniga o‘xshardi. Gidroplan bo‘lsa ulkan shar o‘rtasida uchib ketayotganday taassurot qoldirardi. Pastda, dengiz sahnida mitti «kapalak» lar — yelkanli qayiqlar suzib yurardi… Elza bo‘lsa baxt va quvonchdan entikib o‘tirar, hammayoqni yangratib kulgisi kelardi.

Ular villaga nihoyatda vaqtlari chog‘ qaytishdi.

Gotlibning befayz, sovuq shisha uyidan keyin bu villa g‘oyatda shinam va rohatbaxsh tuyulardi. Gotlib hali villaga o‘z «ixtiro» larini joriy qilib ulgurmagandi. Barcha jihozlar qadimiy bo‘lsa ham chiroyli va qulay edi. Eskiroq, lekin yaxshi saqlangan royal Elzaga juda ma’qul tushdi, u iliq yoz oqshomlari royal oldidan nari ketmasdi. Balkonning ochiq eshigidan to‘lin oy ko‘rinib turar, oy nuridan dengiz sathida jimirlab oppoq yo‘lka hosil bo‘lardi. Tun salqinidan orom olgan daraxtlar mayin chayqalib turardi.

Elza chalgan kuylar ham ana shunday go‘zal, ana shunday mayin, ana shu janub tunlariday huzurbaxsh yangrardi.

Shtirner ham hordiq chiqarayotganday tuyulardi. Hatto uning"

yuz-ko‘zlari ancha mayinlashgan, lablaridagi istehzoli tabassum yo‘qolganday edi. Lekin ba’zan u Elzaga uzoq tikilib, o‘ylan ib qolar, ko‘zlariga ma’yuslik cho‘kardi.

Ikki hafta sezilmay o‘tib ketdi.

Ammo ikkinchi haftaning boshlarida Elza o‘zida allaqanday o‘zgarish bo‘layotganini sezdi. U go‘yo uyqudan endi uyg‘onganday: di. Elza o‘z xonasiga kirib olib, uzoq vaqtgacha chiqmasdi. Miyasini har xil o‘ylar chulg‘ab olgandi. Negadir Lyudvig unga yana beqadrroq ko‘rina boshladi. Bunga o‘zi ham ajablanardi. Lyudvigga tiQilgan sayin uning yuzi cho‘zilib, yoqimsiz bo‘lib ketayotganday tuyulardi.

Shtirner ham buni sezar va battar qovog‘ini solardi. Zauyerdan kelgan telegrammalar ham unga taskin bermasdi. U bir qator ko‘ngilsizliklarni xabar qilgandi. Shtirner yo‘q paytda bir necha bank paydo bo‘lgandi. Ayrim yirik zavod va shaxta egalari chet eldan kredit olib, veksellarni to‘lashgan va shu tariqa Shtirnerning moliyaviy iskanjasidan qutulib ketishgan edi. Lekin, eng muhimi, Shtirner safarga jo‘nab ketishi bilan gazetalar unga qarshi kampaniya boshlashdi. Yelg‘iz Elza Glyuk bankiga mamlakatning barcha moliyaviy va sanoat boyligi qaram bo‘lib qolishi davlat va xalq manfaatlariga zid deb topilgan: di. Xususiy gazetalar bilan bir qatorda hukumat gazetalari ham Shtirnerga qarshi hujum boshlagan edi.

Shtirnerning g‘ayritabiiy, ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan g‘alabasi turli-tuman faraz va taxminlarga turtki berar, ayrim gazetalar, bu g‘alabaning sababi qayday bo‘lishidan qat’iy nazar, u odatdan tashqari, favqulodda bir hodisa, shuning uchun unga qarshi qonunda ko‘zda tutilmagan, favqulodda choralar bilan kurashish kerak, degan fikrni olg‘a surishardi. Ehtimol, hukumat Shtirnerga qarshi maxsus qonun ham chiqarib qolar. Myunsterberg bilan Shumaxer tuzmoqchi bo‘lgan aksionerlik jamiyatiping ustavini tasdiqlamagan ministrlar jamoatchilikning tazyiqi ostida iste’foga chiqishga majbur bo‘lishdi. Aslida esa ular ustidan yashirincha olib borilgan tergov hech Qanaqa ayb topolmadi, ya’ni mazkur ministrlar Shtirnerga sotilgan, degan shubha tasdiqlanmadi. Myunsterberg bu zarbadan o‘ziga kelolmay jon berdi. Shumaxer esa o‘ziga-o‘zi suiqasd qildi-yu, lekin omon qoldi, tuzalganidan keyin Amerikaga jo‘navordi.

So‘nggi haftadagi yangiliklar ana shulardan iborat edi. Shtirnerni endi butun jahon bilardi. Uning nomi hammaning tilidan tushmasdi. Bu yerda, Mentonada u xotini bilan pinhona nshardi. Villadan chiqishlari bilan odamlar ularni o‘rab olishardi, binobarin, Shtirner jamoat ko‘ziga ko‘rinmaslikka tirishardi.

Elza mehribon bo‘lib yurgan kunlari u yolg‘izlikni sezmadi. Lmmo so‘nggi paytlarda qiz o‘zini torta boshlagani uchun Shtirperning tabiati xira edi.

Shundan keyin u ishga kirishib ketdi. Bir qancha tunuka, sim to‘r, izolyator, elektrotexnikaga doir jihozlar tayyorlatib, ularni alohida xonaga joylashtirdi-da, o‘zi ham kun bo‘yi o‘sha xonadan chiqmadi.

Ertasi kuni ertalab Elza yana Shtirnerning atrofida girdikapalak bo‘la boshladi. Ammo endi bu ham uni ovutolmadi.

Bir oz yozilib kelish uchun u toqqa sayrga chiqishni taklif qildi — ular anchadan buyon uydan chiqishmagan edi. Bu gal Elza jon deb rozi bo‘ldi.

Ular ancha-muncha yo‘l yurganlaridan so‘ng mo‘’jazgina, oppoq, ozoda bir uyda dam olish uchun to‘xtashdi. Uy egasi — mehmondo‘st, gapdon va sinchkov kampir sut ko‘tarib kirdi va bularning qayerdan kelganliklarini surishtirib bilib olganidan so‘ng, o‘zi sayrab ketdi:

— O‘sha yoqdanmiz deng! Aytishlaricha, u yoqda Shtirner degan bir odam paydo bo‘lgan emish. Gapiraverishsa, og‘zing ochilib qoladi! Xotini ikkalasi endi dunyoda eng boy odamlar deyishadi, lekin bu boylik ular uchun harom! Ularning dastidan qancha odam jon bergan, qanchasi xonavayron bo‘lgan, daryo-daryo qon va ko‘z yoshlari to‘kilgan…

Eshik taqilladi, shu zahotiyoq xonaga terlab-pishib ketgan Shtirnerning villadagi xizmatkori otilib kirdi.

— Kechirasiz, janob Shtirner, shoshilinch telegrammalarni darhol yetkazishni buyurgan edingiz… — dedi u peshonasidagi terini artib. — Mana, hozirgina oldim.

Kampir hayajon zo‘ridan qo‘lidagi sochiqni tushirib yubordi, Shtirnerga baqraygancha tikilib qoldi.

Shtirner telegrammani ochib, o‘qidi. Keyin shartta o‘rnidan turdi-yu, o‘ylanib qoldi.

— Siz boravering, Jan! — dedi u xizmatkorga, keyin hamon dong qotib turgan kampirning oldiga oltin tanga tashlab, Elzaga qo‘lini uzatdi:

— Ketdik! Darhol yo‘lga otlanishimiz kerak.

Kampir ularning orqasidan uzoq tikilib turdi, keyin ikki barmog‘i bilan avaylab yerdan tangani oldi-da, bir nimalar deb kalima o‘qib, tillani o‘raga uloqtirdi.

— Puliga qirg‘in kelsin!

— Nima gap, Lyudvig? — deb so‘radi Elza tashvishlanib. — Azizim, nahotki yana o‘sha yoqqa qaytsak? Kelganimizga hech qancha bo‘lgani yo‘q-ku! — Shunday deb, u go‘yo xayrlashganday, osmonga, sohil va dengizga ma’yus ko‘z tashladi.

— Bormasam bo‘lmaydi. Zauyerning yozishicha, dushmanlarim men yo‘qligimdan foydalanib, yana kurash boshlashibdi.

Lyudvigning chehrasi birdan qahrli tus oldi.

U qo‘lini Elzaning kaftlari orasidan shunday shahd bilan tortib oldiki, qiz qo‘rqqanidan seskanib ketdi, keyin u mushtumini tugib, g‘azab bilan g‘udrandi:

— Shoshmay turlaring, ablahlar!

Falk tanish so‘zni eshitib, darhol yo‘lga uzala tushdi-yu, oldingi ikki oyog‘ini uzatib boshini qo‘edi.

Shtirner uyga qaytishi bilan o‘zi kutganidan ko‘ra ham og‘irroq tashvishga duch keldi. Xonavayron bo‘lgan o‘nlab banklar o‘zaro birlashgan, Elza Glyuk banki bilan bemalol raqobat qila oladigan yangi banklar tashkil topgan edi. Bu banklar ancha-muncha mijozlarni o‘zlariga rom qilibgina qolmay, Shtirnerga tobe bo‘lgan bir qancha yirik zavod va fabrikalarni ham sotib olishga ulgurishgan edi. Buning ustiga, hukumat «Moliya muassasalari» haqida Shtirner manfaatlariga zid qonun chiqarib qo‘ygandi. Binobarin, Shtirner Elzani ham unutib, o‘z xonasiga qamalib olgancha yana jangga kirishib ketdi.

Ammo bu gal Shtirner o‘z raqiblarini osongina bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldi. Raqobatlashayotgan banklar yana qo‘lga olingan. Shtirnerning xatti-harakatlarini cheklovchi qonunlar haqida gap ham yo‘q edi. Qaytanga, bank muomalasiga Shtirner tomonidan kiritilgan yangi tartiblarni himoya qiluvchi bir qator yangi qonunlar chiqarildi.

Uning uchun yana osoyishta kunlar boshlandi.

U Elza bilan tez-tez ko‘rishib turar, ilmiy mashg‘ulotlarini qaytadan boshlagan, qandaydir murakkab asboblar yasash bilan band edi.

Ammo shunga qaramay, u o‘zini horg‘in his qilardi. U judayam asabiy hayot kechirar, nihoyatda ko‘p ishlardi. Vrach chaqirishgan edi, uni asabiy kasal, deb topdi. Nisbatan osoyishta hayot kechirayotgan paytida vrachning bunday xulosa chiqarishi Shtirnerga battar yomon ta’sir qildi. U o‘zini yolg‘iz his qila boshladi. Hatto Elzaning mehribonchiliklari ham uni endi ovutolmas, ba’zan esa g‘ashini keltirardi.

— Qiziq, ajabo! Meni sen erkalatayotibsanmi yo sening qo‘llaring bilan o‘zim-o‘zimni erkalayotibmanmi? — derdi u Elzani hayron qoldirib.

Ammo qiz chalgan kuylardan u hanuz rohatlanardi. Kechqurunlari yolg‘izlik azobidan qiynalgan paytlari Shtirner Elza huzuriga oshiqar va:

— Chal, chal, Elza! Kuy eshitgim kelyapti, kuydan orom olaman… — deb iltimos qilardi.

Elza ham darhol royal yoniga o‘tirib, Shopenning hazin va mungli noktyurnlaridan chala boshlardi.

Ana shunday paytlarda ularning ko‘z o‘ngida janubga qilgan sayohatlarining shirin va mas’ud kunlari jonlanardi. Qishki bog‘dan turfa xil gullarning muattar hidi dimoqqa urilar, janub tunining iliq nafasi xonaga oqib kirayotganday bo‘lardi. Ammo endi ana shu xushnud kayfiyatni g‘oyib bo‘lgan baxt hasrati andak buzib turardi.

— Xalaqit berganim uchun uzr! — kutilmaganda Zauyerning ovozi eshitildi orqadan, — Meni tabriklashlaringiz mumkin, ertalab o‘gilchalik bo‘ldim.

Bu xabardan negadir hayajonlangan Shtirner bilan Elza o‘rinlaridan turishdi.

— Telefon qilib aytib qo‘yishga ham imkon bo‘lmadi, — dedi Zauyer. U judayam horg‘in, lekin baxtiyor ko‘rinardi. —

Tun bo‘yi mijja qoqmadim… juda tashvishlandim. Emma uxlab yotibdi.

— Sog‘ligi yaxshimi?

— Tug‘ishi juda og‘ir bo‘ldi. Xotinim madorsiz. Buyragigk ta’sir qipti. Vrachlar, uzoq muddat janubga borib dam olishi kerak, deyishyapti. Lekin Emma mensiz ketishga ko‘nmayapti. Agar iloji bo‘lsa, ruxsat bersangiz.

Shunday deb, Zauyer Shtirner bilan Elzaga iltijo bilan qradi.

Shtirner o‘ylanib qoldi.

— Albatta, Lyudvig! — dedi Elza.

— Ikki kundan keyin javobini aytaman. Harholda birga borsangiz kerak. Endi sizni kenja Zauyer bilan tabriklashga ruxsat eting!

Zauyer ta’zim qildi.

— Uzr, men bormasam bo‘lmaydi. — U tezgina xayrlashib chiqib ketdi. Shtirner bilan Elza esa royalga suyangancha o‘yga cho‘mib qolishdi.

IV. YALPI TELBALIK

Oradan bir hafta o‘tdi hamki, Zauyerning xotini bilan safarga jo‘nashidan darak yo‘q edi. So‘nggi kunlarda Shtirner o‘z xonasidan deyarli chiqmas, kayfiyati juda ham yomon edi. Hatto kechqurunlari katta zalda bo‘ladigan muzikali suhbatlar ham to‘xtab qolgandi. Elza ba’zan Shtirner bilan uchrashishga jazm qilardi-yu, lekin allaqandaysirli kuch bunga yo‘l qo‘ymasdi. U zalda yolg‘iz o‘zi aylanib yurar, goho-goho to‘xtab:

— Qanday baxtsizman-a! — deb shivirlab qo‘yardi.

Haftaning oxiriga borib Shtirnerni hatto eslamaydigan ham bo‘lib qoldi. Ba’zan uning qiyofasi ko‘z oldiga kelardi-yu, nihoyatda jirkanch va yoqimsiz tuyulardi.

Qiz atrofidagi jihozlarga hayratlanib tikilar, go‘yo u bu narsalarni birinchi marotaba ko‘rayotganday edi. Hafta so‘ngida xayolini Zauyer band eta boshladi. Azizim Zauyer, nega seni unutib yubordim-a? Shunday derdi-yu, lekin Zauyerning xotini borligini, yaqinda farzand ko‘rganligini xayoliga ham keltirmasdi. Bir kuni tasodifan uchrashib qolganlarida Elza Zauyerga shunday muloyim tikildiki, bundan yigit o‘zini yo‘qotayozdi, keyin xayolida allaqanday xotiralar jonlanganday chuqur o‘yga cho‘mib qoldi.

— Otto, — dedi qiz uni ismi bilan chaqirib, — sizni ko‘rmaganimga qancha bo‘ldi-yu… Nega mendan o‘zingizni olib qochasiz, Otto? — Shunday deb, qiz yigitga yaqinlashdi-da, entikib asta shivirladi: — Shunday yolg‘izmanki… Siz yetmayapsiz faqat, Otto…

Ikkovlaridan bo‘lak hech kim yo‘q edi.

Otto Elzaning yonidagi stulga o‘tirib, kafti bilan peshonasini ishqay boshladi. Qizning shirin so‘zlari uning mizg‘igan xotiralarini jonlantirib yubordi. Yuzida kuchli iztirob, ichki bir g‘alayon ifodasi sezilib turardi. Keyin birdan allaqanday fikrdan chehrasi yorishib ketdi. U Elzaning bilagidan tutdi-yu, ko‘zlariga oshiqona tikilgancha entikib gapira boshladi:

— Ha-ha, ko‘rishmaganimizga ko‘p vaqt bo‘ldi! Elza, jonginam Elza! Nega sizni unutib yubordim-a? Nima bo‘layotganiga sirayam tushunolmayapman, lekin hozir tuman tarqalib, sizni go‘yo uzoq ayriliqdan so‘ng ko‘rib turgandayman. Shu paytgacha qayerda edingiz, Elza? Nima bo‘ldi sizga?

Ular haqiqatan ham ko‘p ysllik hijron azobidan keyin birinchi marta uchrashayotganday bir-birlariga qarab to‘yishmasdi.

Bir-birlariga gal bermay ishq-muhabbat haqida, yolg‘izlikda tortgan uqubatlari to‘g‘risida va nihoyat hozirgi uchrashuv baxsh etgan cheksiz quvonch xususida kuyib-yonib gaplasha ketishdi.

Soat bo‘m-bo‘sh xonalarda aks sado berib, bir necha bor zang urdi, ammo bular vaqt o‘tganini sezmas, gaplashgan bilan gaplari tugamas edi.

Ular hech qanday reja tuzmas, o‘tmishni ham eslamas, kelajak haqida ham o‘ylamas edilar. Faqat mana shu shirin daqiqalar lazzatini surishar, shu paytgacha ikkovlarining ham fikr va tuyg‘ularini chirmab yotgan zulmat pardasini nogahon yorib o‘tgan nurdan rohatlanishardi. Soat yana zang urdi.

— Voy, o‘n ikki bo‘pti! Ertagacha xayr, azizim. — Shunday deb, u Zauyerni mahkam quchdi-da, uzoq o‘pdi.

Ammo ertasiga ko‘rishish ularga nasib qilmadi.

Shtirner yangi tashvishlar bilan band bo‘lib, vaqtinchalik ularni o‘z ta’siridan ozod qilib qo‘ygan edi. U o‘z qudratini, odamlar ustidan hukmronligini yana ham mustahkamlashi lozim bo‘lgan allaqanday murakkab apparat ustida ishlayotgan edi. Bunday apparatni yaratishga esa uni vujudga kelgan yangi qiyinchiliklar va yangi og‘ir vazifalar majbur qilayotgandi.

Ko‘rgan chora-tadbirlari tufayli o‘z tasarrufidagi sanoat ishlab chiqarayotgan mahsulotlar shu darajada ko‘payib ketdiki, ularning narxi arzonlashib, ichki bozor ana shu mahsulotlar bilan to‘lib-toshib ketdi. Endi Shtirner ortiqcha mahsulot krizisi xavfi ostida qolgan edi. Bundan qutulishning birdan-bir yo‘li tashqi bozor edi. Ammo bunga erishish oson emasdi. Shtirnerning arzon tovarlari raqobatidan cho‘chigan chet mamlakatlar katta boj talab qila boshladilar. Qanday qilib bo‘lmasin, ana shu to‘siqni yengib o‘tish kerak edi. U xorijiy raqobatchilar bilan olib borayotgan iqtisodiy urush qurolli to‘qnashuvga aylanib ketadigan darajaga yetib qolgan edi. Ammo haqiqiy urush e’lon qilish og‘ir masala edi. To‘g‘ri, u hukumatni xohlagan ko‘yiga sola olardi. Lekin shunday bo‘lsa ham hukumat uning irodasi bilan xatti-harakatlari o‘rtasida g‘ov bo‘lib turardi. Endi hukumatga barham beradigan payt keldi, deb o‘ylardi Shtirner. Shunday qilsa, uning o‘zi mamlakatning mutlaq hokimi bo‘lib qoladi. Millionlab kishilarni u o‘z irodasiga bo‘ysundiradi; ulariiig ongiga urush nihoyatda zarur, degan fikrni singdiradi va odamlar, xuddi Napoleon soldatlariday, jon-jon deb o‘zlarini o‘lim girdobiga otadilar.

Ammo buning uchun nihoyatda baquvvat, uzoqni nishonga oladigan, odamlarning xohish va irodasini mahv etadigan, ommaviy ta’sir kuchiga ega bo‘lgan qurol, radioto‘lqin kerak edi. Binobarin, Shtirner vaqtinchalik atrofidagi odamlarni unutib, ana shunday qurol ustida ish olib borardi.

Elza bilan Zauyer o‘pishib xayrlashgan xuddi ana shu kuni ish nihoyasiga yetdi. Shtirner faqat tundagina Elza bilan Zauyerni eslab qoldi. Esladi-yu, ularning xayolini yana algov-dalgov qilib yubordi. Zauyer tagin o‘zining jajji «qo‘g‘irchog‘i» Emma atrofida parvona bo‘lib, o‘gilchasini erkalata boshladi, Elza esa tong uyqusida shirin to‘lganib, ertalabgacha Lyudvigning nomini takrorlab chiqdi.

Tong otishi bilan Shtirnerning kabinetiga kirib, uni peshonayeidan o‘pdi va dedi:

— Azizim Lyudvig, senga ikkita iltimosim bor!

— Salom, jonginam… Bittayammas, ikkita degin! Qani, buyur, malikam.

— Gotlib keldi.

— Yana Gotlibmi?

— O‘zi emas, o‘g‘li Rudolf.

— O‘g‘liyam quyib qo‘yganday xuddi otayeining o‘zi. Pul so‘rab kelgandir-da, shundaymi?

— Otasining bizdan ikki yuz myng olib ketganini eshitgan ekan. Unga bir chaqa ham bermabdi. Shuning uchun Rudolf…

— Aslo, aslo!

— Axir biz badavlatmiz-ku, Lyudvig!

— Xuddi shuning uchun yo‘q deyapman-da. Cholning yo‘rig‘i boshqa edi. Ammo bu bolaga pul bersak, biz uning nasibasiga chang solganu endi buni o‘zimiz tan olayotganday bo‘lamiz. Keyin undan qutulish qiyin. Pul so‘rayverib, tinkamizni quritvoradi. ChoLga ko‘p narsa kerak emas. Lekin Rudolf… U hali xavfli. Yo‘q, yo‘q, jonginam. Sening manfaatingni o‘ylaganim uchun ham unga pul berolmayman.

— Va’da berib qo‘yuvdim-ku…

Shtirner o‘ylanib qoldi. Uning kayfiyati yaxshi edi. Miyasiga kelgan allaqanday fikrdan jilmayib qo‘edi.

— U bilan o‘zim gaplashaman. O‘tira turgin, Elza, — shunday deb, Shtirner o‘z xonasiga kirdi-yu, tezda qaytib chiqdi.

— Unga shunday bir hazil qilamanki, qaytib bu uyga qadam bosmaydigan bo‘ladi. Bu xonadonni butunlay unutishga ham majbur qilishim mumkin-u, lekin uni tajriba qilinadiganlar safiga qo‘shishni istamayman, — dedi Shtirner Elzaga noma’lum ma’nodagi so‘zlarni aytib.

Shtirner qo‘ng‘iroq qilib, xonaga kirgan xizmakorga Rudolf Gotlibni taklif qilishni buyurdi.

Gotlib kirdi. U tilanchiga o‘xshamasdi. Uni bu yoqqa boshlab kelgan ochko‘zlik oshkora bir g‘urur bilan o‘yqashib ketgan edi.

— O‘tiring, yigitcha, — dedi Shtirner. — Sizga pul kerakmi?

Bu muomaladan Rudolf titrab ketdi-yu, lekin o‘zini bosdi.

Sepkildor yuziga bir zumda qon tepdi.

— X,a, menga pul kerak, — dedi u hamon tik turgancha, — menimcha, iltimos qilishimga… ma’lum asoslar bor.

«Ahmoq! — dedi ichida Shtirner. — Bu gapi bilan o‘z oyog‘iga o‘zi bolta uryapti!»

— Janob Gotlib, agar masalani shu tarzda qo‘yadigan bo‘lsangiz, tegishli sud muassasalariga murojaat qilib, ana shu «ma’lum asoslar» ni o‘sha yerda isbot qiling.

— Dunyoda adliyaviy normalardan tashqari, axloqiy normalar ham bor, — javob berdi Rudolf ilgaritdan ko‘nglida pishitib qo‘ygan so‘zlarni ishga solib. — Ma’naviy huquqlarimni isbot qilib o‘tirishning hojati yo‘q.

— Axloq masalasi bilan boshqa idoralar shug‘ullanadi, bu yer unaqa joy emas.

— Maynabozchilikni yig‘ishtiring! — birdan qizishib ketdi Rudolf. — Ye iltimosimni qondirasiz, yo bo‘lmasa…

— Iye, meni qo‘rqitmoqchimisiz hali? Bunaqa mehmonlarni alohida hurmat bilan kuzatishga odatlanganman.

Shtirner hushtak chaldi. So‘shni xonadan yumshoq, lekin vazmin qadam tovushlari eshitildi. Kabinetga orqa oyoqlarida yurgancha lapanglab qo‘ng‘ir ayiq kirib keldi. U indamay Rudolfga yaqinlashdi-da, ikkala panjasini yigitning yelkasiga qo‘yib, tashqariga itara boshladi.

Rudolfning o‘takasi yorilib, orqaga tisarildi. Ostonaga yetganda shartta burildi-da, dodlagancha qochib ketdi.

Elza qo‘rquvdan qaltirar, Shtirner esa kreslo suyanchig‘iga yostangancha xaxolab kulardi.

— Noma’qul odamlarni haydab chiqazishning eng yaxshi yo‘li shu. Qaytib qadamini bosmaydi, xotirjam bo‘l.

Shunday deb, u yana xaxolab kuldi.

Shu payt telefon jiringlab qoldi.

— Allo! Ha, Shtirnerman, eshitaman. E-e, yana sizmisiz, janob Gotlib? Bu ishni shunday qoldirmayman deysizmi? O‘-ho‘! Yaxshi, otasizmi? Xo‘sh, xo‘sh. Faqat uyimga yaqin yo‘lamang! Agar to‘rt oyoqli do‘stlarimning ko‘ziga ko‘rinsangiz, tilka-pora qilib tashlashadi. Tayinlab qo‘yganman. Nima, amakingizning o‘limi? Qotil? Ana xolos!.. Xo‘sh, xo‘sh… Omadingizni bersin!

— Ahmoq, — dedi Shtirner telefon trubkasini qo‘yarkan.

— Shunchaligam qo‘rqitasanmi, Lyudvig?

— Azizim, insoniyat o‘rtasidagi kurashning eng zararsiz vositasi shu. Darvoqe, ikkinchi iltimosing ham bor edi shekilli.

— Aytishga ham qo‘rqib qoldim…

— Qo‘rqma. Bunisi endi ayiqning changaliga tushmaydi. Kim o‘zi?

— Emma. Oldiga kiruvdim. O‘zi bilai birga Zauyerni janubga jo‘natishni yolvorib iltimos qildi. U davolanishi kerak, bir o‘zi borolmaydi.

— Mayli, borsin. Endi borsa bo‘laveradi. Bu yog‘ini Zauyersiz ham eplayman. — Shunday deb, Shtirner tonggi gazetani qo‘liga oldi: — Endi mumkin! Darvoqe, bugungi gazetani o‘qiganing yo‘qmi? Ma, o‘qi, g‘alati maqola berishibdi. Ovoz chiqarib o‘qi.

Elza gazetani oldi-da, Shtirner tagiga qizil qalam bilan chizib qo‘ygan sarlavhaga ko‘z yugurtirdi:

«YALPI TELBALIK

Kecha kechqurun shaharda g‘alati voqea yuz berdi. Kechasi soat o‘n birda, besh minut davomida, ko‘pchilik — qancha odamligi hali aniq emas, lekin ma’lumotlarga qaraganda, bir necha ming kishi galati ahvolga tushib qoldi, to‘g‘rirogi, hamma baravariga mashhur «Qadrdonim Avgustin» qo‘shig‘ini xirgoyi qilishga tuShib ketdi. Asabi buzilgan ayrim kishilarda bunday hol ilgari ham yuz berib turgan. Lekin hamma gap shundaki, bu gal yalpi olomon shu ahvolga tushib qoldi. Gazetamiz muxbirlaridan birining o‘zi ham ana shu kasallikka giriftor bo‘ldi. Mana, uning hikoyasi:

— Tanishim, taniqli bir muzikashunos bilan kafeda o‘tirgan edim. Klassik muzika ixlosmandi bo‘lgan tanishim odamlarda musiqiy did pasayib ketayotganidan, muzikali estrada repertuari betayin djaz va fokstrotlar bilan to‘lib-toshib ketayotganidan shikoyat qilib o‘tirardi. U Betxoven, Motsart, Bax kabi ulug kompozitorlarning asarlari borgan sari kam ijro etilayotganini jig‘ibiyron bo‘lib so‘zlardi. Men uning gaplarini diqqat bilan tinglab, ma’qullab o‘tirardim, chunki o‘zim ham klassik kuylarning shaydosiman. Shu payt, buni qarangki, miyamda «Qadrdonim Avgustin» degan o‘sha bemaza qo‘shiq kuyi g‘imirlayotganini sezib qoldim. «Suhbatdoshim payqab qolsa-ya, — degan o‘y keldi ko‘nglimga. — Mendan umrbod yuz o‘girib ketadi!» U gapida davom etardi-yu, lekin allaqanday bir xayol xira pashshaday uni ham ta’qib etayotgani sezilib turardi… Ahyon-ahyonda u haligi xira pashshani quvganday, boshini silkib-silkib qo‘yardi. Qo‘qqisdan chehrasida hayrat alomati paydo bo‘ldi. Keyin u gapdan to‘xtadi-da, birdan qoshiqchani stakanga urib, boyadan beri miyamda aylanib turgan haligi qo‘shiq kuyini chala boshladi. Ko‘nglim bir narsani sezganday bo‘ldi-yu, lekin gapirishga jur’at etolmay, qoshiq sadosiga quloq solib o‘tiraverdim.

Shundan keyingi voqealar hammasidan ham oshib tushdi!

— Zuppe, «Shoir va dehqon», — deb e’lon qildi dirijyor va tayoqchasini ko‘tardi.

Ammo orkestr birdan «Qadrdonim Avgustin» kuyini chala ketdi. Xuddi e’lon qilingan qo‘shiq pardasida, o‘sha ohangda chala ketdi. Men, muzikashunos va restoranda o‘tirganlar — hammamiz baravariga o‘rnimizdan turib, bir daqiqa dong qotib qoldik.

Keyin birdan g‘ala-g‘ovur boshlandi, odamlar asafiy qo‘l silkir, bir-biriga hayrat bilan tikilardi. X,aligi yopishqoq kuy bir vaqtning o‘zida hammaning xayolini band etganiga shubha yo‘q edi. Notanish odamlar bir-birlaridan so‘rab-surishtirishgan: di, xuddi shunday bo‘lib chiqdi. Shundan keyin vahima battar;shjga mindi. Roppa-rosa besh minutdan keyin hamma narsa yana o‘z holiga qaytdi.

Olingan ma’lumotlarga qaraganda, Birja maydoni va Bank ko‘chasi atrofida yashovchilarning hammasi o‘sha paytda xuddi shunday ahvolga tushgan. Ko‘pchilik bir-biriga baqraygancha qo‘shiqni baralla ovoz chiqarib aytavergan. Operaga kirgan odamlarning gapiga qaraganda, Faust bilan Margarita «O, muhabbat guni» dueti o‘rniga orkestr jo‘rligida birdan «Qadrdonim Avgustin» qo‘shigini boshlab yuborgan. Ko‘p odam shuning orqasida aqldan ozib, ruhiy kasallar shifoxonasiga jo‘natilgan.

Bu antiqa holatning kelib chiqishi to‘g‘risida har xil gaplar yuribdi. Ilm dunyosining mo‘’tabar vakillari, garchi tarqalish sabablarini tushuntirib berisholmasa ham, buni yalpi ruhiy kasallik deb taxmin qilishyapti. Bu xastalik sirtdan qaraganda bezararday ko‘rinsa-da, ammo jamiyat ma’lum sabablarga ko‘ra qattiq tahlikaga tushib qoldi. Har qanday «noma’lum», bayon qilib bo‘lmaydigan narsalar odamlarning yuragiga gulgula solishi tabiiy. Buning ustiga, «kasallik» bundan ko‘ra ham og‘irroq shakllarda takrorlanishi mumkin, degan hadiklar bor. Unga qarshi qanday kurashish kerak? Qanday qilib uning oldini olish mumkin? Buni hech kim bilmaydi, chunki «kasallik» ning kelib chiqish sababi ma’lum emas. Shoshilinch ravishda olimlar va hatto prokuratura xodimlaridan iborat komissiya tuzildi. Bu komissiya odamlarni vahimaga solib qo‘ygan o‘sha quvnoq qo‘shiq yeirini aniqlashga urinib ko‘radi. Biz esa sabr-qanoat va xotirlsamlik bilan oqibatini kutamiz. Ehtimol, ko‘pchilik o‘ylaganchalik dahshatli hech narsa yo‘qdir».

Elza maqolani o‘qib bo‘lib, Shtirnerga qaradi.

— Buni qanday tushunish kerak, Lyudvig? — deb so‘radi u.

— Demak, hammasi joyida! Yur, nonushta qilamiz, jonginam!

V. JAMIYATNI QUTQARISH KOMITETI

Ulkan shahar aholisini besaranjom qilgan quvnoq nemis qo‘shig‘i, gazetalarning harchand tasalli berishiga qaramay, jiddiy xavotirlik tug‘dirar edi.

Minglab odamlar bu qo‘shiqni baravariga kuylashga majbur bo‘lgan o‘sha kechadan keyin oradan bir hafta o‘tar-o‘tmas, faqat jamiyatnigina emas, balki hukumatni ham qattiq tashvishga solgan g‘alati voqea sodir bo‘ldi.

Qoq peshinda shaharning bir qismida butun harakat bir minut davomida taqa-taq to‘xtab qoldi. Go‘yo «bir minutlik norozilik chabastovkasi» e’lon qilingan, deb o‘ylash mumkin edi. Ammo bu zabastovka nihoyatda hamjihatlik bilan, o‘ziga xos ravishda o‘tardi.

Xuddi birovning ishorasi bilan bo‘lganday, idoralarning ishi birdan to‘xtadi.

Go‘yo qo‘llari shol bo‘lib qolganday, amaldorlar yozishdan to‘xtadilar. Magazinlardagi sotuvchilar xaridorlarga buyumni uzatgancha dong qotib qolishdi, ular ogizlarini ochgan va jilmaygancha miq etmay turishardi.

Restoranlardagi orkestr muzikachilari xuddi tosh haykalga o‘xshab qolishgandi. Xo‘randalarning ham ahvoli shu — birovning qo‘lida piyola, birov vilkadagi go‘shtni og‘ziga oborgancha qotib qolgan.

Hammasidan ham ko‘cha va maydonlardagi manzara kishini hayratga solardi. Mana, ikki soqchi o‘rtasida mahbus turibdi. U tosh qotgan soqchilar ta’qibidan bemalol qochib qutulsa bo‘lardi. Ammo gap shundaki, uning o‘zi ham bir, oyog‘ini ko‘targancha qimir etmay urardi. Bozorda esa och-yupun bir bola butun gavdasi bilan oldinga engashgancha tog‘oradagi pirojkaga qo‘l cho‘zib turibdi. Sotuvchi ayol bo‘lsa xuddi jo‘jalarini quzg‘undan asramoqchi bo‘lgan ona tovuqday hurpayib olgan. Tosh qotgan bu odamlar qiyofasida shu qadar aniq ifoda va nozik harakat mujassam ediki, manman degan haykaltarosh ham buni ko‘rib shubhasiz lol qolgan bo‘lardi.

Trotuarda borayotgan yo‘lovchilar ham shu ahvolga tushib qolishgandi. Eng qizig‘i, bu g‘alati hodisa shaharning ma’lum bir qismini qamrab olgan edi. Mana shu zonaga kirib qolgan har qanday odam shu zahotiyoq haykalday qotyb qolar, shaharning boshqa joylarida esa hayot o‘z oqimida davom etardi. «O‘lik zona» ga kirgan avtomobillar bu yerdan g‘izillab o‘tib ketardi. To‘g‘rirog‘i, ularni hech kim boshqarmasdi. Shofyor va yo‘lovchilar qimirlash u yoqda tursin, hatto fikr qilish qobiliyatini ham yo‘qotib qo‘yishardi.

Avtomobillar muyulishlarda burilmasdan, duch kelgan binoga borib urilar yoki bir-birovining ustiga mingashib qolardi. Shahar temir yo‘lining ikki poyezdi ag‘darilib ketdi, ulardan biri yo‘l chetidagi to‘siqni qo‘porib, to‘ppa-to‘gri serqatnov ko‘chaga quladi.

Olomon bu tahlikadan hali o‘ziga kelishga ulgurmasdan shahar yana bir yangi zarbaga duchor bo‘ldi. Allaqanday bir to‘lqin besh minut davomida hammani yana aqldan ozdirib qo‘edi. Odamlarni vahshiyona bir g‘azab chulg‘ab olgan edi. Bu gal hammayoqdan «urush» degan so‘z eshitilardi.

— Urush, g‘alabagacha urush! Dushmanlarga o‘lim! — deya qichqirishardi, erkaklar hassa va zontiklarini boshlari uzra silkitib. Ayollar, qariyalar va bolalar ham shunday deb baqirishar va palapartish milliy gimnlarni aytishardi. Odamlarning yuziga qarab bo‘lmasdi. Hammaning ko‘zi qonga to‘lgan, go‘yo ularning ro‘parasida yovuz dushman qilich yalang‘ochlab turganday edi.

— Ye o‘lish, yo qolish! Urush! Yashasin urush!

Urush va qon-qasos tuyg‘usi shu qadar kuchli ediki, shaharning ba’zi ko‘chalarida ur kaltak-sur kaltak boshlanib ketdi. Erkagu ayol qariyu yosh mushtlashishardi. Ayollar semiz bir xotinni o‘rtaga olib (aftidan, u chet ellikka o‘xshab ko‘rindi shekilli), zonti bilan shunday savalay ketishdiki, pirovardida zontikning faqat simlarigina qoldi. Ularning yuzi oqarib ketgan, ko‘zlari g‘azabdan chaqnar, sochlari to‘zg‘ib, shlyapalari yerda oyoq osti bo‘lib yotardi. Ammo ular allaqanday bir vahshiyona huzur bilan sho‘rlik ayolni hamon savalashardi. Odamlarning ko‘ziga hamma chet el josusi bo‘lib ko‘rinardi. Bir to‘da erkaklar o‘tib ketayotgan «Tez yordam» mashinasini to‘xtatib, taxmin qilingan «josus» ni sug‘urib olishdi. Bemorning kuygan badanidagi bintlarni yulib tashlashdi. Bemor qichqirar, es-hushini yo‘qotgan odamlar esa bintlar orasidan allaqanday maxfiy qog‘ozlarni qidirishardi.

Hamma — ayollar ham, erkaklar ham, keksalaru bolalar ham o‘zlarini xuddi haqiqiy jang maydonida jon olib, jon berayotganday his qilishardi.

Bu vasvasa qanday boshlangan bo‘lsa, huddi shunday birdaniga to‘xtadi.

Endi tamom holdan toygan odamlar hangu mang bo‘lib, kaltaklangan va yarador bo‘lgan sheriklariga, yerdagi qon halqoblariga, o‘zlarining dabdala bo‘lib ketgan kiyim-boshlariga tikilishardi-yu, ammo hech narsaga tushunisholmasdi.

Ommaviy vasvasa sabablarini tekshirish yuzasidan tuzilgan komissiya zudlik bilan jamiyatni qutqarish komitetiga aylantirildi.

Lekin kimdan qutqarish kerak? Komitet buni bilmasdi. Ammo u odammi yoki noma’lum bir mikrobmi, bundan qat’iy nazar, jamiyatga dahshatli, tarixda misli ko‘rilmagan bir dushman tahlika solayotganiga hech kim shubha qilmasdi. Ko‘zga ko‘rinmas bu yangi dushman huko‘matga urush va revolyutsiyadan ko‘ra ham xavfliroq tuyulardi, chunki u ko‘zga ko‘rinmasdi. Yana qachon, qayerdan yangi xavf tug‘ilishini va ung‘a qarshi qanday chora qo‘llash kerakligini ham hech kim bilmasdi. ZKamiyat tang ahvolda qolgan edi. Har kuni o‘nlab odam noma’lum xavfni kutish azobiga bardosh berolmay, aqldan ozar yoki o‘z-o‘zini nobud qilardi. Hukumat bilan matbuot odatdagi hayot oqimini bazo‘r jilovlab gurardi. Hademay davlat va jamiyat poydevori chilparchin bo‘pibgina qolmay, butun mamlakat ulkan bir jinnixonaga aylanib qoladiganday edi go‘yo.

Bu holat ayniqsa poytaxtda ko‘proq ko‘zga tashlanardi. Ammo tekin bu qadar vahimaga tushmagan odamlar ham yo‘q emas edi. Ular yangi-yangi mishmishlar tarqatib, aholini battar qo‘rquvga yulishardi.

— Yaqinda kasallik boshqatdan qo‘zg‘aladi, odamlar bir-birtarini g‘ajib tashlashadi…

— Kishilar nafas ololmay, bo‘g‘ilib o‘lishadi.

— Shunday bir uyqu elitadiki, hech kim qaytib uyg‘onmaydi…

Bu gaplarga hamma ishonadi.

Shuncha voqeadan keyin ishonmaslik ham mumkin emas edi.

Odamlar uy-joy va mol-mulklarini arzon-garovga sotib, hali kasallik tarqalmagan joylarga ko‘chish harakatiga tushib qoldi.

Jamiyatni qutqarish komiteti to‘xtovsiz majlis o‘tkazardi. Ko‘zga ko‘rinmas dushman sezib qolmasligi uchun (agar u tirik majudot bo‘lsa) majlis shahar ratushasi binosining yerto‘lasida, o‘ta maxfiy vaziyatda o‘tkazilardi. Komitet a’zolari kechasiyu kunduzi bosh qotirishlariga qaramay, kalavaning uchini topib bo‘lmasdi.

Taklif etilgan ekspert olimlar masala talashib qolishdi.

Psixiatrlar ommaviy psixoz va gipnoz haqidagi fikrni o‘rtaga tashladilar. Agar yovuz tuyg‘ularning junbishga kelib, odamlarning birdaniga qonsirab qolishi hisobga olinadigan bo‘lsa, yuqoridagi ilmiy izohga qo‘shilish ham mumkin edi, lekin hammaning baravariga aynan bir qo‘shiqni ayta boshlaganini qanday izohlash kerak? Ko‘chadagi mushtlashishdan ko‘ra ham ana shu beozor qo‘shiq olimlarni ko‘proq tashvishga solardi. Ro‘yirost sezilib turgan his-hayajonning odamlarga tez «yuqishi», ommaviy gipnoz va uning oqibatlari fanda ancha-muncha ma’lum. Lekin gipnozning bunday yashirin shakli igari sira uchramagan edi.

Bu hodisada allaqanday sehrgarlarning qo‘li bor, degan gap ham aqlga to‘g‘ri kelmasdi. Chunki go‘yo gipnoz orqali ular ko‘rsatadigan mo‘’jizalarni hech kim tekshirib ko‘rmagan, o‘rganmagan, buning ustiga sayyohlarning oldi-qochdi uydirmalari ham unga qorishib ketgan.

Sirli hodisani noma’lum mikrobga bog‘lash ham hech qanday natija bermadi.

Yangi «kasal» ga chalingan yuzlab odamlar obdan tekshirib ko‘rildi, vrachlar ularning qonini qayta-qayta analyz qilishdi: ammo hech qanday mikrob topisholmadi.

— Kasallikning ildizini butunlay boshqa joydan qidirish kerak, — degan fikrni o‘rtaga tashlashdi injener-elektriklar. — Hamma gap inson organizm tomonidan bevosita qabul qilinadigan radioto‘lqinlarda.

— Odamlar ham radiopriyomnik bo‘p ketibdi-da? — kinoyali luqma tashlashdi keksa injenerlar. — Afsonalarda bo‘ladi bunaqa narsa!

— Radioning o‘zi ham yaqin-yaqingacha faqat afsonalarda bo‘lardi-ku?!

Qariyalar yelka qisishdi.

— Bo‘lmasa isbot qilinglar!

— Isbot qilamiz!

Shunday qilib, medik hamkasblari kabi injenerlar ham ishga kirishib ketishdi.

Sirni fosh etish niyatida olimlar o‘z laboratoriyalarida o‘tirib, mikroskop va katod lampalari ustyda bosh qotirayogan paytda Iogann Krans ham xuddi ana shu jumboqni yechish uchun mijja qoqmay ishlardi.

Iogann Krans martabali olimlar jumlasiga kirmasdi. U shunchaki politsiya izquvari edi. Boy tajriba va katta iqtidorga ega bo‘lgan bu odam dushman mikrobmi yoki insonmi, degan savol ustida bosh qotirmasdi. Dushman kim yoki nima bo‘lishidan qat’iy nazar, uni topish kerak. O‘zi ko‘p marotaba muvaffaqiyat bilan qo‘llagan metodni ishga solib topish kerak. Jinoyat izlari! Uni mana shu narsa qiziqtirardi. Jinoyat izlari esa keragidan ortiqcha ham topilardi. Faqat ulardan ustalik bilan foydalana bilish zarur. Bu ishning muhimligi va sirliligidan qanotlangan Krans yeng shimarib ishga kirishdi, qolaversa, u ko‘zoynak taqqan xayolparast olimlardan ilgariroq kalavaning uchini topish ishtiyoqi bilan yonardi.

Kattakon kabinetdagi yozuv stoli ustida Krans fosh etgan jinoyatlarga aloqador o‘ljalar — jinoyatchilarning suratlari, barmoq izlari tushirilgan qog‘ozlar, har xil kalitlar, ashyoviy dalillar uyilib yotardi. Uning o‘zi esa stol ortida o‘tirib, so‘nggi voqealar haqida gazeta xabarlari va politsiya ma’lumotlarini ko‘zdan kechirdi, tun bo‘yi shahar planidan bosh ko‘tarmadi.

Kabinet tutunga to‘lib ketgan edi. Ahyon-ahyonda xonani shamollatar, yana sigaretasini tutatib, go‘yo jinoyatchi bilan izma-iz borayotganday, planga allaqanday chiziqlar tortardi.

— Bo‘ldi! — deya xitob qildi u nihoyat ikkita chiziqni shahar xaritasining bir burchida tutashtirib.

Ertalabki soat to‘rt edi. Krans shosha-pisha shahar planini buklab, eskirib ketgan portfeliga soldi-da, avtomobil chaqirib, komitetga yo‘l oldi.

— Shoshilinch xabar! Kalavaning uchi topildi! — deya qichqirdi u zalga kira solib.

Bemahal bo‘lishiga qaramay majlis ahli bir talay edi. Hamma dong qotib qoldi.

— Sirni ochdingizmi? — deb so‘radi komitet a’zolaridan biri entikib.

— Kalavaning uchi topildi, dedim. Demak chuvatish o‘z qo‘limizda, — javob berdi Krans. — Men jinoyatchi mikrob yoki odamning turgan joyini aniqladim. Ya’ni sirli ta’sir tarqalayotgan fokusni topdim. — Shunday deb Krans portfelidan shahar planini olib, stol ustiga yozdi.

Hamma uni o‘rab oldi, Krans so‘zida davom etdi:

— Mening metodim juda oddiy: «epidemiya» tarqalgan rayonlarni aniq belgilash maqsadida sirli hodisaga aloqador barcha materiallarni sistemaga solib chiqdim. Natijasi shunday bo‘ldi. Qo‘shiq bilan bog‘liq hodisa menga ko‘p narsa bermadi. Bu kasallik shaharning bir qismini, ykki kilometrga yaqin radiusni o‘z ichiga olgan. Ikki kilometrdan narida qo‘shiqning ta’siri susayib, uchinchi kilometrga yetganda u hech kimning xayoliga ham kelmagan. Bu doiraning markazi taxminan Birja maydoni bilan Bank ko‘chasiga to‘g‘ri keladi. Bu yerda qo‘shiqning ta’siri shu qadar kuchli bo‘lganki, odamlar xirgoyi qilish u yoqda tursin, baralla ovozlarini qo‘yib aytishavergan. Afsuski, markazni juda aniq belgilashning imkoni bo‘lmadi, chunki odamlardan surishtirgan bilan qo‘shiq ta’sirining susaya borish darajasini aniqlash qiyin bo‘ldi.

O‘sha paytda bir joyda turgan odamlar har xil gapni gapirishadi, aftidan, organizmning o‘ziga xos xususiyati tufayli qo‘shiq har kimga har xil ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa kerak.

— Bor gap shumi? — dedi kimdir hafsalasi pir bo‘lib.

— Yo‘q, faqat shu emas. Keyingi epidemiya ko‘proq ma’lumot berdi. Bu kasallik nisbatan torroq maydonni o‘z ichiga olib, ma’lum yo‘nalish bo‘yicha tarqalgan va aniq bir joyda to‘xtagan. Xuddi Elza Glyuk banki binosidan boshlangan nurga o‘xshash hodisa yuz bergan.

Yana g‘ala-g‘ovur ko‘tarildi.

— Shtirner! Albatta o‘shaning ishi! Aytuvdim-ku!

Darhaqiqat, Shtirnerning nomi komitetda ko‘p tilga olingan edi.

— Xulosa chiqarishga shoshmaslik kerak, janoblar, — deya gapni bo‘ldi Krans. — Men ham kalavaning bir uchi Shtirnerga bog‘lanadi, deb ishongan edim. Lekin yana bir tekshirib ko‘rish uchun navbatdagi «seans» ni kutishga qaror qildim. «Urush talvasasi» ana shu seans bo‘lib chiqdi. Bu hodisa ham shaharni bir tutam nurday kesib o‘tib, Gotlibning uyiga, ya’ni Elza Glyukning uyiga borib qadaladi. Shunday qilib, o‘tmas burchak hosil bo‘lyapti. Agar chiziq davom ettirilsa, Elza Glyuk uiining orqasidagi binoga borib tutashadi. Mana, bir ko‘ringlar-a.

U planga ishora qildi.

— Bu binoga nima joylashgan?

— «Ampir» restorani. Butun baloni mana shu yerdan qidirishimiz kerak. — Shunday deb, Krans xuddi pashsha o‘ldirganday, miqti kafti bilan «tap» etkazib xarita ustiga urdi.

Kransning dalillari oddiy va ishontirarli edi. Komitet qisqa muddatli kengashdan keyin «Ampir» restoranida va o‘sha binoga joylashgan mehmonxonada yalpi tintuv o‘tkazishga qaror qildi.

O‘sha zahotiyoq telefon orqali butun politsiya oyeqqa turg‘azildi. l Soldatlar binoni darhol qurshab oldilar. Tirik jon borki, boshdan-oyoq tintuv qilindi, yerto‘ladan cherdakkacha hammayeqni tit-pit qilib yuborishdi, ammo shuncha urinishga qaramay shubhali biror narsa topilmadi.

Krans mulzam bo‘ldi-yu, lekin bo‘sh kelmadi.

— Butun mashmashani restoranga kirgan mijozlardan birortasy qilgan bo‘lishi ham mumkin, — dedi u.

Lekin bunday bo‘lishi mumkin emas edi.

Binoda istiqomat qiluvchilarga tungi tintuv haqida og‘iz ochishni qat’iyan man qilishdi. Bir nechta shubhali kishi qamoqqa olindi, restoran mijozlarini maxfiy ravishda kuzatib borishga qaror qilindi.

Ammo bu voqea shaharga bir zumda tarqalib ketdi.

G‘azablangan olomon restoranni ostin-ustun qilib tashladi, uni bekitishga to‘g‘ri keldi.

Omadi yurishmagan Kransning fig‘oni falakka chiqardi.

— Ko‘ramiz hali! — derdi Krans. — Dushman kim bo‘lmasin, iziga tushganimizni yaxshi biladi. Ko‘ramiz, yana qiliq chiqarishga jur’at etarmikin, yo‘qmikin! Uchinchi chiziq taqdirini hal qiladi!

VI. AMALGA OSHMAGAN SUIQASD

— Qanday rohat! Qanday baxtiyorman-a! Dunyo bunchalar go‘zal!

Huzur-halovatdan ko‘zlari suzilgan yoshgina bir yigit, go‘yo qadrdon do‘stini uchratib qolganday, ko‘chadagi simyog‘ochni quchoqlab, nuqul shu so‘zlarni takrorlardi.

— Chirog‘im! Sen ham men kabi baxtiyormisan?…

— Jonginam, sizni shunaqa sevamanki! Hammalaringizni ham jonimdan ortiq ko‘raman! — derdi chuvrindi bir chol bashang kiyingan ayolni quchoqlab. Ayol ham cholning tikanak soqolli ozg‘in yuzidan o‘pib, shivirlardi:

— Shunaqayam baxtiyormanki! Nazarimda marhum otam tirilib kelganday bo‘ldi… Xuddi sizga o‘xshardi rahmatlik… Ota, otaginam!..

Ularning yonginasida eski siyosiy muxoliflar: monarxist bilan anarxist quchoqlashib turardi.

— Kurashga chek qo‘yamiz! Aysh-ishrat quraylik!

Allaqanday bir yalangoyoq xiyobondan bitta gulni uzdida, xuddi qimmatbaho narsaday avaylab, politsiyachiga tutqazdi.

— Ma, do‘stim, ol buni! Mendan senga hadya!..

Semiz politsiyachi ham daydi bolani nazokat bilan o‘pib, gulni oldi, — G‘oyat minnatdorman! Gul — hayotning bezagi! Gul bilan qo‘shiqni shunaqa yaxshi ko‘ramanki!..

— Aytamizmi?

— Aytamiz…

Ular ko‘kat ustiga o‘tirishdi-da, bir-birlarini quchoqlagancha allaqanday bir lirik qo‘shiqni boshlab yuborishdi.

— Olinglar! Hammasini olinglar! — tilla magazin egasi shunday deb qichqirar va xaridorlarning cho‘ntagiga qimmatbaho bezaklar, tilla uzuklar, marvarid va oltin soatlarni solib qo‘yardi. — O‘zim bilan go‘rimga olib ketarmidim bularni! Olinglar rohat qilib taqib yuringlar! Savdogarchilikka qiron kelsin! Yashasin baxt-saodat!

Sudda ashaddiy bir siyosiy jinoyatchi oqlab yuborildi. O‘zining toshbag‘irligi bilan nom chiqazgan prokuror u gal aybnoma o‘qishdan bosh tortib, jinoyatchining ko‘ksiga boshini qo‘ygancha ho‘ng-ho‘ng yig‘ladi:

— Do‘stim, birodarim!.. Kechirish va sevishdan ham yaxshi narsa bormi olamda!

Hatto kushxonadagi qassoblar ham so‘yish uchun keltirilgan mollarning bo‘ynidan quchoqlab, peshonasidan o‘pardi:

— Yuvoshginam!.. — deyishardi ular sigirlarning sagrinini silab. — Qo‘rqdingmi? Bor, suv ich, keyin anavi boqqa kirib o‘tla. Qon to‘kish yetar! Endi ozodsan!..

Bu voqea restoran ostin-ustun qilingandan keyin atigi bir necha kun o‘tgach, yuz berdi. Shaharni izmiga solib olgan yovuz daho o‘ziga qarshi kurashmoqchi bo‘lgan komitet a’zolarining jigiga tegib, go‘yo ular ustidan kulayotganga o‘xshardi. O‘tgan safargi qon to‘kishlar va shahardagi harakatning qo‘qqisdan to‘xtab qolishi natijasida ro‘y bergan qurbonlar evaziga ko‘zga ko‘rinmas dushman endi odamlarga beqiyos mehr-muhabbat va huzur-halovat baxsh etgan edi. Bu tuyg‘u shu qadar kuchli ediki, ana shu rohatni yana bir bor tatib ko‘rish uchun odamlar hamma narsaga tayyor turishardi. Bu gal hamma o‘tgan umrini yodga olar va yo‘qotilgan jannat haqida so‘zlardi.

O‘tgan galgi qonsirash va shafqatsizlik kasalidan bu galgisi dahshatliroq edi. Inson ongi va ruhiyatini bu qadar jilovlab olgan dushman kim o‘zi? Xohlasa, u odamlarni qonxo‘r yoki jinni qilaDi, xohlasa, mehribon va hotamtoy qilib yuboradi. Uning uchun odamlar qo‘g‘irchoqday bir gap. Xohlasa, huzur baxsh etadi. xohlasa, mayib-majruh qiladi, o‘ldiradi, o‘ldirganda ham birorta o‘q uzmasdan, shovqin-suronsiz, o‘zi ko‘zga ko‘rinmay o‘ldiradi. Ha, bunday dushmandan qo‘rqmasdan bo‘ladimi!

Kechasi yer ostiga joylashgan binoga to‘plangan komitet a’zolari motamsaro bir qiyofada Kransning og‘ziga tikilib o‘tirishardi. Krans esa keyingi hodisaga aloqador ma’lumotlarni ko‘zdan kechirib tartibga solar, shaharning «huzur-halovat» kasali tarqalgan sektorini aniqlash ustida bosh qotirardi.

Ahyon-ahyon betoqat ovozlar eshitilib qolardi:

— Nima bo‘lyapti, Krans?

— Hammasi joyida!

Kimdir zarda bilan luqma tashladi.

— Bundan yomon bo‘lishi qiyin!

— Aksincha, — javob berdi Krans, — juda yaxshi ketyapti. Hech qachon bunaqa maroqli ish bilan shug‘ullanmagan edim.

Krans o‘zining qizg‘ish, miqti barmoqlari bilan qog‘ozlarni tez-tez titkilar, ahyon-ahyon shahar planiga yangi chiziqlar tortib qo‘yardi.

— Krans qadimgi ritsarlarga o‘xshab, — davom etdi u, — shaharni ajdahodan ozod qiladi, keyin unga haykal o‘rnatishadi. Kransga albatta, ajdahoga emas, ha-ha! Yeki, to‘g‘rirog‘i, ikkalamizga: Krans qo‘lida nayza ushlab turibdi, uning oyoqlari ostida esa tilka-pora ajdaho!

— Hazilning vaqtimi hozir? — dedi yaqinginada jinoyatchining ko‘ksiga bosh qo‘yib yig‘lagan prokuror. — Hammayoq alg‘ovdalg‘ov bo‘lib yotibdi-yu, maynabozchilik qilasiz-a! Mendek odam aybnoma o‘qishdan bosh tortganimdan keyin davlatning holi nima kechardi…

— Men hazilni yaxshi ko‘raman, hatto yo‘lto‘sar to‘pponcha o‘qtalib turganda ham hazil qilaman. Iloj qancha! Kasb bilan bogliq odat-da. Xavf-xatarga duch kelganingda yo kulishing, yo qochishing kerak bo‘ladi. Ammo-lekin hozir ish yaxshi ketyapti, ishoninglar. Keyingi hodisa ham ma’lum yo‘nalishdagi to‘lqin bilan bog‘liq, agar to‘lqin uchi yana o‘sha joyga borib qadalmasa, o‘lay agar. Tag‘in to‘rt-beshta ma’lumotni ko‘zdan kechirsam bo‘ldi — u yog‘i hal…

Komitet a’zolari Kransni qurshab olishdi.

O‘rtaga og‘ir sukunat cho‘kdi.

Nihoyat, Krans xaritaga so‘nggi chiziq tortdi.

— Bo‘ldi!

— Yana Elza Glyuk uyiga borib qadalyapti! — qichqirib yubordi ichki ishlar ministrligining xodimi.

— Ha, yana shunaqa bo‘lyapti. Planga bir ko‘z tashlanglar-a. — Krans o‘z oldidagi planni stol o‘rtasiga surib qo‘yib, tushuntira ketdi: — Mana bu birinchi chiziq harakat to‘xtab qolgan paytni bildiradi, ikkinchisi — urush vasvasasi. Bu chiziqlar Elza Glyuk uyida tutashmasdan, restoran joylashgan qo‘shni binoda tutashadi. Tintuvni o‘sha yerda o‘tkazganmiz.

— Xato qilganmiz.

— To‘g‘ri. Chunki ta’sir tarqaluvchi manbani bitta deb o‘ylaganmiz. Lekin uchinchi chiziq — «mehr va huzur-halovat» kasalini bildiruvchi mana bu «omadli» chiziq xatomizni to‘g‘riladi. Ma’lum bo‘lishicha, ta’sir ikki nuqtadan tarqalgan. Lekin ikkala nuqta ham Elza Glyukning uyida. Ko‘rib turibsizlarki, uy juda uzun. Aftidan, ta’sir nuqtalari binoning har ikkala tomonida joylashgan bo‘lsa kerak. O‘tgan safar chiziqlar ta’sir manbaining bittasi ustida tutashgan, shuning uchun ham bizga bu manba qo‘shni binoda joylashganday bo‘lib tuyulgan. Uchinchi «kasallik» esa bizga boshqa nuqtani, birinchi chiziq bilan uchinchi chiziq tutashadigan nuqtani aniqlab berdi. Tushunarlimi?

Hamma g‘imirlab qoldi.

— Aytuvdim-ku, Shtirnerning ishi bu, deb!

— Buni sizdan oldinroq aytganman.

— Yaramas! Iblis! Endi u bizdan qochib qutulolmaydi.

— Krans! Biz u jinoyatchini shu bugun kechasiyoq qamoqqa olishga ulguramiz!

— Qamoqqa olish qiyin ishmas, — dedi Krans. — Lekin ertalabgacha kutsak yomon bo‘lmasdi.

— Nima uchun kutish kerak ekan? — dedi prokuror betoqat bo‘lib. U aybnoma o‘qishdan bosh tortib, jinoyatchi bilan og‘izburun o‘pishgani uchun Shtirnerni sirayam kechirolmasdi.

— Buning sababi oddiy, — javob berdi Krans. — Biz odatdan tashqari bir jinoyatchi bilan ro‘baro‘ kelib turibmiz, shuning uchun barcha ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishimiz kerak bo‘ladi. Bank kechasi mahkam qulflanib, qattiq qo‘riqlanadi. Agar kechasi boradigai bo‘lsak, ming ehtiyot bo‘lganimiz bilan g‘alag‘ovur ko‘tarilib, dushman sezib qoladi. Yaxshisi, ertalab bank ochiladigan paytda hali odamlar kamligida borish kerak. Grajdancha kiyinib, faqat to‘pponcha bilan qurollaniladi. Bank soqchilari va xizmatchilarida shubha tug‘dirmaslik uchun bittabitta kiriladi, keyin baravariga yuqoriga tashlanib, dushmanni g‘aflatda qo‘lga olinadi.

Prokuror g‘azabidan yer depsinib turgan bo‘lishiga qaramay, tajribali izquvarning mulohazalariga qo‘shilishga va Shtirnerni qamoqqa olishni ertalabgacha qoldirishga majbur bo‘ldi.

— Menga qolsa, — deya gapini davom ettirdi Krans, — bu ishni yana bir kunga kechiktirsak tag‘inam durust bo‘lardi.

— Shunisi yetmay turuvdi! — deb xitob qildi ko‘zoynak taqqan jikkak chol, komitet yig‘ilishida shaxsan ishtirok etayotgan ichki ishlar ministri.

Krans yelkasini qisdi.

— Iloj qancha, janobi oliylari, har bir qadamimizni o‘ydab, ehtiyot bo‘lib bosishimiz kerakligini yuqorida aytib o‘tdim. Biz Elza Glyuk uyining qanday joylashganini, kiribchiqiladigan har bir eshikni, Shtirner qaysi xonada istiqomat qilishini va shunga o‘xshagan hamma ikir-chikirlarni yaxshi bilishimiz kerak. Bu ma’lumotlarni to‘plash uchun esa vaqt talab qilinadi.

Yana hamma ikkilanib qoldi.

Birdan politsiya boshlig‘i peshonasiga «shap» etib urdi-yu, gapira ketdi:

— Ruxsat eting. Nazarimda, yo‘li topilganga o‘xshaydi. Xudoning o‘zi mushkulimizni oson qilib turibdi! Yaqinda idoramga bir yigitni — Rudolf Gotlib degan yigitni ishga oldim. Bu familiya sizga tanishmi?

— Bo‘lmasam-chi! Ishi yurishmagan merosxo‘r-da., Marhum bankirning jiyani.

— Ha, balli. Mana sizga yo‘l boshlovchi, Krans, — dedi kulib politsiya boshlig‘i. — Undan zo‘rini topolmaysiz. U bo‘lg‘usi merosxo‘r sifatida bu xonadonni ipidan ignasigacha o‘rganib chiqqan. Shtirnerni ko‘rgani ko‘zi yo‘q. Xullas, eng bizbop odam o‘sha.

— Juda soz, qayerdan topamiz uni?

— Bundan oson ish yo‘q! — Politsiya boshlig‘i qo‘ng‘iroq qilib, tegishli ko‘rsatma berdi.

Bir soat o‘tar-o‘tmas hali uyqusi tarqamagan Rudolf Gotlib komitet kengash o‘tkazayotgan yerto‘laga kirib keldi.

O‘zining nima uchun chaqirilganini bilgan Rudolf darrov hushyor tortdi. Ko‘zlari chaqnab ketdi. Mushtumini tugib, tishlarini gijirlatdi:

— Endi siz bilan hisob-kitob qilaman, janob Shtirner!

Politsiya boshlig‘i o‘zida yo‘q shod edi.

— Janob boshliq, — deb unga murojaat qildi Rudolf, — bir iltimosim bor, shuni yerda qoldirmasangiz.

— Nima gap, azizim?

— O‘sha yaramasni o‘z qo‘lim bilan o‘ldirishga ruxsat etsangiz.

— Iye, qanaqa bo‘larkin, tergovsiz, sud qilmasdan-a? — kuldi adliya ministri. — Hali qo‘limizda dalil yo‘q-ku.

— Nafsilamrini aytganda, janoblar, — birdan gapga aralashdi prokuror, — bu yigitning gapida jon bor. Masala biz o‘ylagandan ko‘ra jiddiyroq. Bu voqealarning hammasiga Shtirner aybdorligiga hech kim shubha qilmaydi. Biz odatdan tashqari jinoyatchiga ro‘baro‘ kelib turibmiz, deganida Krans tamomyla qaq. Shunday ekan, unga nisbatan ham odatdan tashqari jazo choralari qo‘llanishi kerak. Buni davlat va xalq manfaati taqozo etadi. Agar u bilan adi-badi aytishib o‘tiradigan bo‘lsak, sud paytida u meni aybnoma o‘qish o‘rniga o‘zi bilan o‘pishib, sigarega uzatishga majbur qilmaydi, deb kafillyk berolmayman. Mamlakat taqdiri hal bo‘layotgan bir paytda, — hozir xuddi shunday bo‘lyapti, — tavakkalchilik qilish jinoyat bilan teng ish bo‘ladi, xudo ko‘rsatmasin, rasmiyatchilik qilaman, deb uni qo‘ldan chiqarib yuborishimiz ham mumkin. Undan tashqari, hm… bu yerda begona odam yo‘q… Shtirner qochishga uringani uchun am otib tashlanishi mumkin-ku! Bu usulni har qancha qoralashmasin, aslida zarracha qingir joyi yo‘q, chunki jazodan qutulib qolish chun qaysi jinoyatchi qochishga urinib ko‘rmaydi? Xullas, shun" t qilsak, bir o‘q bilan butun falokatdan xalos bo‘lamiz.

Juda to‘gri! — dedi politsiya boshlig‘i. — Kimki jamiyat va 1T qonunlarini buzar ekan, unday odam qonun himoyasidan chetDa qoladi.

— Otishga ustamisiz, Gotlib? — so‘radi Krans.

— To‘pponchadagi hamma o‘qni bir nuqtaga uraman.

— Nimayam derdik, omadingizni bersin! — dedi politsiya boshlig‘i.

Hujum etish plani ertalabg‘a qadar muhokama qilindi. Faqat to‘rtta odam jo‘natishga kelishildi: Rudolf Gotlib, Krans va politsiyaning ikkita ishonchli agenti. Ikki agent har ehtimolga qarshi olinadigan bo‘ldi.

— Odam qancha oz bo‘lsa, shuncha yaxshi bo‘ladi, — dedi Krans.

Ertalab soat to‘qqizda puxta qurollangan va tegishli yo‘lyo‘riqni olgan otryad jam bo‘ldi.

— Oq yo‘l! — deb fotiha berdi ularga politsiya boshlig‘i.

Otryad bankka hech qanday qiyinchiliksiz kirib, ikkinchi qavatga ko‘tarildi va Rudolf rahnamoligida kabinetga qarab yo‘l oldi. Koridorda duch kelgan xizmatkorlarga bosiq po‘pisa bilan turgan joyidan qimirlamaslikni buyurishdi.

Kabinet bo‘m-bo‘sh edi. Agentlardan biri kiraverishdagi eshik oldida, ikkinchisi Shtirner xonasiga tutash kabinet eshigi oldida to‘xtashdi, Rudolf esa Krans hamrohligida Shtirnerning sirli xonasi eshigini qiya ochib, ichkariga ko‘z tashladi. Xonada deyarli mebel yo‘q edi. Bor-yo‘q jihoz — yonida tumbochka turgan karavot, bitta shkaf bilan kichkina stol. Xonaning yarmi nima uchundir qalin taxta bilan to‘silgan edi. Shtirner ro‘parasiga oyna o‘rnatilgan boyagi stol ortida o‘tirib, soqol olardi. Bu manzarani kuzatish uchun atigi ikki-uch daqiqagina vaqt ketdi. Eshikning giychillaganini eshitgan Shtirner burilib qarashga ulgurmasidan ikkita bahaybat it Rudolfga tashlandi, u hatto to‘pponchasini sug‘urishga ham ulgurolmadi. Ayni paytda eshikka orqa o‘girib o‘tirgan Shtirner oynada Rudolfning aksini ko‘rdi-yu, stuldan sakrab turib, o‘zini taxta to‘siq tomonga otdi va eshikni ochib ichkariga kirib ketdi. Rudolf bilan Krans itlarning ta’qibidan arang qutulib, — shovqin ko‘tarmaslik uchun Shtirnerdan boshqasiga o‘q uzmaslik haqida ular ko‘rsatma olishgan edi, — to‘siqqa o‘rnatilgan eshikni taqillata ketishdi.

— Oching, Shtirner! — qichqirardi Gotlib. — Oching, nega qo‘rqasiz?

Eshik orqasiga shunday shiddat bilan ochildiki/unga qapishib turgan Rudolf munkib ketdi.

— Sekinroq, yiqilib ketmang! — dedi xotirjamlik bilan Shtirner. — Yet, Falk! Yet, Bich!

Itlar itoatkorlik bilan cho‘zilib, oldingi oyoqlari ustiga boshlarini qo‘yib olishdi, ammo ikki notanish odamdan ko‘z uzishmasdi.

— Xizmatingizga tayyorman, janob Rudolf Gotlib! — dedi Shtirner yana haligi stol ortiga o‘tirarkan.

Rudolf Gotlib stol ustiga to‘pponchasini qo‘edi-da, cho‘tkani olib, Shtirnerning yuziga sovun ko‘pigi surta ketdi.

Keyin ustara bilan uning soqolini ola boshladi.

Shtirner boshini orqaga tashlab o‘tirar, Rudolf esa hafsala bilan uning tomoqlarini qirardi.

— Sal og‘rityapti, Gotlib… Ustarani bir qayrab oling!

Rudolf ustarani qayishga ikki-uch surtib olib, yana ishga kirishib ketdi.

Krans esa bularning oldida xuddi soqchiday turardi.

— Rahmat sizga, Gotlib. Judayam usta ekansiz. Dunaringizdan boshqalar ham bahramand bo‘lishi kerak. Sartaroshxona oching. Siz-chi? — Shtirner Kransga murojaat qildi.

— Krans! Iogann Krans! Xizmatingizga tayyorman! — u shunday dedi-yu, to‘pponchasini tashlab, cho‘tka bilan Shtirnerning ko‘ylagini cho‘tkalay ketdi.

— Minnatdorman, mana, xizmat haqlaringiz! — Shtirner ularga bittadan chaqa berdi.

Ular qayta qayta ta’zim qilib, tashqariga qarab yurishdi.

Uydan chiqqanlaridan keyin ikkisi ikki tomonga qarab ketdi.

Agentlar esa g‘oyib bo‘lishgan edi.

Krans to‘ppa-to‘g‘ri turmaga kelib, o‘zini bir kishilik kameraga qamab qo‘yishlarini talab qila boshladi, Turma boshlig‘i hazilga olgan edi, Kransning jon-poni chiqib ketdi.

— Men shaxsan ministrning o‘zidan ko‘rsatma olganman, xohlagan odamimni qamoqqa olishim mumkin, gapimni qaytarmang! Xizmatdagi odamning gapiga ishonmaslikka haqqingiz yo‘q!

Turma boshlig‘i yelkasini qisdi-yu, tegishli ko‘rsatma berdi.

Kransni oborib qamab qo‘yishdi. Turma boshlig‘i telefon qilib surishtirgan edi, Kransni qamoqqa olish haqida hech kim buyruq bermaganligi, aksincha, uni komitetda sabrsizlik bilan kutishayotgani ma’lum bo‘ldi. Ammo Krans turmadan chiqishdan qat’iyan bosh tortdi.

— Agar zo‘rlab opchiqadigan bo‘lsalaringiz, otib tashlayman! — deb po‘pisa qildi u. — Meni shaxsan Kransning o‘zi qamagan, faqat o‘shaning o‘zi bo‘shatishi mumkin!

Turma boshlig‘i qo‘l siltadi.

— Ye aqldan ozgan, yo kayfi baland!

Krans hech qachon qurolini yonidan qo‘ymas edi, binobarin, unga nisbatan kuch ishlatish ham xavfli edi.

— Jin ursin, o‘tirsa o‘tiravermaydimi!

Shunday qilib, Krans kamerada qoldi, eshik tirqishidan mo‘ralab, nuqul yo‘lakda yurgan soqchiga tanbeh berardi.

— Qanaqa soqchisan o‘zing! — deb po‘pisa qilardi u. — Yo‘lkaiing bir boshiga borvolib, shuncha turasanmi! Xizmatni qanday o‘tash kerakligini bilasanmi? Bu yoqqa kel, qochib ketmasligim uchun manavi qulfni tekshirib ko‘r!

Krans, aftidan, prokuror aytgan odamlardan emasdi: u sirayam qochishga urinmasdi.

Amalga oshmagan hujum ishtirokchilaridan faqat Rudolf Gotlib komitetga qaytib keldi. Lekin undan ham tayinli bir / gap chiqmadi. Ko‘rinishi parishon va abgor edi. I

Komitet a’zolari tomonidan berilgan hamma savolga u bir xil javob qaytarardi.

— Soqolini opqo‘ydim!

— Qanaqa soqol? Nimalar deyapsiz?

— Shtirnerning soqolini opqo‘ydim!

Komitet a’zolari hayron bo‘lib bir-birlariga qarashardi.

— Ehtimol ko‘chma ma’noda gapirayotgandir, o‘ldirdim deganidir bu? — deb shivirladi ministr politsiya boshlig‘iga.

— Hech bunaqasini eshitmagan edim, — javob berdi boshliq.

— Ochiqroq gapiring, Shtirner tirikmi, o‘likmi?

Rudolf hammaga ma’nosiz nigoh bilan bir-bir qarab chiqib, ichchiq jilmaydi:

— Tirik bo‘lganda qandoq! Yaxshilab soqolini olib qo‘ydim! artaroshxona ochishga to‘g‘ri keladi endi!

VII. «TRILBI»

— Bormisan, Lyudvig! — dedi Elza Shtirnerga qo‘llarini uzatib. — Meni tamom unutib yubording!

Ular qishki bog‘da, go‘yo uzoq ayriliqdan so‘ng endi uchrashganday bir-birlariga termilib turishardi. Haqiqatan ham ular qariyb bir oydan beri ko‘rishishmagandi, bu vaqt ichida ikkovlari ham birmuncha o‘zgarib qolishgandi. Shtirnerning yuzidan qoni. qochib, ko‘zlari ich-ichiga tushib ketgan, qarashlari bejo, kayfiyati tez-tez o‘zgarib turadigan bo‘lib qolgandi. Elza shu qadar ozib ketgan ediki, yonoqlari bo‘rtib, yuzi cho‘zilib qolganday tuyulardi. Ammo ko‘zlari allaqanday so‘nik, harakatlari loqayd va ixtiyorsiz edi. Uning ichki dunyosi ham tamom o‘zgarib ketgandi. O‘zi yashayotgan ruhiy olam uning shaxsiyatiga ta’sir etmay qolmagandi. U uzuq-yuluq fikr qilar, kayfiyati ham xuddi shunday qo‘qqisdan buzilib qolardi. Elza tirik odamdan ko‘ra ko‘proq avtomatni — temir odamni eslatardi. Bu hol Shtirner bilan bo‘lgan bugungi uchrashuvda ham sezilib turardi. Ularning suhbati qo‘qqisdan uzilib qolar, keyin birdan yana qizib ketardi.

Shtirner El’zani o‘z yoniga o‘tqazib, chakkasini yuziga bosdi. Qiz ham bir qo‘li bilan Shtirnerning yuzini ohista silay boshladi.



— Silliqmi yuzim? Rudolf Gotlib olib quidi soqolimni!

— Gotlib? — Elza hayron bo‘ldi.

— Ha, Gotlib. U sartaroshxona ochmoqchi, shuning uchun tanishbilishlarini soqolini olib, mashqini oshirib yuribdi.

Shtirner qaq-qah otib kuldi.

— Tushunmadim, Lyudvig, hazillashyapsanmi?

— Tushunishning keragiyam yo‘q. Unut o‘sha Gotlibni. Oraga sukunat cho‘kdi.

— Juda o‘zgarib ketibsan, Lyudvig. Horg‘in kurinasan…

— Hechqisi yo‘q!

— Namuncha ko‘p ishlamasang? Ye biror ko‘ngilsizlik buldimi?

Shtirner o‘rnidan turib, asabiy holda u yeqdan-bu yeqqa yura boshladi. „

— Ko‘ngilsizlik deysanmi? Aksincha. Hammasi joiida. lekin charchaganim rost… ha… o‘lguday charchadim, — dedi u sekin, ko‘zlarini yumib. — Qani endi iloj bo‘lsa… Mendan sovibsan, Elza!

U ko‘zlarini ochdi-da, qo‘llarini ko‘ksida chalishtirgancha Elzaga uzoq tikilib turdi.

Bu nygoh ta’qibidan qiz birdan oqardi va entikib-entikib nafas ola boshladi. Keyin o‘zini Shtirnerning bag‘riga otib, uning yuz-ko‘zlaridan o‘pa ketdi. So‘ng lablaridan qattiq va uzoq so‘rdi.

Shtirfr kutilmaganda uni siltab tashladi.

— Bo‘ldi! Joyingga bor! O‘zingni bos!

Elza I itoatkorlik bilan divanga o‘tirdi. Boyagi ehtirosi qanday paydo bo‘lgan bo‘lsa, xuddi shunday qo‘qqisdan so‘ndi.

— Bo‘lmayapti, bo‘lmayapti… La’nati! — deya g‘udranardi Shtirner tez-tez u yoqdan-bu yoqqa yurarkan.

— Keyingi paytlarda nima ish bilan shug‘ullanding, Elza? — deb so‘radi u sal o‘zini bosib olgach.

— Faqat sen haqingda o‘yladim… — bo‘shashibgina javob berdi qiz.

Shtirner xuddi taxminlari to‘g‘ri chiqayotgan doktorday bosh silkib qo‘edi.



— Yana nima qilding?

— Kitob o‘qidim. Kutubxonadan «Trilbi» degan romanni topib, qaytadan o‘qib chiqdim. Sen o‘qiganmisan? Svengali Trilbini gipnoz qilib qo‘yadi, qiz uning qo‘lida bamisoli qo‘g‘irchoqqa aylanib qoladi. Trilbiga rahmim kelib ketdi. Odam o‘z irodasini yo‘qotib, birovning izmiga tushib qolishi qanday dahshat!

Shtirner qoshlarini chimirdi.

— Biz bir-birimizni sevamiz, naqadar baxtiyormiz. Mana shu, to‘g‘rida ham ko‘p o‘yladim.

— Sen baxtlimisan?

— Ha, baxtliman, — javob berdi Elza. — Qanday qo‘rqinchli va kuchli odam-a, bu Svengali degani!

Shtirner birdan xaxolab kulib yubordi.

— Nega kulyapsan?

— Shundoq, o‘zim. Bir narsa esimga tushib ketdi… Svengali — jo‘jaxo‘roz. — Shtirner yana Elzaga qattiq tikildi. — Qo‘y o‘sha Svengalingni! Xo‘sh, qanaqa kitob o‘qiding?

— X,yech qanaqa kitob o‘qiganim yo‘q.

— Qandaydir romanni o‘qidim, deganday bo‘lding shekilli?

— X,yech qanday roman o‘qiganim yo‘q.

— Muzika chaldingmi?

— Muzika ham chlganim yo‘q.

— Yur, biror narsa chalib ber. Anchadan beri kuy tinglaganim yo‘q…

Ular zalga kirishdi. Elza royal yoniga o‘tirib, Grigning «Bahor» kuyini chala boshladi. Chalaturib, sekin so‘z qotdi:

— Bu kuy menga Mentonani eslatadi. Osuda oqshomlar… Dengiz ortidan ko‘tarilgan oy… Gullarning muattar bo‘ylari… Qanday baxtiyor edik-a, o‘sha dastlabki kunlari!

— Nahotki hozir baxtiyor bo‘lmasang!

— Harholda… seni juda kam ko‘raman. Sen asabiy bo‘lib qolding, qattiq charchagansan. Ba’zan o‘ylab qolaman: shuncha boylik kimga ham kerak? Odam baxtiyor bo‘lishi uchun ko‘p narsa kerak emas-ku? Qani endi o‘sha yoqqa, moviy dengiz tomonga ketsak, oftob va gullar og‘ushida muhabbat sururidan mast bo‘lib rohat qilib yursak…

Shtirner yana birdan qah-qah otib kulib yubordi.

— Tomorqa qilsak, echki boqsak. Men cho‘pon, sen uning suluv qaylig‘i bo‘lsang. Pol bilan Virginiya… Bo‘yniga havorang bog‘ichli kumush qo‘ng‘iroq osilgan suyukli oq uloqcha… Ariq bo‘ylaridan terilgan turfarang dala gullari. Oh-oh, qanday rohat!.. Sen haliyam xayol olamida yashayapsan, Elza! Lyudvig Shtirnerni oldiga bir gala echkini solib haydab yurgan beozor podachi qiyofasida bir tasavvur qilib ko‘rgin-a? Xa-xa-xa! Ehtimol sen haqdirsan, Elza! Ikki oyoqlilardan ko‘ra to‘rt oyoqli jonivorlar bilan muomala qilish ming marta oson. Mentonani unut, Elza! Hamma narsani unutib, faqat olg‘a intilish, burgutlar parvoz etadigan yuksak cho‘qqilarni ko‘zlash kerak, undan ham balandga, bulutlar ustiga chiqib o‘sha muqaddas olovni o‘g‘irlash yoki bo‘lmasa… tubsiz jarlikka qulab, chilparchin bo‘lish kerak! Qo‘y, shu uchmal kuyni chalma. Sho‘xroq biror narsa chalib ber. Shopenning haroratli «Polonez» larini chal, Listdan chal, shundoq chalginki, klavishlar qarsillab, torlar uzilib ketsin!

Elza uning amriga bo‘ysunib, Raxmaninovning ulug‘vor «Polishinel» kuyini chala ketdi. Go‘yo Shtirnyorning qalbidagi g‘alayon endi Elzaning diliga ko‘chgan edi.

Shtirner barmoqlarini qayirib, zalda u yoqdan-bu yoqqa yurardi.

— Mana shunday! Xuddi shunday! Ezish kerak! Yanchish kerak! Men shuni xohlayman! Dunyoda mey yagonaman, binobarin, dunyo meniki bo‘lishi kerak! Bu kuying ma’qul bo‘ldi… Yetadi, Elza… damingni ol!

Elza og‘ir tin olib, toliqqan qo‘llarini tushirdi. U asablari haddan tashqari taranglashganidan hushidan ketishiga sal qoldi.

Shtirner uni qo‘ltigidan oldi-da, qishki boqqa opchiqib o‘tqazib qo‘edi.

— Bir oz dam ol. Terlab ketibsan.

Shunday deb, u dastro‘moli bilan qizning peshonasini artdi, sochlarini tuzatib qo‘edi.

— Darvoqe, Emmadan xat-xabar bormi? Nimalar haqida yozyapti?

Elzaga bir oz jon kirdi.

— Ha, aytishni unutibman. Kyocha undan kattakon xat oldim.

— Sog‘ligi qalay emish?

— Ancha tuzukman, depti. Lekin vrachlar janubda yana ikki oy turishingiz kerak, deb tayinlashibdi. Bolaning sog‘ligi ham durust emish.

— Shuni aytish uchun uzundan-uzoq xat yozish kerak ekanmi.

— Eri haqida ko‘p gapiribdi. Zauyerning xarakteri o‘zgarib ketayotganidan xunob bo‘lib yozibdi. U kamgap, serzarda bo‘lib qolganmish. Ilgarigi mehribonchiligidan asar ham qolmabdi. Mendan ko‘ngli sovib boryapti, deb xavotirlanib yozibdi Emma.

Shtirner Elzaning bu gaplarini tashvish aralash sinchkovlik bilan tingladi. Aftidan, Elzaning o‘ziga nisbatan munosabatidan ko‘ra Zauyerning Emmaga bo‘lgan muhabbati uni ko‘proq qiziqtirardi. Shtirner o‘ylanib qoldi, so‘ng qovog‘ini solgancha o‘zicha pichirladi.

— Bo‘lishi mumkin emas! Nahotki men hisobda adashgan bo‘lsam? Masofa uzoq… Lekin bu xatolik-ku… Yo‘q! Bo‘lishi mumkin emas!.. Tekshirib ko‘rish kerak…

U shartta o‘rnidan turdi-da, Elzaga zarracha e’tibor ham bermay, hatto xayrlashmasdanoq qishki bog‘dan shoshib chiqib ketdi.

— Lyudvig, qayoqqa? Lyudvig! Lyudvig!

Katta zaldan uzoqlashib borayotgan qadam tovushlarigina eshitildi.

Elza boshini xam qilgancha akvarium ichida suzib yurgan jejji baliqchalarga xomush termildi. Ular havorang shisha ichida duxilarini beozor qimirlatib, og‘izlarini bir ochib, bir yumib shovqinsiz harakat qilishardi. Suv yuzasiga simobday yaltiroq mayda pufakchalar ko‘tarilardi.

— Yana yolg‘izlik!

VIII. VAHIMALI ZONA

Shtirnerga qilingan muvaffaqiyatsiz hujum tafsilotlarini bilish niyatida prokuror shaxsan Krans huzuriga — u o‘zinio‘zi «qamab qo‘ygan» kameraga bordy.

— Menga qarang, Krans, — deb gap boshladi prokuror, — siz hamisha hammaga o‘rnak ko‘rsataDigan xizmatchi, bo‘lgansiz. Ayting-chi, Shtirnernikida nima voqea ro‘y berdi, nima uchun siz o‘zingizni bu ahvolga solib, qamalib o‘tiribsiz?

Krans harbiychasiga qaddini g‘oz tutdi, unga har qancha o‘gitu pand-nasihat kor qiladigan emasdi.

— Jinoyatchiman, shuning uchun o‘tiribman-da. Lekin jinoyatim nimaligini aytib berolmayman. Ma’lumot berishdan bosh tortishga haqqim bor. Sudga berishingiz mumkin!

— Axir jinoyatingizni bilmasdan turib qanday qylib sudga beramiz?

— Mening nima ishim bor? Aniqlaxmaguninglarcha o‘tiraveraman. Krans «yo‘q» dedimi, demak, yo‘q. Gap tamom, vassalom. Lekin men mahbus sifatida turmarejimidan noroziman!

— Nima gap, Krans? — qiziqib qoldi prokuror.

— G‘irt bema’nilik! Tushlikka karam sho‘rva berishuvdi. Mundoq qoshiq solsam, ikki yuz grammcha go‘sht chiqdi, karam sho‘rvaning usti kil-kil yog‘. Agar turmada shunaqa ovqat beriladigan bo‘lsa hamma odam kallakesar bo‘lib ketmaydimi! O‘ta tartibsizlik bu! Janob prokuror, sizga qat’iyan arz qilaman: agar ovqatning sifatini pasaytirishmasa, men ochlik e’lon qilaman, bilib qo‘ying! Yo bo‘lmasa manavi misolni olib ko‘raylik: soqchilar kameraga idish kiritish o‘rniga mahbuslarni yo‘lakning narigi boshida joylashgan hojatxonaga kuzatib borishadi. Shu ham tartib bo‘ldimi? Ehtimol ular tuvak tashib yurishga erinishar, lekin men bundan foydalanib qochish payidan bo‘laman, keyin qochishga uringani uchun deb… haligiday… Turma ichidagi tartib-qoidalarga qat’iy rioya qilinishi uchun chora ko‘rilishini so‘rayman!

Prokuror hayratidan hangu mang bo‘lib qoldi.

To‘g‘ri, karam sho‘rvadan ikki yuz gramm go‘sht chiqqaniga va uning seryog‘ bo‘lganligiga u ajablanmadi. Chunki prokuror boshqa mahbuslar yuvindidan farq qilmaydigan ovqat yeyishlarini yaxshi bilardi. Lekin ovqatning sifatini pasaytirish haqidagi talab! Bunaqa talabni prokuror umri bino bo‘lib eshitmagandi.

«Bechora, — deb o‘ylardi u, — Shtirnerning oldiga bordi-yu, tamom aqldan ozdi-qoldi». Keyin iloji boricha yumshoqroq muoI mala qilishga urindi.

— O‘tinaman, Krans, eski ogayni sifatida bo‘lgan voqeani gapirib bering. Qancha yil birga ishlaganmiz, axir… Hech bo‘lmasa biron-bir ma’lumot bering!

— Ma’lumot bering deysizmi? Sizga-ya! Agar jinoyatchilarning o‘zlari hamma gapni gapirib beradigan bo‘lishsa bizga o‘xshagan izquvarlarning nima keragi bor? Siz bizni ishsiz qoldirmoqchimisiz? Yo‘-o‘q, men hamkasblarimga xiyonat qilmayman! Ular mening jinoyatimni fosh qilib, mukofot olishsin!

Prokuror Kransning kutilmagan bu mantig‘idan dovdirab qoldi, unga gap uqtirolmayotganidan xunobi oshdi.

Krans buni sezdi. Prokurorga rahmi kelganday bo‘ldi. Cho‘ntagini uzoq timirskilab, bir dona kumush chaqa chiqardi-da, xuddi gadoyga berganday prokurorga uzatdi.

— Sizga bundan ortiq narsa berolmayman!

Prokuror beixtiyor qo‘lini uzatib tangani oldi-yu, unga hay-ron bo‘lib tikilib qoldi.

— Ashyoviy dalillarga qo‘shib qo‘yasiz. Jinoyat yo‘li bilan topilgan pul…

Bu Shtirner Kransga «choy puli» qilasiz, deb bergan tanga edi.

Prokuror ashyoviy dalilni kaftida aylantirgancha indamay chiqib ketdy.

«Qanday ajoyib xodimdan mahrum bo‘ldik! — deb o‘ylardi u. — Hammasiga Shtirner aybdor. Nahotki uni bartaraf etolxmasak?»

Prokurorni sabrsizlik bilan kutib o‘tirgan komitet a’zolari undan Krans bilan bo‘lgan uchrashuv natijalarini so‘rashganda u faqat qo‘l siltadi-yu, o‘zini kresloga tashladi.

— Nima qilish kerak? Nahotki Shtirner chindan ham shunaqa qudratli bo‘lsa? — deb so‘radi ichki ishlar ministri.

Harbiy okrug boshlig‘i, «temir general» deb nom chiqazgan ingichka mo‘ylovli, qotma, lekin hali bardam chol shaxdam o‘rnidan turdi.

— Nima qilish kerak? — deb gap boshladi u o‘z yoshiga nisbatan nomunosib bir chinqiroq ovozda. — Nima qilish kerakligini men aytaman. Shtirnerga haqiqiy urush e’lon qilish kerak. Men qariyani kechirasiz-u, janob ministr, siz noharbiylarning asabingiz ancha bo‘shga o‘xshaydi. Jo‘natgan ikkita politsiyachingiz ishni rasvo qilib qaytganiga hatto porox hidini bilmaydigan allaqanday bir firibgarni «qudratli», «yengilmas» odam deb o‘tiribsizlar. Bilasizlarmi, nima qilish kerak?! — «temir general» endi go‘yo haqiqiy jang maydonida son-sanoqsiz lashkarga qo‘mondonlik qilayotganday bor ovozini qo‘yib qichqira boshladi. — Shaharda qamal holati e’lon qilish kerak. Elza Glyukning uyini qurshovga olib, keyin hujumga o‘tish lozim. Ha, albatta hujum qilish zarur! Har ehtimolga qarshi artilleriyani ham shay qilib qo‘ygan ma’qul. Mabodo piyodalar hujumi muvaffaqiyatsiz tugasa, — bunday bo‘lishi ehtimoldan uzoq, — binoni yakson qilish uchun artilleriya kerak bo‘ladi. Vahima qilib yurgandan ko‘ra mana shu ishni qilish kerak!

«Temir general» ning otashin nutqi o‘tirganlarni ancha dadillashtirib qo‘edi.

To‘g‘ri, generalning proyektiga nisbatan ba’zi bir e’tirozlar ham bo‘ldi, lekin bu e’tirozlar proyektni butunlay rad etolmasdi.

— Qo‘shni binolar shikastlanishi mumkin…

— Shtirner bilan birga turadiganlarning, masalan, xotinining nima aybi bor?

— Men aytdim-ku, ish bombardimon qilishgacha borib yetmas, — javob berdi general. — Mabodo shunday bo‘lganda ham hechqisi yo‘q: urush qurbonsiz bo‘lmaydi. Butun mamlakat yakson bo‘lganidan ko‘ra bir necha yuz kishining halok bo‘lgani ma’qul.

— Odamlarni ogohlantirib, ularni boshqa joyga ko‘chirish mumkin emasmi?

— Yo‘q, mumkin emas! Odamlarni ogohlantirish — dushmanni ham ogohlantirish degan so‘z. Bu ishni orqaga surib bo‘lmaydi. Agar sizlar rozi bo‘lsalaringiz, shu bugun kechasiyoq soldatlarimni o‘zim boshlab boraman. Ko‘ramiz, o‘sha botirning holi nima kecharkin!

— Faqat artilleriyani ishga solmaysiz! — dedi harbiy ministr.

— Nima uchun?

— Chunki to‘plar faqat Shtirnerning o‘zini emas, uning qurolini ham yakson qiladi. Bu qurol esa bizga ham kerak bo‘lishi mumkin.

Hammalari shunga rozi bo‘lishdi.

«Temir general» shahar chekkasida shtab majlisini chaqirib, o‘z planini bayon etdi:

— Oldimizda og‘ir vazifa turibdi. Hukumatning ko‘rsatmasi bilan imkoniyatlarimiz cheklangan — artilleriyani ishga solishga haqqimiz yo‘q. Shtirnerni tiriklayin qo‘lga tushirish haqida buyruq olganman. Agar buning iloji bo‘lmasa uni o‘ldirish, uyini esa ichidagi barcha jihozlari bilan bus-butun saqlab qolish kerak. Biz misli ko‘rilmagan dushman bilan ro‘baro‘ kelib turibmiz. Shahar markazida jang qilishimizga to‘g‘ri keladi. Shunga qaramay ko‘cha janglari taktikasini bu o‘rinda qo‘llab bo‘lmaydi. Dushmanni ko‘rmasak, uning zaif tomonlarini bilmasak, ko‘cha janglari haqida qanday gap bo‘lishi mumkin? Mabodo biz uyga bir amallab kirib olganimizda va o‘sha yerda Shtirnerga duch kelgan taqdirimizda ham buni endi… haligiday… «uy jangi» deyishimiz mumkin. Avvalambor, Shtirnerning qochib qolishiga mutlaqo yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. Qolaversa, bizga shunisi ma’lumki, Shtirner muayyan bir yo‘nalishga qaratilgan yoki aniq bir doirani qamrab oladigan nur bilan ish ko‘radi. Buning ustiga, aftidan, uning nurlari, — Shtirnerning qurolini shunday deb ataymiz, — hammaga bir xil ta’sir qilmaydi. Binobarin, biz o‘z kuchlarimizni jang bo‘ladigan butun rayonga tarqatishimiz va ayni paytda rezerv kuchlar saqlab turishimiz kerak bo‘ladi. Piyoda. qismlar jang maydoniga atrofdagi ko‘chalardan yopirilib kelishi lozim. Agar oldingi safdagilar qulasa yoki orqaga chekinguday bo‘lsa, orqadan kelayotganlar ularni to‘xtatibgina qolmay, balki oldinga qarab surishi zarur. Shtirnerning uyiga, menimcha, faqat ana shunday qilibgina yetib borish mumkin. Kim biladi, ehtixugol, shunday qilinganda piyodalar «o‘lik zona» ga, ya’ni o‘q1 tegmaydigan zonaga tushib qolishar, artilleriya jangida ko‘pincha shunday bo‘ladi. Oldingi otryad safida o‘zim ham jangga kiraman.

— Janobi oliylari, — dedi ad’yutant Korf, — bu juda ham ehtiyotsizlik bo‘ladi-ku.

— Janob polkovnik, — deb uning gapini qayirdi general, — jang maydonidagi o‘rnimni o‘zim belgilashimga ruxsat eting. Ta’kidlayman, faqat mana shu o‘rinda.

Generalning qo‘polligiga o‘rganib qolgan polkovnik indamadi-yu, lekin qip-qizarib ketdi.

— Buning xavfli ekanini o‘zim ham bilaman, — davom etdi general. — Lekin har qanday urush domino o‘yini emas, xavfxatardan iborat. Jangga rahbarlik qilish uchun men dushmanning qurolini bilishim kerak. Bu qurol chiniqqan soldatga ham, asablari bo‘sh, shalvaygan jangchiga ham bir xil ta’sir qiladimi, yo‘qmi — shuni o‘zimda sinab ko‘rishim lozim.

Oraga jimlik cho‘kdi. Shtab ofitserlari xo‘mraygancha miq etmay o‘tirishardi. Bu ogir sukunatni ad’yutant buzdi. Qaysar general bilan bahslashish befoydaligini u bilardi. O‘tmishdagi, oldida oq ot mingan lashkarboshisi bor qo‘shinlar jangini eslatuvchi bu hujum plani ad’yutantga mutlaqo yoqmagan edi. Lekin endi kech edi. Jang oqibatini kutishdan boshqa iloj qolmagandi.

Kechasi soat o‘n ikkida shaharning har tarafidan Bank ko‘chasi bilan Birja maydoni tomon to‘la-to‘kis qurollangan otryadlar oqib kela boshladi. Oldingi otryad safida tillarang arabi ot mingan «temir general» ning o‘zi ham bor edi.

— Bir kishiga qarshi, yana buning ustiga harbiy bo‘lmagan bir odamga qarshi butun bir armiya!.. Bu juda uyat, lekin iloj qancha, uyat bo‘lsa ham mamlakatni halokatdan qutqarib qolish kerak.

General Birja maydoniga tutashgan ko‘chani kesib o‘tdi. Elza Glyuk uyining bir tomoni mana shu maydonga, ikkinchi tomoni esa Bank ko‘chasiga qaragan edi.

— Ko‘ramiz endi dikonglaganini! — dedi general uzoqdan ko‘rinib turgan Elza Glyuk uyiga tikilib va otini tezlatdi.

Arabi tulpor uzun-uzun, chiroyli oyoqlarini o‘ynatib maydonga kirib bordi, lekin kutilmaganda ot o‘zidan-o‘zi pishqirib, quloqlarini chimirdi-da, a’zoyi badani titrab orqaga tisarila boshladi. General shoshib qoldi. Hatto to‘plar hayqirig‘idan cho‘chimaydigan Abrek nimadan bunchalik qo‘rqdiykin? General otning sag‘riniga shapatilab qo‘edi.

— Nima bo‘ldi senga, Abrek, nega jinnilik qilyapsan? — dedi u va otni yana oldinga surdi.

Bu gal Abrek maydonga qadam tashladi-yu, birdan oldingi oyoqlarini osmonga ko‘tarib, o‘zini orqaga otdi. Tulpor orqaga burilgan va uning keyingi oyoqlari ko‘chani maydondan ajratib turuvchi chiziq ustidan o‘tgan paytda general o‘zining ham badani jimirlab ketganini sezdi. Abrek esa bu paytda maydondan bir necha o‘n metr narida turardi.

— Nimalar bo‘lyapti o‘zi? — g‘o‘ldiradi general. Birdan uni eng xavfli daqiqalardagina junbishga keladigan qahr va g‘azab tuyg‘usi chulg‘ab oldi. General otni maydon tomonga buryb, ikkala oyog‘i bilan kuchining boricha uning biqiniga niqtadi. Bunday qattiq muomalag‘a o‘rg‘anmagan Abrek shahd bilan oldinga otildi. Tulpor maydonga o‘qday uchib kirdi-yu, qattiq pishqirib, o‘zini bir tomonga qarab otdi. Butun armiyada eng yaxshi chavandoz hisoblangan general ot ustidan koptokday uchib ketdi. Lekin, aftidan, u buni sezmadi ham. Uning ongi, asablari, butun a’zoyi badanini, xuddi o‘z tulporida bo‘lganiday, allaqanday bir g‘ayritabiiy dahshat chulg‘ab olgan edi. Bir oyog‘i uzangiga ilinib qolgani uchun Abrek uni ko‘chaga sudrab olib chiqdi, general ana o‘shandagina o‘ziga keldi. Piyodalar otryadi endigina shu yerga yetib kelgan edi.

«Ko‘rishdi!.. Qanday sharmandalik!..» — deb o‘yladi general. Urnidan turib u yoq-bu yog‘ini qoqdi, sir bermagan kishi bo‘lib chopib kelgan ad’yutantiga murojaat qildi:

— Hechqisi yo‘q… Tashvishlanmanglar! Abrek tushmagur bir narsadan hurkib shunaqa bir fokus ko‘rsatdiki, ustida shayton o‘tirgandayam qalpoqdek uchib ketgan bo‘lardi.

«Qo‘shinning jangovar kayfiyatini tushirmaslik» va hammasidan ham ofitser va soldatlar oldida sharmanda bo‘lmaslik uchun general hozirgina o‘zi boshidan kechirgan dahshatli vaziyat haqida gapirmadi.

— Hamma qismlar yetib kelganmi?

— Hammasi joy-joyida. Maydonga tutashgan ko‘chalar va hatto o‘tib bo‘ladigan hovlilargacha egallangan…

— Bank ko‘chasi-chi?

— Bu ko‘chaning boshi ham bekitilgan.

— Yaxshi! Signalni kutinglar!

Generalning buyrug‘iga ko‘ra havoga zangori mushak otilishi bilan qo‘shinlar Elza Glyuk uyi tomon siljiy boshladi.

Xuddi shu payt kutilmagan hodisa yuz berdi.

General o‘zining uzoq jangovar hayoti davomida bunaqa vahimani ko‘rmagan edi. U maydondan nariroqda, avtomobil ustida turib, ovozining boricha qichqirardi:

— Olg‘a! Olg‘a! Otib tashlayman!..

Ammo uning buyrug‘iga hech kim quloq solmasdi. Soldatlar g‘alati ahvolga tushib qolishgandi. Ular o‘lim talvasasida miltiqlarini tashlab, bir-birlarini bosib-yanchib u yoqdan-bu yoqqa yugurishardi. Maydonni dodu faryod tutib ketgandi. Oldingi qatordagilar o‘ziii orqaga tashlar, orqadagilar esa bularni oldinga qarab itarardi… General qochoqlarga yo‘l bermaslik haqida buyruq berdi. Ko‘chani to‘ldirib turgan saf-saf qo‘shinlar oldingi qatordagilarni maydonga qarab sura boshladi. Maydon bir jinnixonaga aylanib ketdi.

Shu payt yana allaqanday bir yangi to‘lqin paydo bo‘ldi-yu, endi maydon tashqarisida, ko‘chada turgan qo‘shinlarni ham talvasaga solib qo‘edi. Bu to‘lqin xuddi sovuq o‘lim nafasiday yelar va tartib bilan bir safda borayotgan soldatlar bir zumda ak,ldan ozib, hayvonga aylanardi-qolardi. Soldatlar bir-birlariga tashlanishar, yo‘laklar, darvozalar orqasiga yashirinishar, ichkaridan esa dahshatga, vasvasaga tushgan odamlar chopib chiqishardi.

Uylarning ichida ham ahvol shu edi. Odamlar karavot tagiga, shkaflarga yashirinishardi. Ba’zilar o‘zini derazadan tashlab, to‘ppa-to‘g‘ri soldatlarning boshiga tushar yoki miltiq nayzasiga sanchilib qolardi. Ayollar bolasini bag‘riga bosib, xuddi uyga o‘t ketganday, chinqirgancha xonama-xona yugurardi. Io‘lak va zinapoyalarda ham odam tiqilib ketgandi. Birovlar yuqoryga qarab talpinar, birovlar pastga chopib tushar, yiqilgan xotin-xalaj va bolalar oyoq ostida qolib ketardi. Dahshatli joyi shunda ediki, vahima sababini, kimdan saqlanish kerakligini hech kim bilmasdi, Ammo asta-sekin mana shu bosh-keti yo‘q olomon bir tomonga qarab harakat qila boshladi. Aftidan, hali to‘lqin zarbi yetib bormagan orqa safdagi soldatlar bu yoqdagi ahvolni ko‘ryb, orqalariga qarab qochishgan va boshqalar ham ularga ergashgan bo‘lsa kerak. Bu teskari harakat borgan sari kuchayib borardi. Go‘yo odamlar qutulish yo‘lini topganday bir tomonga qarab shunday shitob bilan chopishardiki, go‘yo ularni o‘lim ta’qib qilib kelayotganday tuyulardi kishiga.

Uchta ko‘chani chopib o‘tganidan keyin ad’yutant o‘zining qo‘rquv bilmas «temir general» ini ko‘rib qoldi. Boshida kaskasi yo‘q, mundiri yirtilgan, ko‘zlari ola-kula bo‘lib ketgan general yiqilib qolganlar ustidan sakrab o‘tar va boshqalarni ayovsiz urib-surib oldinga qarab intilardi.

«Vahimali zona» esa — bu hodisani keyinchalik shunday deb atashdi — tobora kengayib borardi. Hatto jamiyatni qutqarish komiteti kengash o‘tkazayotgan bino ham uning domiga tushib qoldi. Komitet a’zolari va butun hukumat qocha boshladi.

Faqat ertalabga yaqin vahima bosildi, ammo komitet shaharga qaytishga jur’at etolmadi.

Poytaxt qo‘ldan ketgan edi. Endi mamlakatni saqlab qolish muammosi turardi. Ammo bunga hech kimning ko‘zi yetmasdi. Komitet a’zolari bir-birlarini qidirib topgach, qo‘shni qishloqda harbiy kengash chaqirildi. «Temir general» mag‘lubiyatdan tamom esankirab qrlgan, ruhi butunlay tushib ketgan edi.

— Shaytonga hech qanaqa nayza bas kelolmaydi, — dedi u boshini xam qilib.

Shtirner g‘olib chiqdi. Endi u butun mamlakatga istaganicha xo‘jayinlik qilishi mumkin edi.

IX. «DO‘STONA YERDAM»

Chet davlatlar nemis hukumatining Shtirnerga qarshi kurashi nima bilan tugashini qiziqib kuzatib turishardi. Fransuz va ingliz bankirlari radio va telegraf orqali o‘zlarining xalqaro bozordagi raqobatchilari bo‘lmish yirik nemis bankirlarining halokatini eshitib, boshlari osmonga yetdi.

— Qoyil! Qoyil, Shtirner! — deyishardi chet el bankirlari va shosha-pisha bo‘lajak daromadni cho‘tga tashlashardi.

Ular Shtirnerni haddan tashqari omadi yurishgan odam deb hisoblashardi-yu, lekin u ham bir kunmas-bir kun xuddi Stinnes konserniga o‘xshab xonavayron bo‘ladi, deb o‘ylashardi. Ammo Shtirnerning qudrati hamma taxmin va umidlarni chilparchin qilib, kun sayin kuchayib borardi. Kapitalizm tarixi moliya olamining bu Napoleonnikiday martabasi tez ko‘tarilgan shaxsni bilmasdi. Uning tepasida «Austerlits oftobi» tobora yorqinroq charaqlar, boshiga «Vaterloo» qismati tushishidan darak beruvchi biron-bir alomat sezilmasdi.

Shtirner muvaffaqiyatlarining sababi boshqa narsada, uning qo‘lida odamlarni irodasiz qilib, oddiy bir qo‘girchoqqa aylantirib qo‘yadigan sirli qurol bor, degan mishmishlar keyingi paytlarda tez-tez eshitiladigan bo‘lib qoldi.

Qachonki, Shtirner hukumatga qarshi kurash yo‘liga o‘tgach, faqat chet el bankirlarigina emas, balki davlat arboblari ham bezovtalanib qolishdi.

«Temir general» ning mag‘lubiyati va hukumatning poytaxtni tashlab qochishi butun diplomatiya olamida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.

Bir kishi hammaga qarshi! Bir o‘zi davlatga qarshi! Tag‘in armiyasiz, to‘plarsiz, birorta ham o‘q uzmay g‘olib chiqsa-ya!..

Ortiq qo‘l qovushtirib o‘tirish mumkin emas edi. Chet davlatlar endi bu zo‘ravonga o‘z munosabatlarini bildirib qo‘yishlari kerak edi.

Fransiyada Shtirner tufayli ichki siyosat ham va hatto mustamlakachilik urushlari masalasi ham vaqtincha chetga surildi. Germaniyadagi voqealarga bag‘ishlanib, ministrlar soveti va deputatlar palatasining maxsus yopiq kengashlari chaqirildi. Bu yig‘ilishlar juda qizg‘in va munozarali o‘tdi.

Nihoyat, arzimagan miqdordagi ko‘pchilik ovoz bilan shunday qarorga kelindi: Germaniyaga yordam taklif qilish orqali Shtirnerga qarshi kurashda qatnashish zarur deb topilsin. Faqat Angliya tomonidan bo‘ladigan xavf bartaraf etilgan taqdirdagina aktiv harakatga o‘tilsin.

Angliya Shtirnerga qarshi kurashning borishini diqqat bilan kuzatib turgan bo‘lsa ham Yevropadagi voqealarga nisbatan xotirjam qarardi. Tez orada Angliyaning ministrlar kabineti bu masalada bir qarorga keldi.

— Germaniya Yevropa urushida ancha holdan toydi, agar u yana halokatga uchraydigan bo‘lsa, Yevropadagi mutanosiblik buziladi.

Shtirner, kabinetning fikricha, hozirgi vaqtda boshqa mamlakatlarga bevosita xavf solayotgani yo‘q, ehtimol, uning bunday niyati ham yo‘kdir. Agar Fransiyaning fikri boshqacha bo‘lsa, bu o‘zining ishi. Lekin Fransiyaning Germaniya ichki ishlariga bir tomonlama aralashuviga, garchi nemislar bunga rozi bo‘lgan taqdirda ham aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bundan tashqari, Shtirner zo‘ravonlik qilayotganiga qaramay, har holda ishbilarmon odamga o‘xShaydi. Uning bundan keyingi harakatlarini kuzatib turish kerak. Xulosa shuki, Fransiyaga yurish boshlashni to‘xtatib turishni taklif qilish lozim. Agar Shtirner boshqa mamlakatlarning ishiga aralasha boshlasa yoxud ularning manfaatiga daxl qilguday bo‘lsa, Fransiya bilan birgalikda harakat qilish kerak.

Fransiyaga aytilgan bu javob millat sha’ni uchun kurashuvchi militaristlarni qattiq gazablantirdi.

— Qachongacha, Angliyaning chizgan chizigidan chiqmasligimiz kerak? — deyishdi ular. — Loaqal Fransiya siyosatining mustaqilligini ko‘rsatib qo‘yish uchun ham darhol yurish boshlash kerak, — ularning talabi ana shunday edi.

Ammo darhol yurish boshlash taklifi diplomatik kaialda ba’zi bir to‘sqinliklarga uchradi. Fransiyaning «samimiy yordami» ancha qimmatga tushishidan xavotirlangan Germaniya hukumati uzatilgan yordam qo‘lini tutishga uncha shoshilmadi.

Bundan tashqari, nemis hukumati Shtirnerni o‘z kuchlari bian yakson qilish umididan hali voz kechmagan edi.

Shtirnerga qarshi jang muvaffaqiyatsiz tugagan bo‘lishiga qaramay, harbiylar va ministrlar orasida «temir general» ning obro‘si hali baland edi, u esa chet davlatlarning aralashuvini jinidan ham yomon ko‘rardi.

— Bizga bunaqa yordamning nima keragi bor? — dedi u, — faqat o‘zimizni yerga urgan bo‘lamiz, qarzga botamiz. Ana shu la’nati binoning kulini ko‘kka sovurish uchun uzoqqa otadigan to‘plarni ishga solishni harbiy kengashda taklif qilgan edim, ammo menga qarshi chiqishdi: minglab begunoh odamlar nobud bo‘lib ketishi mumkin, degan vajni aytishdi. Bunaqa bema’ni rahmdillikning nima keragi bor! Butun davlat yo‘q bo‘lib ketganidan ko‘ra, bir necha ming odamning bahridan o‘tganimiz yaxshi emasmi?!

— Gap faqat bunda emas, janob oliylari, — deb uning gapini bo‘ldi harbiy ministr, u «temir general» ning obro‘yiga ich-ichidan hasad qilib yurardi, — To‘plarni ishga solishdan bizni tiyib turgan narsa shuki, Gotlibning uyini to‘pga tutsak, 1Stirner bilan birga uning ixtirosini ham yakson qilgan bo‘lamiz. Bu ixtiro… uni yakson qilish katta yo‘qotish bo‘ladi! Shtirnerning qurolini qo‘lga tushirsak bormi! Uho‘! — Ministr ko‘zlarini yumib, boshini sarak-sarak qildi. — Fransiyaning adabini berib qo‘ygan bo‘lardik, barcha dushmanlarimizning burnini yerga ishqardik, biz…

— Dunyoga hokim bo‘lardik, shundaymi? — deya uning gapini bo‘ldi «temir general». — Bo‘pti, siz aytgancha bo‘la qolsin: Shtirnerni tiriklayin qo‘lga tushirish kerak. Men bir marta urinib ko‘rdim. Endi bu ishni boshqalar qilsin!

Uzoq muzokaralardan keyin Shtirnerni ogir to‘plardan o‘qqa tutishga qaror qilindi.

Uzoqqa otadigan bahaybat to‘p og‘zidan bo‘yi ikkita odam baravar keladigan snaryad gumburlab chiqib, poytaxt tomonga parvoz qilganida «temir general» quvonchini yashirolmadi. Uning uchun bu gulduros muzikadan ko‘ra ham xush yoqib ketdi.

— Uho‘! — dedi u xoxolab. — Ketdi! Qani, janob Shtirner, bu mehmonni ham yo‘lidan bir qaytarib ko‘ring-chi!

— Endi batareyalardan o‘t ochilsin! Tezroq, agar osmonga chiqib olishga ulgurmagan bo‘lsa, es-hushini yig‘masidan tezroq otib qolinglar!

Yoru ko‘k larzaga keldi. To‘plar gumburidan soldatlar oyoqda zo‘rg‘a turishardi. Faqat «temir general» gina, xuddi urush xudosiday, jilmayib turar, go‘yo bo‘yi yana ham cho‘zilib qolganday ko‘rinardi.

— O‘t ochilsin! — qichqirdi u. Ammo ovozi o‘tkir bo‘lishiga qaramasdan uni hech kim eshitmadi. To‘plar shovqinidan hammaning qulog‘i tom bitib qolgan edi.

General to‘plarga ishora qilib, qo‘l siltadi.

Soldatlar to‘pga navbatdagi o‘qni joylay boshladilar, ammo shu payt ular baravariga engashishdi-yu, turgan joylarida qotib qolishdi.

— Nima qilib turibsizlar? — qichqirdi «temir general». — O‘t ochinglar!

X,yech kim qimir etmadi.

«Temir general» bir soldatning yoniga chopib borib, yelkasiga turtgan edi, soldat hatto buni sezmadi ham.

General kuchanib so‘kinar va yer tepinardi. Uning miyasiga birdan Shtirner tirik va u o‘zining ko‘rinmas qurolini ishga soldi, degan o‘y urilib, a’zoyi badani muzlab ketdi.

To‘pchilar kutilmaganda yana tetiklashib, doirasimon maydonchada turgan to‘plarni birdaniga teskari tomonga bura boshladilar. Bu ishni ular hech qachon hozirgiday tez va aniq bajarishmagandi. Shoshib qolgan general es-hushini yig‘ib olmasidan birin-ketin o‘q uzildi. Snaryadlar tamom bo‘lmaguncha to‘plarning ham ovozi Tinmadi. Shunday qilib, qo‘shni shaharlar va qanchadan-qancha tinch aholi kunpayakun bo‘ldi.

«Temir general» endi qichqirmas, hayajonlanmasdi ham. Soldatlarning irodasini sindirgan ko‘rinmas kuch oldida o‘zining buyruqlari sariq chaqaga ham arzimasligini u tushungan edi. Falokatni his etish tuyg‘usi uni tamom ezib tashlagandi. O‘zi ham ana shu kuch domiga tushib qolganini sezib turardi. General cho‘kkalagancha miq etmay yerga tikilib o‘tirardi.

So‘nggi o‘q uzilib, atrofga sovuq jimlik cho‘kishi bilan general to‘pponchasini chiqazib chakkasiga tiradi. Shu payt kimdir to‘pponchani uning qo‘lidan urib yubordi.

— Uyat bo‘ladi, jaiobi oliylari! — dedi ad’yutant.

General go‘yo buni sezmadi ham. Boyagiday yerga tikilib o‘tiraverdi. Tevarak-atrofda sulayib qolgan soldatlar murdaday cho‘zilib yotishardi.

Kech kirdi. Pag‘a-paga bulutlar orasidan yangi oy mo‘raladi. Lekin odamlar oyni ham ko‘rishmas, sal naridagi o‘rmonda sayrayotgan qushlar ovozini ham eshitmas edi. Hamma chala o‘lik edi.

Faqat ad’yutantgina hali o‘zini bardam sezardi. U hatto dala radiostansiyasi orqali jang natijasini hukumatga xabar qilishga o‘zida kuch topa bildi. Lekin aslida bunga zarurat ham yo‘q edi: snaryadlar vayron qilgan shahar va qishloQlarning o‘zi falokatdan allaqachon darak berib bo‘lgan edi.

— Qanday bema’nilik… — deb pichirladi ad’yutant va generalning yoniga, poxod stuliga o‘tirib, osmonga tikilganicha papiros tutata boshladi.

Uning nigohi birdan ufqda, bulutlar orasida bir ko‘rinibbir ko‘rinmay suzib kelayotgan nuqtaga tushdi. Ad’yutantning tajribali ko‘zi bu narsaning aeroplan ekanini darrov aniqladi. U, aftidan, to‘ppa-to‘g‘ri Berlinni mo‘ljalga olgan edi. Uning ortidan, ikkinchi, uchinchi aeroplan, xullas, butun bir eskadrilya uchib kelardi.

«Kimning aeroplanlari bu? — deb o‘yladi ad’yutant. — Biz o‘z uchuvchilarimizga buyruq bermagan edik-ku. Balki jangning natijasini eshitib, harbiy ministrning o‘zi ko‘rsatma bergandir?… Shuncha gapni bilib turib, odamlarni naq ajalning ogziga jo‘natish g‘irt nodonlik-ku…» — shunday xayollar bilan ad’yutant o‘rnidan turib borib, astagina generalning yelkasiga turtdi — Janob oliylari!

— Ha, ha… Hammasi tamom bo‘ldi! Nega to‘pponchamni olib qo‘ydingiz, Korf? — dedi general. — Bu yoqqa bering. Men bari bir bu sharmandalikka chidayolmayman.

— Janob oliylari, Berlinga aeroplanlar eskadrilyasi uchib ketyapti.

— Bo‘lmagan gap… Sizga shunday tuyulgan.

— Ana, ko‘ring!

Aeroplanlarning shoqini endi baralla eshitila boshlagan edi.

General erinibgina osmonga qaradi.

— La’nati! Ha, rost! Shunisi yetmay turuvdi o‘zi! Radio orqali so‘rang-chi, kimning aeroplanlari ekan?

Ad’yutant radiogramma jo‘natgan edi, birorta aeroplan ha javob bermadi.

Generalning xunobi oshib, so‘kina boshladi: endi unga jon kirib qolgan edi.

«Xayriyat, o‘ziga kep qoldi!» — deya ko‘nglidan o‘tkazdi ad’yu tant kulimsirab.

General xuddi birov ustidan bir paqir sovuq suv quyi yuborganday sapchib o‘rnidan turdi.

— Sizning ko‘zingiz o‘tkirroq. Korf, kimning aeroplanlari bu, ko‘rmayapsizmi?

Aeroplanlar ancha yaqin kelib qolgan, lekin juda balandda uchardi, buning ustiga bulutlar quyuqlashib, xiyla qorong‘i tushib qolgan edi. Momaqaldiroq gumburlab, shamol zo‘raydi. Aeroplanlar chayqala boshladi, lekin, aftidan, ularni tajribali uchuvchilar boshqarayotgan bo‘lsa kerak, o‘z yo‘lida uchishda davom etaverdi…

— Ko‘rib bo‘lmayapti…

— Projektor yoqinglar.

Sal o‘tmay, o‘tkir nur, aeroplanlarni yoritdi. General bilan ad’yutant durbinni ko‘zlariga tutishdi.

— Ye menga shunday tuyulyapti, — dedi general, — yo bo‘lmasa…

— Tuyulayotgani yo‘q. Aniq ko‘rib turibman… Amerika aeroplanlari.

— Nimalar bo‘lyapti o‘zi?! — General gurs etib stulga o‘tirdi-yu, durbinini tizzasiga qo‘ygancha uzoqlashib borayotgan aeroplanlar ortidan tikilib qoldi.

— Buni qanday tushunish kerak? — so‘radi u ad’yutantdan.

Hamon ko‘zidan durbinni olmagan Korf yelkasini qisdi.

— Aftidan, Berlinga qarab ketishyapti… Demak, Amerika…

— Nega? Nima uchun?

— Shamol ularni bir oz chetga surib ketyapti shekilli.

Shimoliy Amerika Qo‘shma Shtatlarining Shtirnerga qarshi kurashga aralashuvi faqat «temir general» uchungina emas, balki butun Yevropa uchun ham kutilmagan ish edi.

Yevropa davlatlari o‘rtasida diplomatik muzokaralar ketayotgan bir paytda voqealarning borishini sezgirlik bilan kuzatib turgan Vashington tezgina bir qarorga keldi.

Amerika bu kurashdan chetda turolmas edi. Qolaversa, Shtirner yetkazgan talafot Yevropadagi qarzdor davlatlardan birining to‘lov qobilyyatini pasaytirib yuborgan edi. Mabodo, Germaniya hukumati Shtirnerni bartaraf etib, uning kurash vositasini qo‘lga tushirsa qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini Vashington nemislarning harbiy ministridan ko‘ra oldinroq hisobga olib qo‘ygan edi. Amerika bu yangi, qudratli qurolning ahamiyatini hammadan oldin fahmladi. Biroq bu qurolni uning o‘zi qo‘lga tushirishi amrimahol edi. Modomiki, shunday ekan, mazkur qurolning siri boshqalarning ham qo‘liga tushmasligi uchun uni Shtirner bilan birga yo‘q qylib yuborish zarur edi. Bu ish qancha tez bitsa, shuncha yaxshi. Lekin buni qanday amalga oshirish mumkin? Amerika texnikasi aeroplanlarni radio orqali boshqarish usulini ma’lum darajada egallab olgan edi. Bunday aeroplanlar belgilangan yo‘nalish bo‘yicha uzoq masofaga uchuvchilarsiz ucha olar va katta kuchga ega bo‘lgan snaryadlarni ma’lum nuqtaga avtomatik ravishda tashlay olardi. Bitta kamchiligi shunda ediki, uchib borayotgan aeroplanlardan bosib o‘tilgan yo‘lning suratini yuborib turuvchi mexanizm hali yaratilmagan edi. Agar ana shunday mexanizm bo‘lganida, parvozni hammavaqt kuzatib borish va zarur bo‘lib qolgan taqdirda yo‘nalishni o‘zgartirish mumkin edi. Lekin mexanizm ustidagi ish oxiriga yetgunga qadar hujumni to‘xtatib turish xavfli, deb topildi. Aeroplan mexanizmlarvdning aniq ishlashi hamda puxta tuzib chiqilgan harbiy-geografik xaritalar hujumning muvaffaqiyatli tugashini ta’minlaydiganday tuyulardi… Amerika, shuningdek, Shtirnerga qarshi faqat olisdan turib, odamlarsiz ishlaydigan mexanizmlar orqaligina kurashish mumkinligini ham oldinroq tushungan edi. To‘gri, Atlantika okeani va Fransiyaning garbiy sohillaridan boshlab butun Yevropa bo‘ylab bosib o‘tiladigan yo‘l ancha olis edi. Bunday uzoq masofa oralig‘ida havo oqimi aeroplanlarning yo‘nalishini o‘zgartirib yuborishi mumkin edi. Binobarin, ularni hech bo‘lmaganda Fransiya territoriyasidan uchirish lozim edi, buning uchun esa Fransiyaning, ayni paytda, Berlinga kirish uchun Germaniyaning ham roziligini olish kerak edi. Amerika diplomatiyasi uchun har ikkala davlatdan ham kerakli javobni olish unchalik qiyin emasdi.

Amerika hukumati ana shu masala bo‘yicha Fransiya bilan Germaniyaga juda nazokat bilan yozilgan nota yubordi. Ayni vaqtda ko‘pdan beri cho‘zilib kelayotgan davlat qarzlarini darhol to‘lash haqida qisqa, ammo qat’iy talabnomalar ham jo‘natildi.

Javob uzoqqa cho‘zilmadi. Fransiya ham, Germaniya ham Amerikaning taklifiga rozilik bildirib, xuddi o‘shanday chiroyli javob notalari yo‘lladilar, ayni vaktda tiz cho‘kkuday bo‘lib qarzni to‘lash muddatini uzaytirishni iltimos qildilar.

Amerika to‘lov muddatini uzaytirishga jon deb rozi bo‘ldi-yu, darhol o‘z aeroplanlarini jo‘natdi. U hatto Germaniyadan javob kelishini ham kutib o‘tirmadi, chunki ijobiy javob bo‘lishiga ishonchi komil edi. Darhaqiqat, ministr javobga imzo chekayotgan paytda Amerika aeroplanlari, — «temir general» bilan uning ad’yutanti ko‘rgan o‘sha aeroplanlar, — allaqachon Germaniya ustidan uchib o‘tayotgan edi.

Ammo Amerika hisob-kitobda yanglishgan edi. Shamol aeroplanlarni chetga surib ketdi. Faqat ulardan bittasigina poytaxtga bomba tashlashga muvaffaq bo‘lgan edi, bomba qirol saroyiga tushib, saroyning kulini ko‘kka sovurdi. Boshqa aeroplanlar esa o‘z «yuk» larini shahar atrofiga tashlab, ancha-muncha joyni vayron qilishdi.

Bu muvaffaqiyatsizlikdan amerikaliklar xijolat bo‘lishmadi, aksincha, yana yangi eskadrilya jo‘natishdi. Ammo havo ekspeditsiyasining xunuk oqibatlarini ko‘rgan nemislar avvaliga bunday xonavayron qiluvchi yordamdan xalos qilishni so‘rab yalinibyolvorishdi, axiri bo‘lmagach, qat’iy norozilik bildirishdi. Agar harbiy harakatlar teatridagi vaziyat o‘zgarmaganda Amerika bu norozilikka e’tibor ham bermagan bo‘lardi.

O‘zining sirli qurolini, aftidan, yana ham takomillashtirib olgan Shtirner birdan fikr uzatuvchi shunday bir nur tarqatdiki, bu nur faqat Germaniyagina emas, balki butun Fransiyani ham to okeanga qadar qamrab oldi.

Bu nur ta’siriga tushib qolgan har bir odam Shtirnerning nima haqda o‘ylayotganini bilib turardi.

«Menga qarshi jahon urushi ochmoqchimisizlar? Marhamat, men tayyorman! Sizlarning qurolingiz menikining oldida o‘yinchoqday gap. Shuning uchun kurashni to‘xtataylik. Shunchalik aqldan ozgan ekansizlar, bundan ham battar ahvolga solib qo‘yaman. Oxirgi marta ogohlantiryapman!»

Shtirner nur burchagini bir oz o‘zgartirib, yana boshqa nur tarqatdi. Germaniya bilan Fransiyada bu nur ta’siriga tushib qolganlar rostdan ham aqldan ozishdi. Hatto Fransiya qirg‘oqlarida suzib yurgan paroxod ekipaji bilan yo‘lovchilar ham bundan chetda qolishmadi. Odamlar talvasaga tushib, o‘zlarini suvga otdilar, go‘laxlar qozonlarni portlatib yuborishdi, paroxod suvga g‘arq bo‘ldi. Kasalxonalar jinnilar bilan to‘lib-toshib ketdi. Ular ko‘chalarda ham sang‘ib yurishar, yo‘lovchilarga talanishar, hamma joyda qo‘rquv solishardi. Haddan tashqari quturib ketgan bir necha kishini otib tashlashga to‘g‘ri keldi.

Butun Yevropa vahimaga tushib qoldi. Vashingtondagilarning ham kayfiyati yaxshi emas edi. Shtirner tarqatgan nur ta’siriga tushib qolgani uchun Fransiyadan qaytarib olib kelingan bir nechta amerikalik injenerlar — ekspeditsiya qatnashchilari, ayniqsa, hammaning o‘takasini yorib yubordi. Amerika bunday zarbaga birinchi marta duch kelgan edi. Bu uning milliy g‘ururiga tegdi. Chunki bu zarba qudratli davlatga bir kishi tomonidan, yana buning ustiga yevropalik tomonidan berilgan zarba edi.

Vaqtincha harbiy harakatlarni to‘xtatib turishga to‘gri keldi. Shtirner ham bundan foydalanib, bir oz nafasini rostlab oldi.

X. MUNOSIB QUROL IZLAB

Zauyerlar O‘rta Yer dengizi sohillarida, Mentonadan uncha uzoq bo‘lmagan Ospidaletti degan joyda istiqomat qilishardi.

Emmaning Elzaga yozgan xatida eridan shikoyat qilganicha bor edi. Bu yerga yangi kelgan kunlari Otto Zauyer bemor xotiniga nisbatan nihoyatda jonkuyar va g‘amxo‘r edi. Uni keng va bahavo ayvonga qo‘llarida ko‘tarib olib chiqar, avaylabgina kresloga o‘tqazib qo‘yar, so‘ng o‘g‘li yotgan aravachani opchiqishga shoshilardi. Ular kun bo‘yi moviy dengizdan bahra olib, u yoqdan-bu yoqqa o‘tib turgan paroxodlarni, rang-barang qayiqlarni, sohil bo‘ylab uchib yurgan gidroplanlarni tomosha qilib o‘tirishardi. Ular deyarli bir-birlari bilan gaplashishmasdi, lekin bu sukut baxtiyor kishilarning nash’ali sukuti edi. Ba’zan Emma muloyim jilmayib, Zauyerga qo‘lini uzatar, u esa xotinining qo‘lini kaftlari orasiga olib, uzoq vaqt ushlab turar edi.

Janub quyoshi Emmaning sog‘ligiga yaxshi ta’sir qildi. Tez kunda ikki yuzi qizarib, kuchiga kuch qo‘shildi, oradan uch haftalar o‘tgach, butunlay oyoqqa turib ketdi.

Ammo bu quvonch uzoqqa cho‘zilmadi. Zauyer kun o‘tgan sayin xotiniga qo‘pol muomala qiladigan bo‘lib qoldi. Endi Emma ertalab ko‘zini ochganida har doim karavoti yonidagi stolchada shabnam tomchilari yiltirab turguvchi chiroyli guldastani ko‘rmasdi. Zauyer ayvonda u bilan endi kamdan-kam o‘tirardi. Ilsarigi nash’ali sukut endi yurakni siqadigan, sovuq bir sukunatga aylangan edi.

— Ketyapsanmi? — deb so‘radi Emma g‘amgin bir ohangda, erining o‘rnidan turganini ko‘rib.

— Kun bo‘yi qo‘l qovushtirib yoningda o‘tirishim kerakmi? — derdi Zauyer qo‘rslik bilan va o‘z xonasiga kirib ketar yoki bo‘lmasa ko‘chaga chiqib ketardi.

Bir kuni Emma erining xonasiga qo‘qqisdan kirib qolib, g‘alati manzaraga duch keldi.

Zauyer g‘aladony ochiq yozuv stoli ortida o‘tirar, qo‘lidagi, Elzaning suratiga darDli bir nigoh bilan tikilib turardi.

Emmaning yuragiga igna sanchilganday bo‘ldi. U orqasi bilan yurib sezdirmay chiqib ketmoqchi edi, biroq Zauyer ro‘parasida turgan kattakon oynada uning aksini ko‘rib qoldi. Ularning ko‘zlari to‘qnashdi, Emma battar o‘ng‘aysizlandi. Zauyerning qovog‘i uyilib, yuzidan qoni qochdi. U suratni g‘aladonga tashladi-yu, taraqlatib yopdi, orqasiga ham o‘girilmay, xotinining oynadagi aksiga qarab turib so‘z qotdi:

— Nima qiliq bu? Odam ishlab o‘tirgan paytda… bostirib kirasan!

— Kechir, Otto, bilmapman…

Shunday deb, u indamay chiqib ketdi.

Emmaning qalbi yaralangan edi.

U o‘z xonasiga kirdi-yu, o‘g‘lining tepasiga engashib, yum-yum yig‘ladi.

— Bechoraginam, ushoqqinam! — Emma bolasining boshidan avaylabgina o‘pgan edi, ko‘z yoshlari uning sochlariga sirg‘alib tushdi.

Tun bo‘yi u mijja qoqmadi.

— Nega sovib qoldi desam, gap bu yokda ekan-da! — deb o‘ylardi Emma iztirob bilan. — U boshqa ayolni sevadi. Bu — Elza! Shunday bo‘lishi ham tabiiy. Axir ular bir-birlarini sevishardi-ku. Nega shuni unutdim-a! Nega Zauyerga turmushga chiqishga rozi bo‘ldim? Agar Zauyer Elzani sevsa, nega menga uylandi? Lekin u meni yaxshi ko‘rardi, yuragim meni aldamaydi. Elza-chi?

Xullas bu kechinmalar Emma uchun juda og‘ir edi. Noxush o‘y-xayollar, oxiri ko‘rinmaydigan muammo savollar uning ustiga ko‘chkiday yopirilib kelar va baxtiga chang solayotganday bo‘lardi.

— Eh, Otto, Otto! — deya shivirlardi u va yana yig‘iga tushardi.

Kurashsinmi? Lekin u kurashga yaratilmagandi.

Ertalab Elzaga xat yozishga qaror qildi. Bu Elzadan ko‘ra ham ko‘proq Shtirnerni hayajonga solgan o‘sha uzun xat edi.

Ayollik tuyg‘usi Emmaga maktubni yozishning birdan-bir to‘g‘ri yo‘lini ko‘rsatib berdi: u o‘z xatida surat bilan bog‘liq voqea to‘g‘risida bir og‘iz ham gapirmadi. Faqat Elzaning dugonasi sifatida o‘z dardlari bilan o‘rtoqlashdi, xolos.

Emma o‘zi bilmay bu xati bilan raqibiga tuzoq qo‘ygan edi, agar Elza hali ham Zauyerni yaxshi ko‘rsa, tilidan ilinib qoladi-ku, deb umid qilgandi.

Emma javob xatini sabrsizlik bilan kutdi, mana nihoyat, Elzadan maktub keyadi.

U konvertni titroq qo‘l bilan ochdi, yuragini hovuchlab sarlarga ko‘z yugurtirdi.

Xatni o‘qib chiqdi-yu, yelkasidagi tog‘ ag‘darilganday bo‘ldi.

— Yo‘q, Elza yolg‘on gapirmaydi!

Elza Emmaga tasalli berib, Ottoning yana unga mehri oshib ketishi muqarrarligini aytgandi. Uni xotirjam qilgan narsa yana shu bo‘ldiki, Elza ko‘proq o‘zi haqida, Shtirnerga bo‘lgan muhabbati, o‘zining baxtiyorligi va tashvishlari haqida yozgandi. Shtirnerning ozib-sarg‘ayib ketgani, uning qattiq charchab, asabiy bo‘lib qolganidan astoydil kuyunayotgani ham maktubdan shundoq sezilib turardi. Emma ancha yengil tortdi. Xatning oxiri hatto uning kulgisini qistatdi.

«Shtirnerni hozir ko‘rsang tanimaysan. Soqol qo‘yib yuborgan. Xuddi darvishga o‘xshab qolgan…» — deb yozgan edi Elza.

— Tasavvur qilaman! Ko‘rgan odamning yuragi yorilib o‘lsa kerak!

Emmaning kayfi chog‘ bo‘ldi.

Ammo ko‘p o‘tmay Zauyer yana uning shirin umidlarini chilparchin qildi.

Surat voqeasidan keyin Zauyer Emmaga yana ham qo‘polroq muomala qila boshladi.

Endi ayvonda Emma o‘tirgan paytda u faqat o‘g‘lini ko‘rgani chiqardi. Emmaga zarracha ham e’tibor bermay, aravachaning yoniga cho‘kkalagancha bolani erkalatish bilan ovora bo‘lardi.

Emma erini entikib kuzatib turar, nigohlari to‘qnashganda ham Otto o‘zini sezmaganlikka olardi. Ba’zan esa Emma gap ham tashlab ko‘rardi.

— Elza xatida yozibdiki, Shtirner judayam badbashara bo‘lib ketganmish, qattiq toliqqanmish…

— O‘sha hayvon tezroq o‘lsa hamma tinchirdi, — dedi Zauyer g‘ijinib.

Zauyerning Shtirnerga munosabati bunchalik o‘zgarib ketganidan Emma hayron qoldi. Endi u Shtirnerning nomini eshitishni ham xohlamasdi. Ammo Emma buning sababini so‘rashga jur’at qilolmadi. Ular miq etmay o‘tirishaverdi., Bir kuni Emmaga Zauyerning kayfiyati durustday bo‘lib tuyuldi. Harholda ilgarigidan ko‘ra xotirjamroq edi. Dengiz ustida bir to‘da aeroplanlar ko‘rindi.

— Otto, nima uchun aeroplanlar qulab ketmaydi? — deb so‘rab qoldi Emma.

— Bunchalik ahmoq bo‘lmasang, Emma! — dedi Zauyer. — Shu paytgacha sezmaganimni qara-ya!

Emmaning dami ichiga tushib ketdi.

— Mayli, unday bo‘lsa, javobimni bera qol, — dedi u ovozi titrab. — Kichkina Ottoni olib, qaytib ketaman…

— Marhamat! To‘rt tomoning qibla. Lekin o‘g‘limni senga berib bo‘pman! — Zauyer shunday dedi-yu, bolaking ko‘rpachasini to‘g‘rilab qo‘yib, chiqib ketdi.

Emma ko‘z yoshlarini tiyolmay, bolaning yoniga keldi-da, ustiga engashdi.

— Nahotky sendan ham ayrilib qolsam?

Bog‘dagi yo‘lkada qumning g‘ichirlagani eshitildi.

— Janob Zauyerni ko‘rsam bo‘ladimi?

Emma shosha-pisha ko‘z yoshlarini artib, o‘girilib qaradi. Uning qarshisida yengil oq kostyum kiygan, mallasoch, yuzlari sepkildor yoshgina bir yigit turardi.

«Qayerda ko‘rganman?» — deb ko‘nglidan o‘tkazdi Emma.

— Tanimadingiz-a? Siz bilan ko‘rishganmiz shekilli.

— E-ha, esim qursin, janob Gotlibsiz-da!

— Rudolf Gotlib, topdingiz.

Gap-so‘zni eshitib, Zauyer chiqib keldi. Gotlib unga ta’zim qildi.

— Janob Zauyer, siz bilan muhim bir ish yuzasidan gaplashmoqchi edim.

Ular kabinetga kirishdi.

— Keyingi paytdagi voqealarni, — deb gap boshladi Gotlib, — gazetalardan o‘qigan bo‘lsangiz kerak.

— Men gazeta o‘qimayman.

Gotlib hayron bo‘lib qoshlarini chimirdi.

— Lekin bu haqda hamma yerda shov-shuv gap!

Zauyer sal xijolat tortdi. Rivyeraga kelganidan beri rostdan ham gazeta varaqlamagan, hatto dunyoda gazeta degan narsa borligini ham unutib yuborgan edi. Nima uchun? Buni o‘zi ham bilmasdi. Gotlibning savolidan keyingina bu haqda o‘ylanib qoldi.

— Dam olmoqchi edim, — dedi Zauyer noqulay ahvoldan qutulish uchun, — gazetalarda esa nuqul oldi-qochdi narsalarni, siyosiy mojarolarni yozishadi…

— Unday bo‘lsa men sizga gap nimadaligini tushuntirishim kerak ekan. Gap siyosiy mojarolar ustida emas, balki butun mamlakat, ehtimol, butun dunyoni tahlikaga solib turgan xavfxatar ustida ketyapti.

Gotlib Zauyerga qutqarish komiteti bilan Shtirner o‘rtasida bo‘lgan g‘alati urush va «temir general» ning sharmandali mag‘lubiyati haqida gapirib berdi.

Zauyer uning hikoyasini hayajon bilan tinglar, orasida Shtirnerni haqorat qilib, so‘kinib qo‘yar edi.

Uning luqmalari Gotlibga moyday yoqardi.

— Men judayam xursandman, — dedi Gotlib hikoyasini tugatib, — sizning ham menga o‘xshab Shtirnerga unchalik toqatingiz yo‘q ekan. Har birimizning ham bunga haqqimiz bor. Lekin siz u bilan birga ishlagansiz, uning o‘ng qo‘li bo‘lgansiz, shuning uchun ham men, rostini aytsam, haliyam uning tarafidamikinsiz, deb qo‘rquvdim. U holda mening bu yerga kelishimdan naf bo‘lmasdi… Meni komitet yubordi, — aslida bu g‘oya o‘zimdan chiqqan, xullas, mening vakolatim bor… Nazarimda, Shtirnerning odamlarga ta’sir o‘tkazadigan qurolining sirini faqat siz bilasiz. Ko‘pchilik olimlar, Shtirner fikrni uzoq masofaga uzatadigan maxfiy qurolga ega, degan taxminlarni aytishyapti. Lekin hech kshya bu qurolning sirini topolmayapti. Agar istasangiz… bizga katta yordam bergan bo‘lardingiz… tabiiyki, mukofot ham…

Zauyer o‘rnidan turib, xonada u yoqdan-bu yoqqa tez-tez yura boshladi. /

— Mukofot deysizmi? O‘sha yovuz Shtirnerni qulatsam — men uchun eng katta mukofot o‘sha bo‘ladi!

Birdan Zauyer Elzani o‘ylab ketdi.

Yevuz sehrgar qo‘liga tushib qolgan malika haqidagi ertak yodiga keldi. Sehrgar, bu — Shtirner. Uning o‘zi, Zauyer esa malikani jodudan xalos etishi lozim bo‘lgan botir yigit. Qutqarish kerak! Lekin qanday qilib?

— Agar aniq bir narsani bilganimda jon deb yordam bergan bo‘lardim, janob Gotlib. Faqat taxminlarim bor, xolos. Bilishimcha, Shtirner marhum amakingiz qo‘liga xizmatga o‘tgunga qadar inson miyasi va fikrni olis masofaga uzatish muammosi bo‘yicha ilmiy faoliyat bilan shug‘ullangan. Hayvonlar ustida tajribalar o‘tkazgan, hatto o‘sha hayvonlar ko‘rsatgan mo‘’jizalarni o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman. Menimcha, — Zauyer ikkilanib bir oz jim turdi, — menimcha, amakingiz Karl Gotlib ham o‘z ajali bilan o‘lgan emas… Poyezd yaqinlashib qolgan paytda o‘zini qariyaning oyoqlari ostiga tashlagan o‘sha it ham, — garchi u yerda Shtirner bo‘lmagan bo‘lsa ham, — o‘shaning xohishi bilan shu ishni qilgan.

Rudolf Gotlib hushyor tortib, oldinga engashdi. U hayajondan entikib nafas olardi.

— Uzimam doim o‘ylardim-a, meros janjalida bir jinoyat yashiringan deb! — deya xitob qildi, u. — Nima uchun sud protsessida mana shu shubhalaringizni aytmadingiz? Bundan tashqari, siz sudda Elza Glyukning manfaatlarini himoya qilgansiz.

Zauyer yelkasini qisdi.

— Ehtimol, Shtirner atrofidagi boshqa kishilar kabi men ham o‘sha yaramas odamning ta’sirida bo‘lsam kerak. Men olim omasman, shuning uchun Shtirner qanday yo‘l bilan odamlarga o‘z hukmini o‘tkazishini aytib berolmayman. Lekin, menimcha, uning ta’sir doirasi cheklangan bo‘lishi kerak. Chunki bu yoqqa kelganimdan keyin allaqanday gipnozdan xalos bo‘lib, asta-sekin yengil torta boshlaganixu1ni sezdim. Aftidan, yo Shtirner hali uzoq masofaga ta’sir qilish kuchiga ega exmas, yoki bo‘lmasa, jo‘nashimdan oldin xcheni bo‘shroq gipnoz qilganu vaqt o‘tishi bilan uning ta’sir kuchi tarqalib ketgan.

— Siz haqsiz, — dedi Gotlib. — Lekii Shtirner kun sayin o‘z ishini takomillashtirayotganga o‘xshaydi. Chunki uning ta’sir doirasi kengayib, masofasi uzayib, kuchi tobora ortib boryapti. Kim biladi, erta-indin shu yerda ham o‘zimiz o‘sha xavfdan qutulolmasmiz.

Zauyer seskanib ketdi.

— Tag‘in-a? Yana o‘sha odamning domiga tushamizmi? Qo‘lida qo‘g‘irchoq bo‘lamizmi? Yo‘q, undan ko‘ra dunyoning narigi burchiga bo‘lsa ham qochib ketish kerak! Eng yaxshisi, Shtirnerning o‘zini yo‘q qilish kerak. O‘zimizni ham, boshqalarni ham undan qutqaraylik!..

— Modomiki shunday ekaN, modomiki, Shtirner muvaffaqiyatining siri shunda ekan, unga qarshi faqat o‘ziga munosib qurol bilan kurashish mumkin. Bunday qurolni kim beradi bizga?

Ular jim bo‘lib qolishdi. Zauyer nimalarnidir o‘ylardi.

— Gapingiz to‘g‘ri, — dedi u. Faqat munosib qurol bilan kurashish mumkin. Miyamga hozir bir o‘y keldi. Nahotki, fikrni uzoq masofaga uzatish problemasi bilan dunyoda faqat Shtirnerning yolg‘iz o‘zi sh-ug‘ullanayotgan bo‘lsa?! Olimlar orasidan qidirib ko‘rish kerak…

— Qidirib ko‘rdik, — dedi Gotlib, — shu sohada ishlayotgan olimlarga murojaat qildik. Lekin ular juda oz ekan. Bir italyan olimidan so‘rab-surishtirgan edik, Shtirner qilayotgan ishga hozirgi zamon fanining tishi o‘tmaydi. Ye Shtirner shu sohaning juda ilgarilab ketgan dahosi, yo bo‘lmasa, bu yerda boshqa sir bor, deb javob berdi.

— Italiyalikdan boshqalar ham bor-ku…

— Yana bir olimning tajribalari haqida o‘qidim. To‘g‘ri, uning hatto professorlik unvoni ham yo‘q ekan…

— Shuning uchun unga e’tibor bermadingizmi? — dedi kinoya bilan Zauyer.

— Ha, buni bo‘ynimga olaman…

— Shtirner-chi? U ham bizni professorlik unvoni bilan o‘ynatyaptimi? Usha olimni albatta topish kerak! Birorta imkoniyatni ham qo‘ldan boy berib bo‘lmaydi.

Zauyer bir oz o‘ylanib, yana davom etdi:

— Hatto biror daqiqani ham. Gap bunday: siz bilan birga boraman, o‘sha olimni qidirib topib, gaplarini eshitamiz. Yana bir narsa. Shtirner Mentonadagi villada yashagan edi, u shu yerda, uzoq emas. O‘sha villaga ham bir kirib o‘tish kerak. Balki ishimizga yordam beradigan biron-bir belgi topilib qolar.

Zauyer tezda yo‘lga otlandi.

— Emma, — dedi u xotiniga, — men ketyapman.

— Ko‘pgami? — tashvishlanib so‘radi Emma.

— Bilmadim, harholda tez qaytmasam kerak. — U xotini bilan sovuqqina xayrlangdi-da, Gotlib hamrohligida chiqib ketdi.

Emma Zauyer ketganiga yig‘lashini ham, bolani qoldirgani uchun quvonishini ham bilmasdi.

Shtirnerdan ishonch qog‘ozi bo‘lgani uchun Zauyer Elza Glyuk villasiga hech qanday to‘sqinliksiz kirib, butun binoni ko‘zdan kechirib chiqdi.

Bo‘m-bo‘sh xonalardan birida bir bo‘lak metall qotishmasi gopildi. Polda spiral va chinnidan yasalgan izolyator parchalari, har turli qisqichlar sochilib yotardi.

— Boplabdi! — dedi Gotlib eritilgan qotishmani ko‘zdan kechira turib. — Shtirner sirni bekitishni biladi. Bu yerda qandaydir apparat turganligi aniq. Ammo polga bitta uchqun ham tushirmasdan shuncha metallni qanday qilib eritdiykin?

— Bu yerda qiladigan ishimiz qolmadi, Gotlib. Bunga bas keladigan qurolni qidirishimiz kerak. Usha diplomsiz olimingiz qayerda o‘zi?

— Moskvada.

XI. MOSKVALIK IXTIROCHI

Oradan bir oy o‘tgach, Zauyer bilan Gotlib Zafar darvozasidan uncha uzoq bo‘lmagan TverskayA-Yamskaya ko‘chasidagi uyga kelishdi. Olti qavatli binolar asfalt yotqizilgan maydoncha atrofini gir o‘rab olgan edi. O‘ynab yurgan bolalarning qiy-chuvi baland devorlarga urilib jaranglab eshitilardi.

— Shu yerda bo‘lishi kerak, — dedi Gotlib kvartiralarning yo‘lkadagi eshikka qoqib qo‘yilgai nomerlarini ko‘zdan kechirib. — Yuring, Zauyer. Hozircha hammasi joyida.

— Ha, jin ursin, qachon tamom bo‘ladi bu zinapoya? Qiziq, liftsiz qanday yashar ekan bu odamlar? — derdi Zauyer hansirab. — Nechanchi kvartira edi?

— Yigirma to‘qqizinchi.

— Manavi yigirma beshinchi. Demak, eng tepasida ekan.

— Hechqisi yo‘q, sizga yurish foydali, judayam semirib ketibsiz, Zauyer, — dedi Gotlib qo‘ngiroq tugmachasini boyeib.

Kachinskiyning uyiga kirib, Zauyerning hafsalasi pir bo‘ldi. Na xonadagi jihozlar, na ixtirochining o‘zi Bauyer tasavvur qilganidek edi.

U odatda ixtirochilarning uyida bo‘ladigan tartibsizlikni, har turli mashina va apparatlar qalashib yotgan kabinetni ko‘raman, deb o‘ylagan edi.

Kachinskiyning xonasi zamonaviy Faustning laboratoriyasiga sirayam o‘xshamasdi.

Bu derazasi kattakon chog‘roqqina xona edi. Deraza yonida ustiga yozuv mashinkasi qo‘yilgan stol. Bu yozuv stoliga taqashtirib qo‘yilgan kichkina stol ustida ham yana bitta mashinka. Mashinkalarning biri ruscha, ikkinchisi lotincha harfda yozadi. Stol tepasiga, devorga Fletner sistemasi bo‘yicha ishlaydigan shamol dvigatelining kichkina chizmasi osib qo‘yilgan. Bularga qarab turib, uy egasining nima ish bilan shug‘ullanishini ham bilib bo‘lmasdi.

Keng turk divann ustiga Gryoz kartinasidan durustgina ko‘chirilgan nusxa osib qo‘yilgan. Unda Gryozga xos uslubda, ya’ni ko‘zlari soddamug‘ambir qilib ishlangan qiz surati aks ettirilgan. tt Suratga qarab turib, Zauyerning peshonasi tirishdi. Chunki Emma esiga tushib ketgan edi. Emmani birdan sevib qolgan paytlarida uni mana shunaqa qizlarga o‘xshatib yurardi.

Bu surat yonida manzara tasvirlangan yana ikkita kartina osig‘liq turibdi. Alohida stolchaga Klodtning Leningradda, Anichkiy ko‘prigidagi mashhur otlar uyuri haykalining cho‘yandan ishlangan jajji nusxasi qo‘yilgan.

Kichkina bufet, ko‘zguli shkaf, xonanyng o‘rtasida ustiga oppoq dasturxon yopilgan stol va suyanchig‘i baland, charm qoplangan bir necha stul — xonadagi jihozlar mana shulardan iborat edi.

Hammayoq ozoda va saranjom. Shu ham Zauyerni hairatga solgan edi. Bu xonada o‘tiryb, odam o‘zini Moskvada emas, balki Berlinda yoki Myunxendaman, deb tasavvur qilardi.

Rus ixtirochisini ham u butunlay boshqacha deb o‘ylagandi. Zauyerning fikricha, bunday toifadagi odamlarning qiyofasi ham o‘ziga xos bo‘lishi kerak edi. Ammo Zauyer bilan Gotlibning qarshisida ko‘rinishi odmi, malla sochlari orqasiga silliq taralgan, ko‘kko‘z, soqoli yaxshilab qirilgan yoshginv yigit turardi. U egniga ipduxobadan tikilgan to‘q jigarrang ko‘ylak kiyib, galife shimining pochasini qo‘nji tor etikka tiqib olgan edi.

Uning yonida xotini — oq kofta kiygan chehrasi ochiq ayel jilmayib turardi. s «Yanglishmadikmikin ishqilib?» — degan o‘i utdi Zauyerning ko‘nglidan. Lekin ular yanglishishmagan edi. Mehmonlar o‘zlarini tanishtirishgach, tez orada suhbat qizib ketdi.

«Bu odam ham, — deb o‘ylardi Zauyer, — ehtimol, Shtirnernikiday qudratli kuchga ega bo‘lsa kerak, lekin judayam oddii hayet kechirar ekan, ko‘rinishi ham soddagina! Nahotki u Shtirnerga o‘xshab mana shu kuchni o‘z manfaati yo‘lida ishlatmasikin Nahotki hammadan badavlat, hammadan zo‘r bo‘lishni xohlamasikin? Yeki chindan ham bu yerning odamlari boshqacha fikr qilisharmikin-a?…»

Zauyer o‘z savoliga chetdan javob olishga urinib kurdi.

— Ayting-chi, — deb murojaat qildi u Kachinskiyning xotiniga hazil-mutoyiba bilan, — atrofidagilarga jumladan, sizga ham, istagan hukmini o‘tkaza oladigan er bilan yashashga qo‘rqmaisizmi?

Kachinskaya hayron bo‘lib qoshlarini chimirdi.

— Nega qo‘rqishim kerak? Menga qknday hukm o‘tkazishi mumkin? Bunaqa gap xayolimga ham kelgan emas. Tajriba o‘tkazish uchun maxsus laboratoriyasi bor.

Kachnnskiy miyig‘ida kulib qo‘edi.

— Harholda xatarli kuch-da, bu, — dedi Zauyer bir oz o‘ng‘aisizlanib.

— Boshqa hamma kuchlarga o‘xshagan, — deb javob berdi Kachinskiy. — Nobel tabiatni o‘zlashtirishda inson mehnatini yengillashtirish, ya’ni granitni portlatish uchun dinamitni kashf qildi. Lekin inson bu ixtironi dahshatli qirg‘in quroliga aylantirdi. Bundan ranjigan Nobel odamzod oldidagi begunoh aybini sal bo‘lsa ham yuvish maqsadida dinamitdan tushgan daromad hisobiga xalqaro mukofot ta’sis etdi. Bu masaladan Shtirner ham mustasno emas. U ham bu yangi kuchdan o‘zining garazli maqsadi yo‘lida foydalangan. — Hamma gap bolta kimning qo‘liga tushishida, — deb davom etdi Kachinskiy. — Birov u bilan o‘tin yoradi, boshqa birov esa odamning kallasini oladi. Shtirner jamiyatga qarshi kurash boshlamasidan ancha oldinroq bu xavf ma’lum bo‘lgan edi. Mening dastlabki tajribalarim keng ommaga oshkor bo‘lgach, boshim g‘alvadan chiqmay qoldi. Bir necha xotin uyimga kelib, yovuz odamlar uzoqdan turib bizni sehrlayapti, deb shikoyat qilishdi. Ular ana shu «jodu» dan xalos qilishimni so‘rab, yalinib-yolvorishdi. Hatto bittasining aytishicha, Xarkov universitetining qandaydir talabalari uni shu darajada «elektrlashtirib» qo‘yar emishki, temir simyog‘ochlar yonidan o‘tgan paytda badanidan chirsillab uchqun chiqib ketarmish. «Kalish bilan shohidan tikilgan shlyapa kiyib yursam, uchqun chiqmaydi. Endi nima qilishim kerak? Kechasi yotganimda elektr to‘lqinlari badanimda jimirlab yurganini sezaman, qulog‘imga: «Endi sen bizning qo‘limizdasan!» — degan ovozlar eshitiladi, deb shikoyat qildi. Men unga shohi ko‘rpa yopinib, bir tomoni sim bilan isitish trubasigaulangan birorta metall buyum ushlab yotishni maslahat berdim. «Xuddi radiopriyomnikdagiga o‘xshab, o‘sha sim sizni yer bilan bog‘lab turadi», — dedim. Keyingi safar kelganida u mening maslahatim foyda berganini aytdi. «Yerga bog‘lanishi» bilan tok yerga o‘tib ketib, bemalol uxlayotgan emish. Boshqa nima ham deyishim mumkin? Bular shunchaki asabiy yoki es-hushi joyida bo‘lmagan ayollar edi. Hatto ixtirongni qo‘llasang — o‘ldiramiz degan odamlar ham bo‘ldi.

«Miyamni o‘z fikrlaringiz bilan to‘ldirib tashlashiygizni xohlamayman!» — deb qichqirdi bittasi.

— Ularning xavotirlanishi bejiz emas, — dedi Gotlib, suhbatni tezroq amaliy tomonga burish maqsadida. — Shtirner qilayotgan vahimalar…

— Ha, ha, shunaqa bo‘lishi mumkinligini ko‘nglim sezuvdi, — dedi Kachinskiy, — shuning uchun ham birato‘la ikki yo‘nalishda: ham fikrni uzoq masofaga uzatish ustida, ham odamlarni uning zararli ta’siridan saqlash ustida ish boshlaganman.

— Xo‘sh, natijasi nima bo‘ldi? — deb so‘radi Gotlib qiziqib.

— Menimcha, bu masalani ham hal qilsam kerak, — javob berdi Kachinskiy.

— Bir narsani so‘rashga ruxsat etsangiz, — dedi Zauyer. — Butun dunyodan hozir fikrni uzoq masofaga uzatish muammosi ustida gap ketyapti. Uyat bo‘lsa ham bo‘ynimga olishim kerak, shu narsaga ko‘pam aqlim yetmaydi. Keyin, menimcha, o‘zi azaldan bor narsyni nima uchun odamlar endi kashf qilishdi?

Kachinskiy jonlandi, Gotlib bo‘lsa beixtiyor xursinib qo‘edi.

«Amaliy gapga o‘tish o‘rniga nazariyabozlik boshlanadi endi!» — deb o‘yladi u.

— Buni qisqacha shunday tushuntirish mumkin: uilagan har bir fikrimiz miya va nervlarning eng mayda zarralarida bir qator o‘zgarishlar yuz berishiga sabab bo‘ladi. Bu o‘zgarishlar elektr hodisasi bilan bir vaqtda ro‘y beradi. Miya va nerv hujayralari ishlab turgan paytda o‘zidan maxsus elektromagnit to‘lqinlarini chiqaradi, bu to‘lqinlar xuddi radio to‘lqinlar singari har tomonga baravar tarqalib turadi.

— Unday bo‘lsa, nima uchun biz shu paytgacha bir-birimiz bilan xayolan gaplasha olmaymiz?

— Chunki bu to‘lqinlarning quvvati oz, tabiati ham butunlai boshqacha. Birovning ko‘nglidan o‘tgan fikr ikkinchi bir kishining ongiga ta’sir qilishi uchun har ikkala odam miyasidagi elektromagnit to‘lqinlari bir-biriga mos kelishi kerak.

— Qisqasi, «priyomnik-miya» faqat «tarqatuvchi stansiya», ya’ni fikr uzatuvchi miya tarqatgan uzunlikdagi to‘lqinlarnigina qabul qila oladi, demoqchisiz-da?

— Ha, barakalla. Bunday hodisalar bir-biriga yaqin odamlar o‘rtasida ko‘p kuzatilgan. Lekin bu hodisalarni tekshirish va ayniqsa, ilmiy jihatdan asoslash imkoniyati bo‘lmagdni uchun shu paytgacha fan buni rad etib kelgan. Buning ustiga, bu sirli hodisadan har turli qallob va afsungarlar foydalanib, kishi tanasiga bog‘liq bo‘lmagan allaqanday «ruh» ning mavjudligini xalq orasida isbotlashga urinib kelganlar.

Kachinskiy bir oz tin olib, yana davom etdi:

— Xuddi mana shunaqa «sirli» hodisalardan biri meni fikrni uzoq masofaga uzatish muammosi bilan shug‘ullanishga undadi.

— Qiziq, qanaqa hodisa ekan u? — dedi Zauyer.

Gotlib betoqat bo‘lib o‘tirgan joyida bir qimirlab qo‘edi.

— Bu voqea Tiflisda bo‘lgan edi. Yaqin bir do‘stim terlama kasaliga chalinib yotib qoldi. Uni ko‘rgani tez-tez borib turardim. Bir kuni uning oldidan juda kech qaytdim, chiroqni o‘chirib o‘zimni karavotga tashladim. Shunda soat ikki edi. Soat zang urdi, ketidan xuddi birov nozik qadahning chetiga qoshiqcha bilan ikki-uch marta urganday bo‘ldi. «Mushuk!» — degan xayel o‘tdi ko‘nglimdan, irg‘ib turib chiroqni yoqdim. Ammo xonada na mushuk, na birorta shisha idish bor edi. Bu hodisaga e’tibor bermay, yana o‘rnimga yotdim.

Ertalab o‘rtog‘imning uyiga kirdimu vaziyatdan darrov hamma narsani angladim. Do‘stim o‘sha kecha jon bergan ekan. Uning jasadini karavotdan olishga yordamlashdim.

«Qachon uzildi?» — so‘radim men.

«Kechasi soat ikkida», — deb javob berdi onasi.

Karavot yonidan o‘ta turib, ustida har xil dorilar turgan tumbochkaga oyog‘im tegib ketdi. Kattakon yupqa stakan ichidagi soshiqcha uning chetiga urilib, tanish ovoz eshitildi.

«Qayerda eshituvdim bunaqa ovozni? — deb o‘ylay boshladim men. — Ha, kecha kechasi. Xuddi mana shu ovozni eshituvdim». Keyin onasidan do‘stimning qanday jon berganini so‘radim.

«Kechasi roppa-rosa ikkida og‘ziga qoshiqchada dori tutdim. Lekin u lablarini sal-pal qymirlatdi-yu, dorini icholmadi. Qoshiqchani stakanga tashlab, ustiga engashdim. U olamdan o‘tgan ekan».

Bu voqea meni qattiq o‘ylantirib qo‘edi. Albatta, bunda biror g‘ayritabiiy narsa borligiga ishonmasdim. Lekin shunday bo‘lsa ham bu hodisayi qanday izohlash mumkin? U paytlarda bir maktabda radio kursidan leksiya o‘qirdim. O‘zim, xabaringiz bo‘lsa kerak, injener-elektrikman. O‘shanda daf’atan, stakan ovozining eshitilishi xuddi radio to‘lqinlaryga o‘xshagan elektr bilan bog‘liqmasmikin, degan fikr keldi xayolimga. Jon berayotgan do‘stimning miyasi elektr to‘lqinlari tarqatgan bo‘lsa, mening miyam qabul qilib olgandir? Keyinroq, Moskvaga kelganimdan keyin miya va nerv faoliyatini o‘rganish bilan shug‘ullana boshladim. Ajablanarli joyi shundaki, nerv sistemasi bilan miyaning tuzilishi ko‘p jihatdan radiostansiya konstruksiyasiga o‘xshab ketar ekan. Miya hujayralari ham mikrofon, ham detektor, ham telefon vazifasini o‘taydi. Nozik nerv tolalarining bir uchi g‘altaksimon bo‘lib buralib ketgan, xuddi simdan yasalgan spiralga o‘xshaydi — mana sizga solenoid, mana sizga o‘zinduksiya. Qizig‘i shundaki, hatto o‘zim bilan birga ishlaydigan professor-fiziolog ham mana shu spiralning xizmatini tuzuk-quruq tushuntirib berolmadi. Elektrotexnika nuqtai nazaridan esa buning hech qanday bosh qotiradigan joyi yo‘q. Tabiat, aftidan, bu g‘altakni elektr tokini kuchaytirish uchun yaratgan bo‘lsa kerak. Bizning badanimizda hatto Raund lampalari ham bor, bular yurakning kolbachalari. Yurakning energiya manbai akkumulyator batareyalariga, ustki asab tomyrlari esa — radiopriyomnikning yerga ulanadigan simiga o‘xshaydi. Inson tanasining tuzilishini elektrotexnika nuqtai nazaridan o‘rganib, shunday xulosaga keldimi, bizning tanamiz elektromagnit tebranishlarini tarqatadigan va qabul qila oladigan murakkab elektr apparati — butun bir radiostansiyaning aynan o‘zi ekan. Mana, chizmaga bir nazar tashlanglar.

Ammo elektromagnit to‘lqinlarining mavjudligini isbot qilish men uchun oson bo‘lmadi, albatta. Hayvonlar ustida muvaffaqiyat bilan tajriba o‘tkazayotgan Dugov laboratoriyasida ish boshladim. O‘z tajribalarimni quyidagi tartibda olib bordim: o‘z qo‘lim bilan temir qafas yasab, uni izolyatorlar ustiga o‘rnatdim. Zarur bo‘lib qolgan taqdirda qafas yerga ulanishi mumkin edi. Qafas oldiga itni o‘tqazib qo‘yib, qafas ichiga Dugov kirardi. Qafas yerga ulanmagan paytda it Dugovning xayolan bergan buyruqlarini to‘la-to‘kis bajarardi. Qafasni yerga ulab qo‘yishingiz bilan itga hech qanday ta’sir o‘tkazib bo‘lmasdi.

Buning sababini tushunib turgan bo‘lsangiz kerak: elektromagnit to‘lqinlari qafas temiriga urilib, yerga o‘tib ketavergan, itga yetib bormagan. Shundan qilib, muammo hal bo‘ldi. Miyaning elektromagnit to‘lqinlarini tarqatishi isbotlandi. Miya va nerv hujayralaridagi tebranishlarning elektromagnit bilan aloqadorligi boshqacha metodlar asosida olimlarimiz: akademik Lazarev, professor Bexterev hamda italiyalik professor Kazamali tomonidan ham isbot etilgan.

Gotlibning toqati toq bo‘ldi.

— Bularning hammasi judayam qiziqarli, — dedi u sabri chidamay, — lekin rostini aytsam, bizni masalaning ilmii tomonidan ko‘ra amaliy jihatlari qiziqtiradi. Siz yangi quroldan jinoiy maqsadlarda foydalanish xavfidan aholini himoya qilish chorasini ham topaman, dedingiz. Lekin hali buni topganingiz yo‘q. Qisqasi, Shtirnerni zararsizlantira olasizmi?

— Nazariy jihatdan masala hal bo‘lgan, biroq hali keng masshtabda tajriba qilib ko‘rganim yo‘q. Biz hayvonlarga qisqa masofadan turib ta’sir o‘tkazishni sinab ko‘rdik xolos. Men yaratgan «mashina-miya» ni hozirgi zamon texnikasi bemalol ishlab chiqara oladi. Hozir inson miyasi tarqatadigan elektromagnit to‘lqinlarining xususiyati, uzunligi, chastotasi va boshqa jihatlarini o‘rganyapman. Ularni mexanik jihatdan qaita tiklash unchalik qiyin emas. Agar ular transformator orqali kuchaytirilsa, fikr-to‘lqinlar xuddi radio to‘lqinlari singari har tarafga tarqalib, odamlar tomonidan qabul qilinaveradi.

Mening mashinam antennalar, transformator hamda katod lampalari bo‘lgan kuchaytirgich va antennaning induksiyali, tebranuvchi konturidan iborat. Siz ma’lum fikrni mening «tarqatuvchi stansiyam» antennasiga uzatasiz, stansiya esa uni kuchaitirib, bo‘shliqqa tarqatadi. Biz Shtirnerni o‘qqa tutadigan yangi «to‘p» mana shu bo‘ladi.

Gotlib yengil nafas oldi.

— To‘pni yaqin kunlarda ishga solsa bo‘ladimi.

— Nazarimda, ikki haftalardan keyin birinchi o‘qni uzishimiz mumkin.

— Buni qanday amalga oshiriladi?

— Shtirnerning oldiga qo‘qqisdan borib, uydan chiqishni va bizning oldimizga kelishni buyuramiz. Albatta, ko‘chadan turib fikran shunday buyruq qilamiz. Qarabsizki, qo‘limizga tushib turibdi. i — Lekin «to‘p» ingizni qayerga urnatasiz.

— Iloji boricha unga yaqinroq joyga o‘rnatish kerak buladi. Chunki to‘p hali tajribada sinab ko‘rilmagan, uzoq masofadan turib ta’sir qylishiga kafillik berolmayman.

— Axir Shtirnerning ta’sir doirasiga tushib qolish mumkin-ku? Uning quroli ancha olisni nishonga oladi, mukammal va tajribadan o‘tgan.

— Boshqa iloji yo‘q, tavakkal qilishimiz kerak buladi.

— Uzimizni himoya qila olmaymizmi? Himoya vositalari haqida ham gapirdingiz-ku, boya? — dedi Zauyer.

— Mumkin. Yupqa simto‘rga o‘ralib olinsa, Shtirner tarqatgan elektr to‘lqinlari to‘rga urilib, yerga o‘tib ketadi. Lekin buning bitta chatoq joyi shundaki, o‘zimiz ham fikr uzatish imkoniyatidan mahrum bo‘lamiz. To‘g‘ri, biz «mashina-miya» ni ishga solishimiz ham mumkin. Lekin hali miyadan tarqaladigan elektromagnit to‘lqinlarini yetarli darajada o‘rganmaganman, shuning uchun bu ishga tavakkal qilib o‘zim urinib ko‘raman. Men to‘rga o‘ralmasdan antennaga fikr yo‘llayman. Mabodo Shtirnerning ta’sirini sezsam, darrov ustimga simto‘r tashlaysizlar. Uzlaringiz esa hammavaqt to‘rga o‘ralib yurasizlar.

— Undan ko‘ra, to‘rni yopinvolib, to‘ppa-to‘gri Shtirnerning uyiga bostirib kirsagu uni o‘sha yerning o‘zida tinchitib qo‘ya qolsak bo‘lmaydimi? Shoyad bu gal soqolini olib o‘tirmasdan, kekirdagini uzib qo‘ya qolsam?

— Qotillik-ku, bu…

— U odam shunga loyiq o‘zi!

— U holda faqat Shtirnergina emas, uning qotillari ham shunga loyiq bo‘lib qoladi. Shtirner, albatta, osonlikcha jon bermaydi. Uni tiriklayin qo‘lga olishga urinib ko‘ramiz. Ana o‘shandagina to‘la g‘alaba qilgan bo‘lamiz.

Gotlib o‘rnidan turdi. Uning ketidan Kachinskiy bilan Zauyer ham turishdi.

— Katta rahmat sizga! — dedi Gotlib.

— Rahmat aytishga hali vaqt erta, — deb javob berdi Kachinskiy. — Shtirnerni qo‘lga tushirganimizdan keyin rahmat aytasizlar.

XII. SHOVQINSIZ URUSH

Shtirner o‘z kabinetida chizmalarni ko‘zdan kechirib o‘tirib, birdan o‘zida uydan chiqish xohishi paydo bo‘lganini sezdi. Urnidan turib eshikka qarab yurdi-yu, miyasiga urilgan bir fikrdan to‘xtab qoldi: tag‘in o‘zi birovning izmiga tushib qolgan bo‘lmasin? Nahotki siri fosh bo‘lib, xuddi o‘shanaqa qurol bilan o‘ziga qarshi hujum boshlashgan bo‘lsa? Aftidan, ularning kuchi hali zaifga o‘xshaydi. Shtirner es-hushini yo‘qotmadi. Ammo ko‘chaga chiqish xohishi haddan tashqari kuchli edi. Shtirnerning eti jimirlab ketdi. Agar birovning fikridan o‘zini darhol xalos etmasa, tamom — o‘ladi! Nima qilish kerak? Qanday qilib qutulish mumkin? U beixtiyor ostonaga borib qolgan edi. Eshikka shohi parda tutilgan, yonginasidan isitish radiatorlari o‘tgan edi. Shtirner ming mashaqqat bilan oldinga bir qadam tashladi-yu, shohi pardani yulqib olib, ustiga yopdi, keyin jonholatda isitish trubasiga yopishdi. Shu zahoti ko‘chaga chiqish istagi bo‘shashganini sezdi. Ko‘rinmas dushman yuborayotgan elektromagnit to‘lqinlari yerga o‘tib ketayotgan edi. Shtirner ancha yengil tortdi. Lekin bu hali qutulish degan so‘z emas edi. Vujudga kelgan sharoit haqida o‘ylab ko‘rish kerak edi.

«Xonamda, — deb ko‘nglidan o‘tkazdi Shtirner, — o‘zim tajribalar o‘tkazgan temir qafas bor. Ushaning ichiga kirvolib, yerga bog‘lanib olsam edi. Qafasda o‘tira turardim, keyin bu yog‘i bir gap bo‘lardi. Lekin xonaga chopib borishga ulgurarmikinman? Trubani qo‘yib yuborishim bilan dushman ta’siriga tushib qolmasmikinman? Polda linoleum bo‘lmaganda ham mayli edi-ya! Ming la’nat! O‘z qurolixug bilan o‘zimga otishyapti-ya. Bundan xunuk ish bormi! Eng avvalo o‘zimni to‘sishim kerak. Simto‘rim bor. O‘shani kiyib olishim zarur… Keyinroq rostakam kostyum tikib olaman. Lekin uni qanday qilib olaman? Elza! Elzani chaqirish kerak».

Shtirner bilan Elza o‘rtasida shunday bir munosabat paydo bo‘lgan ediki, chaqirish yoki fikr yo‘llash u yoqda tursin, Shtirner uning nomini ko‘nglidan o‘tkazishi bilan qizning o‘zi kirib kelaverardi. Shtirner uni xayolan chaqira boshladi, ayni paytda u bosib o‘tadigan masofani tasavvur qilib turardi. Ammo Elzadan darak yo‘q edi. Shtirnerning boshidagi shohi mato fikrni o‘tkazmasdi…

— La’nati! — Shtirner g‘ijinib, pardani boshidan tushirdi. Shu zahotiyoq yana ko‘chaga chiqish xohishi paydo bo‘ldi. U shoshapisha boshini o‘radi-yu, o‘ylanib qoldi. Pardadan faqat bitta ko‘z ko‘radigan tirqish ochib, atrofga razm soldi, ittifoqo, nigohi devordagi elektr qo‘ng‘irog‘ining tugaachasiga tushdi.

— Hammayoqqa qo‘ng‘iroq o‘rnatib tashlagan marhum Gotlibga rahmat. Ehtimol xizmatkorlarni chaqirishga muvaffaq bo‘larman.

Qo‘ng‘iroq ikki metrlar chamasi narida edi. Trubani ushlagancha unga yaqinlashdi. Ammo truba beriroqda tugab qoldi. Navbatdagi isitish sektori yetmish santimetr narida edi. Shtirner egildi-da, chap qo‘li bilan trubaning uchidan ushlab, o‘ng qo‘lini navbatdagi sektor trubasiga cho‘zdi, ayni paytda boshidagi mato tushib ketmasligi uchun bir chetidan tishlab oldi. Shu alfozda keyingi sektorga o‘tib oldi-yu, bir qo‘li bilan trubani ushlagancha qo‘ng‘iroq tugmasini bosdi.

— Ular xizmatkorlarni ham sehrlab qo‘ygan bo‘lishsa-ya? Unda tamom bo‘ldim…

Uzoqdan qariya Gansning qadam tovushlarini eshitib, Shtirner ancha yengil nafas oldi.

Gans kabinetga kirdi-yu, xizmatkorlarga xos tavoze bilan pardaga o‘ralgan Shtirnerning qarshisiga kelib turdi.

— Gans, mening xonaxugda… — dedi Shtirner va duduqlanib qoldi. U o‘z xonasiga shu paytgacha hech kimni kiritmagan edi. «E-e, hozir bunaqa payt emas, — deb o‘yladi u. — Keyin unga ta’sir o‘tkazib ko‘rganlarining hammasini unuttirib yuboraman». — Mening xonamda simto‘r bor. Darrov bu yoqqa opkeling. Mana kalit.

Shtirner xuddi yalang‘och turganu badanini yashirmoqchi bo‘lganday, bir qo‘li bilan pardaning chetlaridan ushlab, ikkinchi qo‘li bilan kalitni oldi-da, Gansga uzatdi.

Gans indamay borib simto‘rni olib keldi.

— Ustimga yoping!

Qariya buyruqni xuddi palto kiydirganday xotirjamlik bilan bajardi.

— Rahmat, Gans, endi boravering. To‘xtang! Siz hech narsani sezmayapsizmi, Gans? Ko‘nglingiz hech narsani tusamayaptimi? Masalan, ko‘chaga chiqqingiz kelmayaptimi?

E, ko‘chada nima bor? Ochig‘ini aytsam, janob Shtirner, birpasgina cho‘zilib dam olgim kelyapti… Oyog‘im og‘rishini bilasiz-ku!

— Ko‘pdan beri shuni xohlayapsizmi?

— Yigirma yildan beri ahvol shu…

— Boravering, Gans!

Shtirner tezlik bilan kabinet orqasidagi o‘z xonasiga o‘tdi.

— Shoshmalaring hali! — deb g‘udrandi u mashinalarini yurgizarkan. Pastda kuchli motorlar guvullab, lampalar yondi, mashina ishga tushib ketdi. «O‘q» otilgan va u nishonga borib tekkan edi.

Shahar tashqarisida kattakon yuk mashinasi turar, uning kuzoviga tuzilishi g‘alati radiostansiya o‘rnatilgan edi. Bu Kachinskiychning sxemasi asosida yaratilgan, fikrni kuchaytirib uzatuychi stansiya edi.

Shofyor, Zauyer va Gotlib nozik simdan to‘qilgan, butun tanani, hatto yuzni ham berkitib turuvchi maxsus kostyum kiyib olishgan edi.

— Kiyimlaringiz sal g‘alatiroq, — dedi kulib Kachinskiy, — lekin modaga kirib ketsa, judayam quling o‘rgilsin bo‘ladi. Kelajakda kostyumlarimizning astarini matoga o‘xshagan yupqa metalldan tika boshlaymiz. Xotinlar yuzlariga to‘r tutishgan-ku! Bizning to‘rlarimiz ham shohiday nafis va yengil bo‘ladi.

— Snaryad uchirildi, — dedi Kachinskiy. — Shtirnerga uydan chiqib, bizning oldimizga kelish haqida buyruq jo‘natdim.

— Snaryad nishonga tekkan-tegmaganligini qayoqdan bilamiz? — deb so‘radi Gotlib.

— Menimcha, bu yoqqa kelmagan taqdirda ham o‘zidan darach bersa kerak, — dedi Kachinskiy. — Gap shundaki, biz o‘zimiznix «qabul qiluvchi» miyamizdan tashqari mexanik ravishda qabul qiluvchi radiostansiyaga ham egamiz. Unda boshqa stansiya tarqatgan fikrlarni avtomatik tarzda yozib oluvchi apparat bor.

Darhaqiqat, Shtirner o‘zidan darak berdi, lekin bunaqangi «darak» ni hujum qiluvchi tomon sirayam kutmagan edi.

Kachinskiy himoya kostyumisiz yangi «fikr-snaryad» ni jo‘natayotgan paytda birdan mashina kuzoviga ag‘darilib tushdi, o‘rnidan turmoqchi bo‘lgan edi, turolmadi, o‘tirishga urinib ko‘ruvdi, yana bo‘lmadi — na boshini, na gavdasini idora qilib bo‘lardi.

Zauyer bilan Gotlib Kachinskiyning oldiga chopib kelishdi.

— Yaralandingizmi? Nima bo‘ldi o‘zi? — deb so‘rashardi ular xavotirlanib. — Qayeringiz ogriyapti?

— Hech qayerim ogriyotgani yo‘q, soppa-sogman, — deb javob berdi Kachinskiy va yana o‘tirishga urinib ko‘rdi, yana gursillab yiqildi, — jin ursin, muvozanatimni butunlay yo‘qotib qo‘ydim.

Zauyer, Gotlib va shofyor gangib qolishdi. Gotlib aks ta’sirdan, miyaning muvozanatni boshqaruvchi markazini zararlantirganga o‘xshaydi. U o‘z ishida ancha ilgarilab ketibdi! Muvozakat tuyg‘usi — juda murakkab va kam o‘rganilgan muammolardan biri. Professor Bexterev…

«Ixtirochilar ham qiziq xalq bo‘ladi-da, — deb ko‘nglidan o‘tkazdi Zauyer. — O‘zi chuvalchangday yerda cho‘zilib yotibdi-yu, tag‘in refleksologiya haqida gapiradi-ya!..»

— Ataylab shunday qilyapti, — deb gapida davom etdi Kachinskiy, o‘z raqibiga qanday xatarli dushman bilan olishayotgani-. ni ko‘rsatib qo‘yish uchun shunday qilyapti. Muvozanat tuygusi…

— Ehtimol shundaydir, janob Kachinskiy, lekin hozir biz sizning sog‘ligingiz haqida o‘ylashimiz kerak. Menimcha, — dedi Gotlib Zauyerga murojaat qilib, — bu galcha chekinishimiz hamda birinchi yaradorimizga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun uni jang maydonidan olib chiqib ketishimizga to‘g‘ri keladi.

Uzoqdan turib olishuvni davom ettirish niyatidan qaytmagan Kachinskiyning qarshiligiga qaramay, Zauyer bilan Gotlib chekinishga qaror qilishdi.

— Yedingizda bo‘lsin, siz millionlab odamning taqdiriga javobgar kishisiz. Shtirner sizni o‘ldirib qo‘ysa yoki jinnipinni qilib qo‘ysa, unda nima bo‘ladi?

— Mayli, ketdik… — bazo‘r rozi bo‘ldi Kachinskiy.

— Ha, Shtirner — xavfli dushman, — deb davom etdi Kachinskiy yo‘lda keta turib. — Uning quroli biznikidan zo‘r. Tarqatish quvvati ham kuchli. Aftidan, u yo‘naltirilgan to‘lqindan foydalansa kerak. Biz ham ana shunaqa to‘lqindan foydalanishga urinib ko‘ramiz!..

— Muvozanatsiz qanday qilib yashaysiz, yaxshisi, shundan gapiring.

— Buning ham yo‘li topilib qolar! — dedi Kachinskiy.

Gotlib ishonmaganday bosh chayqab qo‘edi.

Kachirskiy mutlaqo nochor ahvolda edi. Tanasining boshqa a’zolari soppa-sog‘ bo‘lsa ham oyoq-qo‘li ishlamasdi — shol bo‘lib qolgan edi.

— Bir qarang-chi, Zauyer, apparat lentasida biror yozuv bormikin?

Zauyer lentaga qaradi. Unga egri-bugri chiziqlar tushib qolgan edi.

— Bir nimalar borga o‘xshaydi, lekin men tushunmayapman…

— Tez kunda mana shunaqa belgilarni harfga aylantirib beradigan asbob yasayman. — Kachinskiy simto‘r ostidan qo‘lini chiqarishga behuda urinib ko‘rdi. — Lentani ko‘zimga yaqinroq opkeling-chi, Zauyer! Xo‘sh… Hm… u meni qo‘rqitmoqChi! Mana, u yuborgan fikrning mazmuni:

«Siz yutqazdingiz, chunki yakkayu yagona imkoniyatni ham boy berdingiz: meni g‘aflatda qoldirolmadingiz. Shtirner».

— Ko‘ramiz hali kim yutqazishini! — deb qichqirdi Kachinskiy va jazava ichida boshini ko‘tardi, ammo yana shilq etib yotib qoldi. — O, iblis! Meni bu bilan qo‘rqitolmaysiz, janob Shtirner!

Kasalxonaga yetib kelishdi. Kachinskiyni qo‘lda ko‘tarib kirishdi. Xonaning devorlariga simto‘r tutib tashlashdi.

Vrachlar Kachinskiyning kasaliga sirayam tushunisholmadi, shundan keyin uning o‘zi hammasini gapirib berdi.

— Afsuski, meditsina sizga yordam berolmaydi, — dedi vrach qo‘llarini ikki tomonga yozib.

— Shunaqaligini bilardim, — deb javob berdi Kachinskiy, — Yangicha meditsina yaratishga yoki gomeopatiyaga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi.

Vrach darhol e’tiroz bildirdi.

— Gomeopatiya — g‘irt firibgaolikning o‘zi-ku!

— Hammavaqt ham emas, — kulib javob berdi Kachinskiy, — Gomeopatiya — bir kasallikni uning o‘zi bilan davolash degan so‘z. Xalqda ham zaharni zahar kesadi, degan gap bor-ku.

Kachinskiyning fikrini birinchi bo‘lib Zauyer tushundi.

— Davolash uchun o‘zingizning fikr tarqatuvchi apparatingizni qo‘llamoqchimisiz?

— Albatta-da. «Mashina-miya» ga, miyamning muvozanatni boshqaruvchi qismi o‘z faoliyatini tiklashi kerak, degan fikrni aytaman, keyin o‘zim bu fikrni qabul qilib olaman. Shtirner uzoqdan turib harakat qilgan bo‘lsa, men tarqatuvchi manbaning yenginasida turib, o‘zimni aks ta’sirga tutaman, shuning uchun muvozanatimni tiklashga muvaffaq bo‘lsam kerak… Bir tajriba qilib ko‘ramiz!

Vrachlar bu tajribani ishonqiramasdan kuzatib to‘rishdi. Lekin Kachinskiy kutilmaganda o‘rnidan shartta turib, qo‘llarini silkita boshlaganda hamma qarsak chalib yubordi.

— Mo‘’jiza-ku, bu! — deb xitob qildi yoshgina bir vrach.

— Agar Kachinskiy o‘zini kasallikka solmagan bo‘lsa, — deb to‘ngillab qo‘edi qariroq bir vrach…

Shu tariqa meditsinaning yangi bir sohasiga asos solindiki, keyinchalik bu yangilik asab kasalliklarini davolashdan tortib, narkoz ishlatmasdan ogriqsiz operatsiya qilishgacha meditsinaning turli sohalarida keng qo‘llanila boshlandi.

— Ayting-chi, — dedi Zauyer Kachinskiyga, ikkovlari xoli qolishganda, — nima uchun Shtirnerning «zarba» si faqat sizga ta’sir qildi? Modomiki, Shtirner siz yuborgan fikr to‘lqinining yo‘nalishini aniq bilgan ekan, uning javob to‘lqini yo‘lyo‘lakay to‘r yopinmagan boshqa odamlarga ham ta’sir qilishi kerak edi-ku. Nima uchun bunday bo‘lmadi?

Kachinskiy o‘ylanib qoldi.

— Buni tushunish qiyin emas. Shtirner men yo‘llagan fikrni qabul qilib olib, to‘lqinning uzunligi, chastotasi, xullas, mening radiostansiyam, ya’ni miyamning o‘ziga xos barcha xususiyatlarini shu zahotiyoq analiz qilib chiqqan bo‘lsa kerak. Har bir miya tarqatgan elektr to‘lqinlari boshqalarnikidan nimasi bilandir farq qiladi. Shtirner mening miyamga xos xususiyatlarni aniqlab olgandan keyin xuddi o‘sha uzunlikdagi va o‘sha chastotadagi to‘lqin orqali javob «o‘q» ini otgan. Shuning uchun ham faqat men zararlanganman. Lekin u, ta’bir joiz bo‘lsa, «buyurtma» daaklida ham fikr yo‘llashi mumkin.

— Ya’ni?

— Ya’ni, u mana shunday mazmunda fikr tarqatishi mumkin: «Menga qarshi fikr yo‘llagan odamning harakat organyaari zararlanishi kerak». Fikr yo‘llagan odam menman, demak, mening oyoqqo‘lim…

— Nahotki shunaqa ham ta’sir qilib bo‘lsa? Gipnoz tarixida shunaqa hodisa ham bo‘lganmi sira?

— Eslayolmayman, lekin bunaqa bo‘lishi mumkin emas, deyishga ham hech qanaqa asos yo‘q. Harholda birinchi taxminim o‘zimga ko‘proq mantiqliroq bo‘lib ko‘rinadi. Endi bu gaplarni bas qilib, ishga o‘taylik! — dedi Kachinskiy dadillik bilan. — Bu gal boshqacharoq harakat qilamiz. Shtirnerning atrofini halqadek qurshab oli, har tarafdan unga «o‘q» uzamiz. Albatta, u yo‘naltirilgan nur orqali bizning zarbalarimizni qaytarishi mumkin. Lekin butun halqani aylanib chiqquncha har fir «to‘p» imiz bittadan fikr snaryadini otishga ulguradi.

— Uyidagi xizmatkorlarni ham nishonga olsak qanday bo‘larkin? Agar ularni uydan chiqib ketishga majbur qilsak, Shtirnerga ovqat opkiradigan odam ham qolmaydi, keyin u ochlik azobiga chidamasdan taslim bo‘ladi, — dedi Gotlib.

— Juda soz! Bunaqa yo‘lini ham qilib ko‘ramiz, — rozi bo‘ldi Kachinskiy.

Zudlik bilan fikr tarqatuvchi radiomashinalar yasaldi. Hamma narsa tayyor bo‘lgach, «bosh qo‘mondon» o‘ttizta radiomashina bilan shahar tashqarisiga yo‘l oldi, bu «to‘p» lar ma’lum masofa oralig‘ida shaharning hamma tomoniga joylashtirib chiqildi.

Kachinskiy Shtirnerga ultimatum jo‘natdi:

«Sizga shuni ma’lum qilamanki, yangi kuch — olis masofadan turib kishi ongiga ta’sir qilish vositasidan yakka-yalg‘iz foydalanishingizga endi chek qo‘yildi. Siz bilan bir qatorda boshqalar ham hozir ana shunday qudratga ega. Bunday sharoitda kurashni davom ettirishdan foyda yo‘q. Bu hol jamiyatni halokatga sudrab, aholi boshiga yangidan-yangi uqubatlar keltiradi. Mabodo, siz o‘zingizni bizning ta’sirimizdan himoya qilolgan taqdiringizda ham biz sizning yemiruvchilik faoliyatingizni jilovlab qo‘yamiz; ommaviy tusdagi har qanday fikriy to‘lqinlaringizga qarshi aks ta’sir, aks buyruq bilan javob beramiz. Darhol quyidagi shartlarimizni ado etsangiz, tirik qolishingizga kafillik berishimiz mumkin:

1. Ta’yeiringiz domiga tushib qolgan barcha odamlarni darhol o‘z holiga qaytarib, iskanjadan xalos etasiz.

2. Bundan keyin fikryy to‘lqinlar tarqatishni qat’yain to‘xtatasiz.

3. Ana shunday mashina va elektr apparatlarining hammasini topshirasiz.

Agar taklifimizni rad etsangiz yoki javob qaytarmasangiz men keskin choralarni qo‘llashga majbur bo‘laman.

Kachinskiy».

Ultimatum bilan baravar u Shtirnerning barcha xizmatkorlariga uydan qochish haqida fikriy buyruq yo‘lladi.

Ammo Shtirner shay bo‘lib turardi.

U avtomatik ravishda yozib olingan radiogrammani o‘qidi-yu, shu zahotiyoq javob qaytardi:

«O‘zim lozim topgan paytdagina taslim bo‘laman».

Birdan u xizmatkorlar uydan qochayotganini sezib qoldi. Darhol buning sababini tushundi-yu, qaytish haqida juda kuchli to‘lqin tarqatdi.

XizmatkorLar xuddi yongin ichida qolganday tipirchilab qolishdi. Ikki qarama-qarshi fikr to‘lqini bir-biri bilan to‘qnashib, ularni u yoqdan-bu yoqqa tortqilardi. Xizmatkorlarni bir vaqtning o‘zida ikki xil «xohish», qanday qilib bo‘lmasin, uydan qochish va mutlaqo uydan chiqmaslik xohishi vasvasaga solib qo‘ygandi. Odamlar goh darvoza tomon yugurishar, goh orqalariga qaytishardi. Ba’zilar o‘rnidan jilmaslik uchun mebellarga, eshiklarning yondoriga, isitish trubalariga yopishib olgan edi. Sizig‘i shundaki, mana shu to‘s-to‘polon zarracha shovqinsuronsiz bo‘layotgan edi.

Shtirnerning to‘lqinlari yaqin bo‘lgani uchun, aftidan, kuchliroq ham edi.

Xizmatkorlar asta-sekin o‘z o‘rinlariga qayta boshlashdi.

Bu paytda Shtirner yangi to‘lqin tarqatayotgan edi.

U shaharda qolgan aholini yalpisiga oyoqqa turg‘azib, dushman mashinalarini yakson qilish haqida buyruq berdi.

Shtirnerning buyrugini bajarish uchun odamlar xuddi zilziladan qochganday, shahar tashqarisiga qarab chopa boshlashdi. Bu hujum sira kutilmagan edi. Olomon bir nechta fikr tarqatuvchi apparatni buzib tashlashga muvaffaq bo‘ldi. Ammo Kachinskiyning ko‘pchilik jangchilari chopib kelayotgan odamlarning maqsadini o‘z vaqtida tushunib, ularga qarshi aks ta’sir yuborishdi. Olomon yana ikki to‘lqin girdobida qblib, alg‘ov-dalg‘ov bo‘lib ketdi. Ular hujum qilishni ham, orqaga chekinishni ham bilishmasdi…

Shtirner bu hujumning to‘la g‘alaba bilan tugashiga umid bog‘lamagan ham edi. Uning maqsadi asosiy zarbadan dushmanlarini chalg‘itish edi. U har tarafga to‘lqin tarqata boshladi, to‘r yopinmagan yoki bu noqulay kiyimning biror joyini ehtiyotsizlik bilan ochib qo‘ygan dushmanlarning ba’zilari falaj bo‘lib, ba’zilari aqldan ozib qoldi, Bundaylarni «front» orqasiga olib ketishar yoki Kachinskiy metodi asosida davolashar edi. Hujumchilar bo‘sh kelishmadi. Ular ko‘pchilik edi, binobarin, safdan chiqqanlarning o‘rnini tez egallashar va apparatlarning oldiga turib olib, kechasiyu kunduzi fikr to‘lqinlarini tarqatishardi.

Shtirner o‘zining himoya qiluvchi kostyumida bir necha soat uxlab oldi, ko‘p uxlash esa xavfli edi. Chunki jismoniy hujum ehtimoli bor edi. U barcha xizmatkorlariga himoya kostyumlari kiygizib, ularni yaxshilab qurollantirdi.

Shtirner holdan toydi-yu, lekin taslim bo‘lmadi. U shoshilinch ravishda o‘z mashinasini yanayam mukammallashtirdi, endi bu mashina dushman radiomashinalarini ishdan chiqazishi kerak edi.

Urush bir necha kun davom etdi.

Bir kuni Kachinskiy Shtirnerga qarshi aks ta’sir tarqata turib, birdan mashinadan sakrab tushdi-yu, qayoqqadir chopa ketdi. Zauyer boshini simto‘rga o‘rab brezent ustida uxlab yotardi. Navbatchilik qilayotgan Gotlib esa dastlab Kachinskiyning bu harakatiga e’tibor bermadi.

Qorong‘i kecha edi. Radiomashinalarning turgan joyi fosh bo‘lib qolmasligi uchun projektorlar o‘chirib qo‘yilgandi. Oradan bir necha minut o‘tdi hamki, Kachinskiydan darak bo‘lmadi. Gotlib tashvishlana boshladi. U Zauyerni uygotib, bo‘lgan voqeani gapirib berdi.

— Nima qilib qo‘ydingiz! — deb qichqirdi Zauyer. — U Shtirnerning ta’siriga tushib qolganini nahotki sezmagan bo‘lsangiz? Kachinskiy tamom bo‘ldi. Qancha vaqt bo‘ldi qochib ketganiga?

— O‘n minutcha. Avtomobildan bamaylixotir tushganiga, men yozilgani ketdi, deb o‘ylabman.

— Shunchalik ham go‘l bo‘ladimi odam, Gotlib? — Zauyer ustidan choyshabni olib tashladi, ular ishga qulay bo‘lsin uchun ustlariga simdan to‘qilgan choyshab yopib olishgan edi, va zudlik bilan fikriy buyruq tarqatdi:

«Kachinskiy, qayting! Kachinskiy, qayting!..»

Shu payt kutilmaganda Zauyer mashinadan sakrab tushdi-yu, qorongilik qa’rida goyib bo‘ldi.

— Biz tamom bo‘ldik! — Gotlib uzoqlashib borayotgan Zauyerning shunday deb baqirganini eshitib qoldi.

Gotlib to‘lqin ta’siridan chiqish uchun shofyorga boshqa joyga ko‘chishni buyurdi. Ayni paytda barcha apparatlar orqali shunday fikr yo‘lladi:

«Kachinskiy va Zauyer, qaytinglar!..»

Bu fikr bir yo‘la yigirmata apparat orqali tarqatildi. O‘;. minutlardan so‘ng xuddi ro‘parasidan qattiq shamol urib turganday oldinga egilib, chayqalib kelayotgan sharpa ko‘rindi. Bu Zauyer edi. Ammo Kachinskiy, aftidan, ta’sir markaziga judayam yaqinlashib qolgan shekilli, bu yoqdan berilgan buyruqlar unga kor qilmadi.

— Tezroq choyshabni yopinglar! — deb baqirdi Zauyer.

Gotlib uning ustiga metall choyshabni tashladi.

— Rahmat, Gotlib. Bu gal juda to‘g‘ri ish qildingiz. Meni qutqarib qoldingiz… Mening qanday ahvolga tushganimni tasavvur qilsangiz edi! Bir qadam oldinga tashlayman, ikki qadam orqaga… Kachinskiy qaytmadimi?

— Afsuski, yo‘q.

— Bechora Kachinskiy! O‘ldi deyavering uni… Lekin judayam bemavrid nobud bo‘ldi… Usiz Shtirnerni bartaraf qilolmaymiz.

— Baribir kurashni davom ettiraveramiz, Zauyer. Mashinalar bilan ishlashni o‘rganib oldik. Agar Shtirnerni fikriy buyruq bilan qo‘lga tushira olmasak, qo‘lga qurol olib hujum qilishga urinib ko‘ramiz. Butun bir otryadga himoya kostyumlarini kiygizamiz-da, tish-tirnog‘imizgacha qurollanib, uyiga bostirib kiramiz. Kostyumlar bizni ta’sirdan saqlaydi, o‘qlarga esa xudoga shukur, hech qanday to‘lqin ta’sir etmaydi… Qarabsizki, Shtirner narigi dunyoga ravona bo‘lio turibdi!

XIII. G‘AROYIB KECHA

Kachinskiy chopaverib horiganidan oyog‘ini bazo‘r sudrab, Elza Glyuk uyiga yetib keldi.

Aftidan, uni kutib turishgan edi. Eshiklar lang ochildi. Kachinskiy zinalardan ikkinchi qavatga ko‘tarildi-da, halloslagancha kabinetga kirib, o‘zini kresloga tashladi.

Shtirner xonasining eshigi ochildi. Ostonada, boshdan-oyoq simto‘rga o‘ralgan odam paydo bo‘ldi. Bu Shtirner edi.

— Familiyangiz? — deb so‘radi u.

— Kachinskiy.

— Polyakmisiz?

— Rusman.

Shtirner bir oz jim turdi.

— Siz mening asirimsiz, — dedi u nihoyat. — Xohlasam, nafasingizni to‘xtatib qo‘yishim mumkin, unda siz bo‘g‘ilib, it azobida o‘lasiz. Xohlasam, itoatkor bir qulga aylantiraman. Xullas sizni istagan ko‘yimga solishim mumkin.

— Bilaman, — dedi Kachinskiy. — Siz shundan rahatlanasizmi?

Shtirner yana indamay qoldi.

— Urush shafqatni bilmaydi, — deb davom etdi Kachinskiy. — Men o‘limga mahkum bo‘lgan odamman, lekin sizning halokatingiz ham muqarrar. Modomiki, shunday ekan, sizdan olim sifatida bir narsani iltimos qilmoqchi edim.

— Gapiring.

— Men sizning ixtirolaringizni ko‘rmoqchiman. O‘z kashfiyotlaringizda qanday yo‘l tutgansiz, apparatlaringiz qanday yasalgan, shularni bilmoqchi edim.

Shtirner hayron bo‘lib qoldi. Bir oz o‘ylanib turdi-da, Kachinskiy oldiga kelib, unga qo‘lini uzatdi. Ammo Kachinskiy uning qo‘lini olmadi.

Shtirner orqaga chekinib, qo‘lini yana simto‘r ichiga tiqib chi.

— Hali shunaqa deng! Rossiyadagilarning hammasi ham sizga lagan qahramonmi? — dedi u istehzo bilan.

— Qo‘l bermaslikning hech qanday qahramonlik joyi yo‘q, — javob berdi Kachinskiy bosiqlik bilan. — Biz ikkimiz ikki bda turgan odamlarmiz, mening qo‘lim siznikidan ancha uzoqbor gap shu.

— Yaxshi. Agar o‘z sheriklaringizga ertalab soat to‘qqizga har to‘lqin tarqatmaslik haqida buyruq berishga rozi bo‘lgiz, iltimosingizni qondiraman, ertalabgacha hayotingizni saqlab qolaman.

Kachinskiy o‘yga toldi. Nafsilamrini aytganda, bir necha tlik «yarash» bilan hech narsa o‘zgarib qolmaydi. Bundan iqari, sheriklariga o‘zining tirik ekanligini ma’lum qilish adniyatiga ega bo‘ladi.

— Men roziman.

Shtirner Kachinskiyni fikr tarqatuvchi yetansiya joylashgan Xonasiga olib kirdi.

— Buni qarang-a! — dedi Kachinskiy simto‘rdan yasalgan va 1 odam o‘tirsa sig‘adigan yashikni ko‘rsatib. — Sizda ham bor on-da, bunaqa narsa?

— Ha, — deb javob berdi Shtirner. — Miya tarqatadigan ktromagnit to‘lqinlarini aniqlash uchun shu qafasda tajriar o‘tkazganman.

— Qiziq! — dedi Kachinskiy. — Ikkalamiz ham bir yo‘ldan 1an ekanmiz.

— Lekin yo‘limiz keyin bo‘linib ketgan. Qani, shtabingizga;ruq bering-chi.

Kachinskiy apparat oldiga turib olib, buyruq yo‘lladi. Shtirshu zahotiyoq avtomatik yozuv orqali buyruqning to‘gri-noto‘g(igini tekshirib ko‘rdi.

To‘rt sekunddan so‘ng o‘sha lentaga javob so‘zlari yozildi:

«Haqiqatan ham Kachinskiy gapirayotganini isbot qiling», — an edi Zauyer.

Kachinskiy oralarida bo‘lib o‘tgan so‘nggi gap-so‘zlar, shu…gdek, Moskvadagi suhbat mazmuniga ishora qilib, yana to‘lqin rdi. Aftidan, Zauyer qanoat hosil qildi shekilli, quyidaga javob olindi:

«Ertalab soat to‘qqizga qadar hech qanday to‘lqin tarqatiladi.

Zauyer».

— Mana bu boshqa gap, — dedi Shtirner. — Endi sizni kabinaga qamab olib, hamma chizmalarimni ko‘rsataman. G‘aroyib kecha bo‘ladi bu tun! — Shtirner kabinetni ichkaridan qulflab, kalitni cho‘ntagina soldi. — Mana bu yerga, stol yoniga o‘tiring. Men o‘z xonamdan ba’zi bir xabarlarni jo‘natishim kerak.

— O‘ylaymanki, yarash bitimidan o‘zimizga qar1Ni foydalanmasangiz kerak.

— Xotirjam bo‘ling. Shaxsiy, to‘grirogi, oilaviy mazmundagi gap. — Shtirner bir jilmayib, o‘z xonasiga kirib ketdi.

Qayerdadir, pastda motor guvulladi. Chorak soatlardan so‘ng Shtirner xonasidan chiqib keldi.

— Mana men keldim! — Shunday deb, u shkafdan bir talay qogozlarni olib stol ustiga tashladi. — Zerikkuningizcha ko‘ring. Bu yerda hatto uyning planigacha bor. Ko‘ryapsizmi, hech narsani yashirayotganim yo‘q. Baquvvat dinamomashinalarni yerto‘laga joylashtirganman.

Shtirner jim bo‘lib qoldi, xonada u yoqdan-bu yoqqa yura boshladi, keyin o‘girilib Kachinskiydan so‘radi:

— Mening bu ishimdan ajablanmayapsizmi? Sizni o‘ldirish o‘rniga butun harbiy sirlarim — manavi chizmalarimdan voqif qilib o‘tiribman.

— Yo‘q, ajablanayotganim yo‘q. Mabodo, meni o‘ldirmagan va o‘z planlaringiz bilan tanishtirayotgan ekansiz, bu masalada o‘z mulohazalaringiz bor. Shuning uchun bu «olijanob» harakatingiz uchun hayratimni ham, minnatdorchiligimni ham bildirishga shoshilmayapman.

— Siz haqsiz. Olijanobligim tufayli bunday qilayotganim yo‘q… — Shtirner indamay qoldi. Go‘yo u Kachinskiyga bor gapni ochiq-oydin aytishga ikkilanayotganday edi. Keyin zo‘r-bazo‘r gapirayotganday bo‘ldi: — Men jangda yutqazdim.

— Ha, albatta, — dedi Kachinskiy, — siz yutqazdingiz. Siringiz fosh bo‘lgan kundan boshlab, — bu sirni endi mendan boshqa odamlar ham biladi, — sizning hukmronligingiz tugadi. Hokimiyatingiz parchalanib ketdi, shunday bo‘lgandan keyin…

— Yelgon! — deb qichqirib yubordi Shtirner. — Hali hamma kuchlarimni ishga solganim yo‘q. O‘z apparatlarimni mukammallashtirish borasida sizdan judayam o‘zib ketganman. Siz ko‘rmagan ixtirolarim bor. Millionlab odamlarning fikr to‘dqinlarini to‘plovchi akkumulyatsiya, mislsiz kuchaytirgichlar… Agar bularning barini ishga solsam hammalaringizni yanchib-ezib tashlagan bo‘lardim, sizlarning chivinning gingillashiga o‘hshash to‘lqinlaringizni yamlamay yutib yuborardim. Stansiyamning quvvatini bilasizmi? Ellik ming kilovatt-a! Xo‘sh, buning oldida sizning o‘yinchoqqa o‘xshagan asboblaringiz ip esholarmikin?…

— Baribir siz yengildingiz!

— To‘gri, lekin siz o‘ylaganchalik texnika bobida emas.

— Nimada bo‘lmasa?

— Men o‘zim ko‘tarolmaydigan yukni yelkamga olib qo‘ydim. Men boshlagan ish bema’nilikdan boshqa narsa emas edi. Men xohlaganchalik dunyoga hokim bo‘lish uchun inson mashina tarqatgan to‘lqinning aynan o‘zi bo‘lishi kerak. Men esa faqat odamman.

Charchadim. Irodam ham, asablarim ham tugadi. Yengilishim sabablaridan biri mana shu. Endi menga baribir! Hammasi tamom bo‘ldi! Manavi chizmalarni o-gyib, xohlaganingizcha foydalaning, ulardan hamma bahramand bo‘lsin.

Shtirner soatiga qarab seskanib ketdi.

— Ammo shartimizga qat’iy rioya qiling. Bu men uchun judayam zarur. Har ehtimolga qarshi — mendan xafa bo‘lmang — ustingizdan kulflab qo‘yaman, undan tashqari, manavi soqchilarni qoldiraman. — Shtirner yo‘lbars tusidagi uchta ulkan itga ishora qildi. — Bular buyruqni bajarishga o‘rganishgan. Bilib qo‘ying, mening xonamga kirmoqchi bo‘lsangiz yoki qochishga urinsangiz, itlar sizni burdalab tashlaydi. — Shtirner shunday deb, kabinetdan chiqdi-da, ustidan qulflab qo‘edi.

Kachinskiy semiz papkani ochdi. Unda har xil matematiq hisoblar va formulalar yozilgan qog‘ozlar, planlar, chizma va sxemalar bor edi. Oddyy odam tushunmaydigan mana shu baryaa shartli belgilar Kachynskiy uchun butun bir olam edi. Raqam va formulalar bir zumda fikrga, fikrlar esa obrazlarga aylandi. Qator saf tortgan raqam va harflar bularni yozgan odamning kuchli iqtidoridan dalolat berib turardi. Kachinskiy qog‘ozlarga ko‘z yugurtirarkan, g‘oyalarning originalligi, fikrlarning teranligi, rejalarning dadilligidan, xuddi shaxmat muxlisi grossmeyster o‘yiniga qoyil qolganday, hayratda qolardi. U tez orada hamma narsani unutib, chizmalar ichiga sho‘ng‘ib ketdi.

Qogozlar orayeidan qalin bir daftar chiqib qoldi. Bu Shtirner tutgan kundalik edi. Unga muddati ko‘rsatilmay, qisqaqisqa xotiralar yozilgandi. Ayrim uzuq-yuluq fikrlar, sxemalarning xomaki nusxalari, kitoblardan ko‘chirmalar, hatto ijara haqi bilan bog‘liq hisob-kitoblar ham qayd etilgandi. Kachinskiy bir necha sahifani ko‘zdan kechirib chiqdi.

— Men o‘ylagandan ko‘ra qiziqroq narsa ekan bu, — deb pichirladi u va kundalikni betma-bet o‘qishga kirishdi…

«Yangi yil. U menga nima hadya qilarkin? Gerening uyiga bordim. Professorning ta’bi xira. Shimpanze Frits kasal bo‘lib qolibdi va Gerening qo‘lini yaralyabdi (tishlab olibdi).

«Daraxtdagi kapalak qurti» ni o‘qib chiqdim. Agar bir qurtning g‘ashiga tegilsa, u g‘ujanak bo‘lib oladi, buni ko‘rib, yonidagilari ham shunday qilarkan. Nega bunday?

Frits ancha tuzalib qoldi. Gerening yarasi ham bitib ketdi. Chol qoni zaharlanishidan qo‘rqqan shekilli. Kapalak qurtlari haqida so‘radim. Tuzuk-quruq bir narsa demadi. Shartli refleks, emish. Xuddi bir chaqaloqning yig‘isini eshitib, boshqa chaqaloqlar ham yig‘laganiday gap, deydi. Lekin hamma gap shundaki, agarda kitobda yozilganiga ishoniladigan bo‘lsa, barmoq tegizilganidan keyin g‘ujanak bo‘lib olgn qurtni ko‘rmasa ham boshqalari shunaqa qilaverarmish.

Kir yuvadigan xotin kafangado qildi: har bitta kir uchun uch markayu yigirma besh pfenningdan oldi! Arzonroqqa yuvadigan odam togxish kerak. Kitobga pul yetmadi.

Xo‘jayin ijara haqini talab qilyapti. Uydan ko‘chirvormoqchi. Yana tarjimaga kirishmasam bo‘lmaydiganga o‘xshaydi.

Kuchukni muzika chalib turib ovqatlantirdik. Men fleyta chaldim. Shartli refleksni kuchaytirdim. Ishdan keyin profes(or Gere odati bo‘yicha sayr qilardi, meni ham o‘zi bilan birga boshladi. Yo‘l-yo‘lakay menga galati narsalarni gapirib berdi. Uning aytishicha, agar bir juft erkak va urgochi hasharotni bir-biridan ajratilsa, masalan, urg‘ochisyni kichkina qafasga qamab, erkagini shahar tashqarisiga olib chiqib qo‘yib yuborilsa, u baribir urg‘ochi hasharotning oldiga qaytib kelarmish. Ular yo‘lni qanday topadi? Professor Gere, buning sirayam ajablanadigan joyi yo‘q, hasharotlarda ko‘rish xotirasi kuchli bo‘ladi, deydi. Ko‘pgina hasharotlar (masalan, asalarilar) shunaqa emish. Menimcha, bu to‘g‘ri emas. Qo‘limga hasharot tushishi bilan tajriba qilib ko‘raman, erkagini shahar tashqarisiga hammayog‘i berk qutichada olib chiqaman.

Gere, kuchuk miyasining yarim pallasini olib tashladi. Operatsiya, nazarimda, muvaffaqiyatli chiqmadi. Sho‘rlik kuchuk! Avvalgidan ko‘ra battarroq g‘ingshiydigan bo‘lib qoldi. Unga morfiydan ukol qilgan edim, ancha tinchidi. Sezishimcha, morfiyning ta’siri bosqichma-bosqich bo‘ldi: kuchuk asta-sekin tinchlandi, tutqanoq orasidagi orom vaqti uzaya bordi. Morfiyning ta’siri yo‘qolgach, yana og‘riq boshlandi, lekin bu holat ham xuddi haligiday bosqichma-bosqich yuz berdi.

Omadim keldi: tarjima qilish uchun kitob berishdi. Ximiya kitobi. Judayam qiyin. Lekin shunisi ham borki, avans oldim. Ko‘pgina qarzlarimdan qutuldim: uy egasiga ijara haqini to‘ladim, baqqolga berdim. Ximiyada ancha-muncha qiziq narsalar bor ekan. Tarjima qilib o‘tirib, ko‘pgina kimyoviy jarayonlardachdavriylik mavjudligini bilib oldim. Masalan, shisha idishga simob quyib, ustidan ma’lum quyuqlikdagi vodorod peroksidi solinsa, simob bilan vodorod peroksidi o‘rtasida kimyoviy jarayon boshlanib, pirovardida, vodorod peroksidi suv bilan kislorodga bo‘linib ketar ekan. Yezuvga qaraganda, kislorod ajralishi goh, sustlashib, goh tezlashib turarkan. Eng qizig‘i shundaki, shhar va narkotik moddalar xuddi inson organizmiga ta’sir qilganiday, mana shu davriy reaksiyalarga ham o‘ziga xos ta’sir kursatadi! Bu degan so‘z, inson va hayvon organizmida ham xuddi shunday kimyoviy reaksiyalar sodir bo‘lib turishini anglatmaydimi? Demak, morfiy biz operatsiya qilgan kuchukka ta’sir qilganiday, laboratoriyada o‘tkaziladigan shisha idishdagi reaksiyaga ham xuddi shunday tinchlantiruvchi ta’sir o‘tkazar ekan-da?

Turli fanlar ba’zan kutilmaganda bir-biriga yaqinlashib qoladi.

Charchash jarayonini o‘rganish maqsadida professor Gere bilan tajribalar o‘tkazdik. Masalan, ko‘zning charchashini olaylik. Yerug‘likda qizil rang ayniydi, qorong‘ilikda esa yana o‘z holatiga qaytadi.

Qayta-qayta ta’sir qilish natijasida asabiylikni ma’lum cho‘qqigacha ko‘tarish mo‘mkii, ammo undan keyin shunday bir reaksiya yuz beradiki, asabga hech narsa ta’sir ko‘rsatolmaydi. Asabning sezgirlik davri undagi sezuvchan moddaning butunlay buzilib ketishiga bogliq. (Masalan, ko‘zdagi ana shunday sezuvchan modda qizillik ekan.)

Orqa miyadan teparoqqa joylashgan nerv markazlariga kelsak, ularga elektr orqali ta’sir ko‘rsatilsa, tokning qancha muddat tutib turilishidan va ta’sir qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, davriy «reaksiya» hosil bo‘ladi. Markazdan muskullarga uzatilgan harakatlantiruvchi qo‘zgatishlar soni sekundiga 16 dan 30-gachani tashkil etadi. (Bu ham kimyoviy jarayonlardagi davriylikning xuddi o‘zginasi.)

Gere menga, itlarni o‘rgatishga qobiliyatingiz zo‘r, deydi. Agar sirkda ishlasam, tarjima qilib topganimdan ko‘ra ko‘prok pul tushirarmishman. Professor bo‘lishimga hali ancha bor emish! Professorlik nima qilib berardi menga? Muhtojlik jonimga tegdi.

12 may — ulug kun! Urgochi kapalakni kichkina qafasga solib, ochiq deraza tokchasiga qo‘ydim-da, erkagini yopiq qutichada shahar tashqarisiga olib chiqib qo‘yib yubordim. Erkak kapalak qanotini mayib qilib, ucholmay qolarmikin, deb qo‘rquvdim Darhaqiqat, qanotlari bir oz shikastlanibdi, lekin shunga qaramay, u shahar tomonga qarab uchib ketdi. Uyga qaytib kelsam hali qaytmabdi. Taxminan bir soatlardan keyin paydo bo‘ldi-yu o‘zining tutqunlikdagi jufti tepasida aylana boshladi. Ikkovini ham qo‘yib yubordim. Men lol bo‘lib qolgan edim. Yepiq qutida olib ketilgan kapalak shaharga qanday qilib qaytib keldi? Gere xato qilyapti. Kapalak allaqanday bir sezgiga tayanib, topib kelgan. Qanday sezgi bu? Keyin qurtlar yodimga tushdi. Sheriklaridan biriga nimadir xavf solayotganini ular qanday sezgi bilan sezisharkin? Kun bo‘yi boshim qotdi…

Keyin birdan jumboqni yechganday bo‘ldimu o‘zimni buyuk bir kashfiyot bo‘sag‘asida turganday his etdim. Balki intuitsiya deganlari mana shudir? Birdan ichki bir hissiyot bilan bir narsani fahmlash. Darvoqe, aslida ko‘p narsani keyinroq fahmladim. Mening haligi holatim esa uzil-kesil «fahmlash» emas, balki halizamon muhim bir yangilikdan voqif bo‘lishimni ko‘ngil sezganidan tug‘ilgan bemisl quvonch edi. Intuitsiyani to‘la-to‘kis tushunmasak ham uning hech qanday sirli joyi yo‘q. Intuitsiya, menimcha, turli-tuman taassurotlar, fikrlar, ko‘p yillar davomida to‘plangan uzuq-yuluq fikrlarning o‘zaro birikkan paytidir. Bu birikish miyada sodir bo‘ladi. Barcha fikrlar bir sistemaga tushib, jamlanib, yangi bir xulosa, yangi bir fikrni vujudga keltiradi. Harholda men buni o‘z boshimdan kechirdim. Endi men o‘z kashfiyotimga qay tariqa yetib kelganimni tasavvur qila olaman. Kapalak va qurtlarning xatti-harakati haqida o‘ylab turib, ehtimol ular radio orqali gaplashishsa kerak, degan xayol keldi miyamga. Albatta, ularning o‘ziga xos «tabiiy» radiostansiyasi bo‘lishi kerak. Mo‘ylovlari balki antenna vazifasini bajarar. Bu o‘xshatish o‘zimga yoqib qolib, shu haqda ko‘p o‘ylay boshladim. Xo‘sh, nima uchun shunday bo‘lishi mumkin emas? Doimo birga yuradigan ikkita kapalak qandaydyr signallar orqali o‘zaro «gaplashishi» mumkin. Lekin bu signallarni qanday energiya bir-biriga yetkazadi? Loaqal elektrni olaylik! Ionlar, ya’ni elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi kimyoviy;ritmalarni bilamiz. Tirik mavjudot organizmida muskullar na asosan, nerv va miyaning ishlashi jarayonida murakkab kimyoniy reaksiyalar yuz beradi. Bu ish jarayoni ham ma’lum bir davriylik bilan bog‘liq. Demak, nerv markazlari ionlarni vaqtnaqti bilan chiqaradi yoki to‘xtatib turdi. Bu ionlar havoga tarqalib, ikkinchi mavjudotning nerv sistemasi orqali qabul silinadi… Mana sizga radioaloqa!

Men hali uzil-kesil xulosaga kelmagan edim-u, lekin bu kash|)iyotim ikkita kapalakning bir-biri bilan topishishini jo‘ngipa tushuntirishdan ko‘ra chuqurroq, muhimroq va ahamiyatliroq: janligini ko‘nglim sezib turardi. Kapalaklar fikrimga turtki berdi, xolos. Ehtimol, kapalaklarning bir-birini topishida radioning aloqasi yo‘kdir. Ehtimol, ularda hid bilish yoki bizga ioma’lum yo‘nalishni his etish sezgisi taraqqiy etgandir. Endi kapalaklar qayoqqa uchsa uchaversin, bir-birini qanday qilib topsa topaversin. Ular bilan endi mening ishim yo‘q. Endi mening oldimda bundan ko‘ra muhimroq va qiziqroq tadqiqot ob’yekti: hayvonlar va odamlar turibdi…»

«Qiziq, — deb o‘yladi Kachinskiy. — Men ham, Shtirner ham qar xil yo‘ldan boribmiz-u, ammo bir xil xulosaga kelibmiz. To‘g‘rirog‘i, ikkalamiz ikki nuqtadan ish boshlabmiz. Lekin u ham, men ham ximiya, fiziologiya va fizikaning eng so‘nggi yutuqlaridan foydalanganmiz. Agar biz radiodan, ion nazariyasidan, refleksologiyadan bexabar bo‘lganimizda hech qanday kashfiyot qilmagan bo‘lardik. Dunyoning ikki burchida yashovchi olimlar ba’zan bir kun, hatto bir soatning o‘zida aynan bir xil yangilikni kashf qilishlari sababiga endi tushundim…»

«…Bir necha kungacha g‘alati bo‘lib yurdim, — deb yozardi Shtirner o‘z kundaligida. — Men ilmiy kashfiyot qildim. Buni professor Gerega aytsammikin, yo‘qmikin? Axiri chidolmadim, chalachulpa qilib bo‘lsa ham unga gapirib berdim. Lekin, aftidan, professor gapning asosiy mohiyatini tushundi. U menga kichkina ko‘zoynagi tepasidan kulimsirab qarab qo‘edi, kulganida bir dona ham tishi qolmagan og‘zi torayib, mo‘ylovi va pastki labining ostidagi soqoli tipratikan ignasiday dikkayib ketdi.

— Sizning fikringizcha, — dedi u, — ya’ni siz, he… ishlab turgan, ya’ni fikrlayotgan inson miyasi radio to‘lqinlari chiqaradi, binobarin, fikrni uzoq masofaga uzatish mumkin, demoqchisiz-da?

— Aniqrog‘i, fikrning o‘zini emas, miya chiqargan elektr to‘lqinlarini uzoq masofaga uzatish mumkin. Har bir fikr, har bir kayfiyat ma’lum chastota va uzunlikdagi o‘ziga xos to‘lqin tarqatadi. Bu to‘lqinlar boshqa miya tomonidan qabul qilib olinib, qanday fikr yoki kayfiyat tarqatilgan bo‘lsa, o‘shandayligicha ongda namoyon bo‘ladi.

Gere boshini qimirlatib, diqqat bilan eshitib o‘tirdi, gapimni tugatishim bilan chertib-chertib so‘zlay ketdi:

— Bo‘lmagan gap! Xafa bo‘lmangu, azizim, quruq safsata bu. Siz xulosa chiqarishda hammavaqt shoshasiz. Agar bundan keyin ham shu yo‘ldan boradigan bo‘lsangiz, sizdan hech kachon tuzukroq olim chiqmaydi.

— Nega safsata bo‘larkan? — dedim men xafa bo‘lib.

— Chunki bu ilmiy gap emas. Shuning uchun ilmiy emaski, hali tajriba orqali isbot qilinmagan. Mana, ikkalamizning oramiz ikki qadam ham kelmaydi. Qani, birorta fikrni menga o‘tkazib ko‘ring-chi!

Men sal shoshib qoldim.

— Buning uchun bizning «stansiya» larimiz, ya’ni miya va nervlarimiz bir-biriga to‘grilangan bo‘lishi kerak.

— Xo‘p, to‘g‘rilang! — dedi Gere tantanavor bir qiyofada.

— Ularni radiopriyomnik to‘lqinlariga o‘xshash to‘g‘rilab bo‘lmaydi. Lekin yaqin odamlar orasida bunday moslik ko‘p uchraydi. Bunaqa ajoyib-g‘aroyib hodisalardan qanchasini eshitganmanu…

— Har turli ko‘zbog‘lamachilik, folbinlik, sehrgarlik va shunga o‘xshash hiyla-nayranglarni aytyapsizmi? Ehtiyot bo‘ling, azizim. Siz judayam qaltis yo‘lga tushib qolibsiz.

— Lekin mening nazariyam bilan bunaqa hiyla-nayranglarni nima aloqasi bor?

Men ranjidim-u, ammo umidsizlikka tushmadim.

Yana puldan qiynalib qoldim… Xo‘jayin uydan ko‘chirib yubormasa go‘rga edi.

Baribir men haqman. O‘zimning haqligimni Gerega isbot qilmasdan qo‘ymayman. Ammo qanday qilib tajriba o‘tkazsamikin-a?

Ertaga tarjimamning qalam haqini berishmoqchi.

Gere kuchuklarni o‘rgatish qobiliyatimga ajablanyapti. U bu ishimning sirini bilmaydi. Men kuchuklarni shartli refleks asosida o‘rgatmayman. Mening usulim boshqacha. Men ularga ta’sir o‘tkazaman.

Bu ta’sirning siri shundan iboratki, men buyrug‘imni ijro etish uchun it ajarishi l’zim bo‘lgan har bir harakatni ipidan-ignasigacha ko‘nglimdan o‘tkazaman. Kecha qiziq voqea bo‘ldi. Gere ming‘irlayverib, nasihat qilaverib jonimga teguvdi, Vega (Gereni o‘lguday yaxshi ko‘radigan kuchuk) hozir borib uny bir tishlasa edi, degan o‘y xayolimga keldi. Odatim bo‘yicha, kuchuk chopib borib Gerening pochasidan olishini aniq tasavvur qildim. Nima bo‘ldi deng? Vega rostdan ham qattiq akillagancha Gerening oldiga chopib bordi-yu, shimini dabdala qilib tashladi. Axir bu fikrni olisdan turib uzatish emasmi? Gere nihoyatda xunob. Veganing xatti-harakati biz o‘rgatgan har qanday refleks doirasidan ham chiqib ketgani uchun Gere uni quturgan deb o‘ylashti. Sho‘rlik kuchukni maxsus kameraga qamab qo‘yib, kuzatish olib boryapti. Ammo oldiga suv qo‘ysa Vega pinagini buzmay ichganini ko‘rib, ajablanadi. Mening kulgim qistaydi, Vega bo‘lsa qamab qo‘yilganidan hayron. Axir itning nima uchun bunday silganini tushuntirolmayman-ku! Qiziq! Gerega fikrni uzoq masofaga uzatish mumkinligini isbot qilmoqchi edim, endi yana shunaqa sharoit tug‘ilishini kutish kerak. Darvoqe, sharoitni yaratsa ham bo‘ladi. Endi Gerening ko‘z oldida tajriba qilib ko‘raman. Mayli, bu gal Gerening o‘zi topshiriq bersin, masalan, kuchukka falon marta akillashni buyursin.

Yigirma marka qarz oldim. Ijara haqini to‘ladim.

Vega haliyam «qamoq» da. Devor orqasida turib, xayoldan unga uch marta akillashni buyurdim. Har doim fikriy buyrug‘imni bsxato bajaradigan kuchuk bu gal parvo ham qilmadi. Nima uchun bunday bo‘ldi?

Sababini topdim. «Kamera» devorlariga tunuqa qoplangan, tunuka esa kanalizatsiya trubasiga tyogib turardi. Qoyil! Tajriba qilishim uchun taqdirning o‘zi menga yordam beryapti: men tarqatgan fikr to‘lqini tunuka qoplangan. denorga urilib, kanaliiatsiya trubasi orqali yerga o‘tib ketar ekan. Agar xohlaganda yerga ulab, xohlaganda yerdan ajratib qo‘yiladigan temir qafas yasayeam-da, ana shu qafasning ichiga o‘tirvolib, itga ta’sir o‘tkazsam-chi? Unda…»

— Qiziq! — deb pichirladi Kachinskiy. — Temir qafas yasash fikri unda shu tariqa paydo bo‘lgan ekan-da!

Shtirner, aftidan, ancha payt kundalikni qo‘liga olmagan shekilli, keyingi yozuvlar uning Karl Gotlib ixtiyorida ishlagan naytiga aloqador edi.

«Mening hurmatli xo‘jayinim Karl Gotlib, — deb yozardi Shtirner, — judayam itga ishqiboz. Qizig‘i shundaki, itlar gufayli biz yaqinlashib ketdik, shular tufayli mening martabam oshdi. Men u bilan Gerening uyida tanishganman. Ular maktabdosh va tengqur ekan, lekin ikkoviga qarab turib, sirayam unaqa deb o‘ylamaydi kishi: Gerening sharti ketib parti qolgan, Gotlib asa qirchillama yigitga o‘xshaydi. Gotlib mening o‘rgatilgan gsuchuklarimga qiziqib qolib, uyiga taklif qildi. Gerenikiga u yiliga bir marta kelardi. Shuning uchun ham men bankir bilan ilgariroq uchrashmaganman. Mana endi, kimsan — Karl Gotlibning shaxsiy sekretariman! U mendan xursand, men — undan.

Qariya Gere bilan aloqamiz allaqachon uzilib ketgan. Afsuski, men unga fikrni uzoq masofaga uzatish mumkinligini tajribada isbot qilib berolmadim. Mayli, qaytanga yaxshi. Mustaqil ishlayapman. Bu nomi ulug‘ qariyalar yoshlarning mehnatiga sherik bo‘lishni yaxshi ko‘rishadi. «Gere laboratoriyasida sinab ko‘rildi… Gere rahbarligi ostida unday qilindi, bunday qilindi…» Hamma shuhrat Gereniki. Darvoqe, hozir meni shuhrat emas, undan ko‘ra muhimroq narsa qiziqtiradi. Temir qafas ichidan turib ta’sir o‘tkazishni o‘zimcha sinab ko‘rib, shunday xulosaga keldimki, fikr qilinayotgan paytda elektr to‘lqinlari hosil bo‘lar ekan. Endi ana shu to‘lqinlarning xususiyatlarini o‘rganishga kirishish kerak.

Ishim boshimdan oshib-toshib yotibdi. Kechasilari inson miyasi tarqatadigan radioto‘lqinlarni tutuvchi apparat yasash bilan ovoraman. Bu juda qisqa to‘lqinDa ishlovchi, nihOyatda sezgir priyomnik bo‘lishi kerak. Uning diapazoni qirq santimetrdan bir metrgacha uzunlikdagi to‘lqinga moslashgan bo‘lishi lozim.

Mana sxemasi.

Elza Glyuk! Ajoyib qiz. U bilan yuriskonsultimiz (familiyasi nuqul esimdan chiqib qoladi) orasidan ola mushuk o‘tganmi deyman. Ammo Zauyer! Glyuk bilan Zauyerning munosabati juda iliq. Ehtimol qaylig‘idir? O‘sha kulcha yuzning nimasi yoqarkin qizga?

Ishim yurishmadi! Priyomnik radioto‘lqinlarni qabul qilmadi. Boshqatdan yasayman. Endi kechalari ishlayapman. Kechqurunlari universitetda anatomiya bilan fiziologiyani o‘rganyapman, lekin bu fanlarni radiotexnika nuqtai nazaridan tahlil qilyapman. Qiziq! Odam tanasi xuddi qabul qiluvchi va tarqatuvchi radiostansiyaga o‘xshaydi!

Lekin bu radiostansiyani o‘rganish uchun avval radiotexnika bilan shug‘ullanishimga to‘gri keldi. Jin ursin, ertaga balki astronomiyani o‘rganish zaro‘r bo‘lib qoladimi! Yaxshiyamki, endi uy egasi ijara haqini so‘rab, jonimga tegmaydi. Gotlibnikida yashayman, maoshim yaxshi. Shuncha azoblardan keyin o‘zimni podshoday his qilyapman. Mashinalarim uchun zarur narsalarni sotib olishga qurbim yetadi.

Elza Glyuk. Glyuk — bu baxt. U kimniki bo‘larkin? Nahotki kulcha yuz ilib ketsa?

Yana boshim qotdi. Hushtak aralash allaqanday vag‘illagan ovoz eshitilyapti. Balki «fikrlar muzikasi» dir bu? Chetdan hech qanday ta’sir bo‘lmasligi uchun xonani tashqi olamdan ajratib olish kerak.

Xayriyat!..

Glyuk menga sirayam e’tibor bermaydi. Fit — xuddi qo‘g‘irchoqqa o‘xshaydi, chiroyli, ammo noshudroq. Zauyerni yaxshi ko‘rib qolganga o‘xshaydi. Lekin uning xayoli Elzada. Bunga endi shubha yo‘q. Emmaning holi nima kechadi? Sho‘rlik qiz!

Ishim ko‘ngildagiday ketyapti! Ajablanadigan joyi yo‘q. Biz o‘z fikrlarimizni xatda, gazetada harflar orqali ifoda etamiz-ku. Endi men uchun fikr va tuyg‘ularning boshqacha tili, boshqacha ifodasi bor; To‘lqin uzunligi — en. Iks chastotasi — qo‘rquv. Qo‘rquv tuyg‘usining radkoto‘lqini mana shu. Quvonch tuyg‘usiniki boshqacha. Aftidan, hademay sun’iy ravishda tuyg‘ular hosil qilib, radio orqali tarqatsam kerak. Xohlasangiz, quvonishingiz, xohlasangiz, yiglashingiz mumkin. Qiziq! Hayvonlar tuyg‘usining radioto‘lqinlari odamlar hissiyotining (qo‘rquv, quvonch va hokazo) xuddi o‘sha xildagi to‘lqinlariga judayam o‘xshab ketadi.

Yo‘q, bu favqulodda bir ish bo‘lardi!!!

Jin ursin! Zo‘r-ku! Men o‘zimni-o‘zim osmonga olib chiqib so‘yyapman. Kichkina radiostansiya yasab, kuchukning qaygusiga mos keladigan to‘lqin tarqata boshladim. Endi apparatim inson va x,ayvonlar miyasi tarqatgan elektr to‘lqinlarini juda aniq yozib olyapti. Hozir qo‘limda butun boshliq to‘lqin — hissiyot — fikr «lug‘ati» bor. Bir gal o‘z «grammofon» im — jajji stansiyamni qayg‘u pardasiga moslab qo‘ydim. Stansiya kuchuk qaygusini anglatadigan radioto‘lqin tarqata boshladi. Stansiya yoniga stul qo‘yib, unga Falkni o‘tqazib qo‘ydim. It radioto‘lqinlarni yaxshiroq qabul qilishi uchun stul izolyatsiya qilingan edi. Xo‘sh, keyin nima bo‘ldi deng? Falk birdan ma’yuslanib, uvillay boshladi! Radioto‘lqinlar unga ta’sir qilgan edi! Suyunganimdan itni bag‘rimga bosib, xonani gir aylanib chiqdim.

Sal o‘zimni boyeib olganimdan keyin tajribani takrorlamoqchi bo‘lib, itni to‘siq orasiga o‘tqazdim. Ammo Falk miq ztmadi. Aftidan, u yaqin masofadagi to‘lqinlarnigina qabul qilsa kerak. Agar radiostansiyaning tarqatish quvvatini oshirsam-chi?

Elza Glyukka sirayam tushunmayman. Lekin u meni nega bunchalik qiziqtirib qoldi? Balki sevib qolgandirman! Bo‘lmagan gap! Hozir bunaqa ahvolda emasman.

G‘alati hodisa! Men o‘zimni g‘amgin holatga soldim. Apparatim miyam tarqatgan ana shu ma’yus to‘lqinlarni yozib oldi. Keyin bu to‘lqinni apparatim orqali kuchaytiribroq tarqatdim. O‘zimni har qancha quvnoqlikka solsam ham allaqanday g‘ussa bostirib kelaverdi. Rostini aytsam, o‘sha payt Falkka o‘xshab uvillashga ham tayyor edim. o‘zim-o‘zimga qayg‘u to‘lqinini tarqatgan edim. Qizig‘i shundaki, xafa bo‘lishimga hech qanday sabab yo‘q edi, bu qayg‘u sun’iy ravishda yaratilgan edi. Xo‘sh, buni nima deyish mumkin? o‘z-o‘zini gipnoz qilishmi? Menimcha, yuqoridagi hodisa ta’sir qilish yoki o‘ziga-o‘zi ta’sir qilishdan boshqa narsa emas. Gipnoz bilan o‘xshashlik tomoni shundaki, mazkur hodisada ham u yoki bu fikr va kayfiyatning muqarrar ta’siri bor. Lekin bu o‘rinda biz guvoh bo‘lgan holat mexanik usulda vujudga keltirilgan, ya’ni nerv to‘qimalarida sun’iy ravishda muayyan fikr yoki kayfiyatga aloqador elektroximik jarayon qo‘zg‘atiladi, natijada ongda aynan o‘sha fikr yoki kayfiyat hosil bo‘ladi. Ajoyib mexanika!

Ammo bundan keyingi tajribalarimni qanday amalga oshiraman? O‘zim chetda qolib, boshqalarga ta’sir o‘tkazish uchun nima qilishim kerak? Buning ikkita yo‘li bor: birinchisi, yo‘naltirilgan to‘lqin va ikkinchisi, izolyatsiya (boshga simto‘r kiyib olish).

To‘rning foydasi bor. Yo‘naltirilgan to‘lqin bilan ishlab ko‘raman. Buning uchun qanaqa antennalar qulay? Menimcha, nurni ma’lum nuqtaga to‘plovchi fokusnusxa antennalar yasashim kerak. Shunda to‘lqinni kuchaytirib tarqatish mumkin bo‘ladi.

O‘zimni bosishga har qancha urinsam ham ba’zan aqlim shoshib qoladi: oldimda qanday istiqbollar ochilyapti! Elza!..

Kechagi tayasriba. Falkka fikran narigi xonadan kitob olib kelib berishni buyurdim. Buyruqni stansiya qabul qilib olib, keyin tarqatdi. FalK buyruqni bajardi. Men kitobni joyiga olib borib qo‘ydim-da, to‘lqinni yana takrorladim, ya’ni bu gal o‘zim hech qanaqa fikriy buyruq bermadim, faqat apparat orqali boyagi mazmundagi to‘lqinni qaytadan tarqatdim. Falk yana kitobni olib kelib berdi. Bu radioto‘lqinlar xuddi ovoz plasginkaga yozilganday, apparatga yozib olinadi. Endi richagni bir aylantirish bilan qaytadan buyruq beraverishim mumkin.

Vugun g‘alati bir tajriba o‘tkazdim. Odamga fikran buyruq berishga urinib ko‘rdim. Karl Gotlibnikida Gans degan keksa bir xizmatkor yashaydi. Men xayolan unga xonamga kelishni buyurdim. O‘zimni esa Gansning o‘rnida tasavvur qilib, uning xonasidan mening xonamgacha bo‘lgan butun yo‘lni, u qilishi lozim bo‘lgan har bir xatti-harakatni ko‘z oldimga keltirib turdim, qisqasi, xuddi Falkka ta’sir o‘tkazgan paytimdagi holatga kirdim. Ammo Gansdan darak yo‘q edi. Bunga ajablanmadim. Chunki men bilan Falk o‘rtasida allaqachon aloqa o‘rnatilgan. Bundan tashqari, Falkka yaqin masofadan turib ta’sir o‘tkazganman. Miya tarqatadigan radioto‘lqinlarning quvvati juda oz, shuning uchun bu to‘lqinlar boshqa birovning miyasiga yetib borib, u yerda aynan bir xil elektr tebranishlarini qo‘zg‘atishi amrimahol. Gans bilan men tamomila boshqa-boshqa odamlarmiz. Ehtimol, uning miyasi — qabul qiluvchi stansiyasi — mening miyam tarqatgan signallarni qabul qilolmagandir. Shundan keyin men o‘sha buyruqning o‘zini radiostansiya orqali kuchaytirib tarqatdim. Natijasini yuragimni hovuchlab kutib turdim. Yepiray, tushimmi-o‘ngimmi, yo‘lakda Ioganning shipillagan qadam tovushlari eshitildi: u eskitdan oyoq og‘riq, shuning uchun nuqul tagi yumshoq poyabzal kiyib yuradi. U men o‘tirgan xona eshigini taqillatmasdan ochdi-yu (ilgari sira bunday qilmasdi), birdan xijolat bo‘lib ostonada to‘xtab qoldi. Unga bundan keyin nima qilish kerakligini buyurmagan edim. U qo‘qqisdan kirib kelganini oqlashga urindi.

— Uzr, nazarimda… chaqirganday bo‘ldingiz… — dedi u og‘irligini bir oyog‘idan ikkinchisiga solib.

— Ha, ha, — dedim men shoshib, cholni xijolatdan qutqarish uchun. — Janob Gotlib klubdan qaytdilarmi-yo‘qmi, shuni bilmoqchi edim.

— Ular hali kelishgani yo‘q, — deb javob berdi Iogann yengil tortib. U endi mening chaqirganligimga shubha qilmasdi. Boyagi o‘ng‘aysiz holatdan unda endi asar ham qolmagandi.

— Rahmat, Iogann, boravering.

Chol ta’zim qilib, chiqib ketdi. Men-chi? Men uni orqasidan quvib borib, bag‘rimga bosishga, xuddi ma’yuslikdan uvillab yuborgan Falk bilan bo‘lganiday, xonani charx urib aylanishga tayyor edim.

Tajriba muvaffaqiyatli o‘tdi! Bu nimani bildiradi? Bu degan so‘z endi men boshqa odamlarga ham hukmimni o‘tkaza olaman. Ularga ko‘nglimga kelgan ishni qildiraman. Hamma narsaga qurbim yetadi! Mendan kudratli odam bormi dunyoda?

Xohlayeam, odamlar o‘z boyliklarini keltirib, oyoqlarim ostiga tashlashadi. Xohlasam, meni qirol, imperator qilib saylashadi. Lekin toj-taxtni boshimga uramanmi! Meni dunyo ning eng suluv qizlari sevib qolishi mumkin… Elza! Yo‘q, yo‘q… Bunday qilmayman, Shtirner, es-hushingny yig‘! O‘zingni bos, Shtirner, aks holda oqibati yaxshi bo‘lmaydi! Shtirner! Kechagina bir burda nonga zor student eding, keyin professor Gerega aspirant bo‘lding… Otbasharya, o‘rtamiyona bir odamsan… Tasodifan ilmiy kashfiyot qilib, darrov hokimiyat, shuhrat, muhabbat haqida orzu qilyapsanmi?!

Kecha sayrga chiqdik: men, Elza Glyuk, Emma Fit va Zauyer, Aftidan, ko‘p ortiqcha gaplarni gapirvordim shekildi. Yarmi hazil, yarmi chin qabilida Elzaga og‘iz soldim. Shunaqa bo‘liShi ham kerak edi o‘zi… Men bilan hazillashmasin-da! Lekin hazillashgani ham yo‘q edi. Nega Zauyer menga g‘olib chiqqan odamday qaraydi? Apparatimning kuchini unda ham bir sinab ko‘rmasam, ko‘nglim joyiga tushmaydi».

«Yezmaganimga qancha vaqt bo‘ldi-yu! Xotinim yana xafa. Stansiyamning quvvatini yanada oshirishim kerak.

Katta o‘yin boshlab qo‘ydim. Ye bo‘ynim uziladi, yoki…

Nega aql-idrok bilan ish tutmadim? Endi o‘zimni to‘xtatishim qiyin, o‘yinga qattiq berilib ketdim. Charchadim, doimiy asabiylikdan tinkam quridi.

Bu kundan o‘lganim yaxshi! Professor Geredan yuz o‘girmasam bo‘lar ekan!

Urush!..

Yetadi! Doldan toydim. O‘yinni tugatish kerak…»

XIV. O‘YIN TUGADI

Elza Glyuk qishki zalda boshdan-oyoq simto‘rga o‘ralib o‘tirardi.

Qayerdadir momaqaldiroq gumburlar, uning olis guldurosi qo‘shni zalda bo‘g‘iq aks sado berardi. Havo dim edi. Elza har vaqtdagiday Lyudvigni o‘ylab o‘tirganidan, uning qadam tovushlarini eshitib seskanib ketdi. Shtirner qishki zalga kirdi-yu, egnidagi metall choyshabni olib tashladi, keyin Elzaning oldiga kelib, uning ustidan ham xuddi shunday yopinchiqni olib qo‘ydi.

— Bugun bu yoqimsiz kiyimdan dam olsak ham bo‘ladi, Elza. Uf! — U yengil tin oldi.

Elza anchadan buyon Shtirnerning yuziga qaramagan edi, hozir basharasi bu qadar o‘zgarib ketganini ko‘rib, hayron qoldi. Uning ko‘zlari xuddi kasal odamnikiday ich-ichiga tortib, burni battar beso‘naqay bo‘lib ketgan edi. Soch-soqoli qam bir ahvolda edi.

— Judayam o‘zgarib ketibsan, Lyudvig! Taniyolmay qoldim seni!

Shtirner jilmaydi.

— Qaytanga yaxshi. Tarki dunyo etgan darvishga o‘xshayman-a, rostdan? Yur, Elza… Biror narsa chalib ber„. ko‘pdan buyon muzika eshitganim yo‘q… Oxirgi marta…

Ular zalga kirishdi. Elza royal yoniga o‘tirib, Shopenning «noktyurn» ini chala boshladi.

— To‘xta, Elza… To‘xta… buni emas. Momaqaldiroq yaqinlashib kelayotgan paytda ham shunaqa mayin, mungli kuyni chaladimi odam? Momaqaldiroq ovozini eshityapsanmi? Momaqaldiroq! U birovlarga kuch bag‘ishlab, birovlarni nobud qiladi… Bugun kechasi Shtirner tamom bo‘ladi…

Elza sarosimalanib o‘rnidan turdi.

— Nimalar deyapsan, Lyudvig? Odamni qo‘rqitmasang-chi!

— Hechqisi yo‘q… E’tibor berma… Tun bo‘yi hammasini bilib olasan… Sen bilan ko‘p narsalar haqida gaplashib olishimiz kerak… Chal tezroq… Betxovenning qahramon o‘limiga bagishlangan motam marshini chal. Qahramon! Xa-xa-xa!

Elza shu kuyni chala ketdi.

Shtirnen barmoqlarini uqalagancha katta-katta qadam tashsab, zalda u yoqdan-bu yoqqa yurardi.

— Sharmandasi chiqqan qahramon o‘limiga bag‘ishlangan motam marshi… Aytishlaricha, Betxoven uni Napoleonning o‘limiga bag‘ishlab yozgan ekan, keyin undan ko‘ngli qolib, marshni oddiygina qilib: «Qahramonning o‘limiga», deb atab qo‘ya qolibdi. Nima demoqchi edim-a? — Shtirner soatiga qarab, dedi: — Bo‘ldi, Elza. Sanoqli minutlar q’Ldi. Endi meni o‘p, avvalgilariga o‘xshamaydigan qilib, qattiq va astoydil o‘p.

Shtirner Elzaning lablaridan uzildi.

— Shirin xomxayol!..Soat to‘ngi o‘n ikkiga zang urdi.

— Tamom! — deb pichirladi Shtirner.

Shu lahzaning o‘zida Elza a’zoyi badani g‘alati bo‘lib ketayotganini sezdi. Go‘yo vujudidan so‘nggi paytlarda o‘zi kiyib yurgan simo‘rga o‘xshash allaqanday bir parda sidirilib tushayotganday edi. Fikri tiniqlasha boshladi. U birdan ilgarigi, Karl Gotlib o‘limidan oldingi Elzaga. aylanib qoldi. U nimqorong‘i, befayz zalga taajjublanib ko‘z yugurty]rdi. Chaqmoq yarq etib Shtirnerning yuzini yoritgan edi, qiz ro‘parasida turgan sersoqol, notanish odamni ko‘rib qo‘rqib ketdi.

— Nima bu? Qayerdaman? — d «di u vahimaga tushib. — Kimsiz?

Shtirner achinish aralash bir sinchkovlik bylan bu o‘zgarishni kuzatib turgan edi.

— Bu marhum bankir Karl Gotlibning zali. Stenografistka Elza Glyuk bu zalda hech qachon bo‘lgan emas… Qarshingizda turgan odam esa Lyudvig Shtirner. Taniyapsizmi meni? Elza!.. Men sizning oldingizda gunohkorman, lekin kechirim so‘ramayman. Menga tasalli beradigan birdan-bir narsa shuki, men sizni rostdan ham sevardim… Hozir ham sevaman… yurak-yuragimdan yeyevaman…

Elza royal yonida turgan dumaloq stulga o‘tirdi-yu, o‘zini orqaga tashlab, dahshat ichida Shtirnerga tikildi.

— Menga bunaqa yomon qaramang, Elza! — Shtirner fikrini bir yerga to‘plamoqchi bo‘lganday peshonasini ishqaladi. — Ha, sizni sevaman. Meni jinoyatga birinchi bo‘lib sudragan shu sevgi shasmidi? O‘zim bilan o‘zim ko‘p kurashdim. Sayr paytida, qayiqda bo‘lib o‘tgan suhbatimiz esingizdami? O‘shanda men sizga qudratli kuchga egaligim haqida gapirgan edim. Bu quruq gap emas edi. Men haqiqatan ham shunday qudratga ega edim. Men boshqalardan oldin fikrni uzoq masofaga uzatish usulini topdim. Dunyoda hali birorta ham odam ega bo‘lmagan kuchga ega bo‘ldim. Ana shundan… boshim aylanib qoldi. Miyamda bir-biridan buyuk rejalar tug‘ila boshladi. Ana shu kuchdan foydalanib, sizda o‘zimga nisbatan muhabbat uyg‘otdim.

Elzaning yuragi o‘ynab, orqaga tislandi.

— Zauyerni esa Emmaga xushtor qilib qo‘ydim. Men odamlarni qo‘g‘irchoqday o‘ynatdim, ularning burnidan ip o‘tkazib, xohlagan ko‘yimga soldim. Badavlat bo‘lmoqchi edim, davlat o‘z oyog‘i bilan keldi. Hali o‘z qudratimga to‘la ishonmagan paytlarimda ancha ehtiyotkor edim. Men qing‘ir yo‘l tanladim. Qing‘ir yo‘l esa man zilga tezroq yetkazadi. O‘shanda, qayiqda ham sizga bu haqda gaiirganman. O‘zimda shubha tug‘dirmaslik uchun shunday qildimki, Gotlibning merosini men emas, siz oldingiz, men bo‘lsam… behisob sepingiz bilan sizni oldim! Xa-xa-xa!..

Elza Shtirnerga baqrayib tikilib qoldi.

— Men odamlarga ko‘p yomonlik qildim. Ammo meni birovga ozor berib, rohat qilar ekan bu, deb o‘ylamang. Men buyuk odam bo‘lmoqchi edim. O‘zimga hukmronligimning cheki yo‘qday tuyuldi. Ko‘nglim shuhratni tusasa, atrofimda odamlar qarsak chalib turadiganday, eng bema’ni asarlarim ham kattayu kichikning og‘zidan tushmaydiganday. bo‘lib ko‘rindi. Axir buning tur. gan-bitgani soxta shuhrat, xuddi sizga zo‘rma-zo‘raki yuqtirilgan muhabbatday o‘z-o‘zini aldash edi-ku!

Shtirner birdan boshini egib, haligiday o‘kinch bilan davom ztdi:

— Men o‘zimni Torga o‘xshataman. Elza, skandinaviyaliklarning xudo Tor haqidagi afsonasi yodingizdami? U ham menga o‘xshab, o‘zini hammadan zo‘r deb hisoblarkan. Kunlardan bir kun u bahaybat odamlar yashaydigan mamlakatga borib qolibdi. Ular uning pakanaligidan kula boshlashibdi. Torning jahli chiqib, o‘z kuchini sinab ko‘rishni taklif etibdi. Shunda ular: «Qani, 1 mana shu muguzdagi suvni ichib tamom qil-chi», — deyishibdi. Tor suvni shuncha ichgani bilan sira tugamas emish. Keyin bahaybat odamlar uni bir kamiir bilan kurashga solishibdi. Tor harchand uringani bilan hatto tizzasigacha yerga kirib keTibdi hamki, kampirni yengolmabdi. Muguzning bir uchi dengizga ulangan ekan. Kampir esa naq o‘limning o‘zi ekan. Men ham Torga o‘xshab, dengizdagi suvni ichib tugatmoqchi bo‘ldim, bir o‘zim tarix g‘ildiragini orqaga aylantirishga urindim, insoniyatga o‘z hukmimni zo‘rLab o‘tkazishni maqsad qilib qo‘ydim. O‘z mashinalarim yordamida «baxt fabrikasi» ga o‘xshash bir narsa yaratmoqchi edim, ammo bu urinishlarimdan faqat sarob paydo bo‘ldi.

Shtirner asabiylashib soatiga qarab qo‘edi.

— Nazarimda, o‘tlab ketdim shekilli… Aytadigan gaplarim ko‘p… Elza, qanchalik qiynalganimni bilsangiz edi. Talangan toziday bir burchakka biqinib olganman, atrofimda son-sanoqsiz dushman, har doim olazarakman, muttasil asabiylikdan a’zoyi badanim qaqshab ketdi.

Loaqal birorta do‘st — samimiy, sadoqatli do‘st yonimda bo‘lganda edi… Loaqal siz o‘zim yaratgan soxta sevgi bilan emas, rostakamiga sevganingizda edi, men kurashni davom ettirgan bo‘lardim. Lekin men yolgizman. Charchadim… Tinkam quridi!..

Shtirner boshini xam qilgancha jim bo‘lib qoldi.

Elza Shtirnerga qarab turib, uning rangpar, horg‘in chehrasida biron-bir sirli, dahshatli alomatlarni sezmadi. Bu haddan tashqari toliqqan, asabiy bir odamning chehrasi edi. Shtirner kim o‘zi? Ehtimol, talantli ixtirochi va eksperimentatoru, ammo tasodifan odamlarni o‘z irodasiga bo‘ysundirish usulini topib olib, o‘z «qudrati» dan es-hushini yo‘qotayozgan o‘rtamiyona bir odamdir. Jahonga hokim bo‘laman deb u minglab bema’niliklar qilgan, ammo yelkasiga o‘zi ko‘tarolmaydigan yukni olib qo‘yib, pirovardida, ana shu yuk ostida ezilib, adoyi tamom bo‘lgan. Elza buni aqli bilan emas, yuragi bilan his qildi. Uning qarshisida fojiaviy qahramon, g‘ayritabiiy inson emas, balki o‘z xatolarining jabrini tortayotgan mahzun bir odam turardi. Elza Shtirnerni mana shu ahvolda ko‘proq anglardi, shuning uchun ham unga ichi achib ketdi.

— Siz haqiqatan ham ezilishingiz kerak edi! — dedi u shivirlab.

— Minnatdorman! Sizning bu hamdardligingiz men uchun sun’iy bo‘salaringizdan ko‘ra ming marta afzal!.. Da, men o‘lguday charchadim. Shuning uchun ham… — Shtirner bir oz tin olgach, davom etdi: — Kurashni to‘xtatishga ahd qildim. Umuman, hamma narsaga chek qo‘yaman, Shtirnerni ham o‘ldiraman.

U yana soatiga qaradi.

— Shtirnerning bir necha minutlik umri qoldi, xolos.

Elza unga vahima bilan qaradi.

— Zahar ichdingizmi?

— Ha, zahar ichdim, lekin bu butunlay boshqacha zahar. Hozir hammasini bilasiz…Lekin Shtirnerni yo‘qotishdan avval sizning oldingizdagi gunohimni ozgina bo‘lsa ham yuvishga harakat qildim. Sizni oldingi holatingizga qaytardim. Kechasi soat o‘n birda stansiyam orqali sizga to‘lqin yo‘llab, roppa-rosa soat o‘n ikkida avvalgi holatingizga qaytishni buyurdim. Endi sun’iy hayot kechirishdan xalos bo‘ldingiz. Siz erkin odamsiz. Xohlaganingizcha yashang, xohlagan odamingizni seving. Baxtli bo‘ling.

Elza chuqur xo‘rsindi.

— Shtirner-chi? Sofdil odamlar qo‘l berishga hazar qiladigan Shtirnerning taqdiri nima bo‘ladi? — davom etdi u. — Shtirner o‘lishi kerak. Men mashinamga buyruq berib, bor quvvatini ishga solib keldim. Roppa-rosa soat birda, — Shtirner yana soatiga qaradi, — atigi olti minutdan keyin mashina Shtirnerning Shtirnerga buyrug‘ini tarqatadi. Shundan keyin Shtirner o‘zining Shtirnerligini unutadi. U shaxs sifatida tamom bo‘ladi. Hayotidagi hamma voqealar esidan chiqadi. U ongi butunlay o‘zgacha yangi odam bo‘ladi. U odam — Shtern. Shtern Shtirner buyurgan tomonga qarab boshini olib ketadi. U hatto o‘zining ongsiz hayotidagi temir qafas ichida xor-zor bo‘lgan Shtirner borligini xayoliga ham keltirmaydi! Bu o‘lim… Tafakkur o‘limi!

— Lekin sizni tutib olishlari mumkin! — dedi Elza beixtiyor tashvishlanib.

— Shu algov-dalgovda Shtirnerni kim tanib o‘tiribdi? Soqol qo‘yib yurganimni h. yech kim ko‘rgan emas. Hammasini oldindan o‘ylab qo‘yganman. Bugun kechasi dushmanlar to‘lqin tarqatishmaydi. Mabodo tarqatishgan taqdirda ham allaqanday Shtern uchun buning xavfli joyi yo‘q. Shtirnerga esa boshqa to‘lqin yo‘naltirib qo‘yilgan, bu to‘lqin uning ongini aniq nishonga olishi kerak. Shtirner yo‘q bo‘ladi…

Elza baqraygancha unga tikilib turardi. Go‘yo mana hozir allaqanday bir sirli hodisa yuz beradiganday edi.

— Yana bir gap, Elza. Men ketganimdan keyin bu yerda hammayoq ostin-ustun bo‘lib ketadi. Ehtimol, sizning barcha boyligingizni tortib olishar. Shuni o‘ylab, qiynalib qolmasligingiz chorasini ko‘rib qo‘yganman. Mana bu yerda, — Shtirner Elzaga paket uzatdi, — yo‘lkira va bir odamning adresi bor. Uning nomiga katta miqdorda pul o‘tkazib qo‘yganman. Sizning nomingizda pul saqlash xavfli. U odamga kuchli ta’sir o‘tkazganman, zero, puldan, ko‘nglingiz to‘q bo‘lsin. O‘sha yoqqa boring. U yer judayam uzoq. Lekin shunisi ma’qul. Shuncha tashvishlardan keyin dam olishingiz kerak. Bo‘ldi! Alvido, Elza!..

— To‘xtang, bitta savolim bor… Ayting-chi, Shtirner, Karl Gotlibning o‘limida sizning qo‘lingiz bormi-yo‘qmi?

Soat birga zang urdi. Birdan Shtirnerning afti burishib, ko‘zlari olayib ketdi. Vujudi titrab-qaqshay boshladi. U royalning bir chetiga yopishib, entikib-entikib nafas olardi.

Elza yuragini hovuchlagancha bu o‘zgarishni kuzatib turdi.

Shtirner bir xo‘rsindi-yu, asta-sekin o‘ziga kela boshladi.

— Savolimga javob bersangiz-chi, Shtirner!

Shtirner unga tamomila hayrat bilan boqdi, keyin allaqanday yangi va xotirjam ovoz bilan dedi:

— Afv etasiz, xonim, sizni taniyolmay turibman, qanaqa savol to‘g‘risida gapirayotganingizga ham tushunmayapman. — Shunday deb, Shtirner ta’zim qildi-da, bitta-bitta bosib zaldan chiqib ketdi.

Elza angrayib qoldi. Shtirner g‘oyib bo‘lgan edi.

XV. CHIL–CHIL BO‘LGAN AKVARIUM

Elza tun bo‘yi mijja qoqmadi. Tong yorishgan paytda ham u o‘sha joyida, royal yonida o‘tirardi. Tungi voqea uni qattiq larzaga solgan edi. U Shtirner ongiga singdirgan chigal, alg‘ovdalg‘ov fikrlar haqida o‘ylardi. Elza Karl Gotlib o‘limidan so‘ng ro‘y bergan voqealarni birma-bir xayolidan o‘tkazdi: Shtirnerdan qochishga behuda uringanlari, kutilmaganda uni sevib qolishi, Mentona safari. Ammo u bularning hammasini o‘ziga aloqasi yo‘qday, go‘yo allaqanday bir romanda o‘qigan voqealarday eslardi. Zauyerning qaylig‘i bo‘lib yurgan paytlarini ham u aniq ko‘z oldiga keltirdi. Ammo o‘tmishdagi bu hodisada ham endi nimadir o‘zgargan edi. Elza Zauyer haqida o‘ylarkan, uni hali ham sevishini his qildi. Lekin bu sevgi ilgarigisiga o‘xshamasdi: Zauyerning obrazi ancha xiralashib qolgan edi. Unga nima bo‘ldiykin? Nahotki o‘zgarib ketgan bo‘lsa? Aslida qanaqa odam edi o‘zi? Shundagina u Zauyerni yaxshi bilmasligini sezdi. Endi ularning munosabatlari qanday bo‘larkin? Nogahon Emma kirib keldi-yu, uning xayollari bo‘lindi. Emma yo‘l kiyimida bo‘lib, nihoyatda charchagan, rangi oqarib ketgan edi.

— Elza! — u yig‘lagancha o‘zini dugonasining quchogiga otdi.

— Salom, Emma! Nega yig‘layapsan? Nega kelishingni oldinroq aytmading? O‘g‘ling qani? — Elza bir zumda Emmani savolga ko‘mib tashladi.

— Chaqaloq pastda, enaga bilan. Otto meni tashlab ketdi, bir tiyin ham pul qoldirmadi. Ko‘ylagimni, yana u-bu narsalarni sotib, yo‘lkira qilib kelyapman.

— Yesh bola bilan pulsiz qoldirdimi, a?

— Uning es-hushi joyida emas. Shunaqayam sho‘rpeshona bo‘lamanmi! Mening sendan boshqa hech kimim yo‘q… — Emmaning o‘pkasi to‘lib, battar yig‘iga tushdi. — Ottoni mendan tortib olma! U seni yaxshi ko‘radi. Suratingni haliyam asrab yuribdi. Tasodifan kirib, ko‘zim tushib qoluvdi, xonasidan haydab chiqardi. U seni sevadi… Meni mahrum qilma undan. Senda hamma narsa bor, sen baxtiyorsan. Davlating oshib-toshib yotibdi, Lyudvigni sevasan, boshingga urasanmi Ottoni?

Elza ma’yus kulimsiradi, ammo ko‘zlari to‘la mung edi.

«Sho‘rlik Emma, — deb o‘yladi u dugonasining uzgarib ketgan, ozg‘in yuziga tikilib. — Yuzidagi qizillik qani, qo‘ng‘iroqday kulishlari qani? Shu ahvolga solib qo‘yibdi-ya, qo‘g‘irchoqday qizni? Nahotki Otto shunchalik toshbag‘ir bo‘lsa?»

— Men ham sendan ko‘ra baxtliroq emasman, — dedi Elza Emmaning to‘zg‘ib ketgan sochlaridan silarkan, — hech qanaqa boyligim yo‘q, Shtirnerni endi sevmayman, Shtirnerning o‘zi ham Yo‘q…

Emma kutilmagan bu gapdan hayron bo‘lib, bir lahzaga o‘z qayg‘usini ham unutdi.

— O‘ldimi! Nima uchun xabar qilmading? Ulgandan keyin sevmaydimi odam? Shuncha o‘zgarish bo‘pti-yu!..

Elza yana jilmaydi.

Emmaning chehrasi battar tundlashdi.

— Demak, sen, — dedi u piqillab yig‘lagancha, — demak, sen unga Ottoni sevishingni aytgansan, shundan keyin Shtirnerning jahli chiqib, o‘zini-o‘zi o‘ldirgan. Demak, Ottoni mendan tortib olmoqchi ekansan-da?

— Qo‘y bunaqa gailarni, tentakvoy, — dedi Elza uni erkalab. — Ottoni sendan tortib olmayman. Axir u sening ering, bolangning otasi-ku.

— Bo‘lsa nima qipti? deb javob berdi Emma. — Uning o‘zi, shaytonning so‘ziga kirib seni yaxshi ko‘rib qolganman, agar shayton yo‘ldan urmaganda senga uylanarmidim, deb necha marotabalab aytgan. Bunaqa nikohni buzsa bo‘laveradi, degan. Otto bir narsani bilmasa gapirmaydi. Rostdan ham tentakroqman ku! Lekin… tentaklar ham baxtli bo‘lishni xohlashadi! — U yana yig‘iga tushdi. — Axir qanaqa bo‘lishimdan chqat°iy nazar, meni yeyevar edi-ku, endi bo‘lsa… sevgisi uchun o‘ch olyapti.

Emma o‘qtin-o‘qtin yig‘lab, Elzaga ko‘rgan-kechirganlari haqida batafsil gapirib berdi. U yolg‘izlikda uzoq vaqt azob chekkanidan, endi yuragidagi hamma dardlarini to‘kib solar, Ottoning qo‘polligi, mehrsizligini aytib ado qilolmasdi.

Elza unitsg gaplarini eshitib o‘tirib, yuragi muzlab ketdi. Otto endi uning ko‘zi oldida butunlay boshqa odam bo‘lib gavdalandi. Uning qilgan ishlarini «shaytonning yo‘ldan ozdirishiga» bog‘lab bo‘lmasdi. U Shtirnerning ta’siridan qutulganidan keyin o‘zgarib qol1an edi, Zauyerning Emmadan ko‘ngli sovigan ham bo‘lishi mumkin. Lekin xotinini shunchalik xo‘rlaydimi? Odob, andisha, qolaversa, oddiy odamgarchilik qayoqda qoldi? Zauyerni o‘zi sevib yurgan paytlarini eslab, Shtirnerning bir gapi haqida o‘ylab ketdi. U, biz instinktning ojiz bir qullardmiz, instinkt bizni eshakmiya bir odamni sevishga ham mpjbur qila oladi, degan edi. Qanday dahshat!

Elzaning qulog‘i dugonasida-yu, xayoli endi ikkinchi qavatda tobora kuchayib borayotgan shovqin-suronda edi.

«Nima bo‘lishi mumkin?»

Ikkinchi qvatda esa so‘nggi jang bo‘layotgan edi.

Simto‘rga o‘ralgan qurolli otryad Zauyer va Gotlib boshchiligida Elzaning uyiga bostirib kirdi.

Zauyer to‘pponchasining dastasi bilan kabinet eshigiga urib, qichqira boshladi:

— Oching, Shtirner, bo‘lmasa eshikni buzib kiramiz!

Kutilmaganda ichkaridan Kachinskiyning ovozi va itlarning akillagani eshitildi.

— Shtirner yo‘q, eshikni ocholmayman. Shtirner ustimdan qulflab, itlarni poyloqchi qilib ketgan.

— Kachinskiy, sizmisiz? Tirikmisiz? — Zauyer soldatlarga buyruq qildi. — Eshikni buzinglar!

Bir necha soldat yelkasi bilan eshikni itara boshladi. Ichkarida itlar zo‘r berib akillardi, ular irillab, eshikning singan joylaridan boshini chiqazgan edi, ketma-ket o‘q uzilib, barining ovozi o‘chdi.

Jonivorlarni o‘ldirishning nima keragi bor? — dedi xotirjamlik bilan Kachinskiy ichkaridan turib.

— Itlar bizni tilka-pora qilib tashlasa maylimi? — deb to‘ng‘illadi Zauyer hosil bo‘lgan tuynukdan kabinetga kirib. U stol ortida bemalol o‘tirgan Kachinskiyni ko‘rib hayron bo‘ldi. Ixtirochn ikkala kafti bilan boshini changallagancha bamaylixotir chizmalarni ko‘zdan kechirardi.

— Shtirner qani? — deb so‘radi Zauyer.

— Bilmadim, — javob berdi Kachinskiy boshini ham ko‘tarmay, — ertalab meni ko‘r qilmoqchi, bo‘g‘ib o‘ldirmoqchi, yana allanima balolar qilmoqchi edi, ehtimol, yodidan ko‘tarilgandir yoki biror ish bilan banddir… — Kachinskiy kafti bilan chizmani «tap» etib urib, xitob qildi: — Zo‘r! Shtirner rost gapirgan ekan. Ajoyib kecha bo‘ldi! Genial odam ekan u. Kuchaytirgich transformatorlari hamda katod lampalari bor antennalarning sxemasi va antennalari tebranuvchi konturli indukdion aloqa sxemasi…

Zauyer bilan Gotlib ko‘z urishtirib olishdi: nahotki Shtirner Kachinskiyni ham esdan og‘dirib qo‘ygan bo‘lsa?

— Butun binoni qadamma-qadam tintuv qilib, fikr tarqatuvchi stansiyalar oldiga qorovul qo‘yish kerak, — dedi Zauyer.

Tintuvni ana shunday stansiyalardan bittasi joylashgan Shtirnerning xonasidan boshlashdi. Ikkinchi bir stansiya binoning narigi boshiga, «hayvonotxona» yoniga o‘rnatilgan edi. Stansiya ishlamasdi.

— Menimcha, janoblar, endi qo‘rqadigan joyi qolmadi. Niqoblarimizni yechsak ham bo‘laveradi, — dedi Gotlib va birinchi bo‘lib o‘zi boshidan simto‘rni olib tashladi. Boshqalar ham shunday qilishdi. Bu yerga kelganlar orasida Gotlibning bir nechta eski tanishlari bor edi: prokuror, politsiya boshlig‘i va «urush olib borishning yangi metodlarini o‘rganish» maqsadida Shtirnerga qarshi harbiy yurishda qatnashgan «temir general».

U Shtirnerga qarshi urushda mag‘lubiyatga uchraganini oqlamoqchi bo‘lganday, qo‘llarini ikki tomonga yozib, gapirardi:

— Shtirnerga qarshi xotinlarga o‘xshab boshga to‘r yopinib borish kimning xayoliga kelibdi? — Keyin u oppoq baroq qoshlarini chimirib, Kachinskiyga ishora qildi: — Bo‘lajak sarkardalar endi mana shular, injenerlar. Bizning davrimiz o‘tdi! O‘qtalgan nayzamizni mana bu narsalar istagan tomoniga burib yuborganidan keyin, nayza bilan bir ish qilib bo‘ladimi? — u Shtirner xonasining eshigidan ko‘rinib turgan mashinaga ichiqoralik bilan qarab qo‘edi.

Fikrga ta’sir etuvchi mashinalar qo‘lga tushirilganini hammaga xabar qilib qo‘yish kerak. — Zauyer shunday deb, Shtirnerning xonasiga o‘tdi. — He-ye, jin ursin! — deb to‘ng‘illadi u yana notanish konstruksiyadagi mashinaga garangsib tikilgancha. — Kachinskiy! — u ixtirochini yordamga chaqirdi, — manavi narsaning tiliga tushunasizmi?

Kachinskiy mashinaning yoniga kelib, richagini dadil aylantira boshladi. Mashina ishga tushib ketdi.

— Shtirnerning ta’sirini yo‘qotadigan. to‘lqin tarqatish kerak hammayoqqa, — dedi Kachinskiy.

— To‘gri! — deb ma’qulladi ko‘pchilik baravariga.

Shundan keyin Kachinskiy, shu yerda turganlardan birining iborasi bilan aytganda, odamlarni «uzoqdan turib davolay boshladi».

— Xo‘sh? — deb so‘radi Zauyer yerto‘lalarni tintuv qilgan soldatlarning iridan.

— Shtirner yo‘q! — Deb javob berdi u.

— Birinchi qavatdan qidiringlar! Birorta tirqish ham qolmasin!

— Kechirasiz, janob prokuror, — deb murojaat qildi Kachinskiy prokurorga, — manavi chizmalarni olsam bo‘ladimi? Shtirner menga qoldirib ketgan edi…

— Hozir men biror narsani ham olishga ruxsat berolmayman. Bularning hammasi ashyoviy dalillar. Ehtimol, keyinroq…

— Afsus! — dedi Kachinskiy.

«Yaxshiyam tanishishga ulgurib, muhim formulalarni yozib olgan ekanman. Chizmalarning keragiyam yo‘q! — deb o‘yladi Kachinskiy. — Bular bo‘lsa formulalarning hammasiga tushunishmaydi».

— Mening ham bir iltimosim bor, janob prokuror, — dedi Gotlib. — Katta boylik saqlanayotgan yerto‘lalarni qo‘ryqlash uchun qo‘shimcha otryad chaqirish kerak. Buni talab qilishga haqqim bor, deb o‘ylayman, chunki men qonuniy merosxo‘rman. Bunga endi hech kimda shubha bo‘lmasa kerak.

— Sizning huquqlaringiz kelajakda hal bo‘ladi, — dedi prokuror. — Lekin qo‘shimcha otryad chaqirishga qarshi emasman.

Bu gaplarni eshitib, Zauyerning qovogi osilib qetdi. U Gotlibning yoniga kelib, piching bilan gapirdi:

— Otga sal oldinroq qamchi bosmayapmizmi janob Gotlib? Siz shuni yaxshi bilasizki, sud merosni Elza Glyuk foydasiga hal qilgan, sud hukmi qonuniy kuchga kirgan.

— Lekin vaziyat o‘zgarganligi uchun bu ish qayta ko‘rilishi mumkin! — dedi u va birdan o‘zining yaqinginadagi sherigiga o‘shqira ketdi. — Siz nima uchun bu ishga burningizni tiqyapsiz? Shuncha chalkashtirganingiz ham yetadi! Agar yana meros yo‘lida ko‘ndalang turadigan bo‘lsangiz, sizni qamoqqa olishlarini talab qilaman. Chunki siz Glyuk nomidan gapirgansiz, demak, jinoyatga sheriksiz!

— Lekin muhtaram otangizning merosdan mahrum bo‘lish sabablari masalasi ham bor… — dedi unga javoban Zauyer.

Krans kirib keldi-yu, bahs uzilib qoldi.

— O‘-ho‘! — dedi u qo‘llarini yozib. — Tanish joy-ku! Esingizdami, Gotlib, janob Shtirnerning soqolini olib kiyimini cho‘tkalagan edik shu yerda, evaziga… qhe… choychaqa ham olgan edik. Sizga ashyoviy dalil sifatida turmada bergan chaqam yodingizda bo‘lsa kerak, janobi oliylari, — deb murojaat qildi u prokurorga. — Men qilgan jinoyat o‘sha edi. Shtirnerni o‘ldirish o‘rniga kiyimini cho‘tkalab o‘tiribman-a!

— Hech kim bu jinoyatingizni yuzingizga solmaydi, Krans. Shuncha qamoqda o‘tirganingiz ham yetadi, endi sizni jiddiy ish kutyapti. Qafasni qo‘lga tushirdigu, ammo ichidagi qushcha uchib ketibdi. Shtirner yo‘q.

— Topamiz, topamiz! Yerning ostidan bo‘lsa ham sug‘urib olamiz! — dedi Krans quvnoq bir ohangda.

— Noxush xabar, — dedi Kachinskiy telefon trubkasini qo‘yib. — Hozirgina bir zavoddan telefon qilishdi, Shtirnerning ta’siri o‘z kuchini yo‘qotishi bilan bir necha yuz ishchi hushidan ketib qolibdi. Aftidan, bu Shtirnerning ta’sirida uzoq vaqt bo‘lib, qattiq charchaganlik oqibati bo‘lsa kerak. Zudlik bilan yordam berishga to‘g‘ri keladi.

Zauyer tajang bir ahvolda xonadan chiqib, uchinchi qavatga ko‘tarildi. Qishki bog‘da Elza bilan o‘z xotiniga duch keldi.

Emma quvonib, uning quchog‘iga otildi.

— Otto!

Ammo Zauyer uni siltab tashladi.

— Qayerdan kelib qolding? Bor, men frau… Shtirner bilan gaplashib olishim kerak.;

Elza unga ta’na bilan qaradi. Ko‘zlari jiqqa yosh Emma esa Elzaga: «Muomalasini ko‘rdingmi?» — deganday mo‘ltirab turardi.

— Qani, bo‘la qol! — dedi yana Zauyer xotiniga o‘qrayib.

Emma bir xo‘rsindi-yu, indamay chiqib ketdi.

— Otto Zauyer, men sizni taniyolmay qoldim, — dedi Elza undan o‘pkalanib.

— Boshimga bitgan balo bo‘ldi! Undan qanday qilib qutulish yo‘lini topolmayapman, — dedi Zauyer g‘ijiyib. — Tushuning, axir, mening unga nisbatan muhabbatim Shtirner tomonidan sun’iy ravishda qo‘zg‘atilgan.

— Bu sizga unga bunaqa muomala qilishga huquq bermaydi. Uning aybi yo‘q, u sizni Shtirner aralashmasdan ilgari ham sevardi.

— U bilan nima ishim bor? — dedi yana zarda bilan Zauyer. — Shtirner qani?

— Ketdi.

— Qayoqqa?

— Bilmayman. Menga aytgani yo‘q, harholda uyda bo‘lmasa kerak.

— Yelg‘on! Siz uni yashirgansiz!

Elza o‘rnidan turdi.

— Menga qarang, Zauyer, bunaqa ohangda gaplashadigan bo‘lsangiz, hoziroq ketaman.

Zauyer o‘zini arang bosib, Elzaning yoniga o‘tirdi.

— Kechiring meni, Elza, — dedi u endi past tushib. — Shuncha paytdan buyon asablarim ishdan chiqdi. Shtirnrni yo‘q deyapsiz, demak, bo‘sh ekansiz-da?

Elza bosh silkidi.

— Birga bo‘lishimizga nima xalaqit beradi endi?

— Axir sizning bolangiz, xotiningiz bor, Zauyer.

— Gapirmang uni, Elza!

U Elzaning qo‘lidan ushladi. Elza qovog‘ini solib, qo‘lini tortib oldi. Uni endi Zauyerdan ajratib turgan narsa faqat xotini bilan bolasi emas edi. Zauyerning tabiatida paydo bo‘lgan yangi illatlar uni tamom begona qilib qo‘ygan edi. Ehtimol, bo‘lar yangi illatlar emasdir; ehtimol, bu qo‘pollik va toshbag‘irlik unda hamisha bo‘lganu soxta odob niqobi ostida sezilmay kelgandir?

Yana bir narsa Elzani o‘ylantirib qo‘edi. Oxirgi kecha Shtirner butunlay boshqa odam qiyofasida namoyon bo‘ldi. U jinoyatchi edi. Uning erki va tuyg‘ularini mahv etdi. Ammo hayotida iz qoldirib ketdi. So‘nggi kecha u orttirib ketgan tashvish Elzani hayajonlantirmay qolmasdi, albatta. U bunga erkini qaytardi-yu, shu bilan o‘zida hali insof va diyonat borligini ham isbot qildi. |

Zauyer Elzaning ko‘nglida nimalar kechayotganini anglamay, bu sukutni ayollarga xos tortinchoqlik deb o‘yladi.

U yana. Elzaning pinjiga suqilib, entikib gapira ketdi:

— Xo‘p deng, Elza. Baxtli bo‘lamiz. Ikkovimiz ham ko‘p aziyat chekdik, endi baxtiyor bo‘lishga haqqimiz bor. Bundan tashqari, Elza, yodingizdami, merosdan voz kechganingizda men xursand bo‘lgan edim, chunki sizdan ayrilib qolishdan qo‘rqqan edim? Menimcha,endi meros oramizga g‘ov bo‘lolmaydi. Shtirner yo‘q. Uz huquqingizdan foydalanishga nima xalaqit beradi? Gotlibmi? U mishiqidan qo‘rqadigan joyim yo‘q!

Elza Zauyerga bir qaradi-yu, yana qo‘lini tortib oldi. Zauyer Elzaning nigohida hayrat va qo‘rquv ifodasini ko‘rdi.

— Siz meni tamagir odam ekan, deb o‘ylamang, — deya shoshapisha o‘zini oqlagan bo‘ldi u, — Yo‘q, men faqat sizni, boyligingizni emas, o‘zingizni yaxshi ko‘raman. Lekin odam pishiq bo‘lishi kerak. Holva degan bilan og‘iz chuchimaydi, degan gap bor. Kelajagingizni o‘ylang. Agar menga ishonch qog‘ozi bersangiz, hech bo‘lmaganda sizga qoldirilgan meros miqdorida boyligingizni saqlab qolaman.

Elza o‘rnidan turib, go‘yo bir narsadan yuzini himoya qilganday qo‘lini ko‘tardi.

— Yo‘q, Zauyer, yo‘q! Merosdan og‘iz ochmang! Yana shu iflos ishga aralashishni xohlamayman… Qo‘ying bunaqa gapni… Charchadim… Kechasi bilan uxlamaganman, oyoqda zo‘rg‘a turibman…

— Lekin bu oxirgi so‘zingiz emasmi? — dedi Zauyer uzoqlashib borayotgan Elzaning orqasidan.

Elza javob bermay, tez chiqib ketdi.

U o‘z xonasiga chopib kirdi-yu, yig‘lab o‘tirgan Emmani bagriga bosdi.

— Yiglama, qizalog‘im! Ottoni tortib olmayman, lekin uni yoningga qaytarishing ham qiyin deb qo‘rqaman.

— Nahotki? — dedi Emma Elzaga nochor termilib.

— Ehtimol, keyinroq… — Elza dugonasiga tasalli berish uchun shunday dedi-yu, ammo Ottoning qaytishiga o‘zi ham ishonmadi.

— Endi dam olishimiz kerak. Seni yolg‘iz qoldirmayman. Hammasini unutish uchun uzoq-uzoqlarga ketamiz. Iig‘lama! Sen o‘zingni asrashing kerak. Unchalik yolgiz ham emassan. Ug‘ling bor. Birgalashib tarbiya qilamiz. Baxtingni shundan topasan.

— Ha, ketamiz. Meni tashlab ketma, Elza!

Zauyer boshini xam qilgancha qishki bog‘da, akvarium yonida o‘tirar, alamini kimdan olishni bilmasdi.

— O, yaramas! — deb qichqirdi u birdan va o‘zi ham sezmagan holda akvariumga musht soldi.

Shisha chil-chil bo‘lib, suvi to‘kilib ketdi, akvarium tubiga tushib qolgan baliqchalar dumini likillatib, og‘zini kap-kap ochgancha qolaverdi…

Загрузка...